Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Otamning fe’llaridagi meni hozirgacha katta hayratga solgan xislatlardan biri shu ediki, bizni yaxshilikka yetaklovchi narsani takror-takror aytishdan erinmas edilar. O‘sha narsani amalimizga aylantirib olgunimizcha yuz marotaba, lozim bo‘lsa, ming marotaba takrorlardilar. Ana shu narsalar biz uchun katta bir baxt bo‘ldi”, — degan edilar hurmatli Shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari.

Yuqoridagi fikrlar har bir yosh ota-ona uchun nihoyatda qadr-qimmatga ega hisoblanadi. Sababi Shayx darajasiga yetgan insonning otasi tomonidan berilgan tarbiya haqida ma’lumot o‘z farzandining kelajagi va uning kamoloti uchun qayg‘uradigan hech bir ota-onani befarq qoldirmaydi.
Farzand tarbiyasi juda nozik, e’tibortalab va shu bilan birga yoqimli jarayon. Bugungi kunda farzand tarbiyasiga oid asarlar, ilmiy kitoblar anchagina. Tarbiya nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lganidan bu mavzudagi kitoblar doimo dolzarb va kitobxonlar e’tiborida bo‘lgan.

Shunday kitoblardan biri G‘iyosiddin Yusufning “Sevdirib tarbiyalang” kitobi. Kitob yozuvchining hayotiy tajribasi va pedagogik mahoratidan kelib chiqib yozilgan.
Kitobni qo‘lga olgan inson borki, uni o‘qish jarayonidan zerikmaydi, toliqmaydi. Kitob bir qancha kichik mavzuchalardan iborat bo‘lib, mavzularning har biri ota-onalarda qiziqish uyg‘otadi. Shu sabab kitobxon kitobni katta qiziqish bilan o‘qishda davom etaveradi.

Kitob 3 ta bob asosiga qurilgan ekan:
1. Buyuk olimlarning farzand tarbiyasi haqidagi fikrlari.
2. Yozuvchining o‘zi shaxsiy xulosalari va izlanishlarini bayon qiladi.
3. Ota-onalardan kelgan savollarga berilgan javoblar taqdim qilinadi.
Hozirda o‘zim ham farzand tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lganim uchun kitobdagi ko‘pgina mavzularni o‘zim uchun dastirulamal qilib olishga harakat qilyapman. Tarbiya jarayonida yo‘l qo‘yayotgan xatolarimni angladim. Bolani haddan ziyod erkalatishning oqibatlari haqida xulosa qildim.

Kitobdagi “Aniq tartib-qoidalar bo‘lsin”, “Mas'uliyatni his qilishni o‘rgating”, “Sog‘lom farzand o‘stirish”, “Bolani erkin qo‘yish kerakmi yoki...?”, “Tarbiyada g‘azabni yengish muhim”, “Muvozanat”, “Rostgo‘ylikka targ‘ib” kabi mavzular orqali o‘zim uchun kerakli ma’lumotlarni oldim.
Farzand tarbiyasi qadimdan murakkab, nozik va alohida yondashuv talab qiladigan jarayon. Sababi har bir bola alohida dunyo. Ularga o‘z xarakteridan kelib chiqqan holda muomala qilish lozim.
Muallif o‘z kitobida ana shunday murakkab jarayonda ota-ona qanday yo‘l tutmog‘i lozimligini o‘rgatadi. Farzandning voyaga yetishida butun oilaning hissasi bo‘lishi tabiiy. Ammo ko‘proq mas’uliyat ota-onaga tushadi. Yana ham mas’ul shaxs albatta onadir. Shuning uchun ham biz onalar farzand tarbiyalar ekanmiz farzandimiz bilan birgalikda o‘zimizni ham tarbiyalab bormog‘imiz juda ham muhim.
Shaxsiy rivojlanayotgan, ilm olayotgan, o‘z ustida ishlayotgan onaning farzandi albatta onasiga ergashadi. “Qush uyasida ko‘rganini qiladi”, deb bejiz aytishmaydi.
Kitob juda tushunarli, ravon, ommabop usulda yozilgan. Ushbu kitobni o‘qish jarayonida meni eng quvontirgan holat buyuk olimlar, shayxlar tomonidan berilgan farzand tarbiyasiga oid fikrlarning keltirilgani bo‘ldi. Sababi bunday teran fikrlarni har yerda uchratish mushkul.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari, Odinaxon Muhammad Yusuf, Shayx Usmonxon Alimov, Ahmad Muhammad Tursun, Tohir Malik, Alixonto‘ra Sog‘uniy, Salohiddin Muhiddin, Usmon Nuriy To‘pbosh, Abdurauf Fitrat, Imom G‘azzoliy kabi buyuk ilm egalarining tarbiya borasidagi qimmatli so‘zlari bilan bizni tanishtirgan hurmatli muallifimiz G‘iyosiddin Yusufga o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.
Aziz Onajonlar, “Sevdirib tarbiyalang” kitobini albatta mutolaa qiling. Kitob onalik ilmini o‘rganishingizda va yana bir palla yuqoriga qadam qo‘yishingizda ulkan zinapoya vazifasini o‘taydi. Kitobning sevimli kitoblaringiz ro‘yxatidan va kitob javoningizdan munosib joy egallashiga ishonaman. 

“Sevdirib tarbiyalang” kitobiga taqriz
 
©️ Mahfuza Yashinova

“Sevdirib tarbiyalang” — 39.000 so‘m;


@qamarbooks
16👍11🔥4🥰1
Bo‘ydoqlarga maslahat

Hozirdanoq onangizga uy ishlarida oz-ozdan ko‘maklashib boravering. Ularning ko‘zi asta-sekin o‘rganib borsin. Uylanganingizdan keyin uy ishlarini qilishga majbur bo‘lib qolsangiz, gap-so‘z kam bo‘ladi!😉

Abdulloh Husan o‘g‘li

#Tabassum #oila_qurish

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁269💯37👍1817👏2🔥1🤔1
Ko‘p odamlar sevgi qandaydir katta narsada — e’tiroflar, sovg‘alar, yorqin voqealarda namoyon bo‘ladi deb o‘ylaydi. Ammo haqiqiy munosabatlar har kuni sodir bo‘ladigan mayda, ammo muhim holatlardan quriladi.

Choyni qanday uzatishingiz, u chiqayotganda eshikni qanday yopishingiz, u siz gapirayotgan paytda telefonni qanday chetga qo‘yishi — ana shu kichik harakatlarning barchasi insonni siz bilan birga bo‘lishda o‘zini xavfsiz va qadrlangan his qilishiga sabab bo‘ladi.

Agar sizning kundalik hayotingizda mehr va e’tibor yo‘q bo‘lsa, hech qanday “sevgilim” degan so‘z buning o‘rnini bosa olmaydi. Chunki sevgi baland ovozda emas, muntazam, doimiy g‘amxo‘rlikda namoyon bo‘ladi.

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
91👍12🔥10💯5👏3💔2❤‍🔥1
Turmushga chiqqan qiz onasiga norozi bo‘lib shikoyat qilayotganmish:
— Oyi, erim bilan ortiq yashay olmayman!
— Nega?
— Uni tushuna olmayapman. Har doim tortishamiz, janjallashamiz. Erimning kamchiliklari juda ko‘p!
— Qizim, sen olcha yeyishni yaxshi ko‘rasanmi?
— Olcha? Ha, albatta. Lekin hozir buni nima aloqasi bor?
— Olchalarni yeganingda ichidagi danaklarini chiqarib tashlaysan-ku... Hayotda ham shunday qilgin. Olchani yegin-u, danagini olib tashlashni o‘rgan!

#Nasihat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥8341💯41👍14❤‍🔥5🤔4😱3😁2
Ona bilan munosabat qanday boʻladi?

«Bolaga ona mehri haddan oshiq berilsa ham, oʻta kam berilgan boʻlsa ham zararli», – deydilar. Bu haqiqatmi?
Aslini olganda, ha. Faqatgina maqtayverish yoki, aksincha mehrdan mahrum qilish ham yaxshi emas. Ona doim bolasini koʻklarga koʻtarsa, oʻzini unga moslasa, urishgani qoʻrqsa, farzand zaif boʻlib voyaga etishi mumkin. Boshqa odamlarning uning aytganiga koʻnib ketadigan katta hayotga u tayyor boʻlmaydi.
Agar biz bolamiz stressga chidamli boʻlishini xohlasak, unga hayotda har xil vaziyatlar boʻlishi ehtimoli borligini tushuntirishimiz lozim.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
13🔥4
Siz uni so'rayotganingizdek u ham sizni qayerdadir so'ramoqda! Inshaalloh, bir kun duolaringiz ijobat bo'ladi.

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
84🔥14💔7🌚4😁3❤‍🔥2🤔2
Oiladagi asosiy qoidalardan biri kim haq yoki nohaq ekaniga ko'ra yashash emas, bir-birining kichik kamchiliklariga ko‘z yumib, kattalarini ishloh qilishga ko‘maklashgan holda birgalikda halovatli oila kechirish bo‘lishi kerak.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
50💯16🔥12💔3
Munosabatlarda bir narsani tushunish muhim: biz hislarni har xil kechirishimiz mumkin.

Men uchun og‘ir tuyulgan narsa senga arzimas bo‘lib ko‘rinishi mumkin.

Yoki sen xavotir olayotgan holat menga uncha ahamiyatsizdek tuyuladi.

Ammo gap kim haq yoki nohaq ekani haqida emas. Gap bir-birini eshita bilish haqida.

Ba’zan shunchaki aytishning o‘zi kifoya:
“Men bu holatni sen kabi his qilmayapman, lekin senga shunday tuyulgani men uchun muhim".

Bu — hurmat.
Bu — yetuklik.
Bu — sevgi.

#Muhabbat #tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯4927👍10🔥5👏2
765-savol: UKAMNING UYIDA O‘ZIMNI ORTIQCHADAY HIS QILAYAPMAN — NIMA QILAY?

Assalamu alaykum.

Mening turmush o‘rtog‘im 8 yil avval vafot etgan. Erim vafotidan so‘ng o‘g‘lim bilan birga uning uyida 5 yil yashadik. Keyin universitetga o‘qishga kirganim sababli u yerdan chiqishga to‘g‘ri keldi. Hozir esa ota-onamning uyida, ukam va kelinim bilan birga yashayapman.

Dastlab, o‘qishda bo‘lganim uchunmi, ukam va kelinim bilan munosabatlar yaxshi edi. Ammo o‘qishim tugab, uyda bo‘lib turganimga 3 oy bo‘ldi, shu vaqt ichida uyda turli dilxiraliklar bo‘lib, ukam bilan munosabatimiz sovuqlashdi.

O‘zimni bu uyda juda ortiqchadek his qilayapman. Avvallari kvartirada alohida turib ko‘rganman, oson bo‘lmagan. Shaxsiy uy olishni niyat qilganman, lekin hozircha ishga joylashganim yo‘q.

Lekin bu muhitda ham yashash men uchun ruhiy jihatdan og‘ir bo‘lib qolayapti. Ukam bilan ochiqchasiga gaplashib ko‘rganman, lekin foyda bo‘lmadi. Ota-onam ham go‘yoki bu uyda o‘z o‘rniga ega emasdek.

Endi nima qilishni bilmayapman. Qanday yo‘l tutishni maslahat berasiz?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom.

Bu holatda bir necha takliflar berishim mumkin, imkoniyatingizga qarab ish qiling.

- ukangiz va ota-onangizni jamlab yana bir bor ochiqcha, samimiy gaplashib ko'rish;
- turmush o'rtog'ingizning yaqinlaridan yordam so'rash;
- arzonroq uyga ijaraga chiqib, yaxshiroq ishda ishlashga harakat qilish;
- turmushga chiqish.

#Muammo

Yanada ko'proq savol-javoblar
16💯9🔥6
Shaxsiy hayotingizni ommaga ko'z-ko'z qilavermang. Eng muhim narsalarni pinhon tuting! Chunki hasad o't misoli xavflidir.

#tavsiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍49💯3420🔥8
Bola xonasini yig‘ishtirmasa, nima qilish kerak?

Bolaga xonasini tartibli saqlashga o‘rgatish bo'yicha ko‘p ota-onalarda muammo bor. Avvalo, unutmaslik kerakki, bolalar o'z xonasida tartibni saqlamagan holda o'ynasa ham, o'yin tugagach yig'ishtirib qo'yishsa, muammo yo'q. "Bolali uy bozor" deb bejiz aytishmagan.

Siz ularning xonasiga kirib boshingiz aylanib ketganidan baqir-chaqir qilmang. Ularga bu haqida buyruq ohangida emas, tushunarli va qiziqarli tarzda aytish kerak, shundagina ular tinglaydi, e’tibor beradi.

Bolaga baqirib yoki: “Yig‘ishtirmasang, hamma o‘yinchoqlaringni tashlab yuboraman!” deb qo‘rqitishdan foyda yo‘q. Buning o‘rniga, masalaga yumshoqroq yondoshing. Masalan, uni “yo‘qolgan o‘yinchoqlarni topayotgan politsiyachi” o‘yiniga taklif qiling — u o‘yinchoqlarni “uylariga qaytarib” yig‘ishtirib chiqsin.

Agar farzandlaringiz bir nechta bo‘lsa, bu usul yanada foydali. Kichik musobaqa uyushtiring: kim tezroq yig‘ishtiradi yoki polni artadi, o‘sha g‘olibga kichik sovg‘a yoki “qog‘oz kubok” bering. Bu jarayonni majburlash emas, o‘yin orqali o‘rgatish shakliga aylantiradi.

Va eng muhimi, shaxsiy namuna.
Farzand sizni kuzatadi. Agar sizning xonangizda yoki oshxonada tartib bo‘lsa, bola uchun bu tabiiy holga aylanadi. Chunki u kichikligidan tozalikka o‘rganadi va “shunday bo‘lish to‘g‘ri” degan tushuncha singadi.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
27💯11👍6🔥3
Forwarded from G'iyosiddin Yusuf
Qoriya singlimizning muolajasiga yordam kerak!

Bemorligi: Sepsis 2-daraja.
Oilaviy holati: bitta bolasi bilan ajrashgan, otasi yo'q, yaqinlari to'liq ta'minlay olmaydi.
Muolaja turi: 2-3 oy muntazam davolanish kerak. Oyiga 25–30 mln so'mgacha ketadi.
Zarur mablag': 50–60 mln so'm.

Men bemorning hujjatlari bilan tanishib chiqdim. Ishonchli, haqdor. Tushgan pullarni bemorga yetkazilishiga kafilman. Imkon qadar yordam qilaylik, azizlar.

Karta raqam:
9860170105241146
O'z nomimda.

G'iyosiddin Yusuf

#ulashamiz
29👍10💔5🔥4😱1💯1
Ota-ona o‘rtasidagi ittifoq

Ayol kishi erini qanchalik hurmat qilsa, e’zozlasa, bolalar ham shuncha hurmat qiladi, qadrlaydi.
Agar ayol juftini ishga yaxshi kuzatib, yaxshi kutib olsa, unga doim yaxshi muomala qilsa, bolalar ham shunday qiladi. Aksi bo‘lsa, bolalar ham otasini ota o‘rnida ko‘rmay, mehr qo‘ymay hatto mensimay ulg‘a­yishi mumkin. Bir kun katta bo‘lib, aqlini taniganda onasining otasiga qilgan muomalasini tahlil qilib ko‘rib, onasini ham hurmat qilmay qo‘yadi, garchi yoshligida onasining yonida turgan, uni yaxshi ko‘rgan bo‘lsa-da.
Onalar oila farovonligi, ahilligi uchun ko‘proq rol o‘ynaydilar va hamisha shuni hisobga olgan holda harakat qilishlari kerak. To‘g‘ri, oilada muammolar, ko‘ngilsizliklar ham bo‘­ladi. Shunday vaqtda jahlga berilib, qo‘pollik qilish­ga shoshilmay, bolalardan xoli holda juftlik o‘zaro gapla­shib olishi kerak. O‘z navbatida erkaklar ham bolalarining yonida ayolini behurmat qilmasin. Xato qilganda koyishga shoshilmasin. Ota ham, ona ham farzandlari uchun namuna bo‘lsinlar, shunda bolalar ularga mehribon, itoatli bo‘ladi. Bolalaringiz sizga ixlosli bo‘lishini xohlasangiz, ularga yomon jihatlaringizni bildirmang va, albatta, o‘zingizni isloh qilib boring. Juftingizning biror xatosini sezganda ham bolalar yonida koyimang. Alohida gaplashib oling.
Hikmatlarda: “Bolalaringizni tarbiyalamang, o‘zi­ngizni tarbiyalang. Ular baribir sizga o‘xshagan bo‘ladi”, – deyiladi.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
🔥1713💯9👍2
​​Erkak xato qiladi, ayol xafa bo‘ladi va erkak uzr so‘raydi.
Ayol xato qiladi, erkak g‘azabini sochadi, ayol xafa bo‘ladi va erkak uzr so‘raydi.

Mark Tven

#ayollar #erkaklar

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁126💯19🤔8🔥51
– Sukut saqlashga haqqingiz bor. Aytgan gaplaringiz o‘zingizga qarshi ishlatiladi.
– Bilaman, uylanganman.

Mavlon Marasulov

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁14811👍6😱2
Ajralish odatda birdaniga sodir bo‘lmaydi. Ko‘pincha munosabatlar asta-sekin tugaydi — savollar berish to‘xtaganda, bir-birining fikrlariga qiziqish so‘nganda, tinglash qoladi-yu, ammo endi chin dildan emas.

Bu jarayon sezilmay kechadi. Go‘yo hammasi joyida: suhbatlar bor, umumiy ishlar bor, birgalikdagi suratlar bor. Lekin bu suhbatlarda chuqurlik yo‘q. Ishlarda ishtirok yo‘q. Suratlarda esa haqiqiy iliqlik yo‘q.

Ba’zida buni o‘z vaqtida sezsangiz, munosabatni saqlab qolish mumkin. Lekin buning uchun avvalo rostini tan olish kerak: nimadir yo‘qolgan. Va uni ayblovlar bilan emas, balki e’tibor bilan qaytarib ko‘rish kerak.

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💯51👍1714💔5🔥2🥰1😱1
Agar xotining "Hamma erkaklar ablah bo‘ladi!" degan bo‘lsa, u aynan seni nazarda tutgan, boshqa erkaklarni emas.

Ayman Yog‘iy

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁113💯18👍87🔥1
«Hammasini birgalikda hal qilamiz» — bu “Men seni sevaman” degan so‘zga o'xshaydi, lekin yuz barobar kuchliroq. To‘g‘rimi? — ❤️

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
99👍11💯9🔥1
2025/10/19 11:45:27
Back to Top
HTML Embed Code: