O’zbekiston-Tojikiston: do’stlik va birlikka asoslangan yangi loyihalar muhokama qilindi
Xabar berganimizdek, kuni kecha Qishloq xo’jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Tojikiston Respublikasiga amaliy tashrifi bo’lib o’tdi.
Tashrif doirasida, So’g’d viloyatidagi “Bog’i milliy vahdat”da ikki mamlakat Qishloq xo’jaligi vazirlari Ibrohim Abdurahmonov hamda Qurbon Hakimzoda o’rtasida uchrashuv tashkil etilib, unda agrar soha tarmog’ini rivojlantirish, ikki do’st mamlakat qishloq xo’jaligida amalga oshiriladigan loyihalar izchilligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu “Milliy birlik bog’i”ning 70 gektarlik qismida qo‘shma ilmiy-amaliy tajriba almashinuvi maydoni sifatida “Do‘stlik bog‘lari” barpo etilgan. Bu yerda O‘zbekistonning yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari va tojikistonlik agrar mutaxassislar birgalikda tajriba almashib, zamonaviy agrotexnik uslublar asosida qator ekin turlarini yetishtirmoqda.
Shuningdek, bog‘ning 9,5 gektar maydonida o‘zbekistonlik fermerlar tomonidan shaftolining “Floriya” navi muvaffaqiyatli parvarish qilinmoqda. Hududda meva-sabzavot va poliz ekinlari yetishtirish, uzumchilikda ilg‘or agrotexnik tajribalarni tatbiq etish ishlari ham izchil davom ettirilmoqda.
Uchrashuvda aynan ana shunday amaliyotlarning samaradorligi alohida e’tirof etilib, ularni keng hududlarda joriy etish, innovatsion yondashuvlarni yanada rivojlantirish va yangi investitsion loyihalarni shakllantirish yuzasidan istiqbolli takliflar ilgari surildi.
Uchrashuvda Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Sulaymon Ziyozoda Rizoi ham ishtirok etib, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik ruhida olib borilayotgan sa’y-harakatlarga yuksak baho berdi. U, shuningdek, agrar sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan kelgusidagi rejalar borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov esa o‘zaro ishonch va yaqin hamkorlikdan mamnunligini izhor etib, hali ishga solinmagan ilg‘or texnologiyalarni g‘allachilik va bog‘dorchilik yo‘nalishlarida tatbiq etish, tajriba almashuv asosida mahsulot yetishtirish hamda eksport-import salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha takliflarini ilgari surdi.
Muloqot yakunida tomonlar ikki davlat agrar tarmog‘ining ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish, hududlarda hamkorlik asosidagi yangi loyihalarni amalga oshirish, g‘allachilik, bog‘dorchilik va uzumchilik sohalarida tajriba almashinuvini kuchaytirish, shuningdek, mutaxassislar malakasini oshirishga qaratilgan qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish borasida kelishuvga erishdilar.

Qishloq xo‘jaligida ayollar faolligi ortmoqda
🟢Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi raisi Gulnora Mahmudova bilan uchrashdi.
💬Suhbat chog‘ida qishloq xo‘jaligi sohasida ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, qishloq hududlaridagi xotin-qizlarni agrar ishlab chiqarishga keng jalb etish, ularning bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/56880
👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/56880
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

Forwarded from Дилшодбек Боходирович Назиров
Sirdaryo: Muammoli masalalar bo‘yicha tadbirkorlar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi
Bugun Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev hamda tuman hokimi Azizbek Turdimurodov ishtirokida sayyor qabul va yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat fermer xo‘jaliklari rahbarlari, suv xo‘jaligi mutaxassislari, tegishli tashkilotlar vakillari hamda faol tadbirkorlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida qishloq xo‘jaligi sohasiga oid dolzarb masalalar – suvdan foydalanish samaradorligi, agrotexnik tadbirlarning sifatli va belgilangan muddatda bajarilishi, suv resurslaridan tejab-tergab foydalanish kabi mavzular keng muhokama qilindi.
Alohida e’tibor qaratilgan masalalardan biri – ayrim tadbirkorlar tomonidan karyerlar faoliyatini qonuniylashtirish va tegishli ruxsatnomalarni olish borasidagi murojaatlar bo‘ldi. Mutasaddilar bu borada ekologik, gidrologik va agrar omillarni chuqur o‘rganish, holatga har tomonlama baho berish lozimligini ta’kidladi.
Muhokamalar chog‘ida Sirdaryo daryosi bilan bog‘liq ekologik va xo‘jalik muammolari yuzasidan ham jiddiy fikr almashildi. Ma’lum bo‘lishicha, daryo o‘zani bo‘ylab ba’zi hududlarda shag‘al qazib olish ishlari ruxsatsiz yoki me’yoridan ortiq darajada amalga oshirilgan. Tahlillarga ko‘ra, qazish chuqurligi ayrim joylarda 0,5 metrgacha bo‘lsa, ba’zilarida 10 metrgacha yetgan. Bu holat daryo o‘zanining tabiiy shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, suv sathining pasayishi va suvning tabiiy yo‘nalishini o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, 2025-yil 6-martda qabul qilingan PQ–93-sonli Hukumat qarorining 3-bandi asosida, daryo o‘zanini buzmagan holda shag‘al qazib olishga ruxsat berilgan. Biroq ayrim tadbirkorlar ushbu tartibga rioya qilmay, noqonuniy va nazoratsiz faoliyat yuritayotgani oqibatida ekologik muvozanat buzilmoqda, qishloq xo‘jaligi yerlarining qisqarishiga va suv sathining ko‘tarilishi natijasida atrof hududlarga xavf tug‘ilayotganiga olib kelmoqda.
Bu holat, ayniqsa, suvga ehtiyoji yuqori bo‘lgan sholi yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois, yig‘ilish davomida qonunbuzarliklarning oldini olish, shag‘al qazib olinayotgan maydonlarda rekultivatsiya ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda ularni suv toshqinlariga tayyor holatda saqlash yuzasidan qat’iy chora-tadbirlar belgilandi.
Tadbir doirasida joylarda mehnat qilayotgan oddiy dehqonlar, sholi yetishtiruvchi fermerlar va mahalliy aholi vakillarining fikr-mulohazalari, taklif va murojaatlari tinglanib, ularning har biriga joyida munosabat bildirildi va amaliy yechimlar ishlab chiqildi.
Vazir Ibrohim Abdurahmonov o‘z navbatida joylardagi holatni xolis baholash, mavjud muammolarni tizimli bartaraf etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, suv va yer resurslarini muhofaza qilish, agrotexnik yondashuvlarni ilg‘or texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.
Sayyor qabul yakunida mavjud muammolarni hal qilish maqsadida barcha tomonlarning taklif va mulohazalarini jamlagan maxsus qaror loyihasi ishlab chiqilishi va qabul qilinishi belgilandi.
Qishloq xo‘jaligi va Suv xo‘jaligi vazirlari hamda tuman hokimi tomonidan masalaga mutlaq xolis va mas’uliyatli yondashuv namoyon etildi. Ochiq muloqot jarayonida fuqarolarning fikr-mulohazalari tinglanib, har bir muammo yuzasidan aniq, real va amalda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yechimlar ishlab chiqilishi belgilandi. Bu esa davlat organlari faoliyatida fuqarolar manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yish prinsipiga sodiqlikning amaliy ifodasiga aylandi.

BIMT bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
✅Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) bosh direktori Daren Tang bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va BIMT o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, ilm-fan va innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/57339
👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/57339

Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Ijtimoiy so’rovnoma!
🟢 Mamlakatimizda chorvachilik – oziq-ovqat xavfsizligi, eksport salohiyati va qishloq xo‘jaligi barqarorligining asosiy tarmoqlaridan biri sanaladi. Shu bois bu sohaning rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan har bir fikr, taklif va mulohaza alohida ahamiyat kasb etadi.
🌀 Bugungi kunda chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni aniqlash hamda sohaga oid huquqiy va amaliy takliflarni shakllantirish maqsadida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
✅ Mazkur so‘rovnoma orqali chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi barcha fermer xo‘jaliklari, chorva egalari hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari o‘z fikr va takliflarini bildirishlari so‘raladi. Ushbu taklif va mulohazalar soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashda, tizimli yondashuvlarni shakllantirishda muhim manba sifatida xizmat qiladi.
🗓 So‘rovnoma 2025-yil 1-iyunga qadar davom etadi.
❗️ Shunday ekan, so‘rovnomada faol ishtirok eting. Unutmang, fikringiz chorvachilik tarmog‘ini barqaror rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.
👇 So’rovnomani quyidagi havola orqali to’ldirishingiz mumkin: https://forms.gle/37vh9vZXxYbKuseHA
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Italiyaning Tusha universiteti (Tuscia University) o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga asosan Italiyaning Tusha universiteti (Tuscia University)da magistratura bosqichida Qishloq xo‘jaligi vazirligining maxsus stipendiya dasturi asosida oʻqishni xohlovchilar uchun grant tanlovini e’lon qiladi.
🤔 Tanlov uch bosqichda bo‘lib:
- birinchi bosqichda talabgor mazkur havola orqali ariza to‘ldiradi *(talabgorlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari yoki bitiruvchi bosqich talaballari bo‘lishi zarur).
- ikkinchi bosqichda nizom talablariga javob bergan talabalar (ta'lim yo‘nalishiga qarab) bir ta’lim dasturi dekani tomonidan suhbat qilinadi va suhbat natijasiga ko‘ra universitetga qabul qilinadi.
- uchinchi bosqichda universitetga qabul qilingan nomzodlar vazirlik stipendiyasi uchun quyidagi hujjatlarni topshiradi:
a) amaldagi xorijga chiqish pasporti;
b) bakalavr diplomi *(agar talabgor so‘nggi bosqich talabasi bo‘lsa, bakalavr darajasini 2025-yil 31-iyulga qadar olishi to‘g‘risida ingliz tilida ma’lumotnoma);
d) Davlat imtihoni natijalari ko‘rsatilgan diplom ilovasi (yoki ma’lumotnoma – Reyting daftar tarjimasi) va baholash tizimi haqida ma’lumotnoma;
e) B2 darajadagi ingliz tili sertifikati (IELTS, CAE, TOEFL, Pitman, ESD, Pearson) yoki to‘liq ingliz tilida o‘qitiladigan bakalavr dasturida qatnashganligini tasdiqlovchi hujjat;
f) ingliz tilida yozilgan ma’lumotnoma (CV);
g) Qiziqishlari haqida (Motivatsiya xati) insho;
h) O‘qishga qabul qilinganlik xati (acceptance letter – ikkinchi bosqichdan muvafaqqiyatli o‘tgan nomzodlarga beriladi).
✉️Qo‘shimcha savollar uchun [email protected] email ga murojaat qilishingiz mumkin.
📌 Arizalar 2025-yiling 16-iyunigacha qabul qilinadi.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – agrar islohotlar garovi
🌱Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Samarqandlik tadbirkor Odil Kudratov bilan uchrashdi.
💬Samimiy muloqotda Rossiyaning Stavropol o‘lkasida teng sheriklik asosida zamonaviy chorvachilik loyihasini tashkil etish va bu orqali O‘zbekistonga yuqori sifatli go‘sht mahsulotlarini eksport qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/58122
👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/58122