Telegram Web Link
Telefon qo‘ng‘irog‘iga javob bering

Hayotda muhim bir qoidani unutmaslik kerak: yaqin insoningiz qo‘ng‘iroq qilsa, har qanday holatda ham javob bering.

Agar siz undan ranjigan bo‘lsangiz ham, gaplashgisi kelmasa ham, hatto “jazo” tariqasida javob bermaslikni niyat qilgan bo‘lsangiz ham — baribir javob bering. Chunki u sizga nimadir muhim gapirmoqchi bo‘lishi mumkin.

Hayotda har xil vaziyat bo'ladi. Kim biladi, balki bu suhbat — o‘sha insonning oxirgi so‘zlari bo‘lib qolishi mumkin.

#Eslatma

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Saxovatpesha azizlarimizga yana bir iltimos bilan murojaat qilyapmiz:

Ehsonga haqdor, biz bilgan, ishonchli, haqdor oilada ilm yo'lidagi bir bemor bor ekan. Imkoniyatlari bo'lmaganidan kasalliklari rivojlanib ketgan. Hozirda jigar, buyrak, oshqozonosti bezi, qalqonsimon bezda jiddiy kasalliklari bor ekan. Vaqtida davolanmaslik oqibati o'limga olib kelishi mumkinligi uchun bizga murojaat qilishdi, dori-darmon, muolajalari uchun moddiy yordam kerak. Men shaxsan o'rganib, tekshirdim.

Ehtiyojlari kattaroq ekan, imkonimiz boricha o'tkazaylik, iltimos. Befarq bo'lmang.

Ehsoningiz uchun:
9860 6067 3807 5005

Karta mening nomimda. O'tkazib berib, bot orqali hisobot beraman, inshaalloh.

Murojaat uchun: @Hubbuna_admin
901916762

G'iyosiddin Yusuf
​​Qiz bolalarning kiyimi kichkinaligidan odob-axloq, qadriyatlarimizga monand bo'lishi kerak. Hali balog'atga yetmagan deya ochiq-sochiq kiyimlar kiyishga odatlantirish yaxshi emas. Ayniqsa, balog'at yoshiga yaqin bunga jiddiy qarash kerak.

#tarbiya

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Masofalar kishilarni uzoq-yaqin qilmaydi, bularning barini qiladigan qalbdir! ❤️

#Muhabbat

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayollaruuu, bormisizlar? Erini oʻziga ipsiz bogʻlab olmoqchi boʻlgan ayollar shu yerdamisizlar?

Erkaklar shuuncha harakat qilib yopiq kanalga aʼzo boʻlayotgan vaqtda biz ayollar harakat qilmaymizmi?

Yopiq kanalda sizlarga ishonchli, boshqa joyda aytilmagan, svejiy maʼlumotlar berilib borish bilan birga, shaxsan oʻzim sizlarni qiynagan boshqaga aytishga uyalgan yoki anchadan buyon yechimi topolmay kelayotgan savollaringiz va muammolarninga yechim berib boraman, inshaalloh...

Kanalga 1500 dan ortiq soʻrov yuborilgan, qabul qilinganlar esa kanal faoliyatini intizorlik bilan kutib turibdi...

Siz ham yuqoridagi baxtli hayotingiz asosiy garovi boʻlgan xos munosabatlar haqida eng sara maʼlumotlarni olmoqchi boʻlsangiz, marhamat, obuna boʻling. 😊

Toʻlov kanal faoliyati boshlangan kundan boshlab hisoblanadi, kamigaa agar kanaldan foyda ololmasangiz pulingiz toʻliq qaytarib beriladi...

Eh ayollar, 47 ming soʻm qayerlarda qolib ketmaydi, hisoblasangiz kuniga 2 ming soʻmdan ham tushmaydi-ku!...

Eringizning yagonasi, seviklisi boʻlay desangiz harakatni hoziroq boshlang, bunda sizga mening yopiq kanalim katta yordam beradi inshaalloh. 😊

Shoshiling, kanalga aʼzo boʻlib, nafaqat xos munosabatlaringizni, balki oʻzaro munosabatlaringizni ham yangilang, yaxshilang... 😊

Kanalga ulanish uchun bosing.

Zehra xanim

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ruhiy holatiga befarq bo‘lmang!

O‘ziga, kayfiyatiga, tuyg‘ulariga samimiy qiziqish va e’tiborni his qilgan bolalar tashqi olamga ochiqroq va ishonchi balandroq bo‘ladi. “Kuning qanday o‘tdi?” degan odatiy savol orqali farzandingizning hissiyotlariga diqqat qarating. Ro‘y bergan u yoki bu voqealarda u nimalarni his qildi?
Bolaning tashvish va o‘ziga xos “qayg‘u”larini tu­shunishga urining, garchi ular sizga ahamiyatsiz yoki arzimas bo‘lib tuyulsa ham.

Ijtimoiy-emotsional tarbiya bolada 5 ta qobiliyatni rivojlantirishga yordam beradi, bular: o‘z-o‘zini ang­lash, o‘zini boshqarish, ijtimoiy anglanganlik, muloqotga kirishish layoqati va mas’uliyatli qarorlar qabul qila olish. Yuqori emotsional intellektga ega bolalar aqliy, ilmiy sohalarda kattaroq muvaffaqiyatga erishadi, o‘z kuchi bilan oliy o‘quv yurtiga ko‘proq kiradi, yomon odatlarga moyilligi kam bo‘ladi, eng muhimi, o‘zlarini ko‘proq baxtli his qilishadi.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Sevgi va ehtiyojning farqi

Ko‘pchilik sevgi bilan ichki bo‘shliqni to‘ldirish istagini adashtirib yuboradi.

Bu holat yolg‘izlikdan qo‘rqish natijasida yuz beradi, natijada munosabatlar sevgi tufayli emas, yolg‘izlikdan qochish vositasiga aylanadi.

Bunday vaziyatda juft shaxs sifatida emas, balki qo‘llab-quvvatlovchi va barqarorlik manbayi sifatida qabul qilinadi.

Haqiqiy sevgi esa — bu birga bo‘lish uchun ongli ravishda qilingan tanlovdir, yolg‘izlikdan yoki qiyinchiliklardan qochishga intilish emas.

U tanlov erkinligiga asoslanadi, yolg‘iz qolish qo‘rquviga emas.

#Muhabbat #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kishi juftiga "Seni sevaman" deganda rahmat degan javob olishidan ko'ra bir shapaloq yegani afzaldir. Chunki u rahmat eshitish uchun dil izhor qilmaydi.

Ifham Qolbiy

#Izhor

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Biz yillar davomida saqlanib qoladigan sevgi haqida orzu qilamiz, lekin u talab qiladigan narsalarga tayyormizmi — bu haqida kamdan-kam o‘ylaymiz.

▫️yillar davomida kechira bilish — bu qahramonlik emas, tanlovdir. Lekin shuni anglash kerak: xatolar ham turlicha bo‘ladi. «Tasodifiy» va «doimiy» xatolar o‘rtasidagi chegara yo‘qolganida ham o‘z-o‘zimizga hurmatni saqlab qolishga tayyormizmi?

▫️hayotdagi bosqichlar ikkovimizni ham o‘zgartiradi. Bugun — orzu qilayotgan oshiq-ma'shuqlar bo‘lsak, ertaga ota-onaga aylanamiz, undan keyin esa hayot tashvishlari bilan ovora bo‘lgan odamlarga. Sevgi — bu juftimizning kechagi qiyofasiga yopishib olish emas, balki birga ulg‘ayish va og'ir vaziyatlarda ham bir-birining yonida turishdir.

Baxt siri mukammallikda emas, balki:
• eshitishda, isbotlashda emas;
• o‘zligimizni yo‘qotmasdan o‘zgarishda;
• juftimizda «loyiha» deb emas, balki mustaqil shaxs sifatida ko‘ra olishdadir.

#tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Quloqqa aytiladigan gaplar" kitobi haqida

"Quloqqa aytiladigan gaplar" kitobi bo'yicha o'z fikr-mulohazalarim bilan bo'lishmoqchiman. Kitobni o'qish jarayonida shuni anglaysizki, kitobdagi fikrlar tafakkur qilinib, har bir inson o'qisa tushuna oladigan tarzda yozilgan. Qolaversa, juda ham noziklik bilan yoritib berilgan (intim munosabatlar va ularga oid masalalar). Xususan, o'zim o'qish jarayonimda ko'p marotabalab qoyil qolganman intim munosabatlarni ham qandni o'ragandek qog'ozga o'rab gapirsa, ifodalasa bo'lar ekan-ku degan fikr uyg‘ongan.

Chunki hozirda ommaviy axborot vositalarida ham, messenjerlarda ham ko'proq ochiq va qo'pol tarzda tushuntirilyapti. Lekin bu kitobda nozik mahorat bilan yoritilgan (eng nozik mavzu bo'lishiga qaramasdan).

Asarning muallifiga zafar tilab qolaman, bundan-da yaxshi va xalq tushunadigan qilib kitoblar, foydali va mulohazaga chorlaydigan kontentlar ulashib borishlarini, ilohim ishlari xayrli va barokotli, davomli bo'lsin. Juda ham chiroyli yo'l tanlaganlar, chunki bu mavzuda chiroyli va fikrlari tushuntirish qiyinroq, hamma ham madaniyatli qilib yozuvni o'zidan tushuntiradigan qilib yozolmaydi. Ishlarida rivoj, Olloh o‘zi qo'llasin hamisha...

Ozodaxon Bozorboyeva

#taqriz

Kitobni xarid qilish
Erkak bilan birga rivojlanish 😽

Erkak kishi ish yoki boshqa sabablar bilan ko‘cha-ko‘yda ko‘p yuradi, turli dunyoqarashdagi kishilar bilan muomala qiladi, juma ma’ruzalari va boshqa vaqtlarda ilm majlislarida ishtirok etadi, bunga qo‘shimcha ravishda o‘zi ham ilm o‘rganishga, shaxsiy rivojlanishga harakat qilishi mumkin. Ayol esa uyda uy ishlari va bolalar bilan bo‘lib qolib, rivojlanish haqida o‘ylamasa, jufti bilan ayro dunyoqarashda bo‘lib qoladi. Natijada gaplari qovushmaydi, bir-birini tushunmaydi, oilaviy muammolar yuzaga keladi.

Ayni shu bandga ayollar qattiq rioya qilishini so‘rardim. Juftingizning dunyoqarashi sizdan katta tafovut qilmasin. U o‘sib-rivojlanmoqdami – siz ham rivojlaning, harakat qiling.

Uy ishlari, bolalar tarbiyasi o‘z o‘rnida, ammo o‘zingizga ham vaqt topishingiz zarur. Aks holda, u bilan gaplashadigan gapingiz ham qolmaydi, gaplashganda ham gapingiz qovushmaydi, bir-birini tushunmaslik, muammolar yuzaga keladi. Keyin esa u o‘zini tushunadigan “suhbatdosh” istab qoladi…

😀 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sevgi — bu tushda ham yoningda yotgan odamni ko‘rishdir. Baxt esa uyg‘onganda ham tushingda ko‘rgan odam yoningda bo‘lishidir.

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Tilanchi bir eshikni taqillatib:
— Sadaqa qilinglar, men ochman! — debdi.
Uy egalari esa:
— Hali non yopmadik, — deb javob berishibdi.
Tilanchi:
— Hech bo‘lmasa, bir hovuch talqon bering! — deb so‘rabdi.
Ular:
— Talqonimiz ham yo‘q, — deyishibdi.
Tilanchi:
— Unda bir qultum suv bering, — debdi.
Ular:
— Hali suvchi ham kelmadi, — deb aytishibdi.
Tilanchi:
— Ozgina yog‘ bormi, boshimga surib olar edim, — debdi.
Ular:
— Bizlarda yog‘ qayerdan bo‘lsin!? — deb javob berishibdi.
Tilanchi ularning gaplarini eshitib:
— Unday bo‘lsa, bu yerda nima qilib o‘tiribsizlar? Turinglar, men bilan birga tilanchilik qilinglar! — debdi.

Doktor Oiz Qarniyning «Tabassum qiling» kitobidan #Iqtibos

#Tabassum

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol — erkakning aksidir.
Agar sen unga chiroyli munosabatda bo‘lsang, u ham go‘zal bo‘ladi.
Ayolingga boq va o‘zing qanday inson ekaningni angla.

#tarjima

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Psixolog Mixail Labkovskiydan
tarbiya haqida 12 maslahat


1. Agar siz baxtsiz odam bo‘lsangiz, bolangiz bilan u baxtli bo‘lishi uchun munosabat qurolmaysiz. Ota-ona baxtli bo‘lsa, maxsus nimadir qilishi ham shart emas.
2. Ko‘pchilik ota-onalar o‘zlarida hammasi yaxshi ekanligiga ishonchlari komil, hamma muammo bolalarning o‘zlarida deb hisoblaydilar. Va bir oilada mutlaqo turlicha bolalar ulg‘ayishiga taajjublanadilar. Biri o‘ziga ishongan, omadli, kuchli siyosatchi, ikkinchisi – o‘z qobig‘iga o‘ralib qolgan omadsiz odam.
3. Bolaning kiyimi va to‘q qorni bu tarbiya emas, g‘amxo‘rlikdir. Afsuski, ko‘pchilik ota-onalar g‘amxo‘r­likning o‘zi yetarli deb o‘ylaydilar.
4. Siz farzandingiz bilan uning bolaligida qanday munosabatda bo‘lsangiz, qariganingizda u sizga shunday javob qaytaradi.
5. Agar boshlang‘ich maktabda o‘qiyotgan bolangizga o‘quv dasturi qiyinlik qilayotgan bo‘lsa, u bilan dars tayyorlashda uzoq vaqt yordamlashayotgan bo‘lsangiz, muammo bolada emas, maktabda. Maktabni o‘zgarti­ring, murakkab degani zo‘r degani emas!
6. Bolalarni jazolash mumkin va ba’zan bu muhimdir. Faqat bolangizni va uning qilmishini aniq ajrata oling.
7. Olti yoshlaridan boshlab bolaning cho‘ntagida u o‘zi boshqara oladigan pullari bo‘lishi kerak, albatta, yi­rik pullar emas, ammo muntazam berib borilishi kerak.
8. Bolalaringizning hayotini ularning o‘rniga yashamang, nima qilish yoki qilmasliklarini, ularning muam­molarini hal qilmang, ularga o‘zingizning xohishla­ringiz, buyruqlaringiz, orzularingiz bilan bosim qilmang. Siz-ku qarib qolarsiz, keyin ular qanday yashashadi?!
9. Men doimiy qattiq nazoratga qarshiman. Bolaning oilasidagilari unga ishonishlariga, uni yaxshi ko‘rishlariga va hurmat qilishlariga ishonchi komil bo‘lishi kerak.
10. O‘smir farzandingizning xonasidagi tartibsizlik uning ichki dunyosi haqida so‘zlaydi. Uning qalbidagi tartibsizlik shunday aks etadi.
11. Tarbiya berish – qanday yashashni tushuntirish emas. Buning foydasi yo‘q.
12. Bolalaringiz bilan hayot haqida gaplashing, qan­day yashash haqida emas. Agar ota-ona bolasi bilan faqat muammolar haqida gaplashsa, o‘sha ota yoki onaning o‘zida muammo bor.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
"Xotin, noutbukimni yoqib yubor" degan gapni xotin noto'g'ri tushunganda. 😁

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Menimcha, kutib olish va kuzatish har bir oilada doimiy amal qilinadigan an'ana bo'lishi lozim. Hatto u do'konga chiqish bo'lsa ham.

#tavsiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Maqtov kutishni qanday to‘xtatish mumkin?

Ko‘pchilik boshqalardan maqtov kutadi. Lekin bu holatda o‘zingizdan bir savol so‘rab ko‘ring: “Nega men bu borada o‘z fikrimga ishonmayapman?”

— O‘zingizni boshqalar bilan solishtirishdan tiyiling. Har bir inson o‘ziga xos va takrorlanmas, aynan shu sizning qadriyatlaringizdan biridir.

— Erishgan yutuqlaringiz va faxrlanadigan holatlaringizni yozib boring. Bu sizga o‘zingizni yaxshiroq bilish va qadrlashga yordam beradi.

— O‘zingizni tushunadigan, fikrlaringizni qo‘llab-quvvatlaydigan odamlar bilan davra yarating.

— Va eng muhimi: ehtimol, ijtimoiy tarmoqlardan biroz tanaffus qilish vaqti kelgandir? Chunki u yerda o‘zgalar hayoti sizni asossiz taqqoslashga va o‘zingizni yomon his qilishga majbur qilishi mumkin.

#psixologiya #tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
614-savol: Unashtirilganlarga nasihat

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Bo‘lajak kelinim bilan bir joyda ishlaymiz. Bizga chiroyli nasihat qilishingizni so‘raymiz.

Oldindan rahmat!

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakotuh. Chegaralarni saqlanglar, munosabatga kirishmanglar. Imkoni bo'lsa, to'yni tezlashtiringlar.

Oilaviy masalalarga doir kitoblar o'qinglar.

#Oila_qurish

Yanada ko'proq savol-javoblar
2025/07/05 08:34:11
Back to Top
HTML Embed Code: