Telegram Web Link
Forwarded from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali (Fazliddin Mukaddasov)
Maktab bitiruvchilarini oliy taʼlimga qamrab olish, oʻzlari istagan kasblarga yoʻnaltirish, institut imkoniyatlarini kengroq namoyish etish maqsadida Andijon davlat texnika institutida “Ochiq eshiklar” kuni tadbiri oʻtkazildi.


Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda besh mingdan ortiq viloyatimizdagi umumtaʼlim maktablari, professional taʼlim muassasalari bitiruvchi oʻquvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Ularga institut tashkil etish tarixi, bugungi kundagi faoliyati, taʼlim tizimi, oʻquv dasturlari, mavjud yoʻnalishlar, talabalarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, boshqa mavjud qulayliklar, bilim dargohida taʼlim berayotgan pedagoglar salohiyati hamda abituriyentlarni qabul qilish tartiblari xususida keng maʼlumotlar berildi. Shuningdek, diplom olgach ularni qanday kasbiy faoliyat istiqbollari kutayotgani haqida maʼlumotlar taqdim etildi.

Mehmonlar oʻquv jarayonlari (maʼruza, amaliy va laboratoriya) bilan tanishish bilan birga, dars mashgʻulotlarida, ayniqsa laboratoriya ishlarida ham bevosita ishtirok etishdi.

Institut hovlisida viloyat yoʻl harakati xavfsizligi hamda favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan ish faoliyatidan foydalaniladigan texnika va jihozlar koʻrgazmasi, kafedralar professor-oʻqituvchilari tomonidan oʻtkazilgan amaliy mashgʻulotlar katta qiziqish uygʻotdi.
-Bugungi tadbirni oʻtkazishdan maqsad – kelayotgan yangi oʻquv yiliga abituriyentlarni institutga jalb qilish,deydi Yoshlar masalalari va ma'naviy- ma'rifiy ishlari bo'yicha birinchi prorektori Murodjon Sherboyev. Shu sababli barcha yoʻnalishlarimiz haqida maʼlumot berish uchun koʻrgazmalar tashkil qilganmiz. Abituriyentlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishmoqda. Ularga tanlagan yoʻnalishlarining asosiy xususiyatlari, kirish imtihonlari qanday oʻtkazilishi, kelajakda egallaydigan mutaxassisligi haqida maʼlumot berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!
📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali (Fazliddin Mukaddasov)
Institutda oʻtkazilgan “Ochiq eshiklar kuni”da mingdan ortiq oʻquvchilar qatnashdi


Maktab bitiruvchilarini oliy taʼlimga qamrab olish, oʻzlari istagan kasblarga yoʻnaltirish, institut imkoniyatlarini kengroq namoyish etish maqsadida Andijon davlat texnika institutida “Ochiq eshiklar” kuni tadbiri oʻtkazildi.

Ochiq eshiklar kunidan fotolavhalar.

Bizni kuzatishda davom eting!
📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali (Fazliddin Mukaddasov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹Maktab bitiruvchilarini oliy taʼlimga qamrab olish, oʻzlari istagan kasblarga yoʻnaltirish, institut imkoniyatlarini kengroq namoyish etish maqsadida Andijon davlat texnika institutida “Ochiq eshiklar” kuni tadbiri oʻtkazildi.


Bizni kuzatishda davom eting!
📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali (Fazliddin Mukaddasov)
“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” tanlovi institut bosqichi bo‘lib o‘tdi!


🏛 Andijon davlat texnika institutida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktyabrdagi 786-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligining 2025-yil 1-apreldagi 01-03/1232-sonli xatiga muvofiq, 21-may kuni “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni uchun tanlovning institut bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

🥇 Tanlov yakunlariga ko‘ra, ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun tavsiya etilgan eng munosib nomzodlarning hujjatlari viloyat hokimligiga 1-iyungacha taqdim etiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!
📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/09 16:36:47
Back to Top
HTML Embed Code: