Telegram Web Link
Sizlarga Beginner, Intermediate va Advanced darajalar bo’yicha dars o’tib bermoqchiman!

Faqat ingliz tilidan emas, fitness bo’yicha!

O’zimizda “Bryus” desa hamma o’gil bolalar tushunadigan sport anjomi bor. Ko’chalarda, maktablarda, odamlarni uyida, xullas hamma joyda topsa bo'ladi. Inglizlar shuni ham har hil darajalarga bo’lib olishibdi.

Foydalanish bo’yicha uzun instruksiya ham tayyorlab "Bryus" ga yopishtirib qo'yishgan. O’qib chiqqanimcha, o’zi nimaga bu yerga kelganim esimdan chiqib, qaytib ketishimga oz qoldi!

Lekin juda yaxshi go’ya, ayniqsa endi boshlayotganlar uchun. Chetdan oson va oddiy ko’rinsada, bu mashqni noto’g’ri qilish orqali odam o’zini ortiqcha charchatishi yoki o’ziga jarohat yetkazishi mumkin.

Bu inglizlar juda o’zini yaxshi ko’radida!
😁5👍2
Scholarship for IELTS teachers!!!

IELTS bo’yicha dars beradigan ustozlar IATEFL Brighton 2026 konferensiyasida qatnashish uchun grant yutishlari mumkin.


Grant bilan batafsil tanishish uchun link qoldiraman! https://ielts.org/researchers/awards-and-scholarships/ielts-morgan-terry-memorial-iatefl-scholarship

IELTS ustozlariga yuborib qo’ying!
Bugun uzoq kutilgan tarixiy kun bo'lishi mumkin.

O'zbekiston terma jamoasi Birlashgan Arab Amirligi terma jamoasi ustidan g'alab qozonsa tarixda ilk bor jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

Terma jamoa o'yinlarini 1998 yildan beri kuzatib kelaman. O'shandan beri qancha avlod almashdi. Men bu kunni Igor Shkvirin, Mirjalol Qosimov, (rahmatlik) Nikolay Shirshov va Maksim Shatskihlar hali terma jamoada o'ynab yurgan davrida ko'rishni juda xohlaganman. 2000 yilllarda qaysidur bir terma jamoa bilan o'yinni dadamga "Toshkentga borib stadionda ko'rib kelaylik" deganman. Juda xohlaganman o'yinni Paxtakor stadionida tomosha qilishni. U paytlar davr boshqa edi, poytaxtga kelib ketishga bugungidek qulayliklar bo'lmagan.

Bugungi muhim o'yinni dunyoni umuman boshqa davlatidan turib kuzataman.Xozir to'g'risi o'zimda ayni o'sha paytlardagidek zavq va hayajon kuchli emas. Lekin har safar terma jamoani jahon chempionatiga chiqishini kutib, ohirida yig'lab yig'lab, yana tinchlanib, keyingi 4 yilni kutgan va bunaqa 4 yilni nechtasini o'tkazgan ashaddiy muxlislar uchun, terma jamoaga borini berib o'ynab lekin jahon chempionatiga chiqa olmagan Mirjalol Qosimov, Odil Ahmedov va boshqa ko'plab fidoiy futbolchilar uchun ham, futbolchilarimiz bugungi o'yinni yutishi va tarix yaratishi kerak!
👍62🙏2🔥1
Bir joyda uzoq o'tirib qolish va harakat kamligi insonni lanj qilib qo'yadi. Miya faoliyati sekinlashadi va samaradorlik kamayadi. Shuning uchun kun davomida holatingizga qarab tanaffus qilib turing.

Ayniqsa o'qish va ishlardan charchab, ochiq havoda jichcha sayr qilishga nima yetsin!
👍7🔥32
I just wanted to fry 🤯
😁10👍2🔥1
Angliyada o'quvchilar maktablarda AI - sun'iy intellekt bilan ishlash ko'nikmalarini o'rganishlari uchun ta'limga a'lohida investitsiya qilish rejalashtirilmoqda.

2030 yilga kelib Angliyada taxminan 10 million aholi o'z kasbiy talablaridan kelib chiqib sun'iy intellektdan foydalanishi kutilmoqda ekan.

Intellekt o'zi sun'iy bo'lsa ham, u o'zi bilan birga olib kelgan muammolar, xavotirlar, o'ylovlar va rejalar hammasi tabiiy)
👍3
2025/09/14 22:42:53
Back to Top
HTML Embed Code: