Muammolarga yechim topish — soha rivojini ta’minlovchi muhim omil
✅Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, agroklaster tizimini rivojlantirish va ishlab chiqarish zanjirlarini to‘liq shakllantirish borasida izchil islohotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini yanada takomillashtirish, fermerlar, ishchilar va sanoat subyektlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash orqali yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish muhim vazifa sifatida belgilab olingan.
💬Shu maqsadda, bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov paxta-to‘qimachilik klasterlari rahbarlari bilan video-konferens-aloqa shaklida ochiq va konstruktiv muloqot o‘tkazdi.
👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/58590
👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/58590
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

👍11👌2👏1
Qashqadaryoda ochiq muloqot va amaliy yondashuv asosida tizimli islohotlarga zamin yaratmoqdamiz
Ayni paytda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning samaradorligini joyida o‘rganish maqsadida, ishchi guruhimiz bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibmiz.
Yakkabog‘ tuman hokimligi binosida tashkil etilgan sayyor qabulda viloyatimizning qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan barcha mutasaddilar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda tadbirkorlarning muammolari, takliflari batafsil ko‘rib chiqildi.
2024-yilda paxta va g‘alla yetishtirish bo‘yicha erishilgan natijalar va yil davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar atroflicha muhokama qilindi. Suv resurslaridan samarali foydalanish, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirish bo‘yicha tavsiya berildi.
Har bir mas'ul xodim o‘z zimmasidagi vazifalarni yuksak mas’uliyat bilan bajarishi, ayniqsa chekka hududlarda joylashgan fermer va dehqonlarning sharoitlarini yaxshilash borasida faol ishlashi shartligini yana bir bor qayd etdik.
Albatta, an’anaviy dehqonchilik tajribasini zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan uyg‘unlashtirish orqali hosildorlikni sezilarli darajada oshirish, ilmga asoslangan yondashuv va halol mehnat qishloq xo‘jaligimiz rivojining poydevori.
Yaqin kunlarda boshlanadigan g‘alla o‘rimiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, hosilni isrof qilmasdan, o‘z vaqtida va yuqori sifatda yig‘ishtirib olish mas’uliyati har birimizning zimmamizda.
Sohada olib borilayotgan islohotlarning barchasi Prezidentimiz rahnamoligida qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, fermer va dehqonlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qaror va farmonlarning amaliy natijasidir.
Viloyatda qishloq xo‘jaligi sohasida samaradorlikni oshirish, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etish va mas’uliyatli yondashuv orqali hosildorlikni yanada yaxshilash uchun barcha imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarur.
Bu borada barcha soha vakillarining yuksak mas’uliyat va halollik bilan xizmat qilishi tarafdoriman!

👍13👏1
Muammo o'z vaqtida va joyida hal etildi
Bugun Qashqadaryo viloyatidagi tadbirkorlar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida “Ro‘ziyev Sherobod” fermer xo‘jaligi tomonidan xorijiy “Xin Lu Zao-57” navidagi g‘o‘za rivojlanishi bilan bog‘liq muammo ko‘tarildi.
Murojaat yuzasidan masalani joyiga chiqib o‘rganishni lozim topdik va bevosita dala maydoniga tashrif buyurdik. Xitoydan keltirilgan “Xin Lu Zao-57” navli g‘o‘za ekilgan 4 gektarlik konturda olib borilgan kuzatuvlar asosida, ekinlar sog‘lom va to‘laqonli shakllanganligi, ildiz tizimi kuchli ekani aniqlandi.
Paxtachilik kengashi a’zolari tomonidan ham bu navda jiddiy muammo yo‘qligi, hosildorlikni oshirish uchun agrotexnik tadbirlarga to‘liq amal qilish zarurligi ta’kidlandi.
Ekinlar 76x10 sxemasi asosida ekilgan bo‘lib, amaldagi uslubiy qo‘llanmalarga to‘liq mos. Fermer xo‘jaligiga ushbu holatda parvarish ishlarini davom ettirish, ayniqsa, o‘g‘itlash ishlariga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tashrif davomida mazkur xo‘jalikka qarashli yondosh hududda joylashgan, har gektariga 160 ming dona ko‘chat ekilgan mahalliy navli 8 gektarlik dalani ham ko‘zdan kechirdik. Rivojlanish sur’ati yuqori bo‘lgani sababli, hosildorlik 65–70 sentner atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Xulosa sifatida, shuni aytishim mumkinki, xorijiy yoki mahalliy nav bo‘lishidan qat’i nazar, eng muhim omil — ilmiy yondashuv va uslubiy qo‘llanmalarga qat’iy amal qilish zarur.

👍16👏1