Telegram Web Link
Qashqadaryo: limonchilikda sabr, mehnat va innovatsiya uyg‘unligi

Bugun Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida limonchilik sohasini rivojlantirish masalasiga bag‘ishlangan amaliy seminarda ishtirok etdim. Tadbiring asosiy manzili — “Bahrombek Ixtiyor o‘g‘li” fermer xo‘jaligi, bu yerda men o‘z ko‘zim bilan sabr, mehnat va ilmning birlashmasi qanday natija berishini ko‘rdim.

Fermer xo‘jaligi 2018-yilda atigi 0,5 gektarda boshlangan, bugun esa 10 gektar issiqxona maydoniga ega. O‘sha paytda atigi 4 nafar ishchi ishlagan bo‘lsa, hozirda xo‘jalikda 20 nafar doimiy va 80 nafar mavsumiy ishchi mehnat qilmoqda. Bu natijalar hosildorlik bilan bir qatorda bandlikni ham oshirayotganini ko‘rsatadi.

Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida 203,4 gektar maydon limonchilik uchun ajratilgan, shundan 83,6 gektari aynan Kitob tumanida. Ya’ni viloyatdagi limonariylarning qariyb yarmi shu tumanda joylashgan. Bu, shubhasiz, Kitobning iqlim va yer sharoiti limonchilik uchun qulay ekanini ko‘rsatadi.

Fermer bilan suhbat davomida men issiqxonalar samaradorligini yanada oshirish yo‘llarini muhokama qildim. Jumladan, issiqxonalarni yer sathidan 1–1,5 metr pastroqqa joylashtirish, tabiiy issiqlikdan foydalanish orqali energiya sarfini kamaytirish tajribasini kengaytirish zarurligini ta’kidladim. Bu usul iqtisodiy jihatdan tejamli, ekologik jihatdan esa barqaror ishlab chiqarish yo‘lidir.

Fermerning rejalari ham e’tiborga molik: kelgusi yilda 4 gektar yangi issiqxona barpo etish, unda limon bilan bir qatorda apelsin yetishtirish, shuningdek, 500 tonnalik sovitkichli omborxona va limon sharbatini qayta ishlash zavodi qurishni rejalashtirgan.

Bugun xo‘jalik har gektardan o‘rtacha 50 tonna limon hosili olayapti. Shuningdek, limon daraxtlari hosilga kirguncha, bo‘sh qolgan yer maydonlarida pomidor va bodring ekilib, yerning har qarichidan samarali foydalanilmoqda.

Fermer xo‘jaligi xalqaro GLOBALG.A.P. (IFA v6 SMART) sertifikatini qo‘lga kiritgani esa yutuqning eng muhim belgisi. Bu — mahsulotning organik, ekologik toza va xalqaro standartlarga mos ekanini tasdiqlaydi. Endilikda Qashqadaryoda yetishtirilgan limonlar Yevropa bozorlariga ham bemalol eksport qilinadi.

Meni eng quvontirgani — yarim gektardan boshlangan kichik tashabbus bugun butun viloyat uchun namunaga aylangani. Bu — nafaqat bir fermerning muvaffaqiyati, balki qishloq xo‘jaligimizda sabr, mehnat va innovatsiya birlashganda qanday natija paydo bo‘lishining yorqin namunasidir.
👍6👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Paxtadan yuqori hosil olishning yangicha uslubi
#10oct

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
👍8👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kartoshka hosildorligini oshirishning yangi, oddiy va samarali usuli!

🥔 Endilikda urug‘lik tuganaklarni ekishdan oldin qizil nurlar bilan nurlantirish orqali atigi 3–5 kunda unib chiqadigan, kuchli va sog‘lom nihollar yetishtirish mumkin.

🔬Bu innovatsion yondashuv urug‘larning erta unishini, simmetrik o‘sishini hamda hosildorlikni 10–20% ga oshirishni ta’minlaydi.

♻️ Eng e’tiborlisi, bu jarayonda hech qanday kimyoviy modda qo‘llanilmaydi — natijada mahsulot ekologik toza va iste’mol uchun xavfsiz bo‘ladi.

🎥 Ushbu videorolik orqali mazkur agrotexnik tajriba haqida batafsil tanishishingiz mumkin.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🎉1👌1
🌱🌱🌱

Ayni paytda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida Misr tajribasi va ilmiy-amaliy yondashuv asosida yuqori avlodli kartoshka ekilgan hududda dala-o‘quv seminari o‘tkazilmoqda.

📎Unda Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov, shuningdek, respublikamizning kartoshkachilikka ixtisoslashgan tuman hokimlari, qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshliqlari hamda urug‘lik kartoshka yetishtiruvchi fermerlar ishtirok etmoqda.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱🌱🌱

📍Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida o‘tkazilayotgan Respublikada yuqori avlodli urug‘lik kartoshka yetishtirish bo‘yicha dala-o‘quv seminari qizg‘in pallada

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Paxta xirmonlari yuksalmoqda
#10oct

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
👍7👌1
2025/10/21 21:08:13
Back to Top
HTML Embed Code: