Telegram Web Link
Sen bemor bo'lsang, bezovta bo'laman desam, o'zimni o'ylagan bo'laman. Muhimi, sening sog'lig'ing!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
85😁30❤‍🔥13👍3🔥3💯3🥰2💔1
Ayol bo‘lish bu —
Shisha idishni polga tushirib yuborib,
o‘zi qo‘rqib ketgani uchun boshqalarga baqirish san’ati!😅🫣

#Tabassum

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁21724👍10💯7
Nimaga "moʻtabar ona" yoki "ayol" timsoli deyilganda teatr, kino, san’at, umuman, inson tasavvurida faqatgina iffatli, hayoli, munis onalar tushuniladi?!

Nimaga radikal-feminist, metalist, xip-xopchi yoki zamonamizda majburlab tiqishtirilayotgan o‘zgacha "ayol" gavdalanmaydi.

Hatto birorta ertakda ham "Kenjabotir o‘zi orzu qilgan feminist ayol bilan tinch-totuv, baxtli hayot kechiribdi", deyilmaydi.

Nimaga?!

Said Komil

#Ayollar

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁9118🔥12🤔6💯5👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qiz uzatadigan ota-onalar e'tibor qilishi kerak bo'lgan uch jihat

#Oila_qurish

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
38👍15❤‍🔥3🔥2😱2👏1
"Sevdirib tarbiyalang" kitobini nega yozdim?

Hozirgi kunda ko'pchilik ijtimoiy tarmoqdagi qisqa matnlarni o'qishga odatlanib qolgan, uzunroq matnga toqat qila olmaymiz. Shuning uchun avvalroq qisqa tavsiyalar, tarjimalardan iborat qilib "Tarbiya-chi?" kitobini yozgan edim. Alhamdulillah, bu kitob juda yaxshi qabul qilindi.

Oradan vaqt o'tishi bilan tarbiyaga doir yana shunday qisqa tavsiyalar, tarjimalar yig'ilib qoldi va ayni "Tarbiya-chi?" kitobining uslubida "Sevdirib tarbiyalang" kitobini yozdim.

Kitobdagi tavsiyalar ko'proq ota-onani mehr bilan tarbiya qilishga, baqir-chaqir, janjallarsiz tarbiya qilishga chorlagani uchun kitobga "Sevdirib tarbiyalang" deb nom berdik.

Kitob oila qurish arafasida bo'lgan yoshlar hamda har bir ota-ona uchun tavsiya qilinadi.

Kitobni xarid qilish

#Sevdirib #Tanishuv

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
26👍10
Muhabbat bu duodir, duo bu muhabbat. Kim seni duoda eslasa, batahqiq, muhabbatingni kamoliga yetkazibdi!

#tarjima

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🥰49🔥1917👍4💔1
Muvaffaqiyatli nikoh bu:

Sizni tushunadi, boshqasiga qiziqmaydi, maqsadlaringizga erishishingizda sizni qo‘llab-quvvatlaydi, sizga mehr-e'tibor beradi, parvarish qiladi, sizni shoh/malika kabi qadrlaydi va sizni ranjitmaslik uchun bor imkoni bilan harakat qiladi.

#Nikoh

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
10🔥9547💯14❤‍🔥7💔6🥰3😁1🤔1
"Sekinroq haydayvering, uyda baribir o'sha xotiningiz kutyapti" debdi. 😊

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
1😁16017🤔8💔3😱2💯1
Ota-onaning dardi dunyo bo‘lsa, farzandlarning ham dardi dunyo bo‘ladi.

Bolani qandaydir o‘quv markazlariga berib, oilada yo‘q narsani boladan kutish aqlga sig‘maydi. Bu хuddi yerga urug‘ ekmay, mo‘jiza kutishday gap!

Tasavvur qiling, ota-ona kecha-yu kunduz telefondan boshini ko‘tarmasa, televizor orqali bekorchi narsalar ko‘rib, vaqtini behuda o‘tkazsa, o‘zi namuna bo‘lmay turib boladan olim yasab olmoqchi bo‘lsa, qattiq adashadi. Chunki bunday muhitda o‘sgan bola, ota-onasidan ortib boshqacha bo‘lolmaydi. 🤷🏻‍♂

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
1💯5920🔥11🤔1
​​Ayol xuddi asalariga o‘xshaydi. Sevsa asal beradi, yomon ko‘rsa chaqib oladi.

#Ayollar #Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
1😁16130🔥11👍8💯6👏2
Sevganidan yetadigan zarracha ozor ham kishining qalbini vayron qiladi. Go'yo u senga bir tikan sanchsa, daraxtning shoxini ko'zingga sanchgandek azob beradi. Shuning uchun sizni sevgan jufti halolingizga ozor berishdan saqlaning...

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
106👍19💯14💔8❤‍🔥5🔥5🤔1
Ona bilan munosabat qanday boʻlishi kerak?

Ona mehrining haddan ortiqligi ham, etishmasligi ham bola uchun bir xilda zararli deb hisoblanadi. Bu toʻgʻrimi?

Haqiqatdan ham shunday. Faqat maqtash yoki muhab­batga toʻla qilib oʻstirish mumkin emas. Ona bolasi bilan doim faxrlansa, uning holatiga moslashsa, koyigani qoʻrqsa, bola zaif boʻlib katta boʻladi. Unga moslashishni xohlamaydigan insonlar bor katta hayotga tayyor boʻlmaydi.

Agar biz bolaning har qanday holatga tayyor va stressga chidamli boʻlishini istasak, unga hayotda har xil vaziyatlar boʻlishi mumkinligini koʻrsatishimiz kerak.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
🔥1612👍3💔1
Erkak kishini o'zgartira olmaysiz. Erkak sevsa, o'zi o'zgaradi.

#tarjima

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥88💯4820👍8👏3🤔2💔2
Er: "Azizam, men sizni tushunishga harakat qilyapman…"

Xotin: "Demak, men tushunarsizmanmi?"

Er: "Yo‘q, yo‘q, men shunchaki sizni tushunishni xohlayman".

Xotin: "Demak, shu kungacha tushunmagan ekansiz-da?"

Er: "Men bunday demadim…"

Xotin: "Demak, siz meni yolg‘onchi deyapsiz?"

Er: "Astag‘firulloh, men unday demadim…"

Xotin: "Unda endi shunday demoqchisiz!"

#Tabassum

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁225❤‍🔥11💯87🔥5🤔3👍1👏1🌚1
Yordamga muhtoj, haqiqiy haqdor...

Yana bir bemorning muolajalari uchun pul juda zarur boʻlib, kasalliklari juda jiddiy va xavfli holatda ekan. Sogʻligi tikkalanishi uchun ikki yoʻl borligi aytilgan. Biri transplantatsiya operatsiyasi boʻlib, qiyin va qimmat — taxminiy narx 50 ming dollar ekan. Ikkinchi yo'l esa mashaqqatli bo'lsa-da, qimmat dori-darmonlar bilan sekin-asta bosqichma-bosqich davolanish ekan.

Tabiiyki, bemor operatsiya yoʻli, birinchidan, tavakkal, ikkinchidan, juda qimmatligi sababli sekin-asta davomiy muolajalar orqali davolanishni boshlabdilar. Lekin, azizlar, ayni kunlarda bemorimizning holatlari ancha ogʻir. Ishlab pul qilish uchun sogʻligi yaramaydi, yaqinlarida muolajalarini toʻliq qoplab berish imkoni yoʻq.

Shuning uchun bizdan ko'mak so'rabdilar. Kasallik bilan shaxsan oʻzim va mutaxassisimiz tanishib chiqdi. Tushgan pullarni barchasini bemorga yetkazishga men kafilman. Imkonimiz boricha yordam qilaylik, azizlar, iltimos.

Karta o'z nomimda
8600332972430643

G'iyosiddin Yusuf
25👏6❤‍🔥4👍4🤔2😱1💯1
Juftingiz faqat ulfatlari bilan vaqt o'tkazsa, nima qilish kerak?

Avvalo, bu haqida u bilan samimiy, ochiq suhbatlashib oling. O'zingizni yolg'iz his qilayotganingizni, uning e'tibori sizga muhimligini ayting.

Ikkinchidan, ish, oila, do'stlar orasida vaqtni to'g'ri taqsimlashni maslahat qilinglar.

Unutmang, har bir kishining shaxsiy qiziqishlari, o'z erki bo'lishi muhim. Shu bilan birga, har bir kishi oilasiga sifatli vaqt ajratishi lozim.

#Erkaklar #ayollar

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
55👍27❤‍🔥9🔥5💔4🤔3🥰2🌚1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qizning ota-onasi uzoq ekan deb rozi boʻlishmayaptimi?

Kelinning ota-onasi nimaga bunday deyishlari va qanday toʻgʻri yechim qilinsa, qiz tomonni koʻndirish mumkinligi haqida yuqoridagi video orqali toʻliq bilib olishingiz mumkin.

#Oila_qurish

Yanada ko‘proq videolar
24👍9💔4🥰2💋1
Qiz va yigit ilk uchrashuvga chiqqanda ularning qalblari bir-biriga nisbatan yozilmagan oppoq qog'ozdek g'arazsiz bo'ladi. Har bir so'z yoki amal bu qog'ozni yanada jilolantirishi yoki unga dog' tushirishi mumkin.

Er-xotin uzoq yillar birga yashagandan keyin ham bir-biriga muhabbatli, mehribon bo'lishi uchun oradagi ko'ngilsizliklar, yoqimsiz holatlarni kechirish, unutish bilan qalb daftarlarini dog'lardan tozalab turishlari kerak.

#Muhabbat #Ayollar #Erkaklar

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
72👍23💯16❤‍🔥9🔥3💋1
Forwarded from Tarbiyachi nashriyoti
"SEVDIRIB TARBIYALANG" KITOBI HAQIDA

G‘iyosiddin Yusufning “Sevdirib tarbiyalang” asari ota-onalar, ustozlar va tarbiyachilar uchun muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Muallif bu kitobda tarbiyaning eng asosiy tamoyillaridan biri — bolaga mehr bilan yondashish, uni sevgi va hurmat orqali kamolga yetkazish zarurligini chuqur tahlil qiladi.

Kitobda bolaga buyruqbozlik, qo‘rqitish yoki majburlash yo‘li bilan emas, balki u bilan do‘stona munosabat o‘rnatib, mehribonlik asosida tarbiya berish kerakligi uqtiriladi. Muallif bolani yaxshi so‘zlar bilan ilhomlantirish, unda mustaqil fikrlash va ijodkorlikni rag‘batlantirish, mehr va e’tibor berish orqali uning qalbiga yo‘l topish mumkinligini ko‘plab hayotiy misollar bilan isbotlab beradi.

Asarda, shuningdek, bolani sevib tarbiyalashning ijtimoiy ahamiyati, ota-onaning mas’uliyati hamda oiladagi muhitning bola ruhiyatiga ta’siri yoritilgan. Til uslubi sodda va ravon bo‘lgani sababli kitobni osonlik bilan tushunish mumkin.

Umuman olganda, “Sevdirib tarbiyalang” asari tarbiya masalasida nafaqat nazariy, balki amaliy qo‘llanma hamdir. Bu kitobdan ota-onalar, pedagoglar, psixologlar va farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan har bir inson foydalanishi mumkin.

“Sevdirib tarbiyalang” — bolalarga mehribonlik va samimiyat asosida yondashishning bebaho qo‘llanmasi bo‘lib, unda keltirilgan g‘oyalar har bir oila va jamiyat uchun dolzarb ahamiyatga ega deb o‘ylayman.

Yaqinda turmush o‘rtog‘im ushbu kitobni xarid qilib keldilar. O‘qib chiqib, juda ham foydali kitob ekanligini bildim. Hozir esa o‘zlari o‘qiyaptilar. Bu kitob bir marta o‘qiladigan emas, balki qayta-qayta o‘qib, yodda saqlab, amalda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan asardir.

8 oylik o‘g‘limiz bor. Birinchi farzandimiz tug‘ilmasidan oldin farzand tarbiyasi to‘g‘risida ko‘plab kitoblar o‘qishni boshlaganmiz. Inshaalloh, bizning ham farzandlarimiz olim, ulamo va qori insonlardan bo‘lishini tilab doimo duo qilamiz. G‘iyosiddin Yusufning barcha kitoblari juda ajoyib. Oilamiz bilan ko‘plab asarlarini o‘qib chiqqanmiz. Ayniqsa, navbatdagi o‘qiganimiz — “Sevdirib tarbiyalang” kitobi juda ham foydali bo‘ldi deb o‘ylayman. Alloh taolo uni endi amalda qo‘llab, unga amal qilishni, farzandlarimiz biz kutganimizdan ham ziyoda, komil inson bo‘lib yetishishini nasib qilsin, ilohim.

Yoqubova Madina

Kitobni xarid qilish

#Tanlov #taqriz

@Tarbiyachi_nashr
10👍7🥰1
2025/10/20 15:56:42
Back to Top
HTML Embed Code: