Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bola bilan pul haqida qachondan gaplashsa bo'ladi?

Bolalardan oila iqtisodini yashirish kerakmi?

Farzandingiz qimmatbaho narsalar olib berishingizni talab qilsa, nima qilish kerak?

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍2112
Ayol sevsa, mehr bilan sevadi. Uning muhabbati orom beradigan panoh, quloq soladigan yurak, e’tiborli nigohga aylanadi. U sevgan odamining yelkasini tayanch, so‘zini quvonch, ko‘zini ishonch deb biladi.

Erkak sevsa, fidokorlik bilan sevadi. Uning muhabbati himoya, mas’uliyat va suyanch bo‘ladi. U sevgan ayolini asraydi, uning uchun ishonchli qo'rg'on bo‘ladi, uni faqat tilida emas, yuragida olib yuradi.

Muhabbat bu kimgadir chiroyli gaplar aytish emas. Muhabbat bir-biringizni tushunish, og‘ir kunlarda yonma-yon turish, baxtli kunlardagina emas, birga bo‘lishning o‘zini qadrlashdir.

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯6244👍16🥰8💔5🔥1
Kanalimizning sodiq obunachilari, muntazam kuzatuvchilariga ma'lumki, biz bir necha oydan beri ixtiyoriy xayriya tashkil qilib kelyapmiz. Bizni qo'llab-quvvatlayotgan barchaga tashakkur. Foydangizga guvohlik beraman, inshaalloh.

Tushgan pullar faqat haqdor oilalarga ro'zg'orlik, dori-darmon, kiyim-kechak kabi kamlar uchun yetkazilmoqda. Bunga shaxsan o'zim mas'ulman.

Ushbu xabarni ko'rgan har bir kishini kamida 10 ming so'm xayriya qilib bo'lsa ham ajr karvoniga qo'shilib qolishni taklif va iltimos qilaman. Sababi haqdorlar bor, oz bo'lsa ham davomiy yaxshilik qilaylik, uzilib qolmasin.

Sarflangan pullar haqida hisobotni quyidagi bot orqali berib boraman, inshaalloh.

Karta raqam: 9860160605493933
29👍8
Eriga uydagilarini yomonlamaydigan ayol — eng oqila ayoldir

Eringiz jahli chiqib, aqli ketganda ukasining kamchiliklarini aytishi, onasi bilan gap talashib qolishi, ularga qo'rslik qilishi mumkin. Lekin sizga mumkin emas. Shu narsani birinchi o'rinda va umrbod eslab qoling: Siz uning qarindoshlarini, uydagilari haqida hech qachon yomon gapirmang.

Jigar jigardan yaratilgan. Ular bir kun kelib yarashib ketadi, lekin sizning aytgan gaplaringiz, ularni yomonlaganingiz (rost bo'lsa ham) uning yuragida qolib ketadi. Unga aka qanday bo'lishi, o'g'il onasiga nimalar qilishini o'rgatmang.

Ular oldidagi vazifangizni bajaring va eringizga ularning kamchiliklari-yu sizga qilgan nohaqliklarini aytmang. Yaqinlarning orasiga sovuqchilik soladigan inson bo'b qolishdan qo'rqing.

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥17482👍33🤔14💯5💔4😁3
Ota hurmati

Farzandlar otasini qanchalar hurmat qi­lishi, ardoqlashi ko'p jihatdan onaga bog'liq. Ona otani e’zozlasa, bola ham e’zozlaydi. Ular ko'p ishda onasiga ergashadi.
Ba’zi oilalarda ota yomon bo'lsa ham ona bolalariga uni yomonlamaydi, hurmat qilishga, mehr berishga chaqiradi.
Shunday ekan, ota o'zi yaxshi bo'la turib farzandlar hurmat qilmasa, bunda onaning xatosi bor. Onalar, farzandingizga otasini qanday ko'rsatayotganingizga e’tibor qiling. Jumladan, bolalar yonida unga hurmatsizlik qilmang (boshqa vaqt ham!), urishmanglar. O'zaro bahslarni alohida qilinglar. Bolalarga otasini ideal ko'rsatishga harakat qiling. Ayni shu gaplar otaga ham tegishli.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
50💯14👍3🔥3❤‍🔥2
Ayol uchun janjal shunchaki tortishuv emas

Erkak o‘ylaydi: bu oddiy janjal, hozir bir yig'lab, tinchlanadi, keyin yana hammasi joyiga tushadi.
Lekin ayol uchun bu boshqacha: har bir tortishuv “Men xavfsiz emasman” degan signal.

🔸 Ayol uchun tortishuvda kim haq ekanidan ko‘ra, unga qanday munosabatda bo‘lishyapti — shu muhim.
U bu paytda dalil va gaplarni eshitmaydi. Faqat his qiladi: yonida suyanchiq bormi yoki uni yana ranjitishyaptimi? Agar ranjitsalar, ketgisi keladi.

🔸 Ayol erkakning asl tabiatini aynan tortishuv paytida ko‘radi.
U shuni kuzatadi: erkak uni qadrlaydimi, unga yopiladimi, manipulyatsiya qiladimi? Va o‘ziga savol beradi: “Men shunday odam bilan hayot kechirishim kerakmi?”

🔸 Ayol yechim izlamaydi, aloqani izlaydi.
Erkak muammoni tezroq hal qilishni istaydi. Ayol esa — uning og‘rig‘ini tushunishini his qilishni kutadi. Aks holda o‘zini yolg‘iz, tushunilmagan va keraksiz his qiladi.

🔸 Ayol charchaydi.
Erkak urishadi yoki tashqariga chiqadi. Ayol esa har safar yolg‘iz qoladi. Oxir-oqibat bu kurashdan charchab, munosabat uchun kurashishni ham to‘xtatadi.

🔸 Har bir janjal — ayol uchun kelajak haqida xulosa.
U o‘ylaydi: hozir shunaqa bo‘lsa, keyin nima bo‘ladi? Shunda unga ketish — qolishdan xavfsizroqdek ko‘rinadi.

Janjallar o‘z-o‘zidan munosabatni buzmaydi. Uni e'tibor, hurmat va bir-birini tushunish yo‘qligi buzadi.

#tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
102💯45👍42🔥14💔12🤔2❤‍🔥1
Yetarlicha uxlash nafaqat umrni uzaytiradi, balki ish vaqtini ham qisqartiradi!

#Tabassum #tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁17011👍10🤔9🔥2💔2💯1
Farzand uchun vaqt ajratish

Ota-ona farzandi uchun har kun vaqt ajratishi kerak. Bu vaqtda ular bilan turli ishlarni qilish mumkin. Masalan:

o'yin o'ynash
kitob o'qib berish
suhbatlashish
birgalikda kino yo multfilm ko'rish
sayrga chiqish
otalar o'g'li bilan masjidga borishi
qarindoshlarni ko'rgani borish...

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍2116🔥5
​​Muhabbat bu...

💜 Rus tilini bilmasang ham, u bilan qo'shilib ruscha triller kino ko'rib o'tirishing;
💜 Futbolga qiziqmasang ham bitta Ronaldo bilan Messini tanib olib, Mane ursa ham, Kane ursa ham Messi urdi deb qovun tushirishing;
💜 Aylanishga chiqqaningda razvedkachiga o'xshab uni tinmay kuzatib yurishing;
💜 Telefon parolini bilib olib, "galereya"sigacha tekshirib yana hech nima bo'lmaganday uni joyiga qo'yib qo'yishing;
💜 Bir kunda ming marta arazlab, oxiri nimaga arazlaganingni esingdan chiqarib qo'yishing;
💜 Uning oldida o'zingni yosh bolalardek tutishing;
💜 Ovqating kechga qolayotganda yoki ozgina tagiga olganda ming bir shirin so'z aytib, o'zingni "lo'li"likka solishing;
💜 Mushuk bolasiday uning ortidan ergashib yurishing;
💜 Nimalar yaxshi ko'rishini, nimalar yoqtirmasligini, yoqtirgan atiri, qachon jahli chiqishi, nima xursand qilishi, xullas, juftingning fe'l-atvorini o'zidan ham yaxshi bilib olishing;
💜 Nima demoqchiligini ko'z qarashlaridan sezishing;
💜 Biror joyga borishga ruxsat olish uchun bir hafta oldindan yaxshi gapirishni boshlashing;
💜 Kiyimlaring tor kelib qolganda uning kiyimlarini kiyib olishing;
💜 Qorning och bo'lsa ham, birgalikda yeyish uchun ishdan kelishini kutib o'tirishing;
💜 Nimadandir xafa bo'lsang, pinjiga tiqilib yig'lab berishing...

Bir so'z bilan aytganda, muhabbat bu — jufting bilan o'tkazayotgan har bir lahzang, har bir oningdir.

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🥰8260❤‍🔥40😁15💯12👍6💔4🔥3💋3🌚2
Forwarded from Tarbiyachi nashr
Ijodkorlar diqqatiga!

"Tarbiyachi" nashriyoti muallif va tarjimonlarni hamkorlikka chaqiradi. Bizda asosan 7–14 yosh bolalar uchun va farzand tarbiyasiga doir kitoblar nashr qilish reja qilingan.

Agar siz shunday kitoblar yozgan yoki tarjima qilgan bo'lsangiz, kitoblaringizni bizda nashr qildirishingiz mumkin!

O'zingiz, kitobingiz haqida ma'lumot yoki namunani @Tarbiyachinashr ga yuboring.

Telegramda biz: @Tarbiyachi_nashr
👍107🔥5
O‘g‘lim yoqtirgan qiz

Assalomu alaykum. O‘g‘lim 25 yoshda. Sovchilikka borsak, ko‘pchilik “o‘qiydi, hozir chiqarmaymiz” deyishyapti. O‘g‘lim namozxon, o‘z kasbi bor, mashinasi bor, yaxshi daromad qiladi, Xudoga shukr.

Yaqinda bir qizni ma’qul degandi. Sovchilikka borganimizda “o‘qiydi” deb rad qilishdi. Xolalari “qiz bilan o‘zing gaplashib, ko‘ndir, biz borib bittada hal qilib kelamiz”, deyishdi.

Lekin o‘g‘lim “unaqa qilmayman", to‘g‘rirog'i, "gaplashmayman” deb turib oldi.

Nima maslahat berasiz? Maslahatingiz kerak edi.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. O'g'lingiz to'g'ri yo'l tutyapti, halol yo'ldan qolmanglar. Sizlar o'zlaringiz qayta-qayta borib ko'ndirsangiz bo'ladi. O'zimiz o'qitamiz deb ishontiringlar va albatta bu va'dangizda turing.

#Oila_qurish
70👍38💯24🥰9😁9
E'tiborsizlikdan insonning jismi oʻlmaydi, balki qalbi, koʻngli, umidlari oʻladi va bir kun muhabbati ham...

Sizga mehr-eʼtoborli insonning qadriga yeting, ular doim yoningizda, hamisha siz bilan qoladi degani emas, u ham sizdek sevilishni istaydi va bir kun manzilini boshqa koʻngildan izlay boshlaydi!

#Eslatma

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥53💯3128👍9💔5
SEVGI — O‘ZINGNI AHMOQONA KO‘RSATISHDAN QO‘RQMAGANLAR UCHUN

Sizni sevgan inson yoningizda bo‘lsa, doimo mukammal bo‘lishga ehtiyoj sezmaysiz.

Siz bemalol erkalik qilishingiz, ahmoqona filmga yig‘lashingiz yoki kulgili pijama kiyishingiz mumkin.

Va bu sizda hech qanday uyat tuyg‘usini uyg‘otmaydi. Chunki yoningizda sizni tanqid qilmaydigan, aksincha, qo‘llab-quvvatlaydigan inson bor.

#Muhabbat #tarjima

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍7059🔥21💯18❤‍🔥7💔5🥰1
Janoza oldidan imom mayyitni rosa maqtay ketibdi, shunda ayol bolalariga:

– Bolam, sekin borib qaranglar-chi, tobutdagi dadangmikan o'zi!

#Tabassum

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁277🌚14❤‍🔥8🤔7😱65👍2
Baxtli oilalar muammosiz bo‘lgani bilan emas, muammolar haqida qanday gaplashishi bilan farq qiladi.

Ular “Kim aybdor?” degan savolga emas, “Endi nima qilamiz?” degan yechimga e’tibor qaratadi.

Ular aybdorni izlamaydi — yechimni izlaydi.

#Baxt #muammo

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
75💯46👍20🔥9👏1
Maktab davrida ko‘pchilik qizlar sevgi-muhabbat dardiga mubtalo bo‘lishadi. Achinarlisi, bu dard ularni ilm olishdan chalg‘itadi. Undan ham yomoni, ko‘p hollarda bu “muhabbat qissalari”ning oxiri xayrli bo‘lmaydi.

Biz oilada ikki qiz, bir o‘g‘il edik. Men to‘ng‘ich farzand edim. Maktabda yuqori sinflarda, undan keyin kollejda o‘qigan paytlarimda sinfimizdagi qizlarni so‘rab keladigan yigitlar ko‘p bo‘lardi. Eng asabiy holat — ularning dars vaqtida, darsni bo‘lib chaqirishlari edi. Bu ustozlarimizning ham asabiga tegardi.

Dugonalarim menga g‘alati qarashardi. Chunki ularni oxir-oqibat baribir tashlab ketadigan, yolg‘onchi yigitlar so‘rab kelgan bo‘lsa, meni so‘rab keladigan odam — o‘z dadam edilar. Birorta dugonamning dadasi maktabga mening dadamchalik tez-tez kelmasdi.

Dadam qanday bo‘lmasin, biz uchun albatta vaqt ajratardilar. Juda bo‘lmasa, sinf rahbarimiz bilan telefon orqali bog‘lanib turardilar. Ular doim: “Qiz bola — oilaning or-nomusi,” der edilar. Kundalik daftarlarimizni ham tez-tez tekshirib turardilar. Kollejda o‘qib yurgan paytlarimizda ham bu odatlarini davom ettirdilar.

Dugonalarim gohida uchrashib yuradigan yigitlarining mashinalarini og‘iz ko‘pirtirib maqtashardi. Lekin ular o‘sha yigitlari haqida uydagilari bilib qolishidan doim xavotirda yurishardi. Biz esa xotirjam va baxtli edik. Faqat o‘qishni o‘ylardik.

Endi o‘ylab qarasam, dadam rahmatlining yelib-yugurishlari, bizga bo‘lgan e’tiborlari, g‘amxo‘rliklari sabab o‘smirlik paytimizdan to turmushga chiqqunimizcha biror yigitga qaramabmiz, biror yigit bilan gaplashish haqida o‘ylab ham ko‘rmaganmiz. Dadam barcha harakatlarini bizning iffatu or-nomusimizni saqlash, bizni chiroyli holatda turmushga berish uchun qilgan ekanlar.

Men barcha otalar mening dadam kabi bo‘lishini juda-juda xohlar edim…


"Farzand tarbiyasida 700 saboq" kitobidan #iqtibos

#tarbiya

✍️
@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
81👍41❤‍🔥18🔥9👏2🤔1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz bu xatoni qilmang.

#tarbiya

Yanada ko‘proq videolar
👍1411🔥5❤‍🔥3🤔3💯3
— Ko'ylagimni yuvib qo'yganingiz uchun rahmat.

Shu beshta so‘zni ayting, xotiningiz ayollikdan chiqib, suv bo‘lib oqadi. 😂

Ayollar shunaqa-da…
Sevgan odamining ko‘ylagida dog‘ ko‘rsa, yuragida dog‘ sezganday bo‘ladi…
Gilamga suv to‘kilibdi — u yerga bosib o‘tilmasin deb, ustiga ko‘zini to‘shab yuradi.
Poyabzal to‘g‘ri qo‘yilmagan bo'lsa, uyqusi kelmaydi. 😅

Hamma uxlaganida…
Ertaga nima pishirsa bo‘ladi degan savol bilan shiftga tikilib yotadi.
“Zarurmas” deyilgan idishlarni yuvib, “ortiqcha” deb qaralgan yumushlarni qilib, keraksiz bo‘lishdan qo‘rqadi…

Lekin buni o'zi aytmaydi.
Chunki biz ayollar ko‘pincha “sevilishni emas”, sevgimizni isbotlashni afzal ko‘ramiz.
O‘zimizcha shunday:
“Toza pol, to‘g‘ri qo‘yilgan yostiq, nonushtadagi issiq choy” orqali sevgi izhor qilamiz…

Ayting-chi…
Shuncha ishdan keyin bir og‘iz “Sen bo‘lmasang, bu uy ham uy bo‘lmasdi” degan so‘zga nima yetsin?..
Yo‘q, yo‘q — “qani endi shunaqa gap eshitsam” deb emas…
Shunchaki, bilish uchun. Sezish uchun.

Chunki biz butun vujudimiz bilan qalbga aylanganmiz.
Charchaganida ham jilmayib yuradigan, shirinlikni boshqalarga berib, o‘zi g‘o‘r meva yeb o'tiradigan ayolmiz! ❤️ 🍃

#Ayollar

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
140❤‍🔥44💯32👍12🔥10💔7👏4
Mendan baxtning ifori bormi deb so'rasang, "Bu sening iforingdir!" deyman...

#baxt

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
56🥰17❤‍🔥11👍5🔥4🤔2😁1🌚1💔1
2025/07/13 01:35:03
Back to Top
HTML Embed Code: