Telegram Web Link
O‘zbekiston – Italiya hamkorligi yangi bosqichda

🌱 O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Rim shahriga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi va Italiya Qishloq xo’jaligi bosh konfederatsiyasi (Confagricoltura) tashkiloti o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik kelishuvi imzolandi.

📄 Ushbu kelishuv doirasida yosh fermer va mutaxassislar Italiya qishloq xo‘jaligi xo‘jaliklarida mehnat faoliyatini olib borish uchun yuboriladi.

👩‍🌾 Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida ishchilar italyan tili hamda Italiyada ishlash tartib-qoidalari bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tkaziladi.

📚 Dastlabki bosqichda 15 nafar ishtirokchi uchun 140 soatlik o‘quv kursi tashkil etilishi belgilangan.

🤝 Mazkur tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi, mehnat migratsiyasi va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
Rimda qishloq joylarda kambag‘allikni kamaytirish masalalari muhokama qilindi

Rim shahridagi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) shtab-kvartirasida “Deepening International Cooperation on Poverty Reduction in Agriculture of Uzbekistan” — “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish” mavzusida xalqaro Side Event bo‘lib o‘tdi. Tadbir Xitoy va Braziliya hukumatlari tomonidan FAO ko‘magida tashkil etildi.

Ushbu tadbirda ishtirok etib, mamlakatimizda qishloq joylarda kambag‘allikni qisqartirish, inklyuziv rivojlanish va barqaror ish o‘rinlari yaratish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdim.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda aholining daromadlarini oshirish, qishloq hududlarida farovonlikni ta’minlash va bandlikni kengaytirish maqsadida kompleks choralar ko‘rilmoqda. Natijada, qishloq joylarda kambag‘allik darajasi sezilarli darajada pasaydi, ishsizlik kamaydi, kichik fermerlar va yosh tadbirkorlar uchun resurslardan foydalanish imkoniyatlari kengaydi.

Islohotlarimizda Xitoyning barqaror qishloq rivojlanishi bo‘yicha tajribasini o‘rganish, Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqin hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, IFAD va FAO kabi xalqaro tashkilotlarning texnik ko‘magidan foydalanish muhim o‘rin tutmoqda.

Shuni alohida ta’kidlashni istardim: “Kambag‘allikni qisqartirish uchun yagona formula yo‘q. Har bir mamlakat o‘z sharoiti va imkoniyatlaridan kelib chiqib, birgalikda harakat qilishi zarur. Faqat xalqaro hamjihatlik va o‘zaro tajriba almashish orqali qishloq joylarda barqaror farovonlikka erishish mumkin.”


Shuningdek, raqamli qishloq xo‘jaligi tizimini rivojlantirish, qiymat zanjirlarini takomillashtirish, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kabi tashabbuslarimiz haqida ma’lumot berdim.

O‘zbekiston 2030-yilga qadar qishloq kambag‘alligini ikki barobarga qisqartirish, shuningdek, kichik fermerlar, ayollar va yoshlar uchun innovatsiya va resurslardan teng foydalanish imkoniyatini yaratishni o‘zining ustuvor maqsadlaridan biri sifatida belgilagan.

Yakuniy so‘zimda shuni qayd etdim: “O‘zbekiston xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda barqaror qishloq turmush tarzini ta’minlash, umumiy farovonlik va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash yo‘lida izchil choralarni amalga oshirib boradi.”
👍5👏4
FAOdagi xalqaro uchrashuvda O‘zbekiston tajribasi taqdim etildi

Rim shahrida joylashgan FAO shtab-kvartirasida “SSTC as a catalyst for Agrifood System Transformation: commitments, approaches and experiences from the countries” (“Agroozik-ovqat tizimlarini transformatsiya qilishda Janub–Janub va uch tomonlama hamkorlikning roli: mamlakatlarning majburiyatlari, yondashuvlari va tajribalari”) mavzusida vazirlar darajasidagi anjumanda ishtirok etdim.

Tadbirda FAO Bosh direktori Tsüy Dun‘yuy, Xitoy va Iordaniya qishloq xo‘jaligi vazirlari, shuningdek, ko‘plab mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari qatnashdi.

Uchrashuvda men Janub–Janub va uch tomonlama hamkorlikni innovatsiya, bilim va inson kapitaliga asoslangan yangi hamkorlik ekotizimi sifatida rivojlantirish zarurligini ta’kidladim.

Shuningdek, O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligida “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini joriy etish, karbon bozori (carbon market)ni rivojlantirish borasidagi tashabbuslarimizni taqdim etdim.

Ishonchim komilki, ushbu yo‘nalish fermerlar uchun yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratib, iqlim o‘zgarishiga moslashish jarayonlarini tezlashtiradi.

Ushbu uchrashuv O‘zbekistonning FAO bilan strategik sherikligini mustahkamlash, shuningdek, Janub–Janub va uch tomonlama hamkorlikdagi faol ishtirokini kengaytirish uchun muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Men uchun bu uchrashuv — O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasining xalqaro miqyosda ilg‘or tajribalari va tashabbuslarini namoyish etish imkoniyati bo‘ldi.
👍16
O‘zbekiston va Italiya qishloq xo‘jaligi vazirlari FAO shtab-kvartirasida uchrashdi

Bugun Rim shahridagi FAO shtab-kvartirasida Italiya qishloq xo‘jaligi vaziri Franchesco Lolobridjida bilan uchrashuv o‘tkazdim.

Suhbat davomida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, italiyalik kompaniyalar bilan qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek ilmiy-tadqiqot va kadrlar tayyorlash bo‘yicha tajriba almashish masalalarini muhokama qildik.

Tomonlar sifatida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi agrar sohadagi munosabatlar izchil rivojlanayotganini qayd etib, hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga tayyor ekanligimizni bildirdik.
👍12
O‘zbekiston va Italiya qishloq xo‘jaligida yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgiladik

Rim shahrida Italiya Respublikasining yetakchi agroindustrial kompaniyalaridan biri — “Bonifiche Ferraresi” rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdim.

Uchrashuv davomida biz qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, o‘g‘it va urug‘chilik tizimini rivojlantirish, qishloq joylarda agroindustriyani modernizatsiya qilish, shuningdek qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildik.

Suhbat yakunida “Bonifiche Ferraresi” kompaniyasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, zamonaviy yechimlar asosida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdik.

Bu uchrashuv O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida yangi texnologiyalar va samarali boshqaruv tajribalarini joriy etish sari muhim qadam bo‘ldi.
👍11
2025/10/20 22:46:42
Back to Top
HTML Embed Code: