Telegram Web Link
Guldasta berayotganda nima deyish mumkin?

— Hatto eng go'zal gullar bilan ham seni qiyoslab bo'lmaydi!

#Romantika

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
96👍22❤‍🔥15🥰5💯4🔥3💔3👏2
Haqiqiy sevgi ❤️

Ayol choynaklar to‘plashni yoqtirardi. Har safar uyga yangisini olib kelganida, eri jahli chiqib, pullarni bekorga sarflayotganini aytardi. Taqdir ekan, turmushi buzilib, ayol boshqa birovga turmushga chiqdi. Uning yangi turmush o‘rtog‘i unga maxsus javon yasattirib berdi – endi ayol choynaklarini unga joylab, dugonalariga ko‘rsatishi mumkin.

#Muhabbat #tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
150🤔55😁40👍28💔12🔥8😱8👏7🥰3💯2💋1
Hubbuna
Photo
Ertaga barchangizni "Qamar" do'konida kutaman. Hech qanday bahona o'tmaydi! Men viloyatdaman, chet eldaman, o'qishim bor deyishlar bo'lmasin! 20 K odam borsin! )
😁165👍248🔥8🌚3👏2💯2💔2🤔1😱1🎉1
Ayollar uchun katta va qimmat sovg‘alardan ko‘ra, kichik bo'lsa ham e’tibor berilishi ko‘proq ahamiyatga ega. Sevgi isbotini ko‘rsatuvchi har qanday kichik harakat ayol ko‘zida fidoyilik belgisidir.

Erkak kishi juftini yo‘qotishni istamasa, unga doim muhabbatini his qildirishi kerak. G‘amxo‘rlik va mehribonlik hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Feministlar nima demasin, ayol uchun eshikni ochish, og‘ir sumkalarini ko‘tarib qo‘yish yoki shunchaki uni diqqat bilan tinglash – erkakning jiddiy niyatini isbotlashning eng oddiy, lekin eng ta’sirli usullaridandir.

#Tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥5539👍25💯8❤‍🔥7💔2
Umr yo‘ldoshining eng go‘zal fazilati – u g‘azablanganda ham sizni ranjitmasligidir. Bu uning sizga hurmati balandligini va bahsda yutish emas, tushunish muhimroq ekanini anglashi demakdir.

Sizga shunday juft nasib etishini tilayman – g‘azablanganda ham mehr bilan gapira oladigan, hurmatni hech qachon unutmaydigan inson. Chunki bu hayotdagi eng katta ne’matlardan biridir! 🩷

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
139👍40💯27🔥17❤‍🔥7💔6👏1😱1
Hubbuna
Photo
"Dastxat kuni"ga kimlar boryapti? — 🔥
💔63🔥274🤔4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Go'zal tarbiya uchun go'zal shaklda yozilgan Go'zal Xulqlar kitobi 😊

☀️Kitob yozishda @GiyosiddinYusuf o'zining sodda va bola tilida yozadigan o'z uslubiga ega. Bu kitobga shaxsan o'zim ham boshqacha mehr qo'ydim. Ustozlar ham bu kitobni tavsiya qilganlari bejiz emas. Xususan, Mubashshir Ahmad ustoz hamda Rustamjon domlalar.

Kitobni farzandingiz, uka-singlingiz hamda jiyanlaringizga sotib olishni xolis tavsiya qilaman.

📞 @qamar_delivery yetkazib berayotgan ekan.

🍉 @v_turakulov_stories
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍138🔥3❤‍🔥2💔2
Chinakam nikoh

Baxtli turmush faqat bir-birini tushunib, qo‘l ushlash emas. Balki tushunmovchiliklar bo‘lsa ham, qo‘llarni qo‘yib yubormaslikdir.

Shunday ekan, nikoh faqat baxtli onlarda bir-birini sevish emas, balki og‘ir damlarda ham sadoqat bilan yonma-yon turish ekanini anglash vaqti keldi!

#Nikoh

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥7640👍27💯17❤‍🔥15💔3👏1😱1
Nega bahslardan qo‘rqmaslik kerak?

Ko‘pchilik munosabatlardagi kelishmovchiliklar ularning tugashiga ishora deb hisoblaydi, aslida esa ular o‘sish uchun imkoniyat bo‘lishi mumkin.

🟠 Munosabatni buzadigan bahslar – bu faqat ayblov va baqiriq bilan kechadigan, natijada faqat ranjish qoldiradigan janjallar.

🟠 Munosabatni mustahkamlovchi bahslar esa hurmat bilan, vazminlik bilan kechadi va natijada juftlik bir-birini yaxshiroq tushuna boshlaydi, ishonchi ortadi.

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
54👍32💯9🔥2
Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!

Mavzumizdan kelib chiqib haqdor oilalarga yordam qilishga chaqiramiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.

Batafsil ma'lumot

Karta raqam: 9860160605493933
👍267🔥2💔2
Farzandim telefonga “yopishib” qolmasin desangiz

Aqli rivojlangan har qanday bola planshet va telefonlarni yaxshi ko‘radi. Bu normal holat aslida. Ammo yaxshi ko‘rish bilan mubtalo bo‘lish, ya’ni “yopishib qolish” o‘rtasida katta farq bor. Zararli tomonlaridan ehtiyot choralarini ko‘rsangiz, telefonning foydalari ko‘p.

Farzandingiz sizni ba’zi-ba’zida kitob o‘qiyotgani­ngizni ko‘rsin. Haftaning ma’lum kunlari uyingizda faqat kitob sahifalarining shitirlashi eshitilsin. Ona kitob o‘qisin, ota kitob o‘qisin, bir tomonda choy ichilsin. Bola oyog‘ingiz ostida rasm chizib o‘tirsin, bo‘yasin.
Aytgancha, o‘zingizning qo‘lingizda telefon bo‘la turib, bolangizga telefon zarar deb bermaslik, o‘zingiz kitob o‘qimay turib undan kitob o‘qishni talab qilishingiz bu osmondan chalpak yog‘ishini kutishday bir gap.

Shuningdek, telefonni doim yoningizda olib o‘tirmaslik, ovqatlanish vaqtida foydalanmaslik, hatto haftada bir kun bo‘lsa ham uyda “telefonsiz kun” o‘tkazish bilan telefon degan narsa jonimizdek muhim emasligini anglating.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
👍9013💯13🔥3❤‍🔥1
Hamma fazilatlar bir insonda jam bo'lmaydi. Bo'lajak ayolingiz birinchi navbatda dindor bo'lsin, ikkinchidan, ko'zingizni quvontiradigan (chiroyli) bo'lsin, qolgani bonus!

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁16545👍32🔥14💯5🥰4🌚3👏2🤔2❤‍🔥1
14-fevral "Sevishganlar kunimi"?

#Savol: Assalomu alaykum hazrat.
14-fevral "Sevishganlar kuni" deb hamma yoshlar sevgi izhor kilib, bir birlariga sovg‘a-salom berishadi. Shunga sizni fikringiz.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:

Javob: Bu ish siz bilan bizga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan ish. Buni menga savol qilib bermasangiz ham bo‘lar edi. Ushbu sahifada bu ishga oid maqola ham nashr qilingan edi.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍97💯2417🔥16😁13😱4👏1
Aksar ayollar erkakning go‘zalligidan hayratga tushmaydi, balki uning muomalasi va sa’y-harakatlari uning qalbini zabt etadi.

#Tarjima #ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯171👍5431❤‍🔥10🔥7👏3💔3
Sevgi bir kunda barbod bo‘lmaydi. U mojaroda yonib ketmaydi. Birinchi janjaldan keyin tugamaydi. U asta-sekin o‘ladi.

Erkak sizning go‘zalligingizni tobora kamroq payqay boshlaganda. Avvalgidek hazillashmay qo‘yganda. Endi qo‘l tekkizmay qo'yganda, qiziqmay qo‘yganda, ilgari sizni baxtli qilgan lahzalarni eslamay qo‘yganda…

Sevgi befarqlikdan o‘ladi. Yoningizda bo'lsa-yu sizga qiziqmasa, demak, u allaqachon ketgan...

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
3🔥90💔63👍34💯2012❤‍🔥7😱3
Bugungi kunda psixologlar juda ko'payib ketdi. Ularning orasida oilaviy munosabatlar haqida gapirib, oilalarni buzib yuboradiganlari ham bor, afsuski.

Tarbiya haqida gapirganlar orasida betarbiya bolalar chiqaradiganlari ham bor. Shuning uchun men islom psixologiyasi asosida gapiradigan Rozaliya Gabdulhakovani kuzataman. Sizlarga ham ularning kanalini tavsiya qilaman.

Kanalda farzand tarbiyasi borasida foydali ma'lumotlar berib boriladi.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍3912🔥4❤‍🔥3🥰3
Sizni chin dildan xohlaydigan, sizni kutadigan, hatto eng og‘ir holatlaringizda ham tushunadigan insonni seving. Sizga yordam beradigan, yo‘l ko‘rsatadigan, tayanch va umidingiz bo‘ladigan kishini seving. Janjaldan keyin ham suhbatni davom ettiradigan insonni sevib qoling.

#tarjima #muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
153👍40🔥15💯13💔13❤‍🔥7😁4🥰2👏1
Abdullatif Muhammad Sa’dulloh al-Barijaviy o‘g‘liga to‘y kuni bergan maslahatlar:

1. Zavjingizni seving va unga sevgingizni his qildiring, bu borada baxillik qilmang, chunki ayol eri tomonidan sevishini eshitishni yaxshi ko‘radi.

2. Unga nisbatan juda qattiq bo‘lmang va haddan tashqari yumshoq ham bo‘lmang, balki qattiqlik va yumshoqlik o‘rtasida bo‘ling.

3. Ko‘rinishingiz, tozaligingiz va hidlaringizga e’tibor bering, chunki ayol ham eridan er undan xohlaydigan narsani kutadi.

4. Ayolingizga uy ishlarida erkinlik bering, uning kichik ishlariga aralashmang, bu unga bekalik va xotirjamlik hissini beradi.

5. O‘zingizni uning oilasi bilan solishtirmang, chunki u sizni ham, oilasini ham yaxshi ko‘radi va uni siz bilan ular o‘rtasida tanlov qilishga majburlamang.

6. Agar u xato qilsa, unga nisbatan juda qattiq bo‘lmang, balki unga muloyim bo‘ling, chunki ayol qiyshiq qovurg‘adan yaratilgan va uni sindirish - uni taloq qilishdir.

7. Ayol bir xato tufayli barcha yaxshiliklaringizni unutishi mumkinligini yodda tuting, shuning uchun bu sizni undan uzoqlashtirishiga yo‘l qo‘ymang.

8. Uning ruhiy va jismoniy holatini, ayniqsa, uzrli va homiladorlik paytlarida inobatga oling va bu vaqtlarda uni tushuning.

9. Ayol sizning huzuringizda asir ekanini biling, shuning uchun unga nisbatan rahmdil bo‘ling va unga yaxshi muomala qiling.

10. O‘zingiz va ayolingiz o‘rtasida doimiy muloqot va aloqa o‘rnating, chunki bu munosabatlaringizni mustahkamlaydi.

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍99🔥3327💯9❤‍🔥2
Haqiqiy baxt

Hayotingizda yaxshi insonni uchratish – butun hayotingizning o‘zgarishi demak. Siz doimo hurmat qilinasiz, sevilasiz va guldek e’zozlanasiz. 🫶🌸

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍75🔥29❤‍🔥2614🥰9💯5💔4💋2🤔1
2025/07/12 08:04:19
Back to Top
HTML Embed Code: