Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Sevdirib tarbiyalang" kitobi kimlar uchun?

Avvalo, bu kitob kattalar uchun ekanini eslatamiz. Bolalar o'qib, menga unday muomala qilishingiz kerak ekan, bunday muomala qilishingiz kerak ekan deb qolmasin. )

Kitobni oila qurish arafasidagi yoshlar va farzandli har bir ota-ona o'qib manfaat olishi mumkin.

"Sevdirib tarbiyalang" kitobining tarbiyaga oid boshqa kitoblardan farqi shundaki, unda faqatgina farzand tarbiyasiga oid ma'lumotlar emas, bolani parvarish qilishga doir ma'lumotlar ham berilgan. Tarbiyaga doir ma'lumotlardan baqir-chaqirlarsiz, urish-janjallarsiz bola katta qilish haqida o'rganishingiz mumkin.

Kitobni xarid qilish

#Sevdirib #Tanishuv

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
16👍7😁3
Sen bilan ikkimiz bir insonni yaxshi ko’ramiz: Seni! 😊

#Tabassum #Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁9937💔12❤‍🔥3🥰3🤔1
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

«Uch toifa odamning namozi maqbul bo‘lmaydi va bironta yaxshiligi osmonga ko‘tarilmaydi: qochoq qulning, to xo‘jayinlariga qaytib, qo‘lini ularning qo‘llariga qo‘ymagunicha; erini g‘azablantirgan – norozi qilgan ayolning, to eri undan rozi bo‘lmagunicha va mastning, to o‘ziga kelmagunicha».


Ibn Hibbon, Ibn Huzayma rivoyati.

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍7039💯13🌚4🔥1
Soliha ayolning yana bir sifati arazi qisqa boʻladiganidir.

© Kamoliddin Muhammad

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
124😁50🔥19👍14❤‍🔥7💯3🤔2🥰1
Sizni Allohdan yig'lab so'rab olganlarni yig'latib qo'ymang!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤‍🔥12844🔥20💯19💔9👍1
Munosabatlarga kirayotganingizda o‘zingizni butunlay shu munosabatlarda yo‘qotib qo‘ymang!

Siz kim bilandir munosabat boshlayotgan bo‘lsangiz, shuni unutmangki, hayotingiz faqat shu munosabat atrofida aylanishi shart emas. Aks holda, nafaqat juftingizni, balki o‘zingizni ham yo‘qotib qo‘yishingiz mumkin.

Munosabat boshlanganidan keyin ham sevimli mashg‘ulotlaringiz, ishingiz, o‘z ustingizda ishlash, dugonalar bilan uchrashuvlar, yangi g‘oyalar, orzular va o‘zingizga bo‘lgan g‘amxo‘rlik davom etishi kerak.

#tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
85💯44👍18❤‍🔥7🔥7👏2🌚2🥰1
Boy bo'lmasa ham ta’minotni qilish mas’uliyati ekanini his qiladigan erkakka turmushga chiqing.

Uning hisobida millionlar bo‘lishi shart emas. Muhimi, mas’uliyatni his qilishi, oila rahbari bo'la olishi va sizni yalintirmay, eslatmasiz ham ehtiyojlaringizni qondirishga intilishi.

Bunday erkak yoningizda bo‘lishni siz so‘raganingiz uchun emas, o‘zi xohlagani uchun qiladi. U sizni nafaqat moddiy, balki hissiy va ruhiy jihatdan ham xotirjam qiladigan insondir. So‘zida turadigan, siz uchun qadam tashlaydigan, ishonchli suyanchiq bo‘ladigan erkak haqiqiy baxtning kalitidir.

#tarjima #oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
53👍11971💯34🔥7🥰7🌚2💋1
Men shikoyat qilmayapman. Faqat rostini aytayapman: men temir emasman. Ish qilish menga qiyin emas, lekin har doim hammasini ko‘tarish og‘ir. Doim kuchli bo‘lish charchatadi, ayniqsa, ba’zan oddiygina zaif, nozik, faqat sevilgan ayol bo‘lgim kelganda.

G‘amxo‘rlik faqat bir tomonlama bo‘lib qolganda esa bu charchoq tanada emas, ruhda seziladi.

Menga katta qahramonliklar kerak emas. Ba’zan shunchaki mehrli nigoh, bir og‘iz qo‘llab-quvvatlovchi so‘z va yonimda bo‘lish istagi kifoya — jadval bo‘yicha emas, yurakdan kelib chiqqan holda.


#tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯11857👍22❤‍🔥15🔥2🥰2👏2
Munоsabatlarda muhim narsa bahsda yutish emas. Muhimi, bir-biringizni eshita olish. Men ham endi gapirishni faqat o‘z haqligimni isbotlash uchun emas, balki qayerda og‘ir kelyapti, qayerda qo‘llab-quvvatlashni kutyapman — shuni aytish uchun o‘rganayapman. Va tinglashni faqat javob qaytarish uchun emas, balki uning ichida nimalar kechayotganini chin dildan tushunish uchun o‘rganyapman.

Qachonki ikki taraf ham “kim aybdor” o‘yinini to‘xtatib, “birgalikda qanday qilib baxtliroq bo‘lamiz” degan o‘yinga o‘tsa, muammolar ham ajralish sababchisi emas, balki o‘sish sababi bo‘lib qoladi.

#tarjima #muammo

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍5432💯20👏7🔥4❤‍🔥2🥰1🌚1
Farzandi maktabga borayotgan ota-onalar, bu yoqqa!
👍16🔥4💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qaynona-kelin muammolariga ko'proq kimlar aybdor?

#Muammo

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯52👍138🔥6💔2
Bu juda oddiy. Lekin juda muhim

Oddiy: piyodaga suv sachratmay o'tish. Shunda ham uning paltosi, ham sizning vijdoningiz toza qoladi.

Oddiy: onangizga: “Assalomu alaykum, ona, o‘zingizni qanday his qilyapsiz?” deb qo‘ng‘iroq qilish. Faqat ish tushganda emas, hech bir sabab bo‘lmasa ham.

Oddiy: ijtimoiy tarmoqda negativ izoh yozmaslik. Asabni saqlab, energiyani yaxshi ishlarga sarflash.

Oddiy: “rahmat” deyish. Joy bergan odamga ham, tez javob qaytargan tanishingizga ham. Chunki aslida hech kim sizdan qarzdor emas.

Oddiy: kerak paytda “yo‘q” deyishni bilish. Bu ham o‘zingizni hurmat qilishning bir ko‘rinishi.

Oddiy: hech qanday sabab bo‘lmasa ham “Men seni yaxshi ko‘raman” deb yozish. Chunki buni kutib turgan odam borligining o‘zi baxtdir!

Mana shunday oddiy narsalar yig‘ilib, katta — haqiqiy baxtni bunyod qiladi!

#baxt #tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
84👍17💯14🔥5👏2🥰1
Kompyuterda ishlashda bolalarda uzoqni koʻrolmaslik profilaktikasi

1⃣. Har yarim soatda kamida bir marta tanaffus qiling.
2⃣. Koʻz mashqlarini bajaring, masalan, navbatma-navbat yaqin atrofdagi ob’ektdan uzoqqa qarang va xuddi shuning aksi.
3⃣. Monitordan koʻzgacha boʻlgan masofa kamida 30 sm boʻlishi kerak.
5⃣. Yotgan holda telefoningizdan oʻqish yoki texnika bilan ishlash tavsiya etilmaydi.
5⃣. Smartfon, planshet va noutbuk bilan ishlashda koʻrish qobiliyatini himoya qilish uchun siz yorugʻlik filtrli (kattalashtiruvchi linzalarsiz) maxsus koʻzoynaklardan foydalanishingiz mumkin, shuningdek, ekran yorqinligini sozlaydigan ilovalarni oʻrnatishingiz mumkin.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18🔥5👍1
Ayolga pul kerak emas, uni tushunishingiz kifoya. Chunki uni tushunsangiz, pul berasiz.

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁292💯3020👍9💔3🥰2👏1
Har bir bola alohida shaxs

Bola tarbiyasi bu bolaning yaxshi niyatlari va mo­yilliklarini ochib berish, yomonlarini yo‘q qilish ishidir. Bolaga yaxshi odatlar bilan ta’sir qilish va tarbiyalash jarayonini qanchalik erta boshlasangiz, shunchalik samarali bo‘ladi. Bu jarayonda bolalarni bosim va majburlash yo‘li bilan tarbiyalashga urinmay, balki ularning individual xususiyatlariga ko‘ra farqlash va tanib olish zarur. Xususan, har bir bola alohida va har xil degan tamoyil bilan harakat qilish bolada mukammal natijalarga erishish uchun zarurdir. Bu g‘oya bilan yo‘lga chiqqan pedagog yoki ota-ona farzandlarni mustahkam poydevorga tarbiyalashda birinchi qadamni qo‘ygan bo‘ladi.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
23💯5🔥4
Har bir qiz bosh qo'ymoq uchun ishonchli bir yelka istaydi!

#Oila_qurish #ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
81💯33👍13🔥9💔4❤‍🔥3
Nega bolalar ota-onaga itoat qilmaydi?

Instagramda shu mavzuda video chiqdi. Quyidagi havola orqali o'tib, bu savolga javob oling va bizni qo'llab-quvvatlang, iltimos.

Videoni ko'rish

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍24🔥76
Haqiqiy sevgi hech qachon o‘lmaydi, u vaqt bilan faqat yanada mustahkamlanadi...

Muhammad Idris

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
95👍11🔥8💯7❤‍🔥4🥰2😁1
Siz juftingizga sevgingizni bildirish uchun bayramlarni, janjallashib qolishingizni yoki romantik kechki ovqat uchun ishxonangizdan vaqtliroq javob olishni kutishingiz shart emas. Muhabbatingizni har kuni bildirib turishingiz mumkin.
Shunchaki ularga aytayotgan har bir so'zingizga mehr qo'shing.
Buning uchun ortiqcha vaqt hamda mablag' kerak emas.

#Muhabbat #Romantika

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
67💯32👍17🔥3🥰3💔1
Sizdan yordam so‘ramasa,
aralashmang

Agar farzandingiz darslari yoki o‘zining mashg‘ulotlari bilan band bo‘lsa va sizdan yordam so‘ramasa, ishlariga aralashmang. Aks holda sodda darslarda, hatto biladigan mavzularida ham yordamga chaqirishga o‘rganib qoladi. Shunchaki o‘zini ortiqcha qiynashni, izlanishni xohlamay qoladi. Agar farzandingiz dars jarayonida yoki boshqa mashg‘ulotlarida qiyinchilikka duch kelsa, o‘zi sizdan yordam so‘raydi. Va bunda, albatta, unga yordam be­ring.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
28👍12🔥7🥰2
2025/10/20 12:09:33
Back to Top
HTML Embed Code: