Forwarded from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali (Fazliddin Mukaddasov)
Bugun, 28-may kuni Andijon davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vazirligi hamkorligida “O‘zbekiston – Ozarbayjon: oliy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari I forumi o‘z faoliyatini boshladi.
Mazkur nufuzli tadbirda ikki mamlakatdan 50 dan ortiq oliy taʼlim muassasasi rahbarlari va soha mutaxassislari ishtirok etmoqda. Forumning asosiy maqsadi — O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, texnoparklar tashkil etish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda amalga oshirish va akademik almashinuv jarayonlarini jadallashtirishdan iborat.
Forum davomida taʼlim muassasalari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumlari imzolanishi, qo‘shma fakultet va ilmiy markazlar ochish bo‘yicha kelishuvlarga erishilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, rektorlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinib, mavjud yutuq va muammolar yuzasidan ochiq muloqotlar olib boriladi.
✅ Bizni kuzatishda davom eting!📱 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherboyev Murodbek
Institutimizda "Talabalar bahori" festivali boʻlib oʻtadi.
Andijon davlat texnika institutida 30-may sanasida "Talabalar bahori" festivali doirasida talabalar oʻrtasida turli xil koʻngilochar dasturlar, sport musobaqalari va maʼnaviy maʼrifiy loyihalar boʻlib oʻtadi.
Festival doirasida "Beklar" jamoasi koʻngilochar chiqishlari va Talabalar teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan spektakl namoyishi, “O‘z iste’dodingni namoyon et” nomli karaokeda qo‘shiqlar tanlovi, “Men hayotni shunday tasavvur qilaman” mavzusidagi rasmlar tanlovi, Robotexnika bo‘yicha ko‘rgazma, "Oyning eng yaxshi kitobxon talabasi" tanlovi, Talaba-qizlar o‘rtasida pazandalik tanlovi, Talaba-qizlar o‘rtasida osh musobaqasi, PS interaktiv futbol musobaqasi, Counter-Strike kompyuter o‘yini bo‘yicha musobaqa va sohil voleyboli, stol tennis, shaxmat-shashka, workout musobaqalari boʻlib oʻtadi.
Barcha loyihalarga institutimizning asosiy binosida soat 10:00 da start beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherboyev Murodbek
Munozara intellektual oʻyinida Andijon davlat texnika institutimiz jamoasi ketma-ket ikkinchi yili ham viloyatda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritib respublika bosqichi yoʻllanmasini egallashdi.
Ushbu ajoyib natija bilan tabriklaymiz, Respublika bosqichida omad yor boʻlsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherboyev Murodbek
“Forsight” “Munozara”ning respublika bosqichida ishtirok etadi
Andijon davlat texnika institutida talabalarning intellektual salohiyatini oshirish hamda ularning iqtidorini roʻyobga chiqarish maqsadida “Munozara” respublika turnirining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.
Talaba va oʻquvchilarning faolligini oshirish markazi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tanlovda viloyatimiz oliy taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi talabalardan iborat jamoalar ishtirok etdi.
Turnirda ishtirokchilar belgilangan mavzular doirasida bahs va munozaralar olib bordi.
Yakuniy natijalarga koʻra ushbu Andijon davlat texnika institutining “Forsight” jamoasi gʻoliblikni hamda respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Gʻolib jamoalar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Sherboyev Murodbek
Andijon davlat texnika institutida "Talabalar bahori" festivali doirasida sportning stol tennisi turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtadi.
Musobaqada barcha fakultetlardan fakultet sharafini 1 nafardan yigit va qiz himoya qiladi.
Musobaqa 30-may kuni soat 10:00 da institutning asosiy binosida boʻlib oʻtadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM