Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍42❤‍🔥1
Diqqat

Oxirgi vaqtlarda ko’p e’tibor berayotgan narsam — bu diqqat. Ishlash yoki o’qish jarayonidagi emas, hayotiy diqqat.

«Yigit kishiga 40 hunar oz», deyishadi. Ha, qaysidir ma’noda shunday. Lekin men bir sohaga ko’proq diqqat qaratish kerak degan xulosaga keldim.

Atrofimda kim uzoq vaqt bir narsa ustida ishlagan bo’lsa, yaxshi natijaga erishganini ko’ryapman. Bu — kompaunding effekti: vaqt o‘tgan sayin bilim va tajriba bir-biriga qo‘shilib, yirik natijaga aylanadi.

Shunday ekan, dars beryapsiz va shuni yaxshi ko’rasizmi, to’xtamang.

Biznes boshladingiz, kamroq bo’lsa-da, nimadir o’zgarish bormi, boshqa ishga o’tmang.

Menda ham shu xato bo’lgan: bir vaqtning o’zida ham rahbar, ham ustoz, ham bir nechta bo’lim boshlig’i bo’lishga uringanman va natija nol bo’lgan.

Keyinroq bitta yo’nalishga tushib oldim va alhamdulillah, yaxshi natijalar bo’lishni boshladi.

Siz esa men kabi bo’lmang, diqqatni bir tarafga qarating va davom eting. Natija bo’lishni boshlaganda o’zingizga o’zingiz rahmat aytasiz.

📌 @Iysoxon
5👍4❤‍🔥3💯2
Ba’zan insonga katta yordam shart emas.
Faqat bir og‘iz “Davom et!”, degan so’z kerak, xolos.

Agar sizga buni hech kim aytmayotgan bo‘lsa, men aytaman: Gazini bosing!

📌 @Iysoxon
🔥144❤‍🔥2👏2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍87🔥6❤‍🔥5💯3
Ustozlar bilan suhbat o’tkazganimda o’zimning eski xotiralarim yodga tushdi. Xatolar, xatolar va yana xatolar…

Har safar yangi xato va uni tuzatish ortidan hozirgi kunga yetib keldik. Turli sohada minglab o’quvchilar o’qitdik. Shukrki, moliyaviy tarafi ham shunga yarasha bo’ldi.

Agar menga qaytadan boshlaganingda nima qilgan bo’larding, deyilsa, buni 5 qadamda aytib berardim. Va bugun shuni videodarslik shaklida sizga taqdim qilyapman.

Videoni ko’ring. Onlayn darslaringizni qanday yo’lga qo’yish va daromadingizni oshirish qadamlarini bilib oling.

👉 Videodarsni tomosha qilish

Aytgancha, men endi YouTube’ga qaytyapman. Boshqalarga ham ulashib, izohlar yozib o’llab-quvvatlaysiz degan umiddaman. 🔥

📌 @Iysoxon
❤‍🔥7🔥42👍2
Kecha arab tili sohasida minglab o'quvchi yig'ayotgan do’stimiz bilan gaplashib qoldim.

Do’stimiz analiz xulosalariga tayanib aytishicha, O’zbekiston sharoitida 1,5 mln atrofida arab tili auditoriyasi bor va ularning 100-150 ming nafari to’lov qobiliyatiga ega.

Demak, O’zbekistonda 1000 nafar yaxshi ustoz bo’lganda ham bu talabni qondira olmaydi.

Bu faqatgina arab tili bozori haqida. Boshqa fanlar auditoriyasi esa bundan ham kengroq.

Shularni o’ylagan holda men ustozlar uchun loyiha boshlaganman. 🎓
Maqsadim — onlayn darslar orqali eng sharafli kasb egalari daromadini oshirish va minglab o’quvchilarga yetib borishlarida yordam berish.

👉 Agar siz ham ustoz sifatida o’sishni, professionallar safida bo’lishni istasangiz, bizning «Ustozlar jamiyati» ga qo’shiling.

Bunday imkoniyat har doim ham bo’lavermaydi. Ulgurib qoling! 🚀

Aytgancha, bu postni ustoz-yaqinlaringizga ham ulashib qo'ying, ular ham yangilikdan xabar topishsin. 🙂

📌 @Iysoxon
👍8❤‍🔥22🔥1🤝1
Channel name was changed to «Iysoxon Yahyo | Qaydlar»
«Barchamiz tuproqqa aylanajakmiz. Va tanimizda Vatan yashayajakdir»

Mustaqillik kuning, 34 yoshing muborak, Vatanim! 🇺🇿

📌 @Iysoxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏8👍54🎉4❤‍🔥3
U kuniga 7-8 soat kimgadir ishlashdan qochib, biznes boshladi. Va 24/7 ish formatiga o’tdi…

📌 @Iysoxon
🔥116❤‍🔥2👍1
Odatda imkon qadar bir xil kiyinishga harakat qilaman. Sabab — ertalabdan mayda narsalarni o’ylashga energiya sarflamaslik.

Chunki energiya cheklangan. Uni “bugun nima kiysam yoki nima yesam?”ga ham, jiddiy masalalarga ham ishlatishingiz mumkin. Tanlov o’zingizda.

📌 @Iysoxon
👍135❤‍🔥2
Biror ishga ketadigan vaqtni aksar holatda o’zimiz belgilaymiz — chegara miyamizda, xolos. Bir soat desak, bir soatda bitadi, besh kun desak, besh kun.

Menda darslik tayyorlash yoki kontentlar masalasida shunday bo’ladi: 3 kun vaqt olaman va 3-kuni 4-5 soatda tayyorlab qo’yaman.

Kecha ham ichimda bir narsa «ulgurmaysan, keyinga qoldir», dedi. Lekin o’zimni majburlab @ustozlar_jamiyati uchun 2 ta katta darslik va bir nechta reklama videolarini tayyorladim. Yigitlar bilan suratga olishni ham yakunlavordik, shukr.

Demak, vaqt belgilashda tezda bitirib qo’yish mumkinligini hisobga olishim kerak ekan. )

📌 @Iysoxon
👍83❤‍🔥1
"O’rganib qo’ysang, yaxshi", deyishadi. Umrim ming yil emaski, har narsani ham o’rganaversam.
Eng muhimini tanlay olishim — haqiqiy g’alaba.

📌 @Iysoxon
👍115❤‍🔥2
Qo’qonlik yosh bloger yigit bor edi. Yaxshi tanimasdim, lekin media bo’yicha mutaxassis deb bilardim. Shu yigit vafot etibdi. Alloh rahmatiga olsin!

Menga berilgan vaqt ham qachon va qayerda tugashini bilmayman. Oxirgi paytlarda ko’p o’ylantiradigan narsa shu savol bo’lyapti:
Ulguramanmi?

Bilmadim, lekin to’xtamasligim, to’xtamasligimiz shart…

📌 @Iysoxon
7❤‍🔥4👍1💯1
O’zim minglab dollar to’lagan bilimlarni sizga bepul o’rgatishga tayyorman.

Faqat:
— SMM yoki boshqa zamonaviy kasblardan birini bilsangiz;
— Chatplace va shu kabi chatbotlarni ishlata olsangiz;
— eng muhimi tez o’zlashtirish qobiliyatiga ega bo’lsangiz, sizni assistentlik vazifasiga taklif qilaman.

Ish Toshkentda, oflayn bo’ladi.
Bugun assistent bo’lasiz, kelajakda o’zingiz mustaqil loyiha boshqara oladigan mutaxassisga aylanasiz.

O’sishga tayyorman desangiz, kechiktirmang — darhol 👉 ariza qoldiring.

Shunday insonni tanisangiz yoki blogingiz bo’lsa, ulashib qo’yavering. Tekin-ku. :)
🔥9❤‍🔥11👍1
Narkotikdan kuchliroq narsa bor. Bu — sayohat.
Turlari ham ko’p: mashinada, avtobusda yoki samolyotda.

Eng yomoni va kuchlisi samolyotdagisi.
Bir deganda o’ziga o’rgatib qo’yadi. Shu bilan qutula olmaysan. Bor pulingni shunga sarflab yuborishing, hatto qarz olib sarflaydigan bo’lib qolishing mumkin.

Ehtiyot bo’l, o’rganib qolma. Keyin usiz yashab bo’lmaydi… )

📌 @Iysoxon
❤‍🔥6👍4🔥32
Faqat maydonda urushgan inson jangchi bo’lmaydi.

Aslida har bir erkakning ruhida jangchi yashashi kerak.
Bu ruhiyat uni oldinga yetaklaydi. Yonib yashashga majbur qiladi.

Ichingdagi jangchini o’ldirib qo’yma.

📌 @Iysoxon
9💯4❤‍🔥3👍2
Eng yomon ko‘rgan narsam — «ignor» qilinish.

Ishi ko‘p odamlarni tushunaman. Lekin yoningizda ishlab turgan yoki muzokara qilayotgan inson birdan yo‘qolib qolsa, uzoq vaqt xabarlarga javob bermasa, miyam portlaydi.

Bunday holat sabab bir necha marta pand yedim, loyihalarim ortga ketdi. Shu uchun hozir kim bilan ishlasam, "bir-birimizga tezroq javob beramiz", deb kelishib olyapman.

Siz bilan ishlasak, meni ignor qilmang. Aks holda urushib qolamiz. :)

Aytgancha, vakansiya yopildi, anketani to’ldirgan hammaga rahmat.

📌 @Iysoxon
🔥8👍42❤‍🔥1
Ertalabda reklama chiqib qoldi, mazmuni:
“Target, mobilografiya va SMM kursida o‘qib, haliyam daromad qilolmayapsizmi?
Men sizga bitta bepul dars beraman va siz oyiga 5000$ daromadga chiqasiz”.

Nima? 😳
Bitta dars va oyiga $5000? Hazillashyapsizmi?

Sohada yillab yurgan va o‘rtacha $50 000 lik zapusk qiladiganlar ham oyma-oyiga hisoblasa, 5000$ sof foyda topmaydi.
Reklama yozishda har bir jumla ahamiyatli, har bir so‘z muhim. Sal e’tiborli bo’lish kerak deb o’ylayman.

Sohamda shunaqa «mutaxassis»lar borligidan uyalib ketaman ba’zida…

📌 @Iysoxon
10👍9🔥4❤‍🔥1
Nihoyat, ustozlar uchun yana bir darslik tayyor bo’ldi. 🎉

Bilasiz, o’quvchi yig’ish oson emas. Reklamaga ko’p pul ketib qoladi. Lekin minimal byudjet bilan ham bir oyda 100 ga yaqin o’quvchi yig’ish mumkin.

Buni qanday qilganimizni darslikda batafsil tushuntirib berdim.

Videoni ko’ring, amalda qo’llang va natijaga erishing. 👇

👉 https://youtu.be/XZKVAnZSW10
🔥114💯3❤‍🔥1👍1
Jim bo’lib qoldi deb o’yladingizmi? 😉

Yo’q, men yana bir darslik tayyorlab keldim. Bu safar onlayn darslarni yangi boshlagan ustozlar qiladigan eng katta xatolar haqida.

O’zim shu xatolarni qilib, minglab dollarni havoga sovurganman. Sizda ham shu takrorlanmasligi uchun videodarsni ko’ring. 👇

👉 https://youtu.be/fWD20EnJzl0
👍73🔥3❤‍🔥1
2025/10/17 20:05:01
Back to Top
HTML Embed Code: