Telegram Web Link
Agrar sohada texnika ta’minotini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi

Bugun mamlakatimiz agrar sohasini jadal rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi texnika ta’minotini zamon talablari darajasiga olib chiqish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishni o‘tkazdim.

Yig‘ilish davomida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi texnik bazasini zamonaviylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ustuvor vazifalarni atroflicha muhokama qildik.

So‘nggi yillarda fermer xo‘jaliklari va klasterlar tomonidan zamonaviy, resurs tejovchi texnika va agregatlarning xarid qilinishi hisobiga texnika parki sezilarli darajada yangilanmoqda.

Bu holat ekin maydonlarini tayyorlash, urug‘ sepish, parvarishlash va hosilni yig‘ib-terib olish jarayonlarining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Aynan shu islohotlar tufayli agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va yuqori sifatda bajarish imkoniyatlari ancha kengaydi.

Biroq, ayrim hududlarda hali ham texnika vositalari ta’minoti yetarli emasligi, mavjud texnikalarning eskirgani sababli mexanizatsiyalash darajasi kutilgan natijalarga to‘liq erishishga imkon bermayotgani aniq ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan soha mutasaddilariga belgilangan rejalarni sifatli bajarish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, zamonaviy texnikani hududlarga yetkazish, eskirgan texnikani yangilash va ta’minot holatini doimiy tahlil qilish vazifasini yukladim.

Zero, bu yo‘nalishdagi ishlarimiz mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini yangi bosqichga olib chiqadi, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga va xalqimiz farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ukraina jiddiy muammoga duch kelmoqda

Xitoy bilan hamkorlik yanada kengaytiriladimi?

Vazir hafta davomida qayerlarga bordi?

Germaniyada suvsizlikka chidamli bug‘doy navlari yaratildi. Uning dunyo bo’ylab sotuvi boshlandimi?

Xitoy soya importi bo‘yicha rekord natijaga erishdi. Mahsulotni AQSh sotyaptimi?

Malayziya texnologiyasi endi O’zbekistonda. Qanday loyihalar ishlar tushirilmoqda?

Sohaga oid eng so‘ngi yangiliklar "Agro news" dasturida.

▶️Ko’rsatuvning to’liq qismi: https://youtu.be/qBpeCHLlkkI

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston 5 oyda 25,8 mln dollarlik mosh eksport qilgan

🤩 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025- yilning yanvar-may oylarida xorijga qiymati 25,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 29,8 ming tonna mosh eksport qilgan.

🌍 O‘zbekiston 2025 - yilning yanvar-may oylarida eng ko‘p mosh eksport qilgan davlatlar:

Xitoy – 25,4 ming tonna

Qozog‘iston – 1,4 ming tonna

Afg‘oniston – 690 tonna

Niderlandiya – 670 tonna

Rossiya – 373 tonna

Boshqa davlatlar – 1,2 ming tonna

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев ёшларнинг инновацион ишланмалари ва истиқболли лойиҳалари билан танишди.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе
O‘zbekiston – Ozarbayjon: Qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar

Bugun men, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri sifatida, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amalga oshiradigan oliy darajadagi tashrifi doirasida Ozarbayjonning yetakchi kompaniyalaridan biri — “Green Tech” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdim.

Uchrashuv davomida “Green Tech” asoschilaridan biri Tohir Gyozal bizga kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy energiya samarador issiqxona majmualari, avtomatlashtirilgan sug‘orish tizimlari, iqlim nazorati va yuqori hosildorlikka ega innovatsion texnologiyalar haqida atroflicha taqdimot o‘tkazdi.

Mazkur texnologiyalar O‘zbekiston uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, Xorazm viloyatida zamonaviy issiqxonalarni joriy etish, mavjud, samaradorligi past bo‘lgan issiqxonalarni esa modernizatsiya qilish masalalarini birgalikda batafsil muhokama qildik.

Men “Green Tech” kompaniyasining tajribasi va innovatsion yondashuvlarini mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, mahsulot yetishtirish hajmini va sifatini oshirishda katta imkoniyat deb hisoblayman. Shu bois, biz bu yo‘nalishda o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirishimiz shartligini ta’kidladim.

Ishonchim komilki, ushbu tashrif va erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikning yangi ufqlarini ochadi.
2025/07/04 04:18:03
Back to Top
HTML Embed Code: