Va'da to'ygacha beriladimi?
Assalomu alaykum.
Bir yil avval unashtirilgandim. Boshida ota-onam rozi bo‘lishgandi, men ham istixora qilib, Allohdan xayrlisini so‘ragandim. Keyin hozirgi yigitga unashtirildim. Uydagilari ota-onamga Toshkentdan uy olib berish va ish topish bo‘yicha va’da bergan edi, lekin hozirgacha bu va’dalar bajarilmadi.
Yigit o‘sha paytda ishsiz edi. Keyin orada ishlamay yurdi, zavodda ikki oycha ishlab, keyin o‘z sohasi bo‘yicha ish topdi. Ishlamay yurgan paytida hech bo‘lmasa oddiy ish bilan shug‘ullaning, deganimda “O‘zim xohlagan ishni topishim kerak” deb harakat qilmagan paytlari ham bo‘ldi.
Bir kuni uning uydagilari to‘y qilish masalasida kelishganda va’dalarning bajarilishi haqida gap ochilganda yigitning ammasi onamga “Va'da to'ygacha beriladi, keyin bajarmasa ham bo'ladi, o'zi biz siznikiga sovchilikka kelmasligimiz kerak edi” kabi gaplar qilgan. Shu gapdan keyin ota-onam ularga ishonmay qo‘ydi va to‘yni qaytarishmoqchi.
Men esa ikkilanyapman. Boshida yigitga ko‘nglim bo‘lmagan, lekin hozir o‘rganib qolgandayman. U uzoqroq qarindoshimiz bo‘lgani uchun ham vaziyat men uchun yanada og‘irlashmoqda.
Nima maslahat berasiz?
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom. Va'dalarning bajarilishi siz uchun muhim bo'lsa, kattalar yigitning ota-onasi bilan jiddiy gaplashib ko'rishsin. Ular ham ammasi kabi fikrda bo'lsa yoki ishonchsiz gapirsa, unashtiruvni bekor qilishingiz mumkin.
#Oila_qurish

Hubbuna
Va'da to'ygacha beriladimi? Assalomu alaykum. Bir yil avval unashtirilgandim. Boshida ota-onam rozi bo‘lishgandi, men ham istixora qilib, Allohdan xayrlisini so‘ragandim. Keyin hozirgi yigitga unashtirildim. Uydagilari ota-onamga Toshkentdan uy olib berish…
Bugun Yechimhubbuna kanalida juda ko'p savollarga javob beriladi.
Sabrli bo‘ling
Turmush qurmaganlar uchun eng muhimi – sabr va duo. Allohdan sizga munosib juft nasib etishini so‘rang. Shoshilib nomunosib inson bilan oila qurgandan ko‘ra, sabr va duo bilan munosibini kutgan afzal.
#oila_qurish
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Faqat uylangan erkaklar tushunadigan vaziyat! 😂
Ertalab turib, er xotinidan so‘radi:
Er: Azizam, men bilan yugurishga chiqasanmi?
Xotin: Demak, men semizman, shundaymi?
Er: Yo‘q, yugurish salomatlik uchun foydali.
Xotin: Demak, men kasalman?
Er: Yo‘q, yo‘q, agar xohlamasang, qo'yaver.
Xotin: Endi esa meni dangasa demoqchisiz, shundaymi?
Er: Yo‘q, meni noto‘g‘ri tushunayapsan, men faqat…
Xotin: Aha! Sizni tushunmayapman, demak, johil ekanman, shundaymi?
Er: Yo‘q, men bunday demadim!
Xotin: Demak, men yolg‘on gapiryapman?
Er: Iltimos, ertalabdan shunday bahslashmaylik…
Xotin: Aha, men sizga janjalkash bo‘ldimmi?
Er: Xo‘p, xo‘p, sen uxlayver, men o‘zim yugurib kelaman, xursand bo‘ldingmi?
Xotin: Ko‘rdingizmi, siz faqat o‘zingizni o‘ylaysiz! Mening salomatligim sizga kerak emas!
Er joyida o‘tirib, qayerda xato qilganini o‘ylayapti… 🤦♂️
#Tabassum

Senga so'z beraman:
Men sening sevgiling va eng yaqin do‘sting bo‘laman. Har doim yoningda turaman, seni qo‘llab-quvvatlayman va himoya qilaman. Sadoqatim hech qachon o‘zgarmaydi, muhabbatim esa hech qachon so‘nmaydi.
Eng og‘ir damlarda ham seni asrayman. Umrimizning oxirigacha va undan keyin ham sen uchun hamma narsaga tayyorman, chunki muhabbatim chegarasiz!
#izhor

Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!
Mavzumizdan kelib chiqib haqdor oilalarga yordam qilishga chaqiramiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.
Batafsil ma'lumot
Karta raqam: 9860160605493933

Hech bir ayol xato qilganingiz uchun ketmaydi. U ketdi, chunki bu xatoni odatga aylantirdingiz.
Aslida, u siz bilan hamma narsani tuzatishni xohlardi, boshqasini emas. U uzoq vaqt qoldi, chunki siz o‘zgarishingizga umid qildi. Ammo siz uni yo‘qotishdan qo‘rqmadingiz va unga hurmatsizlik qilishni davom ettirdingiz.
Natijada u ketdi. Eng sadoqatli ayol ham oxir-oqibat charchaydi. 🤍
#tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Aslida, u siz bilan hamma narsani tuzatishni xohlardi, boshqasini emas. U uzoq vaqt qoldi, chunki siz o‘zgarishingizga umid qildi. Ammo siz uni yo‘qotishdan qo‘rqmadingiz va unga hurmatsizlik qilishni davom ettirdingiz.
Natijada u ketdi. Eng sadoqatli ayol ham oxir-oqibat charchaydi. 🤍
#tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Dunyodagi eng go‘zal odamni emas, dunyongizni eng go‘zal qiladigan odamni tanlang.
#Oila_qurish
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Oila_qurish
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Farzandlaringizdan ko'ra ilmliroq boʻlishingiz kerak!
Hozir zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda, texnika kundan-kunga taraqqiy etmoqda. Buning natijasida yoshlarni, bolalarni yo‘ldan urish, tarbiyasini buzish uchun yangicha usullar ham chiqib ketdi.
Endi ota-onalar men bu narsalarni tushunmayman deb o‘tirishlari uzr bo‘lmaydi. O‘qing, o‘rganing, izlaning. Farzandlaringiz adashib qolmasligi uchun siz ulardan oldinda bo‘lishingiz kerak! Ulardan ko‘ra ilmliroq bo‘lishingiz kerak!
Masalan, ijtimoiy tarmoqlardan nimalar qilish mumkin, hozirgi kunda undan nima maqsadlarda foydalanilyapti, boshqalar bilan muloqot qilish orqali nimalar yuz berishi mumkin — bularni imkon qadar ko‘proq o‘rganib oling. Shunda farzandingiz adashib qolishidan to‘sishingiz yoki sizni aldashiga jim qarab turmasligingiz mumkin.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar

Bolalar uchun tavsiya qilingan kitoblar ro'yxati (1)
Ko'k yozuv ustiga bosib, kitob va uning xaridi haqida ma'lumot olishingiz mumkin.
1. Erkin Malik. "Chumolilar saltanati" — o'qishni bilgan bolalar o'zi o'qisa ham bo'ladi, bilmaydiganlarga o'qib bersangiz, tushunarli bo'laveradi.
2. Antuan de-Sent Ekzyuperi. "Kichkina shahzoda" — hamma uchun!
3. Anvar Obidjon. "Oltin yurakli avtobola" — 7+.
4. Janni Rodari. "Jelsomino yolg'onchilar mamlakatida" — 7+.
5. Karlo Kallodi. "Pinokkioning boshdan kechirganlari" — 7+.
6. Anni Shmidt. "Mushuklar malikasi Minush" — o'qishni bilgan bolalar o'zi o'qisa ham bo'ladi, bilmaydiganlarga o'qib bersangiz, tushunarli bo'laveradi.
7. Sa'dulla Quronov. "Galaktikada bir kun" — 7+.
8. G'iyosiddin Yusuf. "Go'zal xulqlar" — 8+.
9. "Oyning orqasidagi sir" — 8+.
10. Qobiljon Shermatov. "Buvamning oshqozonidagi mamlakat" — 7+.
Davomi bor
#tavsiya #kitob
@GiyosiddinYusuf

Erkakni xafa qilmasdan tanqid qilish
Tanqid muhim, lekin uni to‘g‘ri yetkazish undan ham muhim:
1. Avval maqtang, keyin tanqid qiling.
2. Shaxsga o‘tib ketmang: «sen doim shunday qilasan», «sen yolg‘onchisan», «sen dangasasan» kabi gaplardan saqlaning.
3. O‘z hissiyotlaringizni ifoda qiling: «men xafa bo‘ldim», «men ranjidim», «bu meni hayron qoldirdi».
Masalan: Agar kech qolayotganingizni oldindan aytmasangiz, men xavotirlanaman. Keyingi safar menga qo‘ng‘iroq qilib qo‘yasizmi, iltimos.
#Ayollar
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

605-savol: Gaplashib ko'rishni taklif qildi
Assalomu alaykum, ustoz. Bir masala bo‘yicha ikkilanib qoldim. Yaqinda onam bir yaxshi oilaga sovchilikka bordilar, lekin qizning opasi borligi sababli bermadilar. O‘sha qizga ko‘nglim bor, uni yaxshi taniyman. Ikkita joyda ishlaydi, hayoli va iboli qiz. Yaqinda uning yoniga borib, aniqroq bilish uchun gaplashdim. U esa: “Sizni yaxshi bilmayman, ozgina gaplashib ko‘raylik”, — dedi. Men rozi bo‘ldim, lekin keyin na qo‘ng‘iroqlarga javob beradi, na xabarlarga.
Avval telefonimni blok qilgandi, Instagram va Telegramda ham shunday edi. Hozir faqat telefonimni blokdan chiqargan, vaqti-vaqti bilan Telegramdan kuzatib turadi. Lekin bu holatda yana yozish noqulay bo‘lib qolyapti. Siz qanday maslahat berasiz, ustoz? Javobingiz uchun rahmat.
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom. Bu "iboli, hayoli qiz" sizdan avval berilgan takliflarga ham ozgina gaplashib ko'rishni taklif qilgan bo'lsa, nima qilasiz?!
Men undan uzoqroq yurishni tavsiya qilaman!
#Oila_qurish
Yanada ko'proq savol-javoblar

Kechirishni biling. Bu avvalo o'zingiz uchun kerak, sizni xafa qilganlar uchun emas. Kechirish orqali siz ruhiy halovat, xotirjamlikni topasiz.
#Muammo
#psixologiya
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Muammo
#psixologiya
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hayot go‘zal
Hayot go‘zal, chunki yoningda shunday inson bor: u ish, charchoq va tashvishlarga qaramay, senga vaqt ajratadi. U oddiy oqshomni ham bayramga aylantira oladi, hatto so‘zsiz ham kayfiyatingni ko‘taradi. U holi yo‘q paytda ham sen his qilishing kerak bo‘lgan mehr va e’tiborni bera oladi. Chunki u sening baxtingni o‘z baxti deb biladi…
#Muhabbat