Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👌1

👍9👌1
Qamashi tajribasi: Paxtachilikda ilmiy yondashuv va samarali mehnat – muvaffaqiyat garovi
Qashqadaryo viloyatidagi safarim davomida Qamashi tumanidagi “Yorqinbek Jasurbek” fermer xo‘jaligi dala maydonida bo‘ldim.
Fermer xo‘jaligida 20 gektar maydonda xorijiy paxta navi 76×10 sxemada, qo‘sh qator tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida ekilgan. Agrotexnik tadbirlar to‘liq bajarilgan, suv tejamkor sug‘orish tizimi qo‘llanilgan, oziqlantirish jarayonlari esa tuproq tahlili natijalariga asoslanib amalga oshirilgan. Mazkur maydonda har gektardan 65–70 sentner hosil olish rejalashtirilgan.
Dala maydonini ko‘zdan kechirar ekanman, fermerning ilmiy yondashuv asosida faoliyat yuritayotganini, agrotexnik intizomni to‘liq ta’minlaganini va zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etayotganini ijobiy baholadim. Shuningdek, termidan oldin vezuv bilan ishlov berish orqali barglarni to‘kish usulining samaradorligiga alohida e’tibor qaratdim.
Shundan so‘ng, “Sanjar Diyorovich” fermer xo‘jaligi dala maydonida bo‘ldim. Ushbu xo‘jalikda ham 5 gektar maydonda xorijiy paxta navi ekilgan bo‘lib, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilgani tufayli 65–70 sentner hosil kutilmoqda.
Aytish kerak, avvalgi yillarda Qamashi tumanida o‘rtacha paxta hosildorligi 35–40 sentner/ga atrofida bo‘lgan. Bugungi kunda esa ilmiy yondashuv, suv tejamkor texnologiyalar va tahlil asosidagi oziqlantirish tizimi joriy etilishi natijasida bu ko‘rsatkich 65–70 sentner/ga yetmoqda. Bu holat tuman agrar sohasida hosildorlikning barqaror o‘sishini ta’minlamoqda.
Ishonchim komilki, mexanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish, ilmiy-amaliy yondashuvni keng joriy etish va islohotlarni izchil davom ettirish paxtachilikda yuqori natijalarga erishishning asosiy omilidir.
Zero, bugungi yuksak natijalar agrar sohada olib borilayotgan islohotlarning amaliy samarasini yaqqol ifodalaydi.

👍15👌1