Islohotlar samarasi: fermerlar endi xizmat ko‘rsatuvchiga aylanyapti
Bugungi kunda yurtimizda qishloq xo‘jaligini isloh qilish, dehqon va fermer xo‘jaliklarini iqtisodiy jihatdan mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Davlatimiz rahbari rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida, eng avvalo, yer egalari — fermerlar manfaatdorligini oshirish, ularning tashabbus va imkoniyatlarini kengaytirish yotadi.
Shu maqsadda tashkil etilgan ishchi guruh bilan Qashqadaryo viloyatida olib borilayotgan safarimiz davomida Muborak tumanidagi “Zafarbek Qo‘ziev” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishdik.
Ushbu xo‘jalik umumiy 29 gektar yer maydoniga ega bo‘lib, uning 15 gektariga mahalliy “Buxoro-102” paxta navi ekilgan.
Avvalo, paxta maydonini ko‘zdan kechirdik. Unda g‘o‘zaning vegetativ holati, o‘g‘itlash jarayonlari va suv ta’minoti bilan yaqindan tanishdik.
Shu yerning o‘zida, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi mutaxassislari va mahalliy agronomlar bilan muloqot o‘tkazdik. Uchrashuv davomida suspenziyalarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri berish, zararkunandalarga qarshi kurash tadbirlarini kompleks ravishda olib borish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdik.
Shuni ishonch bilan aytishim mumkinki, bugun fermer xo‘jaliklarining texnik jihatdan ta’minlanayotgani, ularning mehnatiga rag‘bat uyg‘otilishi tufayli qishloq xo‘jaligida yuqori samaradorlikka erishilmoqda.
“Zafarbek Qo‘ziev” fermer xo‘jaligi faoliyati misolida ko‘rish mumkinki, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar, ilmiy va amaliy yondashuvlar fermerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, ularning manfaatdorlik asosida ishlashiga keng yo‘l ochmoqda.
Bizning asosiy maqsadimiz ham — ana shunday ilg‘or tajribalarni ko‘paytirish va har bir fermerga amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.

Cho‘l hududida hosildorlikning yangi bosqichi
Qashqadaryo viloyatidagi navbatdagi xizmat safarim chog‘ida Muborak tumani hududida joylashgan “Zafarbek Quziyev” fermer xo‘jaligining faoliyati bilan yaqindan tanishdim. Ayniqsa, xo‘jalikka tegishli 14 gektarlik bug‘doy maydonini ko‘zdan kechirar ekanman, ko‘nglimda quvonch va faxr tuyg‘ulari uyg‘ondi.
Ko‘pchilik cho‘l zonasi haqida so‘z borganda, ko‘z oldiga tabiiy resurslar kam, iqlimi qattiq, tuprog‘i qumli hudud keladi. Ammo bu safar guvoh bo‘lgan manzaram butunlay boshqacha bo‘ldi. “Turkiston” bug‘doy navining yashil boshoqlari, zamonaviy agrotexnologiyalar asosida parvarish qilingan maydonlar va fermerlarning yondashuvi men uchun katta taassurot qoldirdi.
Fermer xo‘jaligi har bir gektardan 55-60 sentnergacha bug‘doy hosili olishini kutmoqda. Bu cho‘l hududi uchun juda yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Men ushbu yutuqning zamirida vaqtida bajarilgan agrotexnik tadbirlar, ilmiy yondashuv va innovatsiyalar yotganiga amin bo‘ldim. Aynan mana shunday kompleks yondashuv orqaligina biz o‘zimizning ichki talabimizni qondira olamiz va eksport salohiyatimizni oshiramiz.
Eng quvonarlisi, xo‘jalik bugun o‘z mablag‘i hisobidan shaxsiy kombayn texnikalarini xarid qilib, o‘rim-terim ishlarini mustaqil ravishda olib bormoqda. Bu esa, faqatgina iqtisodiy mustahkamlik emas, balki agrar sohada mustaqil harakat qila oladigan, tashabbuskor fermerlar sinfining shakllanayotganini anglatadi.
Shuningdek, ushbu xo‘jalik nafaqat o‘z ehtiyojlari bilan cheklanib qolgan, balki qo‘shni fermer xo‘jaliklariga ham shartnoma asosida xizmat ko‘rsatmoqda. Bunday hamkorlik — qishloq xo‘jaligida samarali kooperatsiyaning yorqin namunasidir.
Men ishonamanki, “Zafarbek Quziyev” fermer xo‘jaligi tajribasi boshqa hududlarimiz uchun ham ibrat bo‘ladi.