Telegram Web Link
Golubika yetishtirish uchun qanday yer munosib?

🫐 Golubika juda ham foydali va mazali rezavor meva. Uning tarkibida 8% gacha qand, 2,7% gacha organik kislotalar, 0,6% gacha pektin moddalar, 1% gacha oqsil, 1,6% gacha kletchatka, 63 mg gacha C, 0,02 mg gacha B1, 550 mg gacha PP vitaminlar, 0,25 mg gacha karotin moddalari bor.

👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/62892

👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/62892

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱

Anjirni to'g'ri va sifatli yetishtirishda qay usuldan foydalanish samara beradi

🍈Anjir yetishtirishda mo'l hosil olish uchun tuproq tayyorlash, ko'chat ekish, parvarishlash va kasalliklarga qarshi kurash bo'yicha bir qator muhim jarayonlarni to'g'ri tashkil qilish zarur.

Avvalo, ekishdan oldin yer maydoni tekislanib, unga chirigan go'ng, chirindi, fosforli, kaliyli va azotli o'g'itlar qo'shilib, chuqur haydalishi kerak. Ko'chatlar uchun 50×50 sm o'lchamda chuqur kovlanib, 20–25 sm ustki tuproq qatlami alohida ajratiladi.

👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/53175

👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/53175

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston - Mo‘g‘uliston: sohani rivojlantirishga yo’nalgan yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda

🇺🇿🇲🇳O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurib, mamlakatning Qishloq xo‘jaligi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Bakey bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar ikki davlat o‘rtasidagi agrar sohadagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ayniqsa ilm-fan, seleksiya, kadrlar tayyorlash va texnologik innovatsiyalar yo‘nalishida mustahkamlashga qaratildi.

👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/63172

👉Подробно:
https://gov.uz/ru/agro/news/view/63172

🌐
Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
O‘zbekiston–Mo‘g‘uliston biznes forumi: agrar hamkorlik yanada kengaymoqda

Ayni vaqtda rasmiy tashrif bilan Mo‘g‘ulistonda bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Ulan-Bator shahrida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston–Mo‘g‘uliston biznes forumida faol ishtirok etmoqda.

Tadbir avvalida Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Jamshid Abduzuhurov so‘zga chiqib, ikki davlat o‘rtasidagi agrar sohadagi hamkorlik loyihalariga to’xtalib o’tdi. Jumladan, u ilm-fan, seleksiya, kadrlar tayyorlash hamda texnologik innovatsiyalar yo‘nalishlarida olib borilayotgan izchil izlanishlar va qo‘shma loyihalar haqida ma’lumot berdi.

Qayd etish lozim, ikki mamlakat qishloq xo’jaligi yo’nalishidagi hamkorlikning iqtisodiy samaradorligi tobora otib bormoqda. Masalan, 2024-yil yakuniga ko‘ra o‘zaro savdo hajmi $8,8 mln.ni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 29 foizga o‘sgan. 2025-yilning dastlabki 5 oyida bu raqam $6 mln.ga yetgan. Eksportda qandolat mahsulotlari, uzum va yong‘oq ustunlik qilsa, importda go‘sht, chorvachilik va sabzavotlar asosiy o‘rinni egallamoqda.

Shuningdek, 2024-yil 24-iyun kuni ikki mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida hamkorlik va Veterinariya va chorvachilik bo‘yicha hamkorlik bitimlari ham imzolangan. Bundan tashqari, ichak mahsulotlari va parranda tuxumi eksport-importiga oid veterinar sertifikatlar ishlab chiqildi va davlat rahbarlari ishtirokida mazkur hujjatlar rasman imzolandi.

Qolaversa, qurg‘oqchil yaylovlar sharoitiga moslashtirilgan qo‘y va echkilarni seleksiya qilish bo‘yicha hamkorlikda qo‘shma ishlar olib borilmoqda. Allaqachon 100 ming bosh jonivordan 7,1 ming bosh olib kelingan, ularning soni qisqa muddatda 13 mingdan oshdi. Tashkent davlat agrar universiteti hamda Mo‘g‘uliston milliy qishloq xo‘jaligi universiteti o‘rtasida tajriba almashish va yaylov boshqaruvi bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi ushbu keng qamrovli agrar hamkorlik loyihalarining rivovlanib borishi nafaqat qishloq xo‘jaligi sohasini, balki ikki davlat iqtisodiyotini barqarorlashtirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ilmiy-innovatsion taraqqiyotni jadallashtirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Aynan bugun bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston–Mo‘g‘uliston biznes forumi esa ushbu hamkorlik yo‘nalishlarining kengayishiga, ularni amaliy natijalarga yo‘naltirishga va ikki xalq farovonligiga xizmat qiluvchi yangi bosqichga ko‘tarilishiga munosib hissa qo‘shishi shubhasizdir.
O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston: istiqbolli loyihalar sari dadil qadam

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Mo‘g‘uliston Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida Mo‘g‘uliston Oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va yengil sanoat vaziri Jadamba Enxbayar bilan uchrashdi.

Samimiy ruhda kechgan muloqotda, dastlab ikki davlat o‘rtasidagi agrar sohadagi hamkorlik loyihalarining joriy holati muhokama qilindi. Jumladan, ilm-fan, seleksiya ishlari, kadrlar tayyorlash hamda texnologik innovatsiyalar yo‘nalishlarida olib borilayotgan izchil izlanishlar borasida fikr almashildi.

Vazir Ibrohim Abdurahmonov suhbat chog‘ida chorvachilik va o‘simlikshunoslik sohalarida hamkorlikda qator muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Bugungi kunga kelib, Mo‘g‘ulistondan 7 mingdan ortiq “Bayad” zotli qo‘ylar olib kelingan bo‘lib, ular mamlakatimiz iqlimiga muvaffaqiyatli moslashdi va hozirda soni 13,5 ming boshdan oshdi.

Bundan tashqari, Mo‘g‘ulistonning 20 dan ortiq cho‘l hududlariga moslashgan ozuqa o‘simliklari urug‘lari ham olib kelingan bo‘lib, ular ayni paytda Navoiy viloyatining tabiiy yaylovlarida sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu esa uzoq muddatli seleksiya va naslchilik ishlarida muhim qadam hisoblanadi.

Yana bir muhim jihat – O‘zbekistonda mo‘g‘ulistonlik mutaxassislar uchun malaka oshirish, ilmiy-tadqiqot va akademik mobillik dasturlari joriy etilmoqda. Jumladan, 50 nafar o‘zbekistonlik talaba Mo‘g‘ulistonda, 10 nafar mo‘g‘ul professori esa Samarqandda amaliyot o‘taydi.

Shuningdek, uchrashuvda ikki tomonlama yangi yo‘nalishlardagi hamkorlik rejalari yuzasidan ham muhim kelishuvlarga erishildi. Mo‘g‘ulistonning qishloq xo‘jaligi sektori — ayniqsa, sug‘oriladigan yerlar maydonining atigi 1% (100 ming gektar) ni tashkil etishi — bu boradagi imkoniyatlarning deyarli foydalanilmayotganini ko‘rsatdi.

Shu bois, O‘zbekiston tomoni o‘zining ilg‘or tajribasini bu sohalarda o‘rtoqlashishga tayyorligini bildirdi. Aynan shunday yondashuv doirasida Mo‘g‘uliston bilan sabzavot, poliz, kartoshka, g‘alla mahsulotlarini iqlimlashtirish, yetishtirish va seleksiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ilk bosqichda 15 ta ekin navidan iborat namunalar sinov tariqasida yuboriladi. Sinov natijalari muvaffaqiyatli chiqsa, eksport hajmini 200 ming dollargacha yetkazish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, “O‘zbekiston–Mo‘g‘uliston Do‘stlik bog‘i”ni barpo etish doirasida 5 gektarlik hudud uchun 10 ming dona sovuqqa chidamli mevali va rezavor ko‘chatlar yetkazib beriladi.

Sug‘orish texnologiyalari bo‘yicha ham muhim kelishuvlarga erishildi: kamida 10 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun 25 ming dollarlik texnologik yordam ko‘rsatiladi. Loyiha doirasida Mo‘g‘uliston suv xo‘jaligi vakillari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Uchrashuvda “Yashil makon” dasturi va Mo‘g‘ulistonning 2030 yilgacha 1 milliard daraxt ekish tashabbusini uyg‘unlashtirish yuzasidan ham aniq choralar belgilandi. Shu bilan birga, 100 ming bosh qo‘y va echkini yangi logistika yo‘lagi – Mo‘g‘uliston–Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston koridori orqali yetkazish bo‘yicha rejalar ishlab chiqilmoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar barcha ustuvor yo‘nalishlarda qator istiqbolli loyihalar ijrosini ta’minlash, hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish va amaliy natijalarga erishish yuzasidan kelishib oldilar. Shuningdek, kelgusi rejalar aniq chora-tadbirlar asosida belgilab olindi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kooperativ a’zolari uchun o‘quv kursiga ro‘yxatdan o‘tish tartibi

Edukarantin.uz platformasida “Meva-sabzavot mahsulotlarini yig‘ib olish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash va eksport qilish texnologiyalari” bo‘yicha o‘quv kursi yo‘lga qo‘yildi.

📎Kurs kooperativ a’zolarining kasbiy malakasini oshirish, meva-sabzavot mahsulotlarini zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlash va eksportga tayyorlash bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni berishga qaratilgan.

📝Ro‘yxatdan o‘tish Edukarantin.uz” platformasi orqali amalga oshiriladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Malina shifobaxsh rezavor meva

🍓Malina – tomorqalarda keng tarqalgan qimmatli rezavor ekin. Uning mevasi o‘zining ajoyib mazasi va xushbo‘y hidi bilan ajralib turadi.

🌳U iste’mol qilinuvchi mahsulot sifatidagina qimmatli bo‘lmay, balki shifobaxsh ham – ho‘l va quritilgani terlatuvchi, isitmani tushiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.

👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/57702

👉Подробно: https://gov.uz/ru/agro/news/view/57702

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президентлар Шавкат Мирзиёев ва Ухнаагийн Хурэлсух Ўзбекистон билан Мўғулистон ўртасида Кенг қамровли шериклик муносабатларини ўрнатиш тўғрисидаги декларацияни имзоладилар.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱

🌱 Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlari hamkorligida tashkil etilgan press-tur yangi texnologiyalar va ochiqlik tamoyili asosida o‘tkazildi.

Tadbir davomida jurnalistlar agrar sohadagi islohotlar, raqamlashtirish jarayonlari va ilg‘or texnologiyalar bilan yaqindan tanishdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tizimli yondashuv va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi

🟢Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida vazirlik departament va boshqarmalar boshliqlari hamda tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

❗️Yig‘ilish avvalida tizimda olib borilayotgan ishlarning natijadorligi chuqur tahlil qilindi. Mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar tinglandi. Hududlardagi faoliyat yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi.

👉Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/64057

👉Подробно:
https://gov.uz/ru/agro/news/view/64057

🌐
Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
2025/07/08 10:07:38
Back to Top
HTML Embed Code: