Ilm va tajriba uyg‘unligi: yuqori hosildorlikka erishishning zamonaviy yo‘llari
Qashqadaryo viloyatiga tashrifim davomida bir qator tumanlarda bo‘lib, dehqonchilik jarayonlari bilan bevosita tanishish imkoniga ega bo‘ldim. Navbatdagi manzilim – Qarshi tumanidagi “Asirov Jovliddin” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Ushbu xo‘jalikning 17 gektar maydonida Xin Lu Zao-57 va Buxoro-102 navli paxtalar 76x10 sxemada yakka qator qilib ekilgan.
Daladagi kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, ekin joylariga nisbatan qo‘llanilgan agrotexnologiyalar, yerga ishlov berish usullari hamda o‘simliklarni parvarishlashdagi yondashuvlar puxta va tizimli rejalashtirilgan. Ayniqsa, mahalliy va xorijiy paxta navlari o‘rtasidagi amaliy farqlar asosida olib borilayotgan tajribalar alohida e’tiborli va ahamiyatlidir.
Shuni qat’iy ishonch bilan ta’kidlash mumkin-ki, zamonaviy, ilmiy asoslangan agrotexnologiyalar bugungi dehqonchilikning mustahkam poydevori va yuqori hosildorlikning asosiy kafolatidir. Biz zamonaviy ilm-fan yutuqlari, ilg‘or tajribalar va an’anaviy bilimlarni uyg‘unlashtirib, hosildorlikni yanada oshirishimiz, yurtimiz qishloq xo‘jaligini yangi bosqichga olib chiqishimiz shart va sharoitga to‘la mos keladi.
Ilm va tajriba uyg‘unligi taraqqiyotning mustahkam tayanchidir. Shu bois, har bir dehqon va fermerning faoliyatida ilmiy asoslangan yondashuv ustuvor o‘rin tutishi zarur. Biz aynan shunday yondashuvlarni keng targ‘ib qilamiz va doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlaymiz.

☁️ Ғўзада ўргимчакканага қарши самарали кураш: тавсиялар ва ёндашувлар
🕷️Ўргимчаккана нима?
Ўргимчаккана — 120 дан ортиқ турдаги экинлар билан озиқланадиган хавфли зараркунанда бўлиб, айниқса оддий ўргимчаккана (Tetranychus urticae) пахта учун жиддий таҳдид саналади.
🔴 Зараркунанда тухум қўйиб кўпаяди, иссиқ ва қуруқ об-ҳавода тез ривожланади ва шамол орқали кенг тарқалади.
❗️Зарари қандай?
☁️ Ўсимликнинг ўсишини 10–15 кунгача секинлаштиради.
🍁 Зарарланган баргларнинг устки томони қизаради, гул ва шоналар тўкила бошлайди, натижада ҳосил миқдори камаяди.
🛡 Олдини олиш чоралари:
🌿 Далани бегона ўтлардан мунтазам тозалаш керак. Ғўзани чанқатмаслик, яъни сув билан етарли таъминлаш зарур. Дарахтлар, ариқ ва зовурларни кузатиб бориш, улар орқали зараркунанданинг тарқалишига йўл қўймаслик лозим.
🧴 Дала четлари ва ичига ИСО (олтингугурт + оҳак) қайнатмаси билан мунтазам ишлов бериш керак.
✂️ Дала четидаги тутзорлар шохларини вақтида ва сифатли тарзда кесиб бориш лозим.
🦗🦗Биологик кураш:
Агар ўргимчаккана ендигина тарқалаётган бўлса ёки ҳали кўзга ташланмаса:
🟢 Олтинкўз энтомофагидан 3000–4000 дона миқдорда, ҳар 20 кунда, 3 мартагача қўллаш тавсия этилади.
♻️ Бу экологик хавфсиз ва фойдали усул ҳисобланади.
💊 Кимёвий кураш:
📌 Агар ҳар бир баргда 15–20 та ўргимчаккана аниқланса,
📆 Кечки пайт ёки эрта тонгда қуйидаги таркибли воситалардан бири билан иш олиб борилади:
1. Гексиациокс + Пропаргит
2. Бифеназат
3. Бифеназат + Абамектин
⚠️ Муҳим эслатмалар:
🔄 Бир марта ишлатилган препаратни такрор ишлатманг.
↗️ Препаратларни кучсиздан кучлироғига қараб танлаб қўлланг.
💧 Ариқ ва зовур сувидан фойдаланманг.
🌬 Шамол йўналишидан фойдаланган ҳолда пуркагич ускуналар билан ишланг.
📢 Ўргимчаккана эрта аниқланса, ҳосил сақланади ва ўсимлик тез тикланади.
💬 Сизнинг далангизда қандай кураш усуллари самарали бўлмоқда? Фикрларингизни изоҳларда кутамиз!

Hurmatli yurtdoshlar, agrar sohaning tinib-tinchimas, zahmatkash fidoyilari!
🌙 Siz azizlarni saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin yurakdan samimiy tabriklayman!
🟨Barchamizga ma’lum, xalqimiz Qurbon hayitini ulug‘ bayram sifatida asrlar davomida nishonlab keladi. Bu kunda yaqinlarimizni yo‘qlab, ularning holidan xabar olish, yoshi ulug‘larni ziyorat qilish, muhtojlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, oilalarga xursandchilik ulashish kabi ezgu fazilatlarga alohida e’tibor qaratiladi.
🌟Ana shunday insoniylik ezgu amallarni o‘zida mujassam etgan ushbu ulug‘ ayyomda ona yurtimiz Yangi O‘zbekistonning kelajagi yorug‘, xalqimiz hayoti yanada farovon, davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan barcha xayrli ishlar bardavom bo‘lishini Alloh taolodan so‘rab qolamiz.
🕊Mana shunday saodatli ulug‘ ayyom kunlarida barcha yurtdoshlarimizni, mo‘min-musulmonlarni samimiy qutlab, ularning oilalariga tinchlik va xotirjamlik hamda farovonlik tilayman.
Hurmat bilan,
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov

Yevropa bozorlariga yoʻl: GoGlobal.Trade kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
✅Ayni paytda Toshkentda boʻlib oʻtayotgan to‘rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov xalqaro savdo sohasida yetakchi kompaniyalardan biri — GoGlobal.Trade rahbari Jon Anderson bilan uchrashuv o‘tkazdi.
👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/60122
👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/60122
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

Forwarded from AKIS - Respublika agroxizmatlar markazi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida agrar hamkorlik mustahkamlanmoqda
🌱Toshkent shahrida davom etayotgan IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida qishloq xo‘jaligi sohasi dolzarb mavzulardan biri sifatida e’tiborga olinmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri xorijiy mamlakatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/60163
👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/60163

O‘zbekiston va yetakchi xalqaro kompaniyalar o‘rtasida agrar sohada hamkorlik aloqalari kengaymoqda
IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov xorijiy davlatlar hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Ana shunday muhim uchrashuvlardan biri McKinsey & Company vakillari bilan bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar, investitsiya salohiyati hamda ilm-fan asosidagi yondashuvlarni rivojlantirish borasida fikr almashildi. Tomonlar sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb etish, raqamli transformatsiyani jadallashtirish va barqaror qishloq xo‘jaligi tizimini shakllantirish yo‘nalishlarida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, McKinsey kompaniyasi O‘zbekiston agrar sohasini strategik rivojlantirish bo‘yicha o‘z tajribasi va ilmiy yondashuvlarini taqdim etdi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va aniq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.
Shundan so‘ng, vazir Ibrohim Abdurahmonov X5 Group kompaniyasi vakillari bilan muloqot olib bordi.
Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Rossiya bozoriga eksport qilish, logistika zanjirlarini rivojlantirish hamda zamonaviy talablar asosida ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro manfaatli sheriklik asosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mahsulot yetkazib berish jarayonini soddalashtirish va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar eksportini oshirish bo‘yicha fikr almashishdi.
X5 Group vakillari O‘zbekistonning tabiiy iqlim sharoiti, qishloq xo‘jaligi resurslari va meva-sabzavotchilikdagi yutuqlarini e’tirof etib, yaqin istiqbolda qo‘shma loyihalarni boshlashga qiziqish bildirishdi.
Albatta, bu kabi hamkorlik uchrashuvlari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasiga xalqaro tajriba va investitsiyalarni jalb etish, ilg‘or texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda eksport hajmini oshirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.