Telegram Web Link
Rasmlarni qarab o’tirib, hayotimning eng go’zal, eng sakinatli va eng nurli davrlarini esladim. 🥹

Ustozlarim — hayoti ilm va hikmatdan iborat. Talabalari esa eng axloqli va kamtar yigitlar edi.

Har safar nima yaxshiligim bo’lgan ekanki, shunday insonlar davrasida bo’lish nasib qildi deb o’ylab qolaman. Oxiri — bu O’zining fazlidan boshqasi emas deyman.

Lekin biznesni sevish qon-qonimga singib ketganidan o’sha paytda ham istalgan joyda biznes tizimlarini ko’rardim, ichki jarayoniga qiziqaverardim.

Esimda, madrasa vaqti ehtiyojim bo’lmasa-da, tuxum pishirib talabalarga sotib ko’rganman, yaxshi «biznescha» bo’lgandi. )

Keyin tushundimki, men ta’lim va biznesni birlashtirishim kerak. Nima qo’limdan kelsa, shu sohada amalga oshirishim shart.

Ko’p og’riqli vaziyatlarga qaramay yana davom etishim shundandir balki…
Nasib, hali katta loyihalar, manfaatli ishlar oldinda.

📌 @Iysoxon
🔥1210👍9❤‍🔥3👏2🎉1
Keyingi ikki oyda O’zbekistondagi arab tili sohasida 🔥 bo’ladi. 😉

Negaligini bilasizmi? 👇 )
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥5🔥43
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥2❤‍🔥1
Iysoxon Yahyo | Qaydlar
Video message
Videoni diqqat bilan ko’ring. 👆

«MentorPro 1.0» darslarimiz uchun sanoqli joylar qoldi. Lekin shu kungacha kanalimda ro’yxatdan o’tish linkini qoldirmagan ekanman.

Agar siz ustoz-mutaxassis bo’lsangiz yoki zapusk sohasini o’rganishni istasangiz, quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tin

👉 Ro’yxatdan o’tish
🔥2❤‍🔥11
Bugun men uchun boshqacha kun. Ustozlarga ustozlik qilish nasib qildi.

Katta davrada dars o’tmaganimga ancha bo’lgan ekan. Hozirgi hissiyotlarni so’z bilan ifodalashim juda qiyin. 🥹

20 nafar ustoz hali yuzlab o’quvchilar o’qitadi. Ular ham yuzlab insonlar hayotini o’zgartiradi. Ajib his…

Nasib, buyog’iga O’zi uyaltirmasin. Yaxshi natijalar qilaylik. )

📌 @Iysoxon
👍156🔥4❤‍🔥3🎉1
«Bir varaqli marketing reja» kitobini o‘qiganimga ikki yil bo‘ldi.
O‘sha paytda bir nechta g‘oyasini sinab ko‘rdim: ba’zilari ishladi, ba’zilari esa yo‘q.

Hozir shularni eslab bir fikrga keldim:
Bepul bilim olish mumkin. Lekin sinovlarda vaqt va pul yo‘qotish ehtimoli juda yuqori.

Agar eng muhim resurslarni tejashni istasangiz, ustoz topishingiz shart. Chunki ustoz sizga allaqachon o’zi sinagan, aniq ishlaydigan qadamlarni o’rgatadi. Eng kamida, devorga urilishdan oldin sizni to‘xtatadi.

Menimcha, ustoz topish istalgan yo’nalish uchun eng muhim vazifa va kelajak uchun sarmoya bo’ladi…

📌 @Iysoxon
🔥103❤‍🔥3👍2💯1
Oddiygina “halol” so’zini “halyalniy” deydiganlardan boshqa hammaga xayrli kech. 😁

📌 @Iysoxon
😁27❤‍🔥21🔥1👏1
Yaqinlarim va Instagramdagi kasbdoshlarimning ko‘pi sayohatda.
Men esa doimgidek ishdaman. Chunki mentorlik darslari va yangi loyihada ishlar avjida.

Mayli, oz qoldi. Tez orada men ham dam olishga chiqaman. Hozir esa mehnat qilish kerak va meni bunday azoblamay turinglar. :))

📌 @Iysoxon
😁143❤‍🔥3👍3
Hamma o'zining sevgisi boshqalarnikidan farq qiladi, deb ishonadi. Balki shundaydir.

Chunki hissiyotlar uchun o'lchov birliklari yo'q. O'lchash imkonsiz narsa esa rostan katta bo'lishi ham, umuman yo'q bo'lishi ham mumkin.

Biznes esa boshqacha. Uni raqamlar boshqaradi.
Kimdir o'zining biznesi boshqalarnikidan yaxshiroq ekanini isbotlamoqchi bo'lsa, raqamlarni ko'rsatishga majbur.

Raqamlarsiz biznes — yo'qlikka mahkum...

📌 @Iysoxon
💯11❤‍🔥3👍32
Ijtimoiy tarmoqlar zo’r joy — tekin auditoriya orqali yaxshi daromad qilsa bo’ladi.

Va bir vaqtning o’zida ular yomon joy — g’irt ahmoqlar ham atrofiga o’zi kabilarni to’plab, tomosha ko’rsata oladi…

📌 @Iysoxon
👍172❤‍🔥1
Bolaligimda onam ko’p gapirishim haqida aytardilar. Boshqalar ham kamroq gapir deyishardi.

Hozir 3 soat darsda gapirish ham ko’plik qilyapti ba’zida. Qariyapman shekilliya? :)

📌 @Iysoxon
😁173❤‍🔥1
Inson ba’zida yo’lini topishga qiynaladi. Har xil sohalarda o’zini sinab ko’radi. Shunday vaziyatda qay yo’lda ozroq baraka ko’rsa, shuni davom ettiraverish kerak ekan.

Do’stim Zakariyya ham oxirgi yilda bir necha sohalarni o’rgandi. Lekin baribir arab tili ustozi sifatida ishida baraka ko’rdik.

Shu kungacha 5000 dan ortiq insonlarga darslari yetib bordi, ko’pchilik foyda oldi. Shu sabab hozir yana ustozlik faoliyatini davom ettiryapti.

YouTube’dagi 👉 yangi darslikni ko’rib, qo’llab-quvvatlasangiz, xursand bo’lamiz. Mendan arab tili darslari so’raganlar uchun manfaatli bo’ladi, nasib.

Telegram blogiga ulanib olsangiz, yana yangi darsliklar tayyorlab qo’ygan.

📌 @Iysoxon
👍63🔥2
Muhim narsa ko‘p o‘rganish emas, bilganingizni qo‘llay olish.
Mukammal bo‘lishni kutib, yillarni yo‘qotish mumkin. Lekin amaliyotga o‘tsangiz, natija tezroq keladi.

Kontent tayyorlashda ham, darslik yozishda ham shunday: mukammal vaqt yo‘q, benuqson ish ham mavjud emas.
Eng yaxshi payt — bu hozir.

Shu haqida zo’r tajriba bo’ldi, tez orada aytib beraman.

📌 @Iysoxon
🔥96❤‍🔥2
Menga juda ko’p ne’matlar berildi. Eng kattalaridan biri bu to’g’ri ustozlar bo’lsa kerak. Hozirgacha nimaga erishgan bo’lsam, hammasi ustozlarim mehnati aslida.

Avvaliga ilk ustozim — ota-onamdan o’rgandim. Keyinroq maktab, madrasa va institutda ustozlardan ta’lim oldim. Hozirgi sohamda ham ustozlar sabab kichik bo’lsa-da natijalar bo’ldi.

Sizlardan qarzdorman, barchangizga kattakon rahmat! Bayramingiz muborak bo’lsin! 🎉

📌 @Iysoxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥5👏2❤‍🔥1
Istanbul ko’chalari. Yomg’irli havo. Oyoqlar yonib ketguncha, bel uzilay deguncha piyoda yurmoq istaydi bu ko’ngil… 🥹

📌 @Iysoxon
13🔥5👍3💯2❤‍🔥1
Murosa qila olish — erkak sifatida o’sayotganing belgisi. Faqatgina yig’loqi yosh bolalar hayot faqat o’zi xohlagandek, u aytgandek bo’lishi kerakligiga ishonadi.

📌 @Iysoxon
10🔥6❤‍🔥2👍2🤝2👏1
Xabarlardan qalb mahzun bo’ladi, ko’zlar yosh to’kadi, lekin tilimiz jim va ojiz…💔

📌 @Iysoxon
💔185❤‍🔥4
Qaysidir bosqichgacha eng katta risk «faloncha summa» bilan qilingani deb o’ylaysiz. Keyinroq bu aslida u qadar katta emasligini tushunib qolasiz. Lekin ungacha ancha vaqt o’tgan bo’ladi. )

📌 @Iysoxon
💔53❤‍🔥2
Qanchalik ko‘p narsani sinab ko‘rsangiz, shunchalik tezroq natija bo‘ladi.

Loyihalarimizda har doim nimadir yangi narsani sinab ko‘ramiz.
Ba’zisi o‘xshaydi, ba’zisi esa yo‘q.

Keyin jarayonni tahlil qilamiz:
o‘xshaganini takrorlaymiz va yaxshilaymiz.
O‘xshamaganini esa takrorlamaymiz.

Siz ham sinovdan qo‘rqmang.
Chunki nazariyalar qog‘ozda bo‘ladi, natija esa amaliyotda.

📌 @Iysoxon
11🔥4👍2❤‍🔥1
2025/10/18 15:49:55
Back to Top
HTML Embed Code: