Telegram Web Link
Navoiy: innovatsion yondashuvlar – yuqori hosil garovi

Buxoro viloyatidagi ishchi tashrifimni yakunlab, Navoiy viloyatiga yetib keldim. Tashrifimning dastlabki manzili — Navbahor tumanidagi “Yahyo bobo 2000” fermer xo‘jaligi bo‘ldi.

Bu xo‘jalikda 40 gektar maydonda mahalliy “Buxoro-102” paxta navi xorijiy agrotexnologiyalar asosida ekilgan. Dalada barcha agrotexnik tadbirlar, xususan desikatsiya ishlari o‘z vaqtida bajarilgan va hosil yig‘im-terimiga to‘liq tayyor holatga keltirilgan.

Fermer xo‘jaligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, chigit ekish 76×10 sxemasi bo‘yicha amalga oshirilgan. Shuningdek, navlarni yakka qator qilib, plyonka ostiga joylashtirish kabi innovatsion yondashuvlar sinovdan o‘tkazilgan. Ushbu usullar hosildorlikni sezilarli darajada oshirganini ko‘rish mumkin.

Hozirda xo‘jalikning boshqa maydonlarida o‘rtacha 70–80 sentner hosil olinmoqda, mazkur daladan ham shunday natijalar kutilmoqda.

Desikatsiya tadbirlari terim jarayonini samarali tashkil etish imkonini berdi. Fermerlarning mehnati, joriy etilayotgan zamonaviy agrotexnologiyalar hamda ularning natijalari yurtimiz paxtachiligi rivojida muhim o‘rin tutmoqda.

Shu o‘rinda, paxtani to‘g‘ri va sifatli yetishtirishda uslubiy qo‘llanmalar muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidlamoqchiman. Bu qo‘llanma nav tanlashdan boshlab, hosilni yig‘ib olishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab oladi va dehqonlar uchun ishonchli dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
👍8👌2🤔1
Navoiy dalalarida innovatsion yondashuvlar joriy etilmoqda

Navoiy viloyatiga ishchi tashrifim doirasida Navbahor tumanidagi “Navbahor tekstil” klasteri paxta dalalarida olib borilayotgan agrotexnik ishlar bilan tanishdim.

Qariyb 1000 gektar maydonda joylashgan ushbu xo‘jalikning 8 gektarlik qismida xorijdan keltirilgan paxta navi zamonaviy agrotexnologiyalar asosida, 76×10 sxemada yakka qator tarzida ekilgan.

Sug‘orish va oziqlantirish jarayonlari maxsus uslubiy qo‘llanma talablariga muvofiq tashkil etilgan. Mas’ullar bilan suhbat jarayonida bu yilgi hosildorlikning avvalgi mavsumlarga nisbatan ancha yuqori bo‘lishi kutilayotgani ta’kidlandi.

Ayni paytda dalalarda paxta terimi boshlangan, barcha jarayonlar zamonaviy texnik vositalar yordamida amalga oshirilmoqda.

Shuni aytish kerakki, ilgari bunday natijalarga erishish mushkul bo‘lgan bo‘lsa, bugun yangicha yondashuvlar natijasida yuqori hosildorlik qayd etilmoqda.

Dala ishlarini ijobiy baholab, kelgusi mavsumlarda bu kabi ilg‘or tajribalarni kengaytirish, terim jarayonlarida esa e’tibor va mas’uliyatni oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdim.

Shuningdek, paxtaning to‘liq yetilishini ta’minlash uchun agrotexnik tadbirlarni belgilangan me’yorlarda tizimli olib borish zarurligini alohida qayd etdim.
👍11👌2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari

Ilg'or innovatsion yondashuv yuqori hosil garovi bo'ldi

Bizni kuzatib boring:📲
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍9
2025/10/23 03:53:06
Back to Top
HTML Embed Code: