Oziq-ovqat xavfsizligi — strategik vazifa: yangi mavsumga tayyorgarlik boshlandi
Bugun oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va 2026-yilgi ekish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdik. Unda vazirlik tizimidagi tashkilotlar rahbarlari, departament va boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda asosiy e’tibor yangi mavsumga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rish, g‘o‘za ekiladigan maydonlarni aniqlash, ayniqsa xorijiy g‘o‘za navlari parvarishlanadigan hududlarda ishlarni rejali tashkil etish masalalariga qaratildi. Shuningdek, kelgusi mavsumda mahsulot yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning imkoniyatlarini kengaytirish yo‘nalishida aniq chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Kun tartibidagi eng muhim masalalardan biri — mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘ldi. Jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlariga talab ortib borayotgani, iqlim o‘zgarishlari, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish zarurati agrar sohada strategik yondashuvni talab etayotganini ta’kidladim.
Shu munosabat bilan kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, ustuvor vazifalar va sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Agrar sohada raqamlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi.
Xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Geoportal” axborot tizimi faoliyati tahlil qilinib, uni yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi. Ushbu tizim orqali yer resurslarini monitoring qilish, ekin maydonlari va hosildorlik ko‘rsatkichlarini real vaqtda kuzatish imkoniyati yaratilmoqda.
Shuningdek, kelgusi yildan paxta qabul qilish maskanlarida “E-tarozi” tizimini takomillashtirish, inson omilini kamaytirish va shaffoflikni ta’minlash vazifalari belgilandi. Bu chora-tadbirlar natijasida fermerlar mehnatining adolatli baholanishi, tizimda ishonch va ochiqlik muhitining yanada mustahkamlanishi kutilmoqda.

👍10
O‘zbekiston va Germaniya: agrar sohadagi hamkorlikning yangi bosqichi
Bugun Germaniya Bundestagi (parlamenti)ning Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va vatan qo‘mitasi deputati Xermann Ferber bilan uchrashdim.
Muloqot davomida ikki davlat o‘rtasidagi agrar sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish hamda yangi qo‘shma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildik.
Uchrashuv davomida dual ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratildi. Bu orqali talabalar nazariy bilimni oliy ta’lim muassasasida egallab, amaliy ko‘nikmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish jarayonida o‘zlashtiradi.
Kelgusida o‘zbekistonlik yosh fermerlar va agrar yo‘nalishdagi talabalarni Germaniyada amaliy tajriba orttirishiga imkon beruvchi yangi qo‘shma dastur ishlab chiqish zarurligini ham ta’kidladik. Ushbu tashabbus orqali sohamizga xalqaro miqyosdagi bilim va ilg‘or tajribalarni olib kirish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, biz chorvachilik, raqamlashtirish va baliqchilik yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish, Germaniyaning ilg‘or texnologiyalarini O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga joriy etish orqali soha samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashdik.
Uchrashuv yakunida men agrar sohada o‘zaro ishonchga asoslangan, uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdik.

👍4👏1
Пахтанинг хориж навидан фермерларимиз манфаатдор (+видео)
Сирдарё вилоятининг Оқолтин ва Сардоба туманларидаги сув таъминоти оғир ҳудудлар Сингапурнинг “Индорама” компаниясига ижарага берилди. Далага замонавий техника, хорижий тажриба кирди, илм билан амалиёт уйғунликда олиб борилди. Натижада бугун туман ҳар жиҳатдан олди қаторларда. Деҳқонларда моддий манфаатдорлик ошди, ишга муносабат ўзгарди.
🎥 https://youtu.be/2J1P4WWIaag
Батафсил: https://uza.uz/posts/773505
Телеграм каналларимиз
Facebook | Instagram | YouTube | X

👍3