Telegram Web Link
Farzandingiz bilan ko‘proq muloqotda bo‘ling 👩‍👧

👩‍👧Bolangiz aynan sizning ovozingizni juda yaxshi ko‘radi. Shuning uchun u bilan tez-tez gaplashing, kitoblar mutolaa qilib bering, ko‘proq Qur’on o‘qib bering. Uning hayotining ilk oylaridanoq u bilan vaqtingizni birgalikda samimiy o‘tkazing.

👩‍👧Chaqaloqning har bir shirin tabassumi va tovushiga o‘z munosabatingizni bildiring. Ular nima qilayotganlari, o‘ynayotganlari haqida va o‘zingiz haqingizda tez-tez gapirib berishga odatlaning.

🧕Bolaga berayotgan, o‘zingiz birga o‘ynayotgan o‘yinchoq yoki boshqa tanish narsa nomlarini unga to‘g‘ri talaffuz bilan eshittiring.

📖 «Bolamni yaxshi ko'raman» kitobidan #iqtibos #tarbiya

Kitobni xarid qilish

✍️
@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26👍8🥰4🔥2💋1
Xurmo haqida hayratlanarli faktlar

Kuniga atigi 4 dona xurmo iste’mol qilish orqali siz immunitetni mustahkamlaysiz, suyaklarni chiniqtirasiz va qon bosimini me’yorga keltirasiz. Shunchaki ularni kunlik ovqatingizga qo‘shing.

Bundan tashqari, xurmo hazmni yaxshilaydi, organizmdagi temir miqdorini oshiradi, yurak salomatligini mustahkamlaydi va allergiyani kamaytiradi.

#Salomatlik

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
53🔥16👍13
#Muhabbat bu u bor joyda boshqa hech kim va hech narsaga hojat qolmasligidir.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
84🔥18💔7😱1
📚 "Sevdirib tarbiyalang"
Gʻiyosiddin Yusuf ustoz

“Yoʻqolgan bolani bir necha soatlik qidiruvdan keyin topishingiz mumkin, lekin yoʻqolgan axloqni topish ehtimolingiz deyarli yoʻq!”

© Doktor Ihsan Shenojak

Mazkur kitob taqdimotida ustoz: “Koʻpchilik nima qilishni aytadi, lekin uni qanday qilishni aytmaydi”, — degan edilar. Haqiqatan ham bu gapning to‘g‘riligiga kitobni o‘qib chiqqach amin bo‘lasiz. Unda farzand tarbiyasi borasida nafaqat nima qilish kerak, balki qanday qilish kerak degan savollarga ham hayotiy va aniq javoblar berilgan.

Farzand tarbiyasi haqida yozilgan ko‘plab kitoblar orasida bu asarning o‘rni alohida deb o‘ylayman. Chunki u ota-onalarga murakkab nazariyalar yoki og‘ir qoidalarni emas, hayotning o‘zidan olingan, har bir oila duch keladigan vaziyatlarga sodda va samimiy yechimlar taklif etadi. Har bir ota-ona bu kitobda o‘z hayotidan bir parcha topadi va “Ha, men ham shunday holatda bo‘lganman”, — deb o‘ylaydi. Ammo o‘sha vaqtda tutgan yo‘li qanchalik to‘g‘ri bo‘lgan?

Kitobni o‘qib chiqqan har bir inson farzand tarbiyasining asosiy kaliti sabr, mehr va tushunish ekaniga amin bo‘ladi. Ustoz bolaga dushmandek emas, eng yaqin inson — do‘st sifatida yondashishni o‘rgatadilar. Chunki bola qanday muomala ko‘rsa, shunday shaxsga aylanadi.

Menga eng ta’sir qilgan jihati ustozning sodda, tushunarli va samimiy tilda yozganlaridir. Har bir mavzu qisqa, aniq va hayotiy misollar bilan yoritilgan. Shuningdek, unda ulug‘larning hikmatlari, ota-onalardan kelgan savollarga javoblar va hayotiy kuzatuvlar ham o‘rin olgan. Shu bois kitobni qo‘lga olgan inson bir zumda foyda ola boshlaydi.

“Sevdirib tarbiyalang” asarini mutolaa qilar ekanman, farzand tarbiyasi faqat bolani emas, ota-onaning o‘zini ham tarbiyalashini angladim. Bola bizning ko‘zgumiz — biz qanday bo‘lsak, ular ham shunday ulg‘ayadi. Shu sababli bu kitobni nafaqat yosh ota-onalar, balki yoshi kattalar ham o‘qishi foydali deb o‘ylayman.

Bu asar — ota-onalik yo‘lida qo‘lga olingan chiroq. U mehrni sevdirib singdirish, tarbiyani bosim bilan emas, muhabbat orqali amalga oshirish lozimligini yana bir bor yodimizga soladi.

© Yakun

#taqriz

Kitobni xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
23🔥5👍2
– Men sizni "shuning uchun", "buning uchun", "uning uchun" sevmayman.
– Nega sevasiz?
– "Nega"siz sevaman!

Twitterdan

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
83👍17🥰12🤔5🔥4💯3😁2👏1🌚1💔1
757-savol: HOMILADORLIK DAVRIDA NIMALAR BILAN BAND BO‘LAY?

Assalomu alaykum!

3-farzandimga homiladorman, alhamdulillah. Ilgari 2 farzandimda tajribam unchalik ko‘p bo‘lmagan. InshaAlloh, bu safar homiladorlik davrini ongli va mazmunli o‘tkazishni xohlayman.

Asosan qanday kitoblar o‘qishni maslahat berasiz? Qanday zikrlarni? (Albatta, Qur’on o‘qiyman.) Badiiy kitoblarmi, tarbiyaviymi?

Sizning kanalingizni anchadan beri kuzataman. Sizdan maslahat olishni niyat qilib qo‘ygan edim.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Tafsir va siyratga oid kitoblar o'qishni maslahat beraman.

#tarbiya

Yanada ko'proq savol-javoblar
32👍17
▫️Baxtli hayot rejasi

〰️ Baxtli hayotning siri: yaxshilikni minnatdorlik bilan qabul qiling, mehringizni boshqalar bilan bo‘lishing, yoqimsiz narsalardan uzoqroq yuring.

〰️ Har bir yoqimli on uchun shukr qiling, mayda narsalardan quvonch toping va sizni baxtsiz qilayotgan holatlarni o‘zgartirishdan qo‘rqmang.

〰️ Baxt — bu faqat manzil emas, balki unga olib boradigan har bir ongli, iliq qadamingizdir.

#baxt #tarjima

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥3421👏7🥰3
Nazokat, latofat ayolni erga ayol ekanini namoyon qilib turadi.

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
49🥰12🔥10💯4
Muhabbat insonni o'zgartiradigan katta kuchdir. Sevdira olsangiz, qolganini o'zi qiladi. )

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
80🥰20💯11👍10🔥4💔2😁1
Bolaga oʻziga mos munosabatda boʻling

Koʻp tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, taxminan, 2 yoshlarda bola unga doimiy aytib kelingan ikki soʻzni nazariga ilmay qoʻyadi: «Balli» va «Mumkin emas».

Bu soʻzlarga nisbatan bolada umuman reaksiya boʻlmaydi. Bular mos boʻlmagan iboraga aylanib qoladi. Bola koʻlmakchada oʻynagisi kelsa, biz unga «Suv sovuq, senga yoqmasligi mumkin, chunki oyogʻing namiqib qoladi» demaymiz. Biz unga buni tajriba qilib koʻrishga ham ruxsat bermaymiz va qayta-qayta «Mumkin emas!» deb ta’kidlayveramiz. Qizigʻi shundaki, xuddi shu holat ijobiy motivasiya bilan ham sodir boʻladi. «Sen chizgan quyosh juda chiroyli chiqibdi, kayfiyatimni koʻtarding» deyish oʻrniga «Balli!» deymiz.
Shu sababli soʻzlar va tushunchalar qadrsizlanadi.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
45🔥12👍1
"Yarimta xurmo sadaqa qilib bo‘lsa ham o‘zingizni do‘zax olovidan asrang".


Xayriya haqida

Ehsoningiz uchun: 9860160605493933
16
Ikki o'yin ishqibozi oila qurganda.

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁101😱117💔7👍2🌚1
Keling, shuni anglab olaylik: odamlar foydasi tekkani uchun emas, yaxshiligi uchun ham emas, sevganlari uchun sevadi. Sevgining sababi yo‘q. Ba’zan odamni hech narsasiz, shunchaki sevishadi.

Joziba, muvaffaqiyat, kuch, go‘zallik yoki aql — bularning hech biri sevgi bilan bog‘liq emas. U minnatdorchilik ham emas. Chunki sevgi buning evaziga olinadigan mukofot emas, beriladigan ne’matdir. Uni faqat qabul qilish yoki qabul qilmaslik mumkin.

Vladimir Levi

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
36❤‍🔥11👍11🔥6💯2💔2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Otamning fe’llaridagi meni hozirgacha katta hayratga solgan xislatlardan biri shu ediki, bizni yaxshilikka yetaklovchi narsani takror-takror aytishdan erinmas edilar. O‘sha narsani amalimizga aylantirib olgunimizcha yuz marotaba, lozim bo‘lsa, ming marotaba takrorlardilar. Ana shu narsalar biz uchun katta bir baxt bo‘ldi”, — degan edilar hurmatli Shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari.

Yuqoridagi fikrlar har bir yosh ota-ona uchun nihoyatda qadr-qimmatga ega hisoblanadi. Sababi Shayx darajasiga yetgan insonning otasi tomonidan berilgan tarbiya haqida ma’lumot o‘z farzandining kelajagi va uning kamoloti uchun qayg‘uradigan hech bir ota-onani befarq qoldirmaydi.
Farzand tarbiyasi juda nozik, e’tibortalab va shu bilan birga yoqimli jarayon. Bugungi kunda farzand tarbiyasiga oid asarlar, ilmiy kitoblar anchagina. Tarbiya nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lganidan bu mavzudagi kitoblar doimo dolzarb va kitobxonlar e’tiborida bo‘lgan.

Shunday kitoblardan biri G‘iyosiddin Yusufning “Sevdirib tarbiyalang” kitobi. Kitob yozuvchining hayotiy tajribasi va pedagogik mahoratidan kelib chiqib yozilgan.
Kitobni qo‘lga olgan inson borki, uni o‘qish jarayonidan zerikmaydi, toliqmaydi. Kitob bir qancha kichik mavzuchalardan iborat bo‘lib, mavzularning har biri ota-onalarda qiziqish uyg‘otadi. Shu sabab kitobxon kitobni katta qiziqish bilan o‘qishda davom etaveradi.

Kitob 3 ta bob asosiga qurilgan ekan:
1. Buyuk olimlarning farzand tarbiyasi haqidagi fikrlari.
2. Yozuvchining o‘zi shaxsiy xulosalari va izlanishlarini bayon qiladi.
3. Ota-onalardan kelgan savollarga berilgan javoblar taqdim qilinadi.
Hozirda o‘zim ham farzand tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lganim uchun kitobdagi ko‘pgina mavzularni o‘zim uchun dastirulamal qilib olishga harakat qilyapman. Tarbiya jarayonida yo‘l qo‘yayotgan xatolarimni angladim. Bolani haddan ziyod erkalatishning oqibatlari haqida xulosa qildim.

Kitobdagi “Aniq tartib-qoidalar bo‘lsin”, “Mas'uliyatni his qilishni o‘rgating”, “Sog‘lom farzand o‘stirish”, “Bolani erkin qo‘yish kerakmi yoki...?”, “Tarbiyada g‘azabni yengish muhim”, “Muvozanat”, “Rostgo‘ylikka targ‘ib” kabi mavzular orqali o‘zim uchun kerakli ma’lumotlarni oldim.
Farzand tarbiyasi qadimdan murakkab, nozik va alohida yondashuv talab qiladigan jarayon. Sababi har bir bola alohida dunyo. Ularga o‘z xarakteridan kelib chiqqan holda muomala qilish lozim.
Muallif o‘z kitobida ana shunday murakkab jarayonda ota-ona qanday yo‘l tutmog‘i lozimligini o‘rgatadi. Farzandning voyaga yetishida butun oilaning hissasi bo‘lishi tabiiy. Ammo ko‘proq mas’uliyat ota-onaga tushadi. Yana ham mas’ul shaxs albatta onadir. Shuning uchun ham biz onalar farzand tarbiyalar ekanmiz farzandimiz bilan birgalikda o‘zimizni ham tarbiyalab bormog‘imiz juda ham muhim.
Shaxsiy rivojlanayotgan, ilm olayotgan, o‘z ustida ishlayotgan onaning farzandi albatta onasiga ergashadi. “Qush uyasida ko‘rganini qiladi”, deb bejiz aytishmaydi.
Kitob juda tushunarli, ravon, ommabop usulda yozilgan. Ushbu kitobni o‘qish jarayonida meni eng quvontirgan holat buyuk olimlar, shayxlar tomonidan berilgan farzand tarbiyasiga oid fikrlarning keltirilgani bo‘ldi. Sababi bunday teran fikrlarni har yerda uchratish mushkul.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari, Odinaxon Muhammad Yusuf, Shayx Usmonxon Alimov, Ahmad Muhammad Tursun, Tohir Malik, Alixonto‘ra Sog‘uniy, Salohiddin Muhiddin, Usmon Nuriy To‘pbosh, Abdurauf Fitrat, Imom G‘azzoliy kabi buyuk ilm egalarining tarbiya borasidagi qimmatli so‘zlari bilan bizni tanishtirgan hurmatli muallifimiz G‘iyosiddin Yusufga o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.
Aziz Onajonlar, “Sevdirib tarbiyalang” kitobini albatta mutolaa qiling. Kitob onalik ilmini o‘rganishingizda va yana bir palla yuqoriga qadam qo‘yishingizda ulkan zinapoya vazifasini o‘taydi. Kitobning sevimli kitoblaringiz ro‘yxatidan va kitob javoningizdan munosib joy egallashiga ishonaman. 

“Sevdirib tarbiyalang” kitobiga taqriz
 
©️ Mahfuza Yashinova

“Sevdirib tarbiyalang” — 39.000 so‘m;


@qamarbooks
16👍11🔥4🥰1
Bo‘ydoqlarga maslahat

Hozirdanoq onangizga uy ishlarida oz-ozdan ko‘maklashib boravering. Ularning ko‘zi asta-sekin o‘rganib borsin. Uylanganingizdan keyin uy ishlarini qilishga majbur bo‘lib qolsangiz, gap-so‘z kam bo‘ladi!😉

Abdulloh Husan o‘g‘li

#Tabassum #oila_qurish

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁270💯37👍1817👏2🔥1🤔1
Ko‘p odamlar sevgi qandaydir katta narsada — e’tiroflar, sovg‘alar, yorqin voqealarda namoyon bo‘ladi deb o‘ylaydi. Ammo haqiqiy munosabatlar har kuni sodir bo‘ladigan mayda, ammo muhim holatlardan quriladi.

Choyni qanday uzatishingiz, u chiqayotganda eshikni qanday yopishingiz, u siz gapirayotgan paytda telefonni qanday chetga qo‘yishi — ana shu kichik harakatlarning barchasi insonni siz bilan birga bo‘lishda o‘zini xavfsiz va qadrlangan his qilishiga sabab bo‘ladi.

Agar sizning kundalik hayotingizda mehr va e’tibor yo‘q bo‘lsa, hech qanday “sevgilim” degan so‘z buning o‘rnini bosa olmaydi. Chunki sevgi baland ovozda emas, muntazam, doimiy g‘amxo‘rlikda namoyon bo‘ladi.

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
91👍12🔥10💯5👏3💔2❤‍🔥1
Turmushga chiqqan qiz onasiga norozi bo‘lib shikoyat qilayotganmish:
— Oyi, erim bilan ortiq yashay olmayman!
— Nega?
— Uni tushuna olmayapman. Har doim tortishamiz, janjallashamiz. Erimning kamchiliklari juda ko‘p!
— Qizim, sen olcha yeyishni yaxshi ko‘rasanmi?
— Olcha? Ha, albatta. Lekin hozir buni nima aloqasi bor?
— Olchalarni yeganingda ichidagi danaklarini chiqarib tashlaysan-ku... Hayotda ham shunday qilgin. Olchani yegin-u, danagini olib tashlashni o‘rgan!

#Nasihat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥8341💯41👍14❤‍🔥5🤔4😱3😁2
Ona bilan munosabat qanday boʻladi?

«Bolaga ona mehri haddan oshiq berilsa ham, oʻta kam berilgan boʻlsa ham zararli», – deydilar. Bu haqiqatmi?
Aslini olganda, ha. Faqatgina maqtayverish yoki, aksincha mehrdan mahrum qilish ham yaxshi emas. Ona doim bolasini koʻklarga koʻtarsa, oʻzini unga moslasa, urishgani qoʻrqsa, farzand zaif boʻlib voyaga etishi mumkin. Boshqa odamlarning uning aytganiga koʻnib ketadigan katta hayotga u tayyor boʻlmaydi.
Agar biz bolamiz stressga chidamli boʻlishini xohlasak, unga hayotda har xil vaziyatlar boʻlishi ehtimoli borligini tushuntirishimiz lozim.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
13🔥5
Siz uni so'rayotganingizdek u ham sizni qayerdadir so'ramoqda! Inshaalloh, bir kun duolaringiz ijobat bo'ladi.

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
84🔥14💔7🌚4😁3❤‍🔥2🤔2
2025/10/20 05:05:46
Back to Top
HTML Embed Code: