Telegram Web Link
Mas’ullar quyi bo‘g‘ingacha tushib ishlasagina ko‘zlangan maqsadlarga erishiladi

Bugun qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida vazirlik markaziy apparatining departament va boshqarmalari rahbarlari, tizimga kiruvchi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni tanqidiy tahlil qilish hamda aholining dolzarb muammolariga amaliy yechim topish yuzasidan aniq vazifalarni belgilab olish masalalari muhokama qilindi.

Avvalo, vazirlik boshqaruv tizimining quyi bo‘g‘inlarida ish samaradorligi pasaygani, hududlardagi mas’ul xodimlarning o‘z ustida muntazam ishlamayotgani alohida ta’kidlandi. Vazir Ibrohim Abdurahmonov bu borada o‘z fikrlarini bildirib, vazirlik rahbariyati va departament boshliqlarining ish grafigini qayta ko‘rib chiqish, shu orqali quyi tizimlargacha tushib borib, ishlarni samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. Mas’ullarga bu borada aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, videoselektor yig‘ilishida qayd etilganidek, Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi tizimini to‘liq hokimlik bo‘ysunuviga o‘tkazish tajribasiga to‘xtalib, vazir bu amaliyotning samaradorligiga ishonch bildirdi. Shu munosabat bilan, vazirlik shtat birliklariga tegishli o‘zgarishlar kiritish, hududiy boshqarmalarni metodik qo‘llanmalar bilan muntazam qo‘llab-quvvatlash zarurligi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Elektr energiyasi va gaz resurslarini tejash bugungi dolzarb masalalardan biri ekani ta’kidlandi. Bu borada markaziy apparat hamda tizim tashkilotlari rahbarlari boshqalarga o‘rnak bo‘lishi lozimligi qayd etildi. Shuningdek, vazir quyosh panellarini o‘rnatish istagida bo‘lgan rahbar va xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida maqbul shartlarda kreditlar ajratishni jadallashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Yig‘ilishda, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasiga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmini oshirish, xorijiy xizmat safarlari samaradorligini ta’minlash, aholini go‘sht, sut, kartoshka kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash borasida ham tegishli fikr va takliflar bildirildi hamda mas’ullarga aniq topshiriqlar yuklatildi.

Yig‘ilish yakunida ijro nazorati masalasi ham ko‘rib chiqildi. Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasidan kelib tushgan topshiriqlarning bajarilishi, aholi murojaatlarining hal etilishi bo‘yicha olib borilgan ishlar tahlil qilinar ekan, bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ullar ogohlantirildi. Belgilangan muddatlarda topshiriqlarni to‘liq bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Qishloq xo‘jaligida gender tengligi: yangi bosqich sari dadil qadam

Bugun BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi doimiy vakili va Tojikiston bo‘yicha mintaqaviy direktori Nigina Abaszada xonim bilan uchrashuv o‘tkazdim.

Muloqot davomida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan “Gender strategiyasi”ni amalga oshirishning amaliy bosqichlari yuzasidan fikr almashdik. Ushbu strategiya orqali biz sohada xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi o‘rnini mustahkamlashni maqsad qilganmiz. Shuningdek, strategiyani joylarda keng targ‘ib etish va tushuntirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladik.

Uchrashuv davomida agrar sohada mehnat qilayotgan ayollarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, xususan, paxta-to‘qimachilik klasterlarida band bo‘lgan xotin-qizlar uchun mehnat va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha ham atroflicha fikr almashdik. Ularning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or tajribalarni boshqa hududlarga tatbiq etish muhimligini qayd etdik.

Shuningdek, ish joylarida ayollar salomatligini asrash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdim. Bu tashabbuslar, albatta, ayollar hayot sifati va ishlab chiqarish samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Uchrashuv yakunida Gender strategiyasini samarali amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini takomillashtirish, o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish va Anglashuv memorandumi loyihasini tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishdik.
Xorazm viloyati dehqonlari davlat ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan tovar donini mamlakatda birinchilardan bo‘lib ortig‘i bilan topshirdi. Bu yutuq — yurtimiz qishloq xo‘jaligi taraqqiyotida muhim voqea, el-yurt roziligi va mehnat faxridir.

Albatta, jasoratli va fidokor xorazmlik dehqonlar 2025-yilgi don yetkazib berish bo‘yicha belgilangan 99,5 ming tonnalik davlat rejasini ortig‘i bilan bajarib, yana bir bor o‘zlarining mas’uliyat, sadoqat va yuksak mehnat madaniyatini amalda namoyon etdilar.

33 200 gektardan ortiq maydonda parvarishlangan kuzgi boshoqli ekinlar bugungi yuksak hosildorlik va omborlardagi don to‘kinligining mustahkam asosiga aylandi.

Bu ulkan muvaffaqiyat — yerga mehr, mehnatga ehtirom, ilmga asoslangan oqilona yondashuv samarasidir.

Xorazmlik dehqon va fermerlarning ana shunday fidokorona sa’y-harakatlari tufayli yurtimizda g‘alla xirmonlari baraka bilan to‘layapti, xalqimiz dasturxoni yanada to‘kinlikka to‘lib bormoqda.

Shu munosabat bilan barcha g‘allakorlar, tumanlardagi klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari, traktorchilar, mexanizatorlar, agronomlar, sug‘oruvchilar, yetishtiruvchilar va don yig‘uvchilarga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman!

Bugun Xorazm xirmonlarida yig‘ilgan har bir don — bu Vatanga sadoqat, mehnatga hurmat va xalqimiz farovon hayotiga qo‘shilgan munosib hissadir!
2025/06/30 06:52:44
Back to Top
HTML Embed Code: