Telegram Web Link
Qasos olish shart emas – dono bo‘ling… Vijdon azobi kimga kerak?! Hammani kechiring va hammasini unuting… Hayotning o'zi ularga ko'rsatadi!

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!

Mavzumizdan kelib chiqib haqdor oilalarga yordam qilishga chaqiramiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.

Batafsil ma'lumot

Karta raqam: 9860160605493933
Hech bir ayol xato qilganingiz uchun ketmaydi. U ketdi, chunki bu xatoni odatga aylantirdingiz.

Aslida, u siz bilan hamma narsani tuzatishni xohlardi, boshqasini emas. U uzoq vaqt qoldi, chunki siz o‘zgarishingizga umid qildi. Ammo siz uni yo‘qotishdan qo‘rqmadingiz va unga hurmatsizlik qilishni davom ettirdingiz.

Natijada u ketdi. Eng sadoqatli ayol ham oxir-oqibat charchaydi. 🤍

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dunyodagi eng go‘zal odamni emas, dunyongizni eng go‘zal qiladigan odamni tanlang.

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Farzandlaringizdan ko'ra ilmliroq boʻlishingiz kerak!

Hozir zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda, texnika kundan-kunga taraqqiy etmoqda. Buning natijasida yoshlarni, bolalarni yo‘ldan urish, tarbiyasini buzish uchun yangicha usullar ham chiqib ketdi.

Endi ota-onalar men bu narsalarni tushunmayman deb o‘tirishlari uzr bo‘lmaydi. O‘qing, o‘rganing, izla­ning. Farzandlaringiz adashib qolmasligi uchun siz ulardan oldinda bo‘lishingiz kerak! Ulardan ko‘ra ilmliroq bo‘lishingiz kerak!
Masalan, ijtimoiy tarmoqlardan nimalar qilish mumkin, hozirgi kunda undan nima maqsadlarda foydalanilyapti, boshqalar bilan muloqot qilish orqali nimalar yuz berishi mumkin — bularni imkon qadar ko‘proq o‘rganib oling. Shunda farzandingiz adashib qolishidan to‘sishingiz yoki sizni aldashiga jim qarab turmasligingiz mumkin.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Bolalar uchun tavsiya qilingan kitoblar ro'yxati (1)

Ko'k yozuv ustiga bosib, kitob va uning xaridi haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

1. Erkin Malik. "Chumolilar saltanati" — o'qishni bilgan bolalar o'zi o'qisa ham bo'ladi, bilmaydiganlarga o'qib bersangiz, tushunarli bo'laveradi.
2. Antuan de-Sent Ekzyuperi. "Kichkina shahzoda" — hamma uchun!
3. Anvar Obidjon. "Oltin yurakli avtobola" — 7+.
4. Janni Rodari. "Jelsomino yolg'onchilar mamlakatida" — 7+.
5. Karlo Kallodi. "Pinokkioning boshdan kechirganlari" — 7+.
6. Anni Shmidt. "Mushuklar malikasi Minush" — o'qishni bilgan bolalar o'zi o'qisa ham bo'ladi, bilmaydiganlarga o'qib bersangiz, tushunarli bo'laveradi.
7. Sa'dulla Quronov. "Galaktikada bir kun" — 7+.
8. G'iyosiddin Yusuf. "Go'zal xulqlar" — 8+.
9. "Oyning orqasidagi sir" — 8+.
10. Qobiljon Shermatov. "Buvamning oshqozonidagi mamlakat" — 7+.

Davomi bor

#tavsiya #kitob

@GiyosiddinYusuf
Erkakni xafa qilmasdan tanqid qilish

Tanqid muhim, lekin uni to‘g‘ri yetkazish undan ham muhim:
1. Avval maqtang, keyin tanqid qiling.
2. Shaxsga o‘tib ketmang: «sen doim shunday qilasan», «sen yolg‘onchisan», «sen dangasasan» kabi gaplardan saqlaning.
3. O‘z hissiyotlaringizni ifoda qiling: «men xafa bo‘ldim», «men ranjidim», «bu meni hayron qoldirdi».

Masalan: Agar kech qolayotganingizni oldindan aytmasangiz, men xavotirlanaman. Keyingi safar menga qo‘ng‘iroq qilib qo‘yasizmi, iltimos.

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
605-savol: Gaplashib ko'rishni taklif qildi

Assalomu alaykum, ustoz. Bir masala bo‘yicha ikkilanib qoldim. Yaqinda onam bir yaxshi oilaga sovchilikka bordilar, lekin qizning opasi borligi sababli bermadilar. O‘sha qizga ko‘nglim bor, uni yaxshi taniyman. Ikkita joyda ishlaydi, hayoli va iboli qiz. Yaqinda uning yoniga borib, aniqroq bilish uchun gaplashdim. U esa: “Sizni yaxshi bilmayman, ozgina gaplashib ko‘raylik”, dedi. Men rozi bo‘ldim, lekin keyin na qo‘ng‘iroqlarga javob beradi, na xabarlarga.

Avval telefonimni blok qilgandi, Instagram va Telegramda ham shunday edi. Hozir faqat telefonimni blokdan chiqargan, vaqti-vaqti bilan Telegramdan kuzatib turadi. Lekin bu holatda yana yozish noqulay bo‘lib qolyapti. Siz qanday maslahat berasiz, ustoz? Javobingiz uchun rahmat.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bu "iboli, hayoli qiz" sizdan avval berilgan takliflarga ham ozgina gaplashib ko'rishni taklif qilgan bo'lsa, nima qilasiz?!

Men undan uzoqroq yurishni tavsiya qilaman!

#Oila_qurish

Yanada ko'proq savol-javoblar
Kechirishni biling. Bu avvalo o'zingiz uchun kerak, sizni xafa qilganlar uchun emas. Kechirish orqali siz ruhiy halovat, xotirjamlikni topasiz.

#Muammo
#psixologiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hayot go‘zal

Hayot go‘zal, chunki yoningda shunday inson bor: u ish, charchoq va tashvishlarga qaramay, senga vaqt ajratadi. U oddiy oqshomni ham bayramga aylantira oladi, hatto so‘zsiz ham kayfiyatingni ko‘taradi. U holi yo‘q paytda ham sen his qilishing kerak bo‘lgan mehr va e’tiborni bera oladi. Chunki u sening baxtingni o‘z baxti deb biladi…

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Erkak ayoliga bera oladigan eng yaxshi sovg‘a – unga ertaga bugungidan ham baxtliroq bo‘lishiga ishonch bag‘ishlashdir.

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bu lahzalar xotiraga aylanishidan oldin qadrlang. Bolalar faqat bir marta kichik bo‘ladi!

#Eslatma

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Yosh ulg‘aygan sari munosabatlar borasidagi istaklaringiz o‘zgaradi. Sizga osmondagi oyni va’da qiladigan odam kerak bo‘lmaydi, chunki tushunasiz: derazangizdan o‘sha yulduzlarni tomosha qilayotganda yoningizda kimdir bo‘lsa kifoya.

Sizga “seni hech qachon tashlab ketmayman” deb va’da beradigan kishi ham kerak bo‘lmaydi, chunki tushunasiz: asosiysi, o‘zingizni tushuna olmagan kunlaringizda sizni tushunadigan odam bo‘lishi. Ba’zan kayfiyatingiz hech qanday sabab yo‘qday tuyulsa ham butun vujudingizni egallab olgan paytlarda, sizga zarda qilmasdan, ayblamasdan yoningizda qoladigan inson muhimroq ekan.

Sizga shirin so‘zlar aytib, hamma narsani chiroyli qilib ko‘rsatadigan kishi kerak bo‘lmaydi. Chunki tushunasiz: sizga haqiqatni aytadigan, hatto o‘zingiz sezmagan salbiy odatlaringizni ham ochiqchasiga ko‘rsatib beradigan odam kerak. Siz soatlab suhbatlashib, bir-biringizni sog‘inishni isbotlaydigan kimnidir emas, balki sukutda ham o‘zingizni yolg‘iz his qilmaydigan insonni istaysiz.

Yosh ulg‘aygan sari tushunasiz: sizga mukammal odam kerak emas, faqatgina o‘zingizni yagona va qadrli his qiladigan inson bo‘lsa bas. Chunki siz mukammallikni izlashdan to‘xtaysiz va anglaysiz: har bir mukammal narsa ham ideal emas...

#tarjima #munosabatlar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Menimcha, bu moda qush bo'lsa kerak. )

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kechikish – rad etish degani emas. Agar hozircha ro‘y bermagan bo‘lsa, bu hech qachon bo‘lmaydi degani emas.

Allohga tavakkal qiling. U albatta duolaringizni ijobat qiladi.

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hayotdagi eng yuksak baxt – bu sizni sevishlariga ishonch hosil qilishdir: shunchaki siz bo‘lganingiz uchungina emas, balki barcha kamchiliklaringizga qaramay sevishlaridir.

Viktor Gyugo

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hamma ham xato qiladi. Uni tan olish – dono insonning ishi. Kechirim so‘rash – faqat kuchlilar qo‘lidan keladi. Munosabatlarni esa faqat chin dildan sevgan inson tiklay oladi.

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2025/07/06 12:57:16
Back to Top
HTML Embed Code: