Karmanada nafaqat paxtadan, balki takroriy ekinlardan ham mo‘l hosil olinmoqda
Ishchi tashrifim davomida Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi “Lochin” fermer xo‘jaligi dala maydonlarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdim.
Xo‘jalikning 38 gektarlik konturida mahalliy g‘o‘za navi 76 sxemada parvarish qilingan bo‘lib, ayni paytda har gektaridan o‘rtacha 65–70 sentner hosil olinmoqda. Suhbat davomida ushbu navning Karmana tumani iqlimi uchun juda mos ekanini qayd etdim. Uni urug‘lik sifatida saqlash hamda kelgusi yili bu navni yanada kengroq maydonlarda ekish muhimligini ta’kidladim. Shuningdek, xo‘jalik rahbariga ko‘chatlar sonini ko‘paytirish orqali bundanda yuqori hosildorlikka erishish va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdim.
Fermer xo‘jaligi rahbari g‘alladan bo‘shagan 45 gektar yerda takroriy ekin sifatida mosh, sabzi, sholg‘om va qizil lavlagi yetishtirganini ma’lum qildi. O‘z vaqtida bajarilgan agrotexnik ishlovlar tufayli bu ekinlardan ham mo‘l hosil olingan, hozirda mahsulotlar bozor rastalariga yetkazilmoqda.
Navoiy viloyati sharoitida takroriy ekinlar yetishtirishni kengaytirish, yer resurslaridan samarali foydalanish hamda fermerlar tashabbusini qo‘llab-quvvatlash bu yo‘nalishda muhim ahamiyat kasb etadi, deb hisoblayman.

👍10👌2👏1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari
Paxta xirmonlari yuksalmoqda
Bizni kuzatib boring:📲
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram

👍9👏2👌1
https://api-portal.gov.uz/uploads/24/2025/10/09/54bb590b-0d1e-f13b-a663-c3aa0e256dad_media_.pdf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12👏1👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Рекорд натижа: Зафарободлик фермер бу йил пахтадан 90 центнер ҳосил олди
Фермерлар пахта далаларидан туриб, “мен ҳам бир мақтаниб қўяй” деб, етиштирган ҳосилларини кўз-кўз қилган видеоларни ижтимоий тармоқларга жойламоқда. Тасвирларни кўрганингизда, чиндан кўзингиз қувнайди, беихтиёр “ҳосилга барака” деб юборасиз.
Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/132326
Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/132326
Telegram | Facebook | YouTube | Instagram

👏19👍9👌1
Qashqadaryoda Misr tajribasi asosida yuqori avlodli kartoshka yetishtirish bo‘yicha seminar o‘tkazdik
Bugun Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida viloyat hokimi Murodjon Azimov, agrar soha mutasaddilari, fermer va dehqonlar ishtirokida “Respublikada yuqori avlodli urug‘lik kartoshka yetishtirish bo‘yicha dala-o‘quv seminari”ni o‘tkazdik.
Seminar Kitob tumanining tog‘li hududida, Misr tajribasi va ilmiy-amaliy yondashuv asosida yuqori avlodli urug‘lik kartoshka ekilgan maydonda tashkil etildi. Tadbir davomida “EFC Plants Tissue Culture S.A.E.” kompaniyasi bilan hamkorlikda CARA navli kartoshka mini-tugunaklarini ekish, parvarishlash va hosildorlikni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Ushbu dala-o‘quv seminari Prezidentimizning PQ–269-sonli qarori doirasida o‘tkazildi. Maqsadimiz — kartoshkachilikda milliy urug‘chilik tizimini rivojlantirish, importga qaramlikni kamaytirish va sohada zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishdir.
Shu maqsadda har yili respublikadagi 5 ta “In-vitro” laboratoriya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 20 milliard so‘m mablag‘ ajratilmoqda. Ushbu mablag‘ evaziga 10 million dona mini-tugunak ishlab chiqarilib, 2026-yildan boshlab tog‘li hududlardagi fermer xo‘jaliklariga beg‘araz yetkazib beriladi.
Seminarda mutaxassislar bilan birgalikda suvdan tejamkor foydalanish, agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda tashkil etish, sifatli urug‘lik bazasini shakllantirish va barqaror hosildorlikni ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalarni muhokama qildik.
Ishonchim komilki, bu loyiha orqali mamlakatimizda kartoshkachilik tarmog‘i yangi bosqichga ko‘tariladi. Fermerlarimiz innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirib, yuqori hosildorlikka erishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Biz uchun eng muhim natija — oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, mahalliy ishlab chiqarishni ko‘paytirish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar yetishtirishdir. Shu yo‘lda agrar sohada ilm-fan, innovatsiya va tajriba uyg‘unligiga tayanamiz.

👍13👏1👌1