Telegram Web Link
Paxta va g‘alla urug‘chiligi rivoji – mo‘l hosilning kafolati

Bugun paxta va g‘alla ekinlari uchun yuqori sifatli urug‘lik doni zaxirasini yaratish, ushbu yo‘nalishni tizimli rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va zamonaviy ilmiy-amaliy yondashuvlarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o'tkazdim.

Mazkur yig‘ilishda ichki ehtiyojni to‘liq qondira oladigan, kasalliklarga chidamli va iqlim sharoitlariga mos yuqori hosildor navlarni yaratish, ularni hududlar kesimida joriy etish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab oldik.

Shuningdek, fermer xo‘jaliklari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularning moliyaviy muammolarini bartaraf etish, urug‘chilik markazlari bilan birgalikda mavsumiy ishlarni jadallashtirish hamda tizimda uzviylikni ta’minlash zarurligini ta’kidladim.

Ta’kidlash joizki, yuqori va sifatli hosil – eng avvalo, sertifikatsiyalangan, yuqori sifatli urug‘lik materiallari bilan barqaror ta’minotga bog‘liq. Shu bois, mazkur yo‘nalishda xorijiy ilg‘or tajribalarni chuqur o‘rganish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, ilmiy yutuqlarga asoslangan seleksiya ishlarini kengaytirish bo‘yicha qat’iy vazifalar qo‘yildi.

Yig‘ilish yakunida paxta va g‘alla urug‘chiligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish, urug‘ yetishtiruvchi tashkilotlarni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash, ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdim.

Ishonchim komilki, urug‘chilik tizimini zamon talablari asosida isloh qilish orqali agrar sohadagi natijadorlik va hosildorlikni oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida muhim poydevor yaratiladi.
👍8👏1
Shvetsiya tajribasi – biz uchun muhim imkoniyat

Bugun Shvetsiyadagi elchimiz Rahmatulla Nurimbetov bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildik.

Shvetsiya – ilg‘or agrar texnologiyalar va kooperativ tizim bo‘yicha katta tajribaga ega davlat. Bu tajribani o‘zimizga moslashtirish orqali chorvachilik, urug‘chilik, baliqchilik kabi yo‘nalishlarda sezilarli natijalarga erishishimiz mumkin.

Shuningdek, ularning sovuqqa chidamli nasllari, ekologik toza yem va seleksiya ishlari biz uchun juda foydali. Eng muhimi – kooperativ tajribalarini o‘rganish va bosqichma-bosqich joriy etish.

Innovatsion texnologiyalar masalasida ham Shvetsiya tajribasi qiziqarli. Ayniqsa, dronlar, avtomatlashtirilgan mexanizmlar va resurs tejovchi yechimlarni o‘rganish zarur. Bu yo‘nalishda qo‘shma loyihalar, yosh mutaxassislar almashinuvi ustida ishlaymiz.

Uchrashuv yakunida hamkorlikni tizimli davom ettirish uchun ishchi guruh tuzishga kelishdik. Ishonchim komil: bu qadamlar yurtimiz qishloq xo‘jaligini yangi bosqichga olib chiqadi.
👍12👏2
🌱 Хорижий (кўсак қуртига чидамли) ва маҳаллий (чидамсиз) ғўза навларини кўсак қуртидан ҳимоя қилиш чора-тадбирлари

🐛 Кўсак қурти (Helicoverpa armigera) пахта етиштиришдаги энг хавфли зараркунанда ҳисобланади. Унга қарши курашда экилган ғўза навининг хусусияти, агротехника, биологик ва кимёвий чоралар тўғри қўлланилиши муҳим.

☁️ Хорижий, яъни кўсак қуртига чидамли интенсив усулда экилган (плёнка остида, 1 га = 220–240 минг кўчат) майдонлар учун:

📍 Дала атрофида ҳимоя камари:
🟩 Дала атрофида 20% гача маҳаллий навлардан иборат “ҳўрак (қачоқ)” майдон ташкил этилиши керак.

🌾 Баланд бўйли экинлар билан ҳимоя:
🛡 Уруғлик майдонлар атрофи оқ жўхори, супурги каби баланд ўсимликлар билан тўлиқ ўралган бўлиши лозим.

🌿 Ферамон тузоқлар:
🐛 Кўсак қурти капалагининг учишини назорат қилиш учун ҳар 1 гектарга камидан 2 та ферамон тузоқ ўрнатилади.

🦋 Ферамон тузоқларга 3–4 та капалак тушса:
🦟 1 гектарга 4–5 грамм трихограмма ҳар 3 кунда тарқатилади (жами 3 марта).
🪰 Сўнг, бракон энтомофаги 4–5 минг дона миқдорда ҳар 10 кунда тарқатилади.

🌿 Ферамон тузоқларга 8–10 та капалак тушса:
💨 Бу ҳолда бир марта кимёвий ишлов берилади (тахминан тухумдан чиққан личинкаларни йўқотиш учун).

🏡 Маҳаллий (чидамсиз) ғўза навлари учун:

🌿 Ферамон тузоқлар:
👉 Ҳар гектарга 2 тадан ферамон тузоқ ўрнатилади.

🦋 Тузоқларга 3–4 та капалак тушса:
🦟 4–5 грамм трихограмма ҳар уч кунда, жами 3 марта тарқатилади.
🪰 Кейин бракон энтомофаги 4–5 минг дона миқдорда ҳар 10 кунда тарқатилади.

🦋 Тузоқларга 8–10 та капалак тушса:
⚗️ Ишлов индоксокарб, эмамектин, ёки хлорантранилипрол таъсир этувчи моддасига эга кимёвий воситалардан бири билан олиб борилади.
🔄 Кейинги ишловда бошқа моддага эга восита билан алмаштирилади.

🐛 100 тупда 5–6 дан ортиқ қурт аниқланса:
💨 Дарҳол юқоридаги кимёвий воситалардан бири билан ишлов ўтказилади.
🪰 10–15 кундан сўнг 4–5 минг дона бракон паразити тарқатилади.

📌 Эслатма:
📊 Ҳар 3 кунда даланинг диагонали бўйича 5 та нуқтадан, ҳар бирида 100 тупдан (жами 500 туп) кузатув ўтказилади.
📝 Ҳар бир тадбир дала дафтарига ёзиб борилади.
🔰 Кимёвий воситалар карантин инспектори хулосаси асосида қўлланилади.

🎯 Аниқ ва тизимли кураш – юқори ҳосил гарови! Сизда қандай самарали усуллар бор? Изоҳларда ёзиб қолдиринг!
4👍9👏3👌2
Xorijiy (ko‘sak qurtiga chidamli) va mahalliy (chidamsiz) g‘o‘za navlarini ko‘sak qurtidan himoya qilish chora-tadbirlari

🐛 Ko‘sak qurti (Helicoverpa armigera) paxta yetishtirishdagi eng xavfli zararkunanda hisoblanadi. Unga qarshi kurashda ekilgan g‘o‘za navining xususiyati, agrotexnika, biologik va kimyoviy choralar to‘g‘ri qo‘llanilishi muhim.

👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/62547

👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/62547

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍7👏1
O’zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratishmoqda

🍈Yurtimizda issiqxona sharoitida yetishtirishga mos, yuqori hosildorlikka ega va kasalliklarga chidamli qovun navlari hamda F1 duragaylarini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli va maqsadli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Bu tadqiqotlar Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan professional darajada tashkil etilgan bo‘lib, seleksion ishlarga zamonaviy yondashuv, chuqur tahlil va innovasion usullar keng jalb qilingan.

👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/62545

👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/62545

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏2
XI’S VISIT jurnalida “Sino-Uzbek agro-cooperation fruitful” sarlavhali maqolam chop etildi.

Unda Xitoy texnologiyalarini O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga joriy etish, qo‘shma ilmiy markazlar faoliyati, agroklasterlar barpo etilishi va innovatsion loyihalarning muhim o‘rni haqida fikr yuritilgan.

🔗Shuningdek, ikki davlat prezidentlari tashabbusi bilan shakllangan strategik sheriklik agrar sohada samarali natijalar berayotgani ta’kidlangan.

___
Моя статья под заголовком «Sino-Uzbek agro-cooperation fruitful» опубликована в журнале XI’S VISIT.

В ней говорится о внедрении китайских технологий в узбекское сельское хозяйство, деятельности совместных научных центров, создании агрокластеров, а также о важной роли инновационных проектов.

🔗 Также отмечено, что стратегическое партнерство, сформированное по инициативе президентов двух стран, дает плодотворные результаты в аграрном секторе.
👍11👌1
👍👍👍👍👍👍👍

Ham daromad, ham shifo: Xandon pista va uni yetishtirishning afzalliklari


🌳Pista daraxtini kombinat daraxt deb atashadi, chunki uning barcha qismlaridan insonlar o‘z ehtiyojlari uchun foydalanishadi.

🧬Pista yontog‘ - yuqori kaloriyali parhez meva bo‘lib, uning tarkibida 40 dan 60% gacha moylar, 15-20% oqsillar, 3-8 % qand moddalari va boshqa ko‘plab mikroelementlar bor.

👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/62891

👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/62891

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👌1
2025/07/08 20:36:45
Back to Top
HTML Embed Code: