Forwarded from Sherboyev Murodbek
“Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha eng yaxshi innovatsiya” tanlovida institutimizning "Femida" jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi innovatsion yondashuvlarini rag‘batlantirish, g‘oyalarni amaliy yechimga aylantirish va jamiyatda halollik tamoyillarini mustahkamlash maqsadida Andijon viloyati Prokuraturasi, O‘zbekiton yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi va Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonida tashkil etilgan “Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha eng yaxshi innovatsiya” tanlovida Andijon davlat texnika instituti "Femida" jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Jamoamizni g‘alaba bilan tabriklaymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
#kun_hikmati
🎤 Sabr - yutuqning kalitidir.
🪶 Imom Shofiy
📱 Instagram | 📺 YouTube | 🕊 Telegram
Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali (Fazliddin Mukaddasov)
"Turon" jamoasi Fidjital futbol musobaqasida instituti kubogini boshi uzra koʻtaradi!
Andijon davlat texnika instituti talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan Fidjital futbol musobaqasining final uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Finalda Avtomobilsozlik va transport fakultetining "Turon" jamoasi va Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining "Istiqlol" jamoasi chempionlik uchun bahs olib borishdi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan final uchrashuvi yakuniy natijasiga koʻra umumiy hisobda 8:3 natijasi bilan "Turon" jamoasi chempionlikni tantana qildi.
Eslatib oʻtamiz ushbu musobaqada barcha fakultetlardan jami 16 ta jamoa gʻoliblik uchun maydonda kurash olib borishdi.
✅ Bizni kuzatishda davom eting!📱 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali (Fazliddin Mukaddasov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_OAV_nigohida 😄
😄 📹 Andijon davlat texnika instituti rektori v.v.b Suxrob Aliyev boshchiligida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi o'tkazildi.
✅ Bizni kuzatishda davom eting!📱 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Andijon davlat texnika instituti | Rasmiy kanali (Fazliddin Mukaddasov)
Giyohvandlik zalolatga eltuvchi yo‘l
Andijon davlat texnika institutida "Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz" shiori ostida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2025/26-yillarga mo‘ljallangan " Milliy strategiyaning " ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda Andijon viloyati hokimligi mas’ul xodimi Jamoldin Mansurov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat-qidiruv boshqarmasi xodimi Qahramon Abduraximov, Yoshlar masalalari va ma'naviy- ma'rifiy ishlari bo'yicha birinchi prorektori Murodjon Sherboyev, viloyat narkologiya dispanseri shifokori, narkolog Baxtiyor Yusupov, Andijon davlat texnika instituti profilaktika katta inspektori podpolkovnik Azizbek Umarovlar ma’ruza qildilar.
Uchrashuvda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar inson sog‘lig‘i va xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi, jamiyatning iqtisodiy va ma’naviy negiziga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ko‘pincha u uyushgan jinoyatchilik bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi uning ijtimoiy xavfliligini yanada oshirishi, ayniqsa, mazkur giyohvandlik vositalaridan jabr ko‘ruvchilarning aksariyatini yoshlar tashkil etayotganligi ta’kidlandi.
Soha mutaxassislari ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM