2026-yil hosili uchun urug‘lik don tayyorlash masalalari muhokama qilindi
Bugun 2026-yil hosili uchun urug‘lik don tayyorlash, ekish uchun tarqatish hamda 2025-yil hosilidan urug‘lik paxta xomashyosini jamg‘arish jarayonlari yuzasidan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazdik.
Yig‘ilish video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilib, unda vazir o‘rinbosarlari, departament va boshqarmalar rahbarlari, Urug‘chilik markazi hamda uning hududiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida urug‘lik tayyorlash va tarqatishdagi mavjud kamchiliklarni atroflicha tahlil qildik. Har bir viloyatda urug‘lik don yetishtirish, uni laboratoriya sinovlaridan o‘tkazish hamda sifat sertifikatlari bilan rasmiylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdim.
Shuningdek, 2025-yil hosilidan jamg‘arilayotgan urug‘lik paxta xomashyosini qayta ishlash, saqlash va hududlarga teng taqsimlash jarayonlarini muhokama qildik. Bu borada har bir mas’ul shaxs uchun qat’iy muddatlar va javobgarlik choralari belgilab berdim.
Aytish kerak, 2026-yilgi ekin mavsumiga tayyorgarlik bugundan boshlanishi zarur. Urug‘ sifati, uni tayyorlash va tarqatishdagi shaffoflik — bu kelgusi hosilning poydevori. Har bir bosqichda aniqlik, mas’uliyat va halollikni ta’minlash bizning umumiy vazifamizdir.
Albatta, ertangi natija bugungi ishimizga bog‘liq. Shu bois, har bir hududda urug‘lik bazasini mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, sertifikatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgiladik.
Yig‘ilish yakunida barcha mas’ullarga topshiriqlarning bajarilishini haftalik hisobotlar orqali nazorat qilish, joylardagi faoliyatni tizimli monitoring qilish vazifasini yukladim.
Maqsadimiz — kelgusi yil hosili uchun sifatli, ishonchli va yuqori unumlilikka ega urug‘lik zaxirasini yaratishdir. Shu yo‘lda har bir mutasaddi o‘z mas’uliyatini chuqur his etishi zarur.

👍9👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#cottonday
#october7
“Butunjahon paxta kuni: paxtaning global ahamiyatini nishonlash
Paxta besh qit'ada 75 dan ortiq mamlakatlarda yetishtiriladigan va butun dunyo bo'ylab sotiladigan global mahsulotdir.
Har yili 7-oktyabrda oʻtkaziladigan Butunjahon paxta kuni paxta yetishtiruvchi mamlakatlarda, xususan, kam-rivojlangan mamlakatlarda (LDCs) ish oʻrinlari yaratish va iqtisodiy barqarorlikni saqlashda paxtaning rolini taʼkidlash uchun imkoniyatdir.
Ushbu kunni nishonlash barqaror savdo siyosatini qo'llab-quvvatlash va rivojlanayotgan mamlakatlarga paxta qiymati zanjirining har bir bosqichida ishtirok etishdan foyda olish imkonini beradi.”
Manba: https://www.wto.org/english/tratop_e/agric_e/wcd2021_e.htm
“World Cotton Day: Celebrating the global importance of cotton.
Cotton is a global commodity grown in over 75 countries across five continents and traded worldwide.
World Cotton Day — held annually on 7 October — is an opportunity to highlight the role of cotton in creating jobs and maintaining economic stability in cotton-producing countries, particularly in least-developed countries (LDCs).
Celebrations marking the day aim to foster sustainable trade policies and to enable developing countries to benefit from participating in every step of the cotton value chain.”
Source: https://www.wto.org/english/tratop_e/agric_e/wcd2021_e.htm

👍14👌1
Forwarded from O'zbekiston 24 ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Qishloq xo‘jaligida yuqori hosildorlik
#6okt
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram

👍12👌1
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda
Bugun Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ualid Fuk bilan uchrashdim.
Suhbat davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, mavjud loyihalarning holatini tahlil qilish hamda istiqboldagi yangi tashabbuslarni belgilash masalalarini muhokama qildik.
Muloqot jarayonida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, import va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish zarurligini ta’kidladik.
Ayniqsa, sut ishlab chiqarish sohasidagi qo‘shma loyihaning samaradorligini oshirish, chorvachilikda genetika yo‘nalishini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi. Shuningdek, logistika infratuzilmasini takomillashtirish masalasi ham alohida e’tiborga olindi.
Mamlakatimiz imkoniyatlariga to‘xtalib, ularning ayrimlarini logistika markazlari sifatida rivojlantirish istiqbollari haqida so‘z yuritdim. Bugungi kunda joylarda ishlab chiqarish zanjirini mustahkamlash va eksport hajmini oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
Uchrashuv yakunida biz O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi amaldagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud loyihalarni izchil amalga oshirishga kelishib oldik.
Ushbu muloqot ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, qishloq xo‘jaligida innovatsion yechimlarni joriy etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

👍18👌1