FARQLI DUNYOQARASHLAR BILAN YASHASH SANʼATI
Hayotda shunday vaziyatlar bo'ladiki, umid bilan qurilgan oilada juftlikning dunyoqarashlari, maqsadlari va intilishlari turlicha chiqib qoladi. Bu holat barcha oilalarda u yoki bu darajada uchraydi, biroq bunday farqlar oilaning buzilishiga emas, aksincha, uni boyitishga xizmat qilishi ham mumkin. Buning uchun:
FARQLARNI ANIQLASH
Avvalo, farqlarni aniq belgilab olish muhim. Hayotga, tarbiyaga, moliyaviy masalalarda, kelajak, qadriyatlar yoki dinga bo'lgan munosabatlaringiz qay jihatdan farq qiladi?
Misol uchun:
- Biri tejamkor bo'lsa, ikkinchisi pulga erkin munosabatda;
- Biri farzand tarbiyasida qattiqqo'l, ikkinchisi erkinroq;
- Biri karyeraga intilsa, ikkinchisi oilaviy qadriyatlarga ko'proq ahamiyat beradi;
- Diniy qarashlar turlicha.
HURMAT – MUNOSABAT POYDEVORI
Farqli qarashlar mavjud bo'lsa-da, o'zaro hurmatni saqlash kerak. Turmush o'rtog'ingizning fikrini tinglab, uning dunyoqarashini tushunishga harakat qiling. "Noto'g'ri" deb hukm chiqarmang, aksincha "nima uchun u shunday o'ylaydi?" degan savol ustida ishlang.
MULOQOTNING KUCHI
Doimiy va ochiq muloqot – farqlarni boshqarishning kaliti. Har kuni 15-20 daqiqa bo'lsa ham bir-biringiz bilan ochiq suhbatlashing. Bunda:
- Fikrlarni baham ko'ring, lekin majburlash yo'q;
- Bir-biringizni tinglab, tushunishga harakat qiling;
- Salbiy hissiyotlarni bosib, vazmin bo'ling;
- Muammolar to'planib qolishiga yo'l qo'ymang.
UMUMIY NUQTALARNI IZLASH
Har qanday farqli dunyoqarash bo'lishiga qaramay, sizda albatta bir joydan chiqadigan fikrlar bo'ladi. Shularni izlang va ko'paytiring:
- Ikkingiz ham yoqtiradigan mashg'ulotlar;
- Bir xil tushunchada bo'lgan qadriyatlar;
- Umumiy orzu-maqsadlar...
MOSLASHISH VA MUROSA
Ko'pincha "o'rtacha yo'l" eng to'g'ri yo'ldir. Har doim ham o'z fikringizda qattiq turib olish kerak emas. Murosa qilishni o'rganing:
- Navbatma-navbat bir-biringizga yon bosing;
- "Bu masalada men yon beraman, keyingi masalada siz" tamoyili;
- Barcha qarorlarni birga qabul qiling.
FARQLARNI BOYLIK SIFATIDA KO'RING
Turli xil dunyoqarashlar aslida oilani boyitadi. Ular yangi nuqtayi nazarlarni ochadi, yangi g'oyalarni keltirib chiqaradi va rivojlanishga turtki bo'ladi.
QACHON TASHVISHLANISH KERAK?
Quyidagi holatlar jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin:
- E'tiqodiy qarashlardagi keskin farq;
- Bir-birining fikrini hurmat qilmaslik;
- Kelajakka oid asosiy masalalarda (farzand ko'rish, qayerda yashash) jiddiy kelishmovchiliklar...
Bunday holatlarda oilaviy masalalar bo'yicha ishonchli psixolog yoki tajribali maslahatchi yordamiga murojaat qilish maqsadga muvofiq.
XULOSA
Agar e'tiqodiy qarashlarda keskin farq bo'lmasa, turli dunyoqarashlarga ega bo'lgani uchun ajrashib ketish to'g'ri emas. Agar ikkala tomon oilani asrab qolish, yaxshi yashash uchun birgalikda harakat qilsa, asosiysi, bir-birini hurmat qilib, ochiq muloqot qilsa, bir-birining fikrlari va qarashlarini hurmat qilsa, murosa qilib yashash mumkin.
#Muammo
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Ayollar kiyimi.pdf
64 KB
Farzand tarbiyasida hamjihatlik muhim
Farzand tarbiyasida ona va ota birdek ishtirok etishi kerak. Biroq ularning vazifalari tabiiy ravishda farqlanadi. Ona bolaning bevosita tarbiyasi bilan shug‘ullanib, unga mehr, sabr va e’tiborini bag‘ishlasa, ota bu jarayonni nazorat qilib, zarur shart-sharoit yaratib berishi lozim.
Ona bolaning odob-axloqi, bilim olishi va ruhiy tarbiyasiga yaqindan ta’sir ko‘rsatadi. U farzandining ichki dunyosini yaxshi tushunadi, uni yo‘naltiradi va unga mehr bag‘ishlaydi. Ota esa bu tarbiyaning to‘g‘ri yo‘nalishda borishini kuzatadi, kerak bo‘lsa, to‘g‘ri qarorlar qabul qilib, muhim maslahatlar beradi. Bundan tashqari, u moddiy tomondan oilani ta’minlab, farzandning o‘sishi va rivojlanishi uchun imkoniyat yaratishi zarur.
Agar ota-ona o‘zaro kelishib, hamjihatlikda farzand tarbiyasiga yondashsa, natija har tomonlama ijobiy bo‘ladi. Ota-onaning biri tarbiyada faol bo‘lib, ikkinchisi e’tiborsiz bo‘lsa, natija istalgandek bo'lmasligi mumkin. Shu bois, ota-onaning hamkorligi va o‘zaro mas’uliyatni bo‘lishishi juda muhim.
Farzand – ota-onaga berilgan omonati. Uni tarbiyalash, unga munosib ta’lim berish va yaxshi fazilatlarni singdirish faqat onaning emas, otaning ham vazifasi ekanini unutmaylik.
#tarbiya

Ayolni tushunish uchun erkaklarga 3 tavsiya
1️⃣ Uni tinglang, muammosini hal qilishga shoshilmang.
Ko‘p erkaklar ayol gapirsa, darhol maslahat berish yoki muammosini hal qilishga urinadi. Aslida esa ayolga eng keraklisi – uni tinglashingiz va his-tuyg‘ularini tushunishingiz. Ba’zan shunchaki sabr bilan eshitish yetarli bo‘ladi.
2️⃣ Mayda narsalarga ham e’tibor bering.
Ayollar uchun mayda-chuyda narsalar ham muhim: e’tibor, muloyim so‘z, samimiy rahmat yoki oddiy bir xabar. Katta sovg‘alar emas, kunlik mehr-muhabbat ularning qalbini iliq qiladi.
3️⃣ Hissiyotlarini inkor qilmang.
“Ayollar juda hissiyotga beriluvchan” deb qoralamoqchi bo'lamiz, lekin bu ularning tabiati. Agar u dardini to‘ksa yoki his-tuyg‘ularini ochiq ifodalasa, unga kulib yoki befarq qarash o‘rniga tushunishga harakat qiling. Ayol tushunilganini his qilsa, munosabat yanada mustahkam bo‘ladi.
#Erkaklar

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1. «Kundalik odoblar»
2. «Bolamni yaxshi koʻraman»
3. «Mahbub Paygʻambar»
4. «Asal oyi emas, asal hayot»
5. «Men ham kitob oʻqiyman»
6. «Moʻminlarning onalari haqida savol-javoblar»
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farzand tarbiyasida qat'iyat muhimdir. Ya'ni bolaga bir narsani bugun ruxsat berib, ertaga taqiqlash to'g'ri emas.
Taqiqlasangiz, asosli ravishda taqiqlang va keyin shu so'zizda qat'iy turing. Bolaning yig'isi, xafaligiga ko'nglingiz bo'lmay, qaroringizni o'zgartirmang. Albatta, taqiqlar bolaning yoshi, holatini hisobga olgan holda bo'lishi kerak buning uchun.
Shuningdek, hamisha ruxsat beraverish, bola nima desa, muhayyo qilaverish ham noto'g'ri. Bunda bolani irodasiz qilib, taltaytirib yuborishingiz mumkin. Oltin o'rtalikni ushlashga harakat qiling.
#tarbiya
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Taqiqlasangiz, asosli ravishda taqiqlang va keyin shu so'zizda qat'iy turing. Bolaning yig'isi, xafaligiga ko'nglingiz bo'lmay, qaroringizni o'zgartirmang. Albatta, taqiqlar bolaning yoshi, holatini hisobga olgan holda bo'lishi kerak buning uchun.
Shuningdek, hamisha ruxsat beraverish, bola nima desa, muhayyo qilaverish ham noto'g'ri. Bunda bolani irodasiz qilib, taltaytirib yuborishingiz mumkin. Oltin o'rtalikni ushlashga harakat qiling.
#tarbiya
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol siz bergan mehrni yanada ko‘paytiradi
💙 Ayolga nima bersangiz, u sizga undan-da ko‘prog‘ini qaytaradi.
💙 Oila bering – u sizga farzand hadya qiladi.
💙 Uy bering – u uni qulay va iliq maskanga aylantiradi.
💙 Tabassumingizni bering – u qalbini sizga bag‘ishlaydi.
Ayollar berilgan e’tibor va mehrni yanada kuchaytirib qaytarishadi. Shuning uchun ulardan yaxshilik ko‘rishni istasangiz, avvalo o‘zingiz mehr va e’tibor bera olishga tayyor bo‘ling.

608-savol: Uylanish yoki ilmni davom ettirish?
Assalomu alaykum va rohmatulloh! Salomatmisiz, ustoz?
Chet davlatda tolibi ilmman. Ikki yil oldin fotiha qilinganman, uylanishim kerak. O‘qish sababli ishlashga vaqtim yo‘q. Ota-onam bu yil uylanasan deb turib olishgan. Qiz taraf ham shuncha kutdi. Ota-onam o‘qish va bu yerdagi xarajatlarim uchun pulni zo‘r-bazo‘r yuborishadi. Hatto yuborgan pullari yetmaydi, lekin ularga aytmayman, bir amallayman. O‘zim yashasam, bir kun ovqatlanib, bir kun yemasdan yuraveraman. Uylangandan keyin bunday bo‘lmaydi.
Ularga “Uylansam, xarajatlar ancha ko‘payadi”, desam, “Bir amallaymiz”, deyishadi. Lekin aniq bilaman, qiynalishadi. Bo‘lg‘usi ayolimning qiynalib (och qolib) yashashini istamayman.
O‘qishni tashlab ishlashim kerakmi yoki “Alloh rizq beruvchi” deb ilmni davom ettiraymi?
Qanday maslahat berasiz? Javobingiz uchun tashakkur!
G'iyosiddin Yusuf:
— Va alaykum assalom va rahmatulloh. O'qish bilan birga ishlashning chorasini topishga harakat qiling.
#Oila_qurish
Yanada ko'proq savol-javoblar

Dam bu damdir...
Ko‘plab juftliklar munosabatlarida kelajak rejalari tuzishni odat qilishadi. Ular ertangi kun haqida o‘ylab, birgalikda nimalarga erishishlarini tasavvur qilishadi: o‘z uyini olish, bolalarni ulg‘aytirish, keksalikda birga vaqt o‘tkazish… Bu, albatta, yaxshi odat. Lekin ba’zida juftliklar shunchalik kelajakka berilib ketishadiki, hozirgi baxtni sezmay qolishadi.
Kelajak deb hozirgi baxtdan voz kechmang
Doim “Ertaga baxtli bo‘lamiz”, “yana biroz chidasak bo‘ldi”, “bu qiyinchiliklardan o‘tamiz, keyin yaxshi yashaymiz” degan fikrlarga berilib ketish odamni hozirgi lahzaning qadriga yetishdan chalg‘itadi. Agar faqat kelajakdagi farovonlik uchun yashasangiz, bugunning quvonchidan mahrum bo‘lasiz. Hayot esa hozir kechmoqda.
Hozirgi lahzani qadrlashni unutmang
Shoshqaloqlik bilan kelajak sari intilish, faqat oldinga qarash insonni charchatishi mumkin. Har kuni o‘zingizga savol bering: “Bugun men munosabatlarimizdan rozimanmi?”, “Bugun biz birga baxtli onlarni boshdan kechirdikmi?”
Baxt – kelajakdagi rejalarda emas, hozirgi kuningizda. U yengil suhbatda, birgalikda ichilgan bir piyola choyda, samimiy tabassumda yashiringan.
Bugun baxtli bo‘lishni o‘rganing
Munosabatlaringizda quvonch toping, juftingiz bilan bugungi kundan zavqlaning. Bir-biringizga e’tibor bering, mehr ko‘rsating, kichik lahzalardan lazzat oling. Kelajakdagi baxtni kutib yashash emas, hozirgi baxtni his qilish muhim.
Chunki bizning qo‘limizda faqat hozirgi vaqt bor.
#Baxt

Turmush o’rtog’ini qiyin kunlarda tushunib, qo’llab-quvvatlagan ayol osoyishta kunlarda alohida e’tiborga loyiqdir. U sabr bilan sinovlardan o’tib, o’z sevgisi va sadoqatini isbotladi.
Bunday ayol nafaqat yaxshi juft, balki haqiqiy do‘st-qadrdon hamdir. Dunyo ko‘zingizga tor kelganda yoningizda turgan kishini kengchilik kunlarida hargiz qo‘lini qo‘yib yubormang!
#Erkaklar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bunday ayol nafaqat yaxshi juft, balki haqiqiy do‘st-qadrdon hamdir. Dunyo ko‘zingizga tor kelganda yoningizda turgan kishini kengchilik kunlarida hargiz qo‘lini qo‘yib yubormang!
#Erkaklar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Saraton bilan og‘rigan qizga yordam kerak!
Bir ona 1993-yilda tug‘ilgan qizi uchun yordam so‘ramoqda. Qiziga tez rivojlanadigan saraton tashxisi qo‘yilgan, kasallik ichki a’zolariga tarqalmasligi uchun zudlik bilan Rossiyada operatsiya qilish kerak ekan. O'zlari 6 oydan beri davolatib kelmoqda, lekin operatsiya uchun 20 ming dollar kerak ekan, bunga imkonlari yetmaydi.
Ishonchli, o'zimiz bilgan kishi. Imkon qadar yordam qilaylik!
Karta raqami: 9860 0825 8100 5038
Telefon raqami: +998 91 682 91 90
Ehsonlaringiz sabab bo‘lib, bir inson hayoti saqlanib qolishi mumkin. Alloh rozi bo‘lsin!

Assalomu alaykum va rahmatulloh!
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin! Alloh taolo tutgan ro‘zalarimiz, qilgan ibodatlarimizni qabul aylasin! Barchamizga ikki dunyo saodatini bersin!
Oilalarimiz tinch-totuv, farovon bo‘lsin!
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Ayollar – bizga berilgan omonat
Erkak va ayol bir-birini to‘ldiruvchi, hayot yo‘lida birga harakat qiluvchi juftlikdir. Ayol erkakka umr yo‘ldoshi, farzandlarining onasi, uyining bekasi sifatida omonat qilib berilgan. U himoya, mehr va hurmatga loyiq.
Omonatga xiyonat qilmay, uning rioyasini qilish kerak. Unga ozor berish, e’tiborsiz qoldirish, qadrlamaslik omonatga xiyonatdir.
Omonatni asraylik, azizlar. Ayolga mehr-e'tibor beraylik. Zero baxtli ayol – baxtli oila demakdir.

Ayollar bu uch narsani qilishi shart!
1. Turmush o'rtog'iga farzandlari yonida hurmatsizlik qilmasligi. Aslida, boshqa vaqt ham hurmatsizlik qilmasin, farzandlarining yonida ayniqsa.
2. Turmush o'rtog'ini hammadan afzal ko'rishi, lekin uning yonida qaynonasini undan muqaddam qo'yishi. Masalan, avval qaynonasiga ovqat berishi.
3. Turmush o'rtog'i yonida bo'lganda ham, yonida bo'lmasa ham uni moli, sha'ni, obro'sini himoya qilishi.
#Ayollar