Telegram Web Link
Paxta va g‘alla urug‘chiligi rivoji – mo‘l hosilning kafolati

Bugun paxta va g‘alla ekinlari uchun yuqori sifatli urug‘lik doni zaxirasini yaratish, ushbu yo‘nalishni tizimli rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va zamonaviy ilmiy-amaliy yondashuvlarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o'tkazdim.

Mazkur yig‘ilishda ichki ehtiyojni to‘liq qondira oladigan, kasalliklarga chidamli va iqlim sharoitlariga mos yuqori hosildor navlarni yaratish, ularni hududlar kesimida joriy etish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab oldik.

Shuningdek, fermer xo‘jaliklari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularning moliyaviy muammolarini bartaraf etish, urug‘chilik markazlari bilan birgalikda mavsumiy ishlarni jadallashtirish hamda tizimda uzviylikni ta’minlash zarurligini ta’kidladim.

Ta’kidlash joizki, yuqori va sifatli hosil – eng avvalo, sertifikatsiyalangan, yuqori sifatli urug‘lik materiallari bilan barqaror ta’minotga bog‘liq. Shu bois, mazkur yo‘nalishda xorijiy ilg‘or tajribalarni chuqur o‘rganish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, ilmiy yutuqlarga asoslangan seleksiya ishlarini kengaytirish bo‘yicha qat’iy vazifalar qo‘yildi.

Yig‘ilish yakunida paxta va g‘alla urug‘chiligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish, urug‘ yetishtiruvchi tashkilotlarni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash, ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdim.

Ishonchim komilki, urug‘chilik tizimini zamon talablari asosida isloh qilish orqali agrar sohadagi natijadorlik va hosildorlikni oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida muhim poydevor yaratiladi.
Shvetsiya tajribasi – biz uchun muhim imkoniyat

Bugun Shvetsiyadagi elchimiz Rahmatulla Nurimbetov bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildik.

Shvetsiya – ilg‘or agrar texnologiyalar va kooperativ tizim bo‘yicha katta tajribaga ega davlat. Bu tajribani o‘zimizga moslashtirish orqali chorvachilik, urug‘chilik, baliqchilik kabi yo‘nalishlarda sezilarli natijalarga erishishimiz mumkin.

Shuningdek, ularning sovuqqa chidamli nasllari, ekologik toza yem va seleksiya ishlari biz uchun juda foydali. Eng muhimi – kooperativ tajribalarini o‘rganish va bosqichma-bosqich joriy etish.

Innovatsion texnologiyalar masalasida ham Shvetsiya tajribasi qiziqarli. Ayniqsa, dronlar, avtomatlashtirilgan mexanizmlar va resurs tejovchi yechimlarni o‘rganish zarur. Bu yo‘nalishda qo‘shma loyihalar, yosh mutaxassislar almashinuvi ustida ishlaymiz.

Uchrashuv yakunida hamkorlikni tizimli davom ettirish uchun ishchi guruh tuzishga kelishdik. Ishonchim komil: bu qadamlar yurtimiz qishloq xo‘jaligini yangi bosqichga olib chiqadi.
🌱 Хорижий (кўсак қуртига чидамли) ва маҳаллий (чидамсиз) ғўза навларини кўсак қуртидан ҳимоя қилиш чора-тадбирлари

🐛 Кўсак қурти (Helicoverpa armigera) пахта етиштиришдаги энг хавфли зараркунанда ҳисобланади. Унга қарши курашда экилган ғўза навининг хусусияти, агротехника, биологик ва кимёвий чоралар тўғри қўлланилиши муҳим.

☁️ Хорижий, яъни кўсак қуртига чидамли интенсив усулда экилган (плёнка остида, 1 га = 220–240 минг кўчат) майдонлар учун:

📍 Дала атрофида ҳимоя камари:
🟩 Дала атрофида 20% гача маҳаллий навлардан иборат “ҳўрак (қачоқ)” майдон ташкил этилиши керак.

🌾 Баланд бўйли экинлар билан ҳимоя:
🛡 Уруғлик майдонлар атрофи оқ жўхори, супурги каби баланд ўсимликлар билан тўлиқ ўралган бўлиши лозим.

🌿 Ферамон тузоқлар:
🐛 Кўсак қурти капалагининг учишини назорат қилиш учун ҳар 1 гектарга камидан 2 та ферамон тузоқ ўрнатилади.

🦋 Ферамон тузоқларга 3–4 та капалак тушса:
🦟 1 гектарга 4–5 грамм трихограмма ҳар 3 кунда тарқатилади (жами 3 марта).
🪰 Сўнг, бракон энтомофаги 4–5 минг дона миқдорда ҳар 10 кунда тарқатилади.

🌿 Ферамон тузоқларга 8–10 та капалак тушса:
💨 Бу ҳолда бир марта кимёвий ишлов берилади (тахминан тухумдан чиққан личинкаларни йўқотиш учун).

🏡 Маҳаллий (чидамсиз) ғўза навлари учун:

🌿 Ферамон тузоқлар:
👉 Ҳар гектарга 2 тадан ферамон тузоқ ўрнатилади.

🦋 Тузоқларга 3–4 та капалак тушса:
🦟 4–5 грамм трихограмма ҳар уч кунда, жами 3 марта тарқатилади.
🪰 Кейин бракон энтомофаги 4–5 минг дона миқдорда ҳар 10 кунда тарқатилади.

🦋 Тузоқларга 8–10 та капалак тушса:
⚗️ Ишлов индоксокарб, эмамектин, ёки хлорантранилипрол таъсир этувчи моддасига эга кимёвий воситалардан бири билан олиб борилади.
🔄 Кейинги ишловда бошқа моддага эга восита билан алмаштирилади.

🐛 100 тупда 5–6 дан ортиқ қурт аниқланса:
💨 Дарҳол юқоридаги кимёвий воситалардан бири билан ишлов ўтказилади.
🪰 10–15 кундан сўнг 4–5 минг дона бракон паразити тарқатилади.

📌 Эслатма:
📊 Ҳар 3 кунда даланинг диагонали бўйича 5 та нуқтадан, ҳар бирида 100 тупдан (жами 500 туп) кузатув ўтказилади.
📝 Ҳар бир тадбир дала дафтарига ёзиб борилади.
🔰 Кимёвий воситалар карантин инспектори хулосаси асосида қўлланилади.

🎯 Аниқ ва тизимли кураш – юқори ҳосил гарови! Сизда қандай самарали усуллар бор? Изоҳларда ёзиб қолдиринг!
2025/07/05 15:47:23
Back to Top
HTML Embed Code: