Telegram Web Link
Jizzax viloyatida sut sanoatini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro loyiha muhokama qilindi

Ayni damda Ozarbayjon Respublikasida bo‘lib turibman. Davlatimiz rahbarining oliy darajadagi tashrifi doirasida qator tashkilot va kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazmoqdaman.

Bugun Boku shahrida Ozarbayjonning yetakchi kompaniyalaridan biri — “Milla Dairy” (AGRO DAIRY) kompaniyasi rahbari Niyazi Amirbayev bilan uchrashdim.

Muloqot davomida Jizzax viloyatida zamonaviy sut klasterini tashkil etish loyihasini atroflicha muhokama qildik. Bu loyiha mamlakatimizda sut va sut mahsulotlari sohasini yanada rivojlantirish, xalqaro tajribani joriy etish hamda zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Hozirda “Milla Dairy” kompaniyasi loyiha doirasida O‘zbekistonning sut mahsulotlari bozorini har tomonlama o‘rganib chiqmoqda va biznes-reja ustida ish olib bormoqda.

Uchrashuv yakunida loyiha bosqichlari, investitsiya shartlari, texnologik yechimlar va istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdik. Shu orqali Jizzax viloyatida zamonaviy sut sanoatini rivojlantirish yo‘lidagi amaliy qadamlar belgilanmoqda.
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱

Anjirni to'g'ri va sifatli yetishtirishda qay usuldan foydalanish samara beradi

🍈Anjir yetishtirishda mo'l hosil olish uchun tuproq tayyorlash, ko'chat ekish, parvarishlash va kasalliklarga qarshi kurash bo'yicha bir qator muhim jarayonlarni to'g'ri tashkil qilish zarur.

Avvalo, ekishdan oldin yer maydoni tekislanib, unga chirigan go'ng, chirindi, fosforli, kaliyli va azotli o'g'itlar qo'shilib, chuqur haydalishi kerak. Ko'chatlar uchun 50×50 sm o'lchamda chuqur kovlanib, 20–25 sm ustki tuproq qatlami alohida ajratiladi.

👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/53175

👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/53175

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari "Zagulba" qarorgohida tor doirada uchrashuv va Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazdi.

▫️ Munosabatlarimiz tarixda hech qachon bugungidek yuksak darajada bo‘lmagan, – dedi O‘zbekiston Prezidenti.

▫️Iqtisodiy kooperatsiya yilida tovar ayirboshlash hajmi 25 foizga oshdi. Loyihalar portfeli 4 milliard dollarga yetgan. 300 ga yaqin qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

▫️Tashrif davomida Boku shahrida "O‘zbekiston" bog‘i qurilishiga start beriladi va mamlakatimizning Ozarbayjondagi elchixonasi yangi binosi ochiladi.

▫️Tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmini yiliga 1 milliard dollarga yetkazish imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Sanoat, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, turizm, bank va boshqa sohalardagi loyihalarni o‘z ichiga olgan alohida Kooperatsiya dasturi qabul qilinayotgani ta’kidlandi.

▫️Yevropaga elektr energiyasini eksport qilish bo‘yicha qo‘shma loyihani tayyorlashni jadallashtirishga kelishib olindi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
G‘o‘zada o‘rgimchakkanaga qarshi samarali kurash: tavsiyalar va yondashuvlar

🕷O‘rgimchakkana nima?

O‘rgimchakkana — 120 dan ortiq turdagi ekinlar bilan oziqlanadigan xavfli zararkunanda bo‘lib, ayniqsa oddiy o‘rgimchakkana (Tetranychus urticae) paxta uchun jiddiy tahdid sanaladi.

🔴Zararkunanda tuxum qo‘yib ko‘payadi, issiq va quruq ob-havoda tez rivojlanadi va shamol orqali keng tarqaladi.

❗️Zarari qanday?

🌱O‘simlikning o‘sishini 10–15 kungacha sekinlashtiradi.

🍁Zararlangan barglarning ustki tomoni qizaradi, gul va shonalar to‘kila boshlaydi, natijada hosil miqdori kamayadi.

👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/59291

👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/59291

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi qarorini qabul qildilar.

Davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. Shu jumladan:

▫️Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani 2025–2029-yillarda amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi";

▫️Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

▫️Fan, kasb-hunar va oliy ta’lim sohalarida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

▫️2025–2026-yillarga mo‘ljallangan sanoat kooperatsiyasi dasturi;

▫️2030-yilga qadar tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazish dasturi;

▫️2025–2027-yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi;

▫️2025–2027-yillarda ijtimoiy himoya sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;

▫️Kemachilik va kemasozlik sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

▫️Toshkent viloyati va Sumgait shahri, Navoiy va Gabala shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi kelishuvlar.


Kanalga ulanish:
@uzauz
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida agrar hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida men, Qishloq xo‘jaligi vaziri sifatida, qator uchrashuvlar o‘tkazdim. Jumladan, AzerSun Holding boshqaruv kengashi raisi janob Ahmed Gyozal bilan muzokara qildik.

Suhbat davomida biz qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalarini atroflicha muhokama qildik. Ayniqsa, meva-sabzavotlarni qayta ishlash, zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, AzerSun Holding — Janubiy Kavkaz mintaqasidagi eng yirik va obro‘li agrosanoat va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biridir. Ular nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki qayta ishlash, qadoqlash, logistika, moliya va investitsiya sohalarini ham o‘z ichiga oladi. Kompaniya tarkibida bugungi kunda 30 dan ortiq korxona va zavodlar faoliyat yuritmoqda, minglab ish o‘rinlari yaratilgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar sifatida biz qishloq xo‘jaligi sohasida samarali va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda zamonaviy ishlab chiqarish tajribalarini birgalikda amaliyotga tadbiq etishga tayyor ekanligimizni bildirdik.

Hozirda muzokaralar davom etmoqda. Ishonchim komilki, ushbu tashrif natijasida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi aloqalar yanada mustahkamlanadi va yangi loyihalar uchun keng yo‘l ochiladi.
2025/07/04 15:24:40
Back to Top
HTML Embed Code: