Telegram Web Link
Muammo o'z vaqtida va joyida hal etildi

Bugun Qashqadaryo viloyatidagi tadbirkorlar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida “Ro‘ziyev Sherobod” fermer xo‘jaligi tomonidan xorijiy “Xin Lu Zao-57” navidagi g‘o‘za rivojlanishi bilan bog‘liq muammo ko‘tarildi.

Murojaat yuzasidan masalani joyiga chiqib o‘rganishni lozim topdik va bevosita dala maydoniga tashrif buyurdik. Xitoydan keltirilgan “Xin Lu Zao-57” navli g‘o‘za ekilgan 4 gektarlik konturda olib borilgan kuzatuvlar asosida, ekinlar sog‘lom va to‘laqonli shakllanganligi, ildiz tizimi kuchli ekani aniqlandi.

Paxtachilik kengashi a’zolari tomonidan ham bu navda jiddiy muammo yo‘qligi, hosildorlikni oshirish uchun agrotexnik tadbirlarga to‘liq amal qilish zarurligi ta’kidlandi.

Ekinlar 76x10 sxemasi asosida ekilgan bo‘lib, amaldagi uslubiy qo‘llanmalarga to‘liq mos. Fermer xo‘jaligiga ushbu holatda parvarish ishlarini davom ettirish, ayniqsa, o‘g‘itlash ishlariga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tashrif davomida mazkur xo‘jalikka qarashli yondosh hududda joylashgan, har gektariga 160 ming dona ko‘chat ekilgan mahalliy navli 8 gektarlik dalani ham ko‘zdan kechirdik. Rivojlanish sur’ati yuqori bo‘lgani sababli, hosildorlik 65–70 sentner atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Xulosa sifatida, shuni aytishim mumkinki, xorijiy yoki mahalliy nav bo‘lishidan qat’i nazar, eng muhim omil — ilmiy yondashuv va uslubiy qo‘llanmalarga qat’iy amal qilish zarur.
"Shinjon" texnologiyasi — manfaatdorlik va hosildorlikning bosh omili

Ayni paytda Qashqadaryo viloyatida xizmat safari bilan bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov tashrif dasturiga muvofiq, Koson tumani hududida joylashgan “Koson” fermer xo‘jaligi dala maydonida bo‘ldi.

Mazkur xo‘jalik tomonidan 50 gektar yer maydonida Xitoyda ishlab chiqilgan “Xin Lu Zao-57” paxta navi ekilgan bo‘lib, bu yerda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishida muhim tajribalar sinovdan o‘tkazilmoqda. Xususan, 15 gektar maydonda paxta ekinlari Shinjon (Xitoy) texnologiyasi asosida, plyonka ostida, 76x10 sxemada qo‘sh qator tarzida joylashtirilgan. Qolgan 35 gektar maydon esa an’anaviy usulda ekilgan. Bu tajriba o‘zida innovatsion va klassik usullarni solishtirish imkonini beradi.

Fermer xo‘jaligi rahbari kelgusi yildan boshlab butun ekin maydonini to‘liq ravishda Shinjon texnologiyasi asosida tashkil etishni rejalashtirayotganini bildirdi. Bu qaror aynan tajriba davomida kuzatilayotgan agrotexnik samaradorlik va hosildorlik ko‘rsatkichlariga asoslangan.

Vazir dala maydonini ko‘zdan kechirar ekan, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida, sifatli va tizimli amalga oshirilgani o‘z natijasini ko‘rsatganini e’tirof etdi.

Shuningdek, har bir gektardan yuqori va barakali hosil olish, eng avvalo, zamonaviy agrar yondashuvlarga tayanadigan ilmiy asoslangan qarorlar, ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga joriy etish va fermerlarning bilimini uzluksiz oshirib borishga bevosita bog‘liq ekanini alohida qayd etdi.

Albatta, yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, har bir qarich yerdan eng yuqori natija olish bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu bois, xorijiy tajribani o‘rganish, ilm-fan va texnologiyani ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish orqali nafaqat hosildorlik, balki umuman agrar sohaning barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kabsb etadi.
Yuqori hosildorlik–zamonaviy yondashuv, ilmiy asoslangan texnologiyalar va fidokor mehnat samarasi

Qashqadaryo viloyatiga tashrifim davomida Koson tumanidagi “Doniyor” fermer xo‘jaligida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdim. Ayniqsa, 55 gektarlik maydonda ekilgan bug‘doy dalasida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar meni nihoyatda quvontirdi.

Bugungi kunda biz g‘allachilikka strategik tarmoq sifatida qarayapmiz. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholimizni sifatli non mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlab borish uchun har bir gektar maydonning imkoniyatidan to‘liq va samarali foydalanishimiz zarur.

Mazkur xo‘jalikda serhosil “Taniya” navli bug‘doy yetishtirilmoqda. Daladagi ekin holati barqaror, bu esa o‘z vaqtida amalga oshirilgan tadbirlarning samarasidir. Urug‘larning sifati, begona o‘tlarga qarshi ishlov, o‘g‘itlash va sug‘orish ishlari ilmiy yondashuv asosida olib borilganini ko‘rdim. Mutaxassislar tomonidan bu maydondan 75–80 sentner atrofida hosil olish prognoz qilinyapti — bu juda yaxshi natija.

Fermer va agronomlar bilan suhbatda yuqori natija – ilmiy yondashuv, texnologiya va mehnatsevarlik uyg‘unligi natijasi ekanini ta’kidlab o‘tdim. Fermerlarga agrotexnologik jadvalga qat’iy amal qilish, suv va resurslarni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdim.

Albatta, har bir gektardan olinayotgan hosildorlik — bu nafaqat agrotexnik tadbirlar, balki fermerning o‘z ishi bilan bo‘lgan munosabati, intilishi va yondashuvi mahsulidir.

“Doniyor” fermer xo‘jaligi esa, bunday namunaviy ish yuritish tizimi keng ommalashishga arzigulik tajriba ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
2025/07/06 09:09:57
Back to Top
HTML Embed Code: