Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BOLAJONLAR UCHUN AJOYIB YANGILIK!

🎁 Kutib oling o'zbek tilida ilk bora odob-axloq bilimlariga asoslangan "Odobiston qahramoni" milliy-tarbiyaviy stol o'yini!

Farzandingizga odob-axloq tamoyillarini qiziqarli va ajoyib o'yin usulida o'rgatishga tayyormisiz? Unda Sizga zinapoya va sirpanchiq usulidagi stol o'yinimiz yordam beradi!

🥳 O'yin foydali, qiziqarli va asosiysi oilaviy yoki do'stlar davrasida o'ynalishi bilan birga bolajonlarimizni turli xil gadjetlarga bog'lanib qolishlaridan ham himoya qiladi!

👶 3+ yoshdagi bolalar uchun
🧩 Stol o'yini

🌤 Bolajonlar kundalik odoblar haqida bilimlarga ega bo'lishadi.

⭐️ Bolalarni interaktiv o'yin va mashg'ulotlarga ko'proq jalb qila olasiz.

🌟 Kichkintoylar bilan savol javob qilish orqali ham ular bilan birga maroqli vaqt kechirasiz ham yangi narsalar o'rgatasiz.
⭐️ O'lchami 31*34 sm (qattiq quti)


🛍Xarid uchun: @olimbolajon_admin
👍154
– Oilaviy masalada maslahatingiz kerak edi.
– Maslahatmi yoki konsultatsiya?
– Nima farqi bor?
– Maslahat bepul, konsultatsiya pulli.
– Unda maslahat bering.
– Maslahatim konsultatsiya oling!

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁33714🔥4🤔3
Muhabbat kamchiliklariga chidab yashash emas, boricha qabul qilishdir...

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
90👍28❤‍🔥11💯8🔥3💔2🥰1🌚1
ISHONIB BO‘LMAYDI!

Hamma bilan do‘st bo‘lib ketaveradigan kishiga ishonib bo‘lmaydi…

Sirni ochadiganlarga ishonib bo‘lmaydi…

Yaxshilikni bilmaydigan nonko‘rlarga ishonib bo‘lmaydi…

Qalbni sindiradiganlarga ishonib bo‘lmaydi…

Faqat bo‘sh vaqtidagina oldingizga keladiganlarga ishonib bo‘lmaydi…

Yuqoridagilardan ehtiyot bo‘lmasangiz sizga ham ishonib bo‘lmaydi!!!

Abdulqodir Polvonov

#Eslatma

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍7922😁21🔥9💯3🤔2
Bu oy xarajatlarim ancha kamayibdi. Chunki ko'pini yozmagan edim.

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁1729🔥4🥰1
Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!

Mavzumizdan kelib chiqib haqdor oilalarga yordam qilishga chaqiramiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.

Batafsil ma'lumot

Karta raqam: 9860160605493933
👍17🔥10
Muhabbat bu uni soatlab eshitib malollanmaslik, unga soatlab gapirib charchamaslik, u haqida soatlab gapirib gap tugamasligidir!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
100💯30❤‍🔥17👍4🔥3😁3🥰1🌚1💔1
232-savol: Onam xolamning qiziga uylan deyapti

Assalomu alaykum.
Onam xolamning qiziga uylan deyaptilar. Bu haqida juda ko’p o’ylab, bir qancha vaqt izladim. Shayx hazratlari uylansa bo’ladi degan ekanlar. Xolamningiz qizi ham haqiqatda ilmli soliha qiz. Lekin bir narsa juda o’ylantirayapti, qarindoshlar o’rtasida tuzilgan nikohdan nosog’lom farzandlar tug’ilishi mumkin ekan. Shuni onamlarga aytganimda, agar shu o’ylantirayotgan bo’lsa qon topshirib ko’ringlar, agar to’g’ri kelmasa uylanmaysan degandilar. Lekin bizning farzandlarimizda muammo bo’lmasa ham keyingi avlodlarga ta’siri bo’lishi mumkin ekan. Juda boshim qotib qoldi nima qilishga, qiz ilmli soliha qiz. Nima qilishni maslahat berasiz?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Qarindosh bilan oila qursa, bola nosog'lom bo'lish ehtimoli bor — aniq shunday bo'ladi deyilmagan va qarindosh bilan oila qurib yashayotgan, sog'lom farzandlar o'stirayotgan kishilar ham bor. O'sha ehtimoldan chetlanish uchun oila qurmagan afzal deyiladi — mabodo shunday bo'lib qolmasin deya, lekin oila qursa bo'ladi.

#Oila_qurish

Yanada ko'proq savol-javoblar
47👍15❤‍🔥4💯4
Ko‘chada ketayotgan odam sms o‘qib jilmayib yuborsa, mamnun bo'laman. Qadamlarida yengillik, yuzida tabassum ko'rinadi.

Shunchaki eslatma: yaqinlaringizga ko‘proq yoqimli xabarlar yozing. Ba’zan bitta so‘z bir kunni chiroyliroq o'tishiga sabab bo'ladi.

#Eslatma

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯10460👍19🔥11❤‍🔥8🥰2
Men aktyor Jerar Filipning “Nikoh — bu uzoq suhbat” degan so‘zlarini eslayman.
O‘limidan taxminan ikki yil oldin Rolan menga shunday degandi:
“Xudoyimey, biz birga 25 yil yashadik, ammo men hali ham sen bilan suhbatga to‘yganim yo‘q…”

Tasavvur qilyapsizmi, bu qanday baxt? Boshqa bir odam butun umrini siz bilan o‘tkazib, baribir siz bilan gaplashishga to‘ymagan bo‘lsa…

— Elena Sanaeva, turmush o‘rtog‘i Rolan Bıkov haqida.

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
149👍27🔥22🥰2❤‍🔥1💔1
Ayollarda bor xislatlar supermarketlarda ham yo’q. Ishonmaysizmi?

Ular sizning bir oy ishlagan pulingizni bir kunda ishlatishi, buning uchun gapirsangiz, sizdan xafa bo’volib sizdan yana pul undirib olishi mumkin.

Yana ular bitta bankaning qopqog’ini ocholmay, jahli chiqsa gilamlarni ham o’zi ko’tarib, muzlatkichlarni ham surib tashlashi mumkin.

Qizig’i, tilla xursand qila olmagan ayolni toza oshxona va yaltillagan gaz baxtli qilishi mumkin.

Shunaqa, ular ajoyib va tushunib bo'lmaydigan xilqat.

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁179💯4821❤‍🔥11🌚7👍2🔥1👏1
Hayotda quvonch topishni o‘rgan – bu baxtni jalb qilishning eng yaxshi usuli.

B. Franklin

#baxt

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
71🔥15💯9👍6❤‍🔥1🥰1
Mutоlaa insоnni go‘zallashtiradi 📕

Yosh-u qari, erkag-u ayol – kim bo‘lishidan qat’iy nazar chirоyli tashqi ko‘rinishga ega bo‘lishni, ko‘pchilikning e’tibоri markazida bo‘lishni istaydi.

Mutоlaa insоnning ichki dunyosini go‘zal qilib qоlmay, tashqi ko‘rinishini ham go‘zallashtiradi. Har qanday mavzuda qiziqarli suhbat qura оlish va o‘z bilimini namоyish etish suhbatdоshining mehrini qоzоnishga yordam beradi.

📚 Gʻiyosiddin Yusufning «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
👍2517👏4
Kenglik vaqtida ko'proq duo qiling, Allohni eslang, shunda torlikda ham duolaringiz ijobat bo'ladi, Alloh sizni eslaydi.

Kenglik vaqtida ko'proq yaxshilik, xayr-ehson qiling, torlik vaqtida sizga ham yaxshilik, xayr-ehson qilishadi.

#tavsiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
106👍21🔥16👏5💯2
Bugun erkaklar yopiq kanalida ayol bilan munosabatda had — chegaralar mavzusida ovozli shaklda ma'lumot chiqardim (14 minut).

Kanalga qo'shilib shu va boshqa ko'plab foydali ma'lumotlarni tinglab/o'qib borishingiz mumkin:

https://www.tg-me.com/+786ZVVLPjkhhZDdi

Izoh: bu faqat erkaklar uchun! Havola ustiga bossangiz, sizga bot orqali xabar boradi. U yerda obuna bo'lish degan joyini bosib, karta raqam kiritgan holda (oyiga 47 ming so'm) to'lov qilasiz.

Texnik muammolar bo'yicha: @TeXizmatbot
👍177😱2🎉1
Ikki dunyoviy tushunchadagi yosh oila qurib, keyin ulardan biri — masalan, ayol — sof fitratiga qaytsa, to‘g‘ri yo‘lni tanlasa, nima qilish mumkin?

1. Ayol go‘zal o‘rnak bo‘lib, chiroyli xulqi, odobi bilan turmush o‘rtog‘ini o‘ziga ergashtirishga harakat qilishi;

2. Turli kitoblar, eshittirishlar orqali unga yaxshilikni ilinishi;

3. Yaxshi kishilarga qo‘shilishiga ko‘maklashish. Masalan, dugonalari bilan oilaviy bordi-keldi qilish;

4. Haqqiga yaxshilik tilash;

5. Turmush o‘rtog‘ining yaqinlariga nasihat qildirish.

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
1👍4325🔥6🤔5💔2🥰1
ALoqalar qachon tugaydi, bilasizmi?..

💔 O‘rtadagi muloqot to‘xtaganida.
💔 Bir-biringizga endi yoqimli yoki noxush gaplarni aytmay qo‘yganingizda.
💔 Juftingizga u siz uchun qanchalik aziz ekanini eslatmay qo‘yganingizda.
💔 Nima xafa qilayotganini aytmasdan, ichingizda yig‘ib boraversangiz.
💔 Siz o‘zingizdagi his-tuyg‘ular haqida juftingizga emas, boshqalarga gapira boshlaganingizda...

Hammasini ortga qaytarish mumkin.
Lekin faqat ikkala tomon ham xohlagan taqdirda.

#Munosabatlar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💔6929💯21👍13🤔1
Hubbuna
Tolibi ilm boʻlgan bir bemorimiz bor. Olti oydan buyon ogʻir dard bilan kurashib keladi. U kishi uchun bir necha bora xayriya e'lon qilganmiz, ko'pchilik moddiy yordam bergan. Bemorimiz, afsuski, hozirgi kunda kasalliklari juda avj olgan, vaqtida davolanmaslik…
Azizlar, bu bemorimiz tekshiruvlarning katta qismidan o'tib bo'libdi. Endi muolajalar uchun harakat boshlandi. Yana ozginadan bo'lsa ham himmat qilishga chorlaymiz.

Karta raqam o'zgardi:
9860 1966 1626 0507
O'z nomimda
🔥118💯5👍2😱1
🧔 – Azizam, endi sizni "Sen" desam bo'ladimi?
🧕 – O'zing bilasan! 🙄

#Tabassum

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2😁32320👍9🔥5🥰4🌚3🤔2😱1💯1
710-savol: Onam tanlovimga qarshi chiqdi, nima qilay?

Assalomu alaykum.
Menda bir savol bor edi. Men bir insonga ko‘ngil qo‘ydim va biz shariat asosida birga bo‘lishga qaror qildik. Buni onam bilganlarida qattiq qarshi bo‘ldilar. Sababi biz shaharda yashaymiz, tanlagan insonim esa unday emas. U kishi boshqa joylik.

Otam bilan gaplashdim. Onamning fikrlarini aytdim, sabr bilan tingladilar va: “Tanlov o‘zingda, onang bilan yana maslahatlashaman, nima sababdan qarshi chiqayotganini so‘rab ko‘raman”, dedilar. Buni onam bilib: “Otangga bunday gaplarni aytishga uyalmadingmi?! Men senga o‘zim aytgan odaminga turmushga chiqasan, deganman-ku!” deb jahllarini chiqardilar.

Tanlagan insonim: “Otangiz bilan o‘zim gaplashsam bo‘ladimi?” deb so‘radi, lekin hozircha to‘xtatib turibman.

U ibodatli, ilmli, saviyali yigit.
Endi bunday holatda qanday yo‘l tutish kerak? Onamning ko‘nglini qanday olish mumkin? Yoki vaqt o‘tishi bilan bu qarshilik yengillashadimi?
Maslahat bering, iltimos.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Kuyov tomon harakat qilishi kerak: otangiz bilan gaplashsa ham, qayta-qayta sovchi qo'ysa ham bo'ladi.

Onangizga tushuntirish kerak. Hududlar boshqa ekani nimaga norozi qilayotganini aniq bilib, shunga yechim berish kerak.

#Oila_qurish

Yanada ko'proq savol-javoblar
🔥3218👍10
2025/10/21 09:22:27
Back to Top
HTML Embed Code: