Telegram Web Link
Ayolning ichida ko‘p gap bo‘lsa, jim turish unga oson emas.

Unga kerakligidan kamiga ko‘nish ham oson emas.

E’tibor yoki g‘amxo‘rlik so‘rash ham unga oson emas.

Jufti undan uzoqlashayotganini kuzatish undan yanada ko‘proq matonat talab qiladi.

O‘ziga ishonchsizligini izhor etish ham unga oson emas.

Zaifligida ham bardoshli ko‘rinishga harakat qilish esa yanada mushkul.

Shu bois, ayolni tushunadigan, unga halovat bo'ladigan erkak kerak. Uning yonida qorg'on bo'lib turadigan, unga qarshi emas, balki u bilan birga kuchli bo‘ladigan erkak!

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
E’tibor

Bolalar bilan suhbatlashganda shunchaki “ha”, “xo‘p” deb qo‘yish bilan kifoyalanib, xayolimiz boshqa joyda bo‘lishi to‘g‘ri emas. Diqqat qilib, yuziga qarab, savollariga aniq qilib javob berish kerak. Bu vaqtda telefon yoki boshqa narsalarga chalg‘imaslik kerak.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Er bo‘lishni istagan erkakka turmushga chiqing, shunchaki xotinli bo‘lishni istaganiga emas.

Bu gapni yana bir bor o‘qing…

Er bo‘lishni istagan erkak – o‘z zimmasiga mas’uliyat olishga tayyor, himoya qiladi, ta’minlaydi va huquqlaringizni muhofaza qiladi. U oilani mustahkam saqlash uchun qo‘lidan kelganini qiladi.

Shunchaki xotinli bo‘lishni istagan erkak esa faqat sizdan nima kutishini o‘ylaydi, lekin o‘zi siz uchun nima qilish kerakligini anglamaydi.

#tarjima #oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Baxt

Baxt go‘zal juft yoki kelishgan turmush o‘rtog‘iga ega bo‘lishda emas. U mukammal inson izlash ham emas, chunki yer yuzida hech kim mukammal emas. Boy yoki yetuk insonni qidirish ham shart emas, chunki pul sevgini sotib ololmaydi.

Haqiqiy baxt – sizni hurmat qiladigan, sizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatadigan, tushunadigan, siz bilan faxrlanadigan, sizni borligingizcha sevadigan, sadoqatli va sizga halovat bo'la oladigan insonni topishdir.

#baxt #oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Uylanishdan cho'chiydigan ukalarga! 👉 bosing.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sevish – faqat yoqimli lahzalar uchun birga bo‘lish emas…
Sevish – har qanday sharoitda ham yonma-yon qolishdir.

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
529-savol: Hissiyot va haqiqat o‘rtasida

Assalomu alaykum. Yoshim 21 da, 2-kurs talabasiman. Qur’on yodlayman, ilmga chanqoq edim… bu voqeagacha.

Ikki yil oldin ijtimoiy tarmoqlar orqali bir qiz bilan tanishib, nikoh niyatida gaplashib yurdim. U qoriya edi, arab tilini yaxshi bilardi, ko‘p kitob o‘qigan edi. Oradan bir yil o‘tib, unga qon raki tashxisi qo‘yildi. Shunga qaramay, nikohdan qaytmadim. Lekin u manzilini aytmas, uyi qayerda ekanini bilmas edim. Kasalligi og‘irlashib, es-hushini yo‘qotdi. Keyin o‘ziga kelganida yashirin nikoh qilishni aytdim. Shunda u asl haqiqatni tan oldi:

Mendan 10 yosh katta ekan, ikki farzandi bor ekan. 8 yil oldin ajrashganini aytdi. “Shuncha ilm bilan qanday qilib meni shunchalik alday oldi?” deb o‘zimga-o‘zim hayron bo‘ldim. U esa: “Seni juda yaxshi ko‘rib qolgandim, voz kecha olmadim. Balki yolg‘onim uchun ham shu kasalga yo‘liqdim”, — dedi.

Hissiyotlarim va aqlim kurashmoqda. Uni kechirdim, ikki yildan keyin unga uylanmoqchi ekanimni, ammo ikkinchi xotin bo‘lishini aytdim. U esa bundan qattiq ranjib, rozi bo‘lmadi.

Bu holatda nima qilishim kerak? U bilan nikoh qilish savob bo‘ladimi? Bunday inson bilan hayot kechirish qanchalik to‘g‘ri? Maslahat bering.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Yolg'onchi odamdan har narsani kutish mumkin. Ayniqsa, bunaqalar internetda juda ko'p!

Menimcha, u ayol qoriya ham emas, arab tilidan ham to'rtta jumlani o'rganib olganiga sizning ko'zingizga arab tilini biladigandek ko'ringan.

U — ovchi! Sizni ovlagan. Katta ehtimol bilan kasalligi ham yolg'on! Shunday yo'l tutsa, siz hissiyotga berilib, tezroq uylanishga shoshilishingizni bilgan. Va hammasi uning rejasidagidek ketyapti. So'nggi qadam nikoh, keyin tamom — asl yuzi yanada ochiladi!

Undan uzoq yuring! U ikkinchi ayolingiz bo'lib turmushga chiqishga rozi bo'lsa ham uylanmang! Alloh soliha, siddiqasini bersin!

Bunga uylanmang, uylanmang!

#oila_qurish

Yanada ko'proq savol-javoblar
Baxtli oilaviy hayot siri

Er-xotin o‘rtasidagi ishonch va hurmat mustahkam oilaviy hayotning asosidir. Ochiq va samimiy muloqot munosabatni yanada mustahkamlaydi. Bir-birining fikrini qadrlash va arzimas ishlarda ham g'amxo'rlik ko‘rsatish juftlik munosabatlarini yanada mustahkamlaydi.

O‘zaro sevgi va g‘amxo‘rlik munosabatga iliqlik baxsh etadi. Kechirimli bo‘lish, xatolarni tan olib, ularni birga hal qilish sog‘lom munosabatni ta’minlaydi. Shuningdek, birga sifatli vaqt o‘tkazish va mas’uliyatlarni teng taqsimlash oilaviy hayotni yanada baxtiyor va osoyishta qiladi. 🤍🌷

#Tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar erkak chin dildan sevishni bilsa, ayoli uning nazarida dunyodagi eng go‘zal insonga aylanadi…

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Singillarning holidan xabar oling

Aka bo‘lish – faqat tug‘ishganlik bilan emas, mas’uliyat va mehr bilan bog‘liq maqom. Singil – oilaning bir parchasi, ota-onadan keyingi eng yaqin inson. U oilali bo‘lsa ham, o‘z hayotiga ega bo‘lsa ham sizning singilingiz bo‘lib qolaveradi.

Ba’zan aka-singillar o‘z hayotiga sho‘ng‘ib ketib, bir-birlaridan uzoqlashib qolishadi. Ayniqsa, akalar singlisining holidan xabar olishni, u bilan ochiq suhbatlashishni unutib qo‘yishi mumkin. “Chiqqan qiz chig'iriqdan tashqari” deb u haqida qayg'urmaslik noto‘g‘ri.

Singilingiz turmushga chiqqach uyingizdan ketgandir, lekin u sizning qo‘llab-quvvatlashingizga muhtojligicha qoladi. Unga birov ozor bermayotganini, yaxshi yashayotganini bilish – aka sifatida sizning burchingiz. Bu, albatta, aralashish yoki nazorat qilish degani emas. Shunchaki “Ahvoling yaxshimi?”, “Biror muammong bo‘lsa, men borligimni unutma”, — degan so‘zlar yetarli bo‘lishi mumkin.

Ba’zan shunchaki bir og‘iz iliq gap ham singilga dalda bo‘ladi. U uchun duo qiling, zarurat bo‘lsa, yelkadosh bo‘ling. Chunki singil uchun aka – otadan keyingi himoyachi, tayanchdir.

#tavsiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sizga chin dildan g‘amxo‘rlik qiladigan, maqsadlaringizga yetishingizni chin yurakdan istaydigan, shaxs sifatida o‘sishingizga yordam beradigan va har qadamda yoningizda bo‘ladigan insonni uchratish juda kam uchraydi. Agar hayotingizda shunday inson bo‘lsa, uni hech qachon qo‘yib yubormang — bunday mehr va sadoqatni topish juda qiyin.

#Eslatma

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bolangizga bolalik bering

Qachonki u katta bo‘lib, yoshligini eslaganida siz bilan o‘tkazgan vaqtini kulib, sog‘inib eslasin. Hozirgi bolalar esa bolalik deganda ko‘z oldiga bog‘chadagi o‘rtoqlari-yu bog‘cha opalari, borgan to‘garaklari, suzish ustozi, ingliz, rus tili ustozlari ko‘z oldiga kelishi odamni qo‘rqitadi.

Onalarga qolsa, bolasi yakshanba kuniyam bog‘chada qolsa, ishlarini qilib olsa. O‘zingizga bitta narsani odat qiling: haftaning bir kunini farzandingizga bag‘ishlang, hech qanday bahonalarsiz, telefonsiz u bilan vaqt o‘tkazing.

Toki ular farzandlariga yoshligi haqida zavqlanib gapirib berishsin. Ular onam telefondan boshini ko‘tarmagan degan gapni aytishlari ham mumkin aslida.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Ayol istagi — sokin, muloyim va odobli erkakka turmushga chiqish

Haqiqiy baxt — qalbingizga orom bag'ishlaydigan erkakning muhabbatidir. U xotirjam gapiradi, sizni chin dildan tinglaydi va his-tuyg‘ularini ayblarsiz ifodalaydi. U sizga butun borlig‘i bilan bog‘lanadi va sizni hech kim tushunmagan darajada tushunadi.

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayolni boylik yoki go‘zallik ushlab qolmaydi…

Ayol boy erni ham, kelishgan erni ham tark etishi mumkin. Lekin u hech qachon yuragini zabt etgan, unga halovat va ishonch bergan, yo‘qligini tasavvur ham qila olmaydigan erni tark etmaydi.

Uning ko‘z yoshlarini artgan, eng og‘ir damlarda suyanchig‘i bo‘lgan erkakni hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydi. Chunki yurakni pul bilan sotib olib bo‘lmaydi – uni faqat mehr va go‘zal muomala bilan yutish mumkin. 🤍🤍

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
«Nima bo‘pti ilmim bo‘lmasa ham
Ilmlisiga uylanaman, manga ilm o‘rgatadi, bollarimga ilm o‘rgatadi»

Mana shunaqa kaltabin qarashdagi yigitlar ko‘payib ketgan.

Qiz ham ilmli, zukko yigit kutadi, bo‘lajak bolalarining otasi bilimdon, dono, o‘tkir fahmli yigit bo‘lishini kutadi.

Qizlar har qanday kamolotda o‘zidan yuqori aql sohibini kutadi.

Yigit kishining “Men o‘zim omiman, xotinim aqilli o‘qimishli, bo‘sin, bollarimga ilm beradi” deyishi ayni ahmoqlikdir.

Mana shunaqa fikrdagi ko‘p yigitlarni din-diyonatda darajasi yuqori bo‘lgan qizlarga sovchilikka borib, rad javobini olib qaytganlarini ko‘rdim.

Qizlar o‘zidan pastroq darajadagi fahm sohibiga qo‘llarini topshirmaydilar.

Ey uka! Ilmli qiz kerakmi?
O‘zing unga namuna bo‘la olgin-da.

Kamoliddin Muhammad

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Turmush o‘rtog‘ingizning ne’mat ekanini his qilib munosabatda bo'lsangiz, nikohingiz barakali bo‘ladi. Agar uni yukdek ko‘rsangiz, nikohingiz og‘ir yukka aylanadi. Qarashlaringizni to‘g‘rilang.

#Nikoh

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Baxtli oila – har kuni ustida ishlanadigan bog‘

Oilaviy munosabatlar daraxtga o‘xshaydi: uni doim parvarishlash kerak, aks holda quriydi. Baxtli turmush – bu tasodif emas, balki ikki insonning harakatlari natijasi.

Muhabbat vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi: dastlab u ehtiros bo‘lsa, keyin ishonchga, hurmatga, do‘stlikka aylanadi. Eng muhimi – bu o‘zgarishlarni qabul qilish va birga rivojlanish.

Oilani mustahkam saqlash uchun:
🔹 Bir-biringizni tinglang – tushunish uchun, javob qaytarish uchun emas.
🔹 Minnatdorchilik bildiring – kichik narsalar ham muhim.
🔹 Jiddiy masalalarni hal qilishda hissiyotga emas, mantiqqa tayaning.
🔹 Bir-biringizga vaqt ajrating – oilaviy yaqinlik shunchaki birga yashash emas, birga yashashni his qilishdir.

Oila – bu jismoniy emas, ruhiy yaqinlikka asoslangan uy. Uni mustahkamlash esa har kuni qilinadigan kichik, ammo muhim amallarga bog‘liq.

#tavsiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2025/07/05 20:09:28
Back to Top
HTML Embed Code: