Telegram Web Link
Uchrashuvga chiqish faqat oila qurish uchun kerak emas, oila qurganingizdan keyin yillar o'tsa ham juftingiz bilan yolg'iz uchrashuvga chiqib turing.

— Bugun sizni uchrashuvga taklif qilsam maylimi?

deyish bilan uni baxtiyor qiling. Hech qanday sababsiz, biror aybingizni yuvish uchun ham emas, shunchaki, sababsiz uchrashuvga taklif qiling.

Balki qimmatbaho restoranga bormassiz. Mayli, choy yoki qahva ichib bo'lsa ham qo'llaridan tutib, ko'zlariga termulib, dildan suhbat quring.

Yoki diet kafe ham yaxshi variant — 24/7 ishlaydi. )

#Tavsiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
83😁54👍18❤‍🔥4🔥4💯4💔1
Er ro‘zg‘or xarajatlarini qoplashining o‘zi katta sovg‘a: uy ijara yoki ipoteka to‘lovini to‘lashi, gaz, elektr, suv, chiqindi to‘lovlarini ado etishi, bolalari va xotiniga zarur kiyim-kechak olib berishi — bularning barchasi juda katta sovg‘a hisoblanadi.

Oqila ayol buni tushunadi va ortiqcha narsa kutmaydi. Har doim nimanidir kutadigan ayol esa ruhiy jihatdan sog‘lom emas — u psixolog yoki psixiatrga murojaat qilishi lozim.

Fayzuddin Mumin

#ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁116👍4227🤔15💯12💔10🔥6😱5🌚5
Men muhabbatni tanladim.
Chunki nafrat — ko‘tarib yurishga juda og‘ir yuk.

Martin Lyuter King

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
63💯21🔥12👏4💔4
🍲 Tariq yormasini yeyish

Oddiygina tariq yormasi ko‘p narsaga davo bo‘lishi mumkin.

U qon bosimini me’yorda ushlab turishga yordam beradi. Shuning uchun yurak-qon tomiridan qiynaladiganlarga ayniqsa foydali.

Tarkibidagi foydali moddalar suyaklarni mustahkamlaydi. Bolalarga ham, keksalarga ham suyakka quvvat beradi.

Ortiqcha yog‘ to‘planishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ichakni tozalaydi, zararli moddalarni chiqaradi. Shu bois vaznini nazorat qilmoqchi bo‘lganlar uchun ham yaxshi yordamchi.

Shu oddiygina donni pishirib iste’mol qilish kifoya. Asosiysi, muntazamlik.

#Salomatlik

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
25🔥10👍4
Assalomu alaykum, azizlar!

1-oktabr — ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bizni kuzatib turgan barcha ustozlarni tabriklaymiz!

Ilmingiz yanada ziyoda bo'lsin! Mashaqqatli kasbingizni muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#tabrik

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
64🔥11🥰4👍3
🔥6
Dunyo tashvishlaridan bezib, xotirjamlik, o'zga bir olam istagan vaqtingizda kitoblar qanday ham yaxshi yechimdir!

#kitob

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
72💯28🥰11
Sog'ingan qalblar uchun!

#Shunchaki

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
116❤‍🔥17💔8🥰6🔥4👍3
Mening yashashimni istasang, o'lgunimcha menga sabr qilib tur...

#Muhabbat #Romantika

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁9321🔥8🤔3💯3🌚1💔1
​​– Xotin erini "Eshak" desa bo'ladimi?
– O'zi o'sha eshakning xotini bo'ladi, eshak faqat eshakka uylanadi!

Chubak hoji rahimahulloh

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁175👏15💯94🔥2🌚2
Xonadonlarimizda amal qilinishi tavsiya qilinadigan 10 qoida:

1. Har bir xonaga kirishda ruxsat so'rang.
2. Ko'chaga chiqish uchun ayol eridan, bolalar ota-onasidan ruxsat so'rasin.
3. Har kun kamida ikki marta tishlarimizni yuvaylik.
4. Haftada kamida bir-ikki marta cho'milish lozim. Yoz kunlarida esa har kun.
5. Barcha yaxshi ishlarda ayol eriga, bolalar ota-onaga itoat qiladi.
6. Xonadon a'zolari o'z oralarida va qo'shnilar bilan salomni keng yoysin.
7. Qo'shnilarga kamida haftada bir marta ovqat uzatib turing.
8. Kamida haftada bir marta qarindosh-urug'lardan hol so'rang.
9. Xonadondagi uy ishlariga qizlar onaga, o'g'il bolalar erkak kishi qiladigan ishlar, xususan, axlat to'kishda yordam beradi.
10. Uy hayvonlari, uy atrofidagi hayvonlarga muruvvat ko'rsating. Shuningdek, hovli va ko'chadagi daraxtlar, ko'chatlar, o'simliklar parvarishiga e'tibor qiling.

#tavsiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
69👍23💯10🔥5👏2
"Oila qurishda talablarni kamaytiring, shunda juft topish oson bo'ladi" deb maslahat beramiz. Lekin juftingizda bo'lishi kerak bo'lgan sifatlar shu qadar ko'pki, birini tanlab, boshqasidan kecha olmaysiz.

Masalan, pazanda bo'lmasligiga chidasangiz ham shirinso'z bo'lishidan kecha olmaysiz. Yoki ilmli, oqila, tushunadigan, dunyoqarash va maqsadlari bir bo'lgan kabi sifatlar ham muhim.

Talablar buncha ko'paygandan keyin qiz topish ham oson bo'lmay qoladi. Buning uchun eng muhim yechimlardan biri deb o'zingizning ijobiy sifatlaringizni oshirish, isloh qilishni maslahat bera olaman. Shunda bo'lajak turmush o'rtog'ingiz uchun talablaringiz ko'p bo'lsa ham shunga yarasha kishi bo'lgan bo'lasiz.

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
165👍23💯9🥰3🔥1
Ming so'm sadaqa qilish uyat emas!

Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoq orqali xayriya e'lonlari tez-tez uchrab turadi. Ularga munosabatimiz ham borgan sari hissiz bo'lib borayotgandek. "Ha, navbatdagi bir xayriya-da!" degan o'yda xotirjam keyingi xabarga o'tamiz.

E'londa kimningdir uyi yongani, bemor ekani yoki boshqa muhtojligi aytilgan bo'lsa ham ta'sirlanmaymiz. "Qay biriga bo'lay?!" deya vijdonimizni ovutamiz.

Aslida, internet, ijtimoiy tarmoq orqali birlashilsa, juda katta ishlarni amalga oshirish mumkin. Xususan, xayriya, sadaqa masalalarida ham. Agar xayriya e'lonini ko'rgan har bir kishi 1000 so'mdan sadaqa qilsa ham bir insonning ehtiyojini bir kunda qondirish mumkin deb o'ylayman.

Ha, ming so'm sadaqa qilish uyat emas. Sizning sadaqangiz 10 barobardan 700 barobargacha ko'paytiriladi — ixlosingizga qarab. Agar 700 barobar ko'paytirilsa, demak, siz 700 ming so'm sadaqa qilgan hisoblanasiz. Hatto bundan ziyoda bo'lishi ham mumkin.

Endi shu xayriya e'lonini boshqalarga ham ulashsangiz, ular sadaqa qilgan miqdorcha siz ham sadaqa qilgandek bo'lsangiz, ehhe qancha savob olish mumkin!

Shu bilan birga, yuqorida aytganimizdek, har bir kishi 1000 so'mdan sadaqa qiladigan bo'lsa, minglab kishilardan juda katta pul yig'iladi.

Bizning ham oilalarga yordam berish uchun tashkil qilgan ixtiyoriy xayriyamiz bor. Ushbu so'zni bosib u haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

Ehsoningiz uchun karta raqam:
9860160605493933
👍2014🔥7
Baxtli oila qurish mumkin, uni saqlab qolish qiyin. Xuddi bolani parvarish qilgandek, oilangiz baxtini ham asrab-avaylash uchun tinimsiz harakat qilishingiz kerak.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
71👍20💔5🔥4
Hech qanday shartlarsiz sevilish qanday yaxshi...

Kerak bo'lmaganingda ham eslanish qanday yaxshi...

Og'ir kuningda ham o'zgarmay qolishlari qanday yaxshi...

Muvaffaqiyatli kunlarida uzoqlashmaganlari qanday yaxshi...

Seni sen ekaning, borliging uchun qadrlashlari qanday yaxshi...

#Shunchaki

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯6946👍13💔6🔥5❤‍🔥3
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📖 Gʻiyosiddin Yusufdan naq 2 ta yangi asar – “Lider bola” hamda “Bola va pul”

Har bir bola yetakchi boʻlishi mumkin, faqat unga kimdir ishonishi kerak.

Agar farzandingiz:
➡️ sizga itoat qilish bilan oʻz fikrini saqlab qolishini;
➡️ mas’uliyat hissini yoshligidanoq shakllantirishini;
➡️ pul va boylikka nisbatan toʻgʻri munosobat oʻrnatishini xohlasangiz, albatta bu kitoblarni oʻqitishingiz kerak!

Bu kitoblar orqali bola o‘z kuchini, orzularining qadri va mehnatning qiymatini anglaydi. Kitoblardagi yorqin suratlar esa, bola tasavvurini kengaytirib, mutolaani yanada zavqli qiladi.

🌞 Va eng asosiysi, o‘sha o‘zgacha fikrlaydigan, ajoyib yechimlar qiladigan bolalar — SIZNING farzandingiz bo‘lishi mumkin!

“Lider bola”
Narxi: 49.000 soʻm


“Bola va pul”
Narxi: 55.000 soʻm



🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.

• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004
+998998454400

📌 Bosh doʻkon: Alisher Navoiy 42, mo‘ljal Chorsu, Sobiq Gum ro‘parasi.
📌 2-filial: Seoul Mun koʻngilochar savdo markazi, 1-qavat
Moʻljal: “Moscow ice cream” yonida

@qamarbooks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍184🔥2
Biz ko‘pincha faqat bizni bezovta qiladigan narsalarga e’tibor qaratamiz: u bokalni joyiga qo‘ymadi, u yana kechikdi, u non olib kelishni unutdi.

Ammo har bir munosabatda “rahmat” deyishga arzigulik narsalar ham bo‘ladi.
U seni metroda kutib oldi. U sen uxlab qolganda ustingni ko‘rpa bilan yopdi. U gapirayotganingda so‘zingni bo‘lmaydi.

Agar har kuni faqat kamchiliklarni ko‘rsak, sevgi "charchaydi".
Ammo yaxshiliklarni ko‘rishga o‘rganilsa, sevgi mustahkamlanadi.

Axir, biz eng ko‘p qaraydigan narsalar oxir-oqibat hayotimizning foniga aylanadi.

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍3831💯23🔥5💔1
2025/10/19 04:26:42
Back to Top
HTML Embed Code: