Telegram Web Link
Qishloq xo‘jaligida ayollar huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan muhim qadam

Ayni damda poytaxtimizda o'tkazilayotgan anjumanda Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan Gender strategiyasini amalga oshirish doirasida idoralararo va xalqaro hamkorlik memorandumlari imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo'jaligi vazirligi, FAO hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi o'rtasida tuzilgan ushbu shartnoma strategiyaning barqaror amalga oshirilishida muhim bosqich hisoblanadi.

Marosim davomida, shuningdek, Qishloq xo'jaligi vazirligi hamda BMTning Aholishunoslik jamg'armasi(UNFPA ) o'rtasida ham strategiyani amalga oshirish borasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bundan tashqari, “Qishloq xo'jaligida gender tengligini ta'minlash, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish hamda 2025-2030-yillarga mo'ljallangan Gender strategiyasini ishlab chiqishda qo'shgan munosib hissasi, tashabbuskorligi hamda faol ishtiroki uchun” sohadagi faollarni taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.

Unda ushbu yo‘nalishda faol ishlagan mutaxassis va tashkilot vakillari e’tirof etildi. Marosim gender tengligiga sodiqlik va amaliy natijalarni rag‘batlantirishning yorqin namunasiga aylandi.
Ilmiy yondashuv qishloq xo'jaligi rivoji demak

Bugun Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurib, sohada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va ularning real hayotdagi natijalari bilan yaqindan tanishdim.

Xususan, institut olimlari tomonidan sho‘rga va qurg‘oqchilikka chidamli yangi sholi navlarini yaratish, ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘nalishidagi izlanishlar e’tiborga molik.

Bu kabi ilmiy yutuqlar nafaqat dalalarda hosildorlikni oshiradi, balki qishloq aholisi daromadini ko‘paytiradi, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ta’kidlashim joizki, ilm-fan va amaliyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni kuchaytirmasdan zamonaviy agrosohani tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Shu bois, institut jamoasiga zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, yosh mutaxassis va tadqiqotchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalarida doimiy yordam ko‘rsatamiz.

Ishonchim komil, bugungi uchrashuv qishloq xo‘jaligida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni keng tatbiq etish va amaliyot bilan ilm-fanni yanada yaqinlashtirish uchun muhim asos bo‘ladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligi siyosatida gender tengligi — barqaror qishloq rivojlanishining asosi

Ayollarning bilim, salohiyat va mehnatini to‘liq e’tiborga olish orqali qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda oilaviy va ijtimoiy barqarorlikka erishish mumkin.

📰Shu bois, siyosat va islohotlarda ayollarning teng ishtirokini qo‘llab-quvvatlash zamonaviy agrar taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

🏫 Poytaxtimizdagi "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasida tashkil etilgan tadbirda ham ayni shu masalarga e'tibor qaratildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston eng ko‘p Qozog‘istonga yeryong‘oq eksport qilgan

🤩 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-may oylarida xorijga qiymati 5,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 5,9 ming tonna yeryong‘oq eksport qilgan.

🌍 O‘zbekiston 2025-yilning 5 oyida eng ko‘p yeryong‘oq eksport qilgan davlatlar:

🇰🇿Qozog‘iston – 2,4 ming tonna

🇦🇿Ozarbayjon – 713 tonna

🇷🇺Rossiya – 648 tonna

🇵🇰Pokiston – 497 tonna

🇹🇲Turkmaniston – 464 tonna

🌍Boshqa davlatlar – 1,2 ming tonna

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Har bir dala maydoni — natijadorlik mezoni

📌Ayni damda Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi ishchi guruh sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini o‘rganish maqsadida Toshkent viloyatida bo‘lib turibdi.

Dastlab, O‘rta Chirchiq tumanidagi “Istiqlol” fermer xo‘jaligi dala maydonida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/64485

👉Подробно:
https://gov.uz/ru/agro/news/view/64485

🌐
Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Paxta dalalarida zamonaviy agrotexnologiyalar joriy etilmoqda

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida yuqori hosildorlik va mahsulot sifatini ta’minlash — bizning ustuvor vazifamiz. Shu maqsadda Toshkent viloyatiga amalga oshirgan ishchi tashrifim davomida O‘rta Chirchiq tumanidagi “Madorist Diamond” fermer xo‘jaligiga qarashli 30 gektar paxta dalasini ko‘zdan kechirdim.

Mazkur maydonda mahalliy “Ravnaq-2” navi asosida paxta yetishtirish jarayonlari zamonaviy agrotexnologik yondashuvlar asosida tashkil etilgan. Har bir gektarga belgilangan me’yorda ko‘chatlar ekilib, bugungi kunda ular sog‘lom va sifatli rivojlanmoqda.

Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, yuqori natijalarga erishishda zamonaviy agrotexnik tadbirlarni to‘liq bajarish muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, qator oralariga ishlov berish, chopiq, sug‘orish va barg orqali qo‘shimcha oziqlantirish — bularning barchasi ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida amalga oshirilmoqda.

Tajriba ko‘rsatmoqda: har qanday navning imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun unga to‘g‘ri va ilmiy asosda yondashish zarur. Ayniqsa, Paxtachilik kengashi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanmalarga qat’iy amal qilish natijasida hosildorlik va sifat keskin oshmoqda.

Mas’ullarga aniq topshiriq berdim: ishlarni tizimli olib borish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, barcha agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va sifatli bajarish shart. Faqat shunda biz raqobatbardosh, eksportbop paxta yetishtira olamiz.

Biz zamonaviy yondashuvlar orqali paxtachilikda samaradorlik va iqtisodiy natijalarni yangi bosqichga olib chiqamiz.
2025/07/08 09:29:13
Back to Top
HTML Embed Code: