Telegram Web Link
Tajribaga asoslangan yondashuv – yuqori samaradorlik omili

Xorazm viloyatidagi ishchi safarim doirasida Urganch tumanidagi “Ibrohim–Farida” fermer xo‘jaligi dala maydonlarini ko‘zdan kechirdim. Bu yerda amalga oshirilayotgan agrotexnik jarayonlar va keng ko‘lamli yondashuvlar o’z natijasini bergan.

Umumiy 330 gektar maydonning 189 gektarida Turkiyadan olib kelingan “Eliza” navi zamonaviy agrotexnologiyalar asosida, 76x10 sxemada ekilgan. Paxta yakka qator qilib joylashtirilgan bo‘lib, gektariga 180–200 ming donagacha ko‘chat tushirilgan. Bu uslub nafaqat hosildorlikni, balki daladan samarali foydalanishni ham ta’minlaydi.

Sug‘orish va oziqlantirish ishlari maxsus uslubiy qo‘llanmalar talablari asosida bajarilmoqda. Defoliatsiya jarayoni belgilangan standartlarga muvofiq o‘tkazilgani tufayli, hosildorlik gektaridan o‘rtacha 65 sentnerni tashkil etishi kutilmoqda. Bugungi kunda paxta terimi boshlangan bo‘lib, hosil yig‘ib olingach, ikkinchi terim uchun ham zarur tadbirlar rejalashtirilgan. Navbatdagi terimdan qo‘shimcha 10–15 sentner hosil olinishi prognoz qilinmoqda.

Men dala hududida amalga oshirilayotgan yondashuvlarni yuqori baholadim. Kelgusida ham aynan shu yo‘sinda ishlash, xorijiy navlarni o‘z tuproq-iqlim sharoitimizga moslashtirish va mutaxassislar tajribasini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdim.

Bu tajribaga asoslangan yondashuv – yuqori samaradorlikka erishishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
👍12
Xonqadagi paxta qabul maskani — raqamli texnologiyalar va mas’uliyat uyg‘unlashgan joy

Bugun Xorazm viloyatiga tashrifim davomida Xonqa tumanidagi “Xorazm tex” MCHJga qarashli paxta tozalash zavodi huzuridagi qabul maskanida bo‘ldim.

Paxta terimi mavsumi qizg‘in pallaga kirgan bir paytda asosiy vazifamiz — hosilni nest-nobud qilmasdan yig‘ib olish, belgilangan me’yorlarda qabul qilish va uni sifatli qayta ishlashdir. Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlaymanki, bu maskanda jarayonlar tartibli va shaffof tashkil etilgan.

Bu yerda faoliyat yuritayotgan xodimlarning barchasi maxsus malaka sertifikatiga ega. Bu esa jarayonning har bir bosqichida mas’uliyatni oshiradi, xatolarning oldini oladi va hosil sifatining kafolatli saqlanishiga xizmat qiladi.

Tashrif davomida paxta qabul qilish jarayonlarini o‘rgandim. Xodimlarga paxta buntlarining namlik va ifloslanish darajasini me’yorida saqlash, qabul jarayonida aniqlikka qat’iy rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berdim.

Shuningdek, laboratoriyani faol va samarali ishlatish, barcha natijalarni ochiq ko‘rinishda yuritish zarurligini alohida ta’kidladim. Chunki bugun nafaqat paxta yetishtiruvchi fermerlar, balki butun jamiyat agrar sohada adolat va shaffoflikning amalda ta’minlanayotganini ko‘rib turibdi.
👍14
Navoiyda bugʻdoydan keyin ekilgan paxta pishdi.

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Navoiy ilmiy tajriba stansiyasida 2024-yil oktabr oyining birinchi o‘n kunligida bugʻdoyning “Ultra” navi ekilib, 2025-yil 17-may kuni o‘rib-yig‘ib olindi va 1 gektardan 64 sentner hosil yetishtirildi. Bu natija stansiya olimlari va agronomlarining ilmiy asoslangan parvarish uslublari, sifatli urug‘lik tanlovi hamda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirilgani bilan izohlanadi.

Oradan ko‘p o‘tmay, 2025-yil 19-may kuni dalaga paxtaning mahalliy S-01 navi ekildi. Bugungi kunda ushbu paxta ekinlari to‘liq yetilib, 1 gektardan 40 sentnergacha hosil olinishi kutilmoqda.

Tajriba stansiyasi mutaxassislarining ta’kidlashicha, bu natijalar ilmiy asoslangan yondashuv va yangi agrotexnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish samaradorligini yana bir bor tasdiqlamoqda.

🖥Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!⬇️⬇️⬇️

🌐 WEB | 🌐Telegram | 🌐 Instagram | 🌐Facebook |🌐 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18
2025/10/26 05:18:32
Back to Top
HTML Embed Code: