Forwarded from Sherboyev Murodbek
Andijon davlat texnika institutida "Talabalar bahori" festivali doirasida sportning sohil voleyboli turi boʻyicha yigitlar va qizlar oʻrtasida musobaqa boʻlib oʻtadi.
Musobaqada barcha fakultetlardan 1 ta yigitlar jamoasi va 1 ta qizlar jamoasi ishtirok etadi. (1 ta jamoada 3 nafardan (zahirasi bilan) ishtirokchi boʻladi)
Musobaqa 30-may kuni soat 10:00 da institutning asosiy binosida boʻlib oʻtadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherboyev Murodbek
Andijon davlat texnika institutida "Talabalar bahori" festivali doirasida kibersportning Playstation 3 (PES) turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtadi.
Musobaqada barcha fakultetlardan 1 nafardan ishtirokchi ishtirok etadi.
Musobaqa 30-may kuni soat 10:00 da institutning asosiy binosida boʻlib oʻtadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherboyev Murodbek
Andijon davlat texnika institutida "Talabalar bahori" festivali doirasida kibersportning Counter Strike 1.6 turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtadi.
Musobaqada barcha fakultetlardan 1 tadan jamoa(Har bir jamoada 5 nafardan ishtirokchi boʻladi) ishtirok etadi.
Musobaqa 30-may kuni soat 10:00 da institutning asosiy binosida boʻlib oʻtadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherboyev Murodbek
Andijon davlat texnika institutida "Talabalar bahori" festivali doirasida sportning shaxmat va shashka turlari boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtadi.
Musobaqada barcha fakultetlardan fakultet sharafini 1 nafardan shaxmatda, 1 nafardan shashkada himoya qiladi.
Musobaqa 30-may kuni soat 10:00 da institutning asosiy binosida boʻlib oʻtadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Forsight” “Munozara”ning respublika bosqichida ishtirok etadi
Andijon davlat texnika institutida talabalarning intellektual salohiyatini oshirish hamda ularning iqtidorini roʻyobga chiqarish maqsadida “Munozara” respublika turnirining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.
Talaba va oʻquvchilarning faolligini oshirish markazi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tanlovda viloyatimiz oliy taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi talabalardan iborat jamoalar ishtirok etdi.
Turnirda ishtirokchilar belgilangan mavzular doirasida bahs va munozaralar olib bordi.
Yakuniy natijalarga koʻra ushbu Andijon davlat texnika institutining “Forsight” jamoasi gʻoliblikni hamda respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Gʻolib jamoalar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
Forwarded from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali (Fazliddin Mukaddasov)
Andijon davlat texnika institutida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni mehnat faoliyatiga yo‘naltirish hamda kasbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Begali Xolmirov, Markaziy bank raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Elyor Ikramov, O‘zMilliy bank “Kelajakka qadam” markazi loyiha rahbari Azimjon Ilhomovlar ishtirok etib, talabalar bilan bevosita muloqotda bo‘lishdi. Yigit-qizlarning savollariga javob berdilar.
Uchrashuvda biznes loyihasini amalga oshirish istagida bo‘lgan talabalarga “Kelajakka qadam” dasturining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, bank tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar to‘plami, turli sohalar bo‘yicha biznes-rejalar tuzish tartibi, tadbirkorlik faoliyatiga oid kredit hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha zarur tavsiyalar taqdim etildi.
✅ Bizni kuzatishda davom eting!📱 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildilar.
Tashrif doirasida imzolangan ikki tomonlama bitimlar qatorida Tushia, Piza va Turin universitetlari bilan sheriklik to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimlarni almashish marosimi ham o‘tkazildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Tashrif doirasida imzolangan ikki tomonlama bitimlar qatorida Tushia, Piza va Turin universitetlari bilan sheriklik to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimlarni almashish marosimi ham o‘tkazildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram