Telegram Web Link
Kitob tumanida navbatdagi ochiq sayyor sud majlisi o‘tkazildi

Bugun Kitob tumani Madaniyat saroyida Jinoyat ishlari bo‘yicha Kitob tumani sudi tomonidan keng jamoatchilik ishtirokida ochiq sayyor sud majlisi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda tuman prokuraturasi va boshqa vakolatli organlar xodimlari, shuningdek, jamoatchilik faollari hamda mahalliy aholi vakillari ishtirok etdi.

Sud majlisida 15 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik holatlari ko‘rib chiqilib, har bir ish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli jazo choralari belgilandi.

✔️ Ma’lumot o‘rnida: ushbu ochiq sud majlisiga huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan hamda probatsiya nazoratidagi yoshlar ham jalb qilindi. Bu orqali yoshlar ongida qonunlarga hurmat, jinoyat va huquqbuzarliklar oqibatlari, jazoning muqarrarligi haqida tushuncha berish, profilaktik ishlarni kuchaytirish maqsad qilingan.

Yoshlar tarbiyasi va huquqiy madaniyatini oshirish har bir davrning dolzarb masalasi bo‘lib qolmoqda. Shunday ochiq va amaliy sud majlislari ularni qonunlarga itoatkorlik ruhida tarbiyalashda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Shu kabi tadbirlar Kitob tumanida kelgusida ham tizimli tarzda davom ettiriladi.
⚡️Xushxabar

Shahrisabz, Kitob yo'nalishida yangi avtobuslar qatnovi yo'lga qo'yildi

Xabaringiz bor Choshtеpa mahallasi hududida G'iyosxon Yusupov boshliq "Abduzafar hamkor" MCHJ tomonidan qiymati 20 mlrd so‘mlik xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo'laylik yaratish maqsadida PIT-STOP o‘ndan ortiq xizmat turlarini qamrab olgan loyiha rejasi amalga oshirildi. Hozir korxonada mehmonxona, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, restoran, avtoturargoh, ko‘p tarmoqli yoqilg‘i qo‘yish shahobchalari aholiga sifali xizmat ko'rsatmoqda.

O'tgan yili korxona tadbirkor tashabbusi bilan Xitoy davlatidan 20 dona "AsiaStar" avtobuslari kеltirilgandi. Shahrisabz shahar hokimligining bеvosita rahbarligida zamonaviy bеkatlar qurilib foydalanishga topshirildi.

Bugun mazkur avtoshohbеkat hovlisida yangi avtobuslarni foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirni viloyat hokimi Murotjon Azimov kirish so'zi bilan boshlab, yig'ilganlarga yo'lovchilarni uzog'ini yaqin qilish maqsadida kеltirilgan avtobuslarning qulayliklariga to'xtalib, haqiqatdan ham mazkur yo'lovchi tashish avtobuslarida zamonaviy, elektron to‘lov tizimi, yo‘nalishlarni eslatib turuvchi audio, vizual axborot, videokuzatuv, kondisionеr hamda nogironlar uchun alohida uskunalar o'rnatilganligini ta'kidlab, barchani ushbu quvonchli kun bilan muborakbod etdi.

Tadbirda Shahrisabz shahar hokimi Shеrzod Bo'riyеv, viloyat va shaharfaollari, nuroniylar, mеhnat faxriylari, yoshlar, jamoatchilik  vakillari, OAV xodimlari ishtirok etishdi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉 https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚨 NOQONUNIY JARIMALARDAN CHARCHADINGIZMI?

⚖️ Endi sizda ularni BEKOR QILISH imkoni bor!

📝 Biz siz uchun:
– Multa Radar 📸
– 3 oyoq (трехножка)
– Beton va simyog‘och 🧱
– Muddatni tiklash 🕒
– 10 mln * so‘mgacha zarar undirish 💰

📄 Bularning barchasi bo‘yicha SUDGA TAQDIM ETILADIGAN ARIZA tayyorlab beramiz!

📲 Botga kirib ariza bering: @JarimaBekorQilishBot
👨‍💻 Savollar uchun admin: @jarimaadmin
Kitob tumanida Qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashgʻuloti oldidan tayyorgarlik seminari oʻtkazildi

Joriy yilning 25–26 iyul kunlari Kitob tumanida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashgʻuloti oldidan, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirokida tayyorgarlik tadbiri boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbir Kitob tuman hokimligi binosida oʻtkazilib, unda Favqulodda vaziyatlar, mudofaa, tibbiyot, yongʻinga qarshi kurash, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa tegishli xizmatlarning tuman boʻlinmalari rahbarlari va mutasaddi vakillari ishtirok etdi.

Seminarda asosiy e’tibor:

▪️fuqarolar va hudud xavfsizligini ta’minlash;

▪️favqulodda vaziyatlarga tezkor va muvofiqlashtirilgan tarzda javob berish;

▪️har bir xizmatning oʻziga yuklatilgan vazifalarni aniq bajarishini ta’minlashga qaratildi.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari mashgʻulotlarning maqsadi, oʻtkazilish tartibi, hamkorlikdagi harakatlar algoritmi hamda real favqulodda holatlarda xizmatlararo muvofiqlashtirish mexanizmlari yuzasidan batafsil maʼlumotlar berdi.

Tadbir yakunida Qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashgʻuloti chogʻida har bir xizmat bajarishi lozim boʻlgan aniq vazifalar belgilab berildi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚨 YANGI TURDAGI .APK VİRUS TARQALMOQDA!

🛑 So‘nggi kunlarda “2025 DTM JAVOBLARI.apk” nomi ostida xavfli va firibgar dastur tarqatilmoqda!

🧪 ZIRH BOT tomonidan o‘rganilganda:
⚠️ 31 ta xavfli komponent aniqlandi
Phishing yoki firibgarlik dasturi sifatida tasdiqlandi

📛 Ushbu faylni:
• OCHMANG!
• YUKLAMANG!
• HECH QANDAY ma’lumot (raqam, kod, ruxsat) kiritmang!
• DO‘STLARINGIZGA ULASHMANG!

🛡 Eslatma: bunday fayllar qurilmangizni buzishi shaxsiy ma’lumotlaringiz yoki Telegram profilingizni o‘g‘irlashi mumkin.

Guruhlaringizni himoya qiling — @ZIRH_BOT ni admin qiling
Firibgarlik, spam, virusli fayllar avtomatik aniqlanadi va guruh a'zolari himoyalanadi!

📢Barchaga tarqating!
🛡
@ZIRH_BOT — Telegramdagi xavfsizlik qalqoni!

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Xavfsiz mahalla — barqaror hayot:
Kitob tumanida chorak yakunlari tahlil qilindi


Kitob tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan PQ-1-sonli qaror ijrosini ta'minlash yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi Rustam Gafurov, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, mahalla raislari hamda hokim yordamchilari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda 2025-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, uchinchi chorakda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Xususan, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka olib kelayotgan omillarni bartaraf etish, aholining huquqiy ongi va faolligini oshirish borasida amaliy choralar belgilab o‘tildi.

Ta’kidlash joizki, qaror ijrosi doirasida mahallalarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va profilaktik tadbirlarni tizimli yo‘lga qo‘yish eng asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
🇺🇿 Kitob tumanida "Jasorat maktabi"ga tanlov asosida qabul boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi PQ–393-sonli qaroriga asosan, har bir tuman (shahar)da bittadan umumiy o'rta ta'lim maktabi negizida “Jasorat maktabi” tashkil etilishi belgilab berilgan edi.

📍 Mazkur qaror ijrosi doirasida Kitob tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabiJasorat maktabi” etib belgilandi.

📑 Ma'lumot o'rnida, ushbu maktabda o‘qish istagini bildirgan 128 nafar o‘quvchi-yoshlarning arizalari qabul qilindi. Ulardan 106 nafari Qarshi shahridagi Olimpiya va Paralimpiya sport turlari markazida test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirishdi.

Bugun esa, tumandagi ko'plab tashkilot mas’ul vakillari ishtirokida o'tkazilgan jismoniy tayyorgarlik sinovlari jarayonida yosh sport ustalari o'zlarining iqtidorlarini munosib namoyish etishdi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Kitob tumanida “Mahalla ligasi” sport musobaqalari qizg‘in davom etmoqda

Kitob tumanida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan “Mahalla ligasi” sport musobaqalari katta shijoat bilan davom etmoqda.

Musobaqalarda 30 yoshdan yuqori bo‘lgan turli kasb egalari, mahalla faollari va sportga mehr qo‘ygan fuqarolar faol ishtirok etishmoqda. Ular sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka kabi yo‘nalishlarida o‘zaro bellashib, jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy harakatlardagi layoqatlarini namoyon etmoqdalar.

Musobaqalar nafaqat sog‘lom raqobat muhitini yaratmoqda, balki mahalla faollarining o‘zaro hamjihatligini mustahkamlash, ijtimoiy faollikni oshirishga ham xizmat qilmoqda. Ishtirokchilarning aytishicha, bunday tadbirlar ularga sog‘lig‘ini mustahkamlash va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish imkonini bermoqda.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
2025/10/20 00:32:04
Back to Top
HTML Embed Code: