Telegram Web Link
🌱🌱🌱

🇺🇿🇺🇳Ayni paytda Toshkent shahrida Oliy Majlis Senati, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va FAO hamkorligida “Qishloq xo‘jaligi siyosatida gender tengligi – barqaror qishloq rivojlanishining asosi” mavzusida muhim muloqot boshlandi.

❗️Unda 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan ilk Gender strategiyasi taqdim etilmoqda. Tadbirda vazirliklar, xalqaro tashkilotlar, senatorlar, olimlar, fermerlar va talabalarning faol ishtiroki kuzatilmoqda.

💬Tadbirni ochib bergan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov o‘z nutqida ayollarning sohadagi roli oshishi zarurligini ta’kidladi. “Qishloq xo‘jaligida mavjud muammolarni hal etishda ayollarimizning o‘rni beqiyos. Gender strategiyasi – bu faqat konsept emas, balki aniq harakatlar yo‘l xaritasidir” – dedi vazir.

📌Vazir, shuningdek, xotin-qizlarni sohaga keng jalb qilishda hamkor tashkilotlarning yordamini alohida qayd etdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli jurnalistlar, matbuot xodimlari va OAV vakillari!

Barchangizni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman!

Xalqimizga axborot yetkazishdagi tezkorlik, jurnalistik surishtiruvlardagi xolislik, tahlillardagi chuqur mushohada, bularning barchasida so‘z yuki, so‘z mas’uliyati mujassam.

Zero, yurtimizda ro‘y berayotgan har bir islohot va o‘zgarishlarning bo‘y-basti OAV vakillari va jurnalistlarning ziyrak nigohi, o‘tkir qalami bilan yuksalmoqda. Bu esa, mamlakatimizda so‘nggi yillarda so‘z erkinligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan davomli ishlarning natijasidir.

Bugun dunyoda hukm surayotgan murakkab geosiyosiy vaziyatda Ona Vatanimizning og‘ishmasdan, taraqqiyot yo‘lidan dadil odimlashi har birimizning oldimizga qo‘yilgan ulkan vazifalarni nechog‘li bajarishimizga bog‘liq. Jumladan, yurtimizda agrar sohaga ilm-fan va innovatsiyani joriy etish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va mamlakatimiz eksport salohiyatini yanada yuksaltirish muhim ahamiyatga ega.

Dunyo bozorlarida o‘z o‘rni va xaridorlariga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarimizning eksport hajmi kundan-kunga oshib borayotgani esa quvonchli holatdir. Ilmiy tamoyillar asosida ilg‘or tajribalarni qo‘llash, innovatsion yangiliklarga tayanish yangidan-yangi mo‘jizalar yaratmoqda, shu tariqa dunyo bozorida yurtimizda yetishtirilgan noz-ne’matlarga bo‘lgan qiziqish ortmoqda.

Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning xalqqa yetib borishida, dastur va strategiyalarning bajarilishida sizlarning ishga mas’uliyat bilan yondashuvingiz va dadil so‘zlaringiz tahsinga loyiq.

Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Sizlarni qutlug‘ va sharafli kasb bayramingiz bilan yana bir bor tabriklayman. Barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, ish faoliyatingizda esa ijodiy barkamollik tilayman.

Doim har bir so‘zingiz keskir, qalamingiz o‘tkir bo‘lsin!

Samimiyat bilan,

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov.


🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligida ayollar huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan muhim qadam

Ayni damda poytaxtimizda o'tkazilayotgan anjumanda Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan Gender strategiyasini amalga oshirish doirasida idoralararo va xalqaro hamkorlik memorandumlari imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo'jaligi vazirligi, FAO hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi o'rtasida tuzilgan ushbu shartnoma strategiyaning barqaror amalga oshirilishida muhim bosqich hisoblanadi.

Marosim davomida, shuningdek, Qishloq xo'jaligi vazirligi hamda BMTning Aholishunoslik jamg'armasi(UNFPA ) o'rtasida ham strategiyani amalga oshirish borasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bundan tashqari, “Qishloq xo'jaligida gender tengligini ta'minlash, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish hamda 2025-2030-yillarga mo'ljallangan Gender strategiyasini ishlab chiqishda qo'shgan munosib hissasi, tashabbuskorligi hamda faol ishtiroki uchun” sohadagi faollarni taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.

Unda ushbu yo‘nalishda faol ishlagan mutaxassis va tashkilot vakillari e’tirof etildi. Marosim gender tengligiga sodiqlik va amaliy natijalarni rag‘batlantirishning yorqin namunasiga aylandi.
2025/06/29 10:40:39
Back to Top
HTML Embed Code: