Telegram Web Link
Viloyatimiz hokimi Kitob tumani fuqarolari bilan onlayn muloqot o‘tkazdi

Bugun Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul jarayoni zamon talablariga mos ravishda ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda tashkil etildi.

Mazkur muloqotda Kitob tumani fuqarolari ishtirok etib, o‘zlarining muammo va takliflarini viloyat rahbariga bevosita yetkazish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Qabul davomida yer ajratish, ichimlik suvi, bandlik, uy-joy va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Viloyatimiz rahbari har bir murojaatni alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqib, masalalarni joyida hal etish yoki tegishli mutasaddilarga topshiriq berish orqali yechim topishga harakat qildi.

Bunday ochiq va bevosita muloqotlar fuqarolarning muammolarini hal qilishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu esa hududlarda aholi bilan ishlash sifatini oshirish, ularning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim omil sanaladi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Kitob tumanida bo‘lib o‘tgan “Hokimlik soati”da dolzarb masalalar muhokama qilindi

Kitob tumani hokimligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Rustam Gafurov rahbarligida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, yo‘l infratuzilmasidagi kamchiliklar, shuningdek, yoshlar bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilindi. Har bir masala yuzasidan tegishli tashkilot va soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi hamda ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Bundan tashqari, Prezidentimizning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida ilgari surilgan ustuvor vazifalar, shuningdek, viloyat hokimi tomonidan belgilab berilgan yo‘nalishlar ijrosi yuzasidan ham tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Tadbir yakunida hokim tuman hayotidagi har bir soha bo‘yicha ishlashda faollik va javobgarlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉 https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍Kitob tumanida Mahallani qo‘llab-quvvatlash Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Kitob tuman hokimligida Mahallani qo‘llab-quvvatlash Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Rustam Gafurov boshchiligida mas’ullarimiz, tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla tizimi vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan mahalla institutini rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni joyida hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning birinchi yarim yillik yakunlari muhokama qilindi.

Kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

▫️mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlarni aniqlash va ularning oldini olish;

▫️ishsizlik, kambag‘allik, oilaviy ajrim va tashqi migratsiyaning oldini olish bo‘yicha tizimli yondashuvni shakllantirish;

▫️muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish orqali aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish;

▫️“Mahalla yettiligi” faoliyatini kuchaytirish hamda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash.

Yig‘ilish davomida mas’ullar tomonidan mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan axborotlar berildi.

Tuman rahbari tomonidan aniqlangan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, “Mahalla yettiligi” faoliyatining samaradorligini oshirish va bu orqali aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan rejalar muhokama qilindi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻquv mashqi

Fuqarolarni favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmasini shakllantirishda soha xodimlari tomonidan tashkil etib kelinayotgan amaliy mashg‘ulotlarning ahamiyati beqiyos.
Shu maqsadda, Kitob tumanidagi Avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulot rejasiga ko‘ra, shoxobcha hududida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli favqulodda vaziyatlarda ishchi-xizmatchilarining tayyorgarligi tekshirilib, avariya va uning oqibatlarini bartaraf etishdagi harakatlari sinovdan o‘tkazildi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉 https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Masullarimiz aholi bilan muloqotda!

Xabaringiz bor, haftaning har payshanba kuni Kitob tumanida barcha mas
ullar hamda barcha tashkilotlar ishtirokida fuqarolar qabuli doimiy otkazilib kelinadi. Ananaga muvofiq, bugun ham Xalq qabulxona binosida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi. Unda tuman hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi masullar aholimiz muammolariga quloq tutishdi.

Uchrashuv davomida tumandoshlarimizdan 30 dan ortiq turli mavzudagi murojaat va takliflar kelib tushib, ularning har biri bo
yicha tegishli soha vakillarining nazorati taminlandi.

➡️Albatta, joylarda xalq bilan tashkil etilayotgan bu kabi ochiq muloqotlar mavjud muammolarning o
z vaqtida hamda manzilli hal etilishiga xizmat qiladi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
1 августдан педагоглар қуйидагича оширилган миқдорда ойлик маош оладилар

Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида»ги 02.06.2025 йилдаги ПФ-91-сон фармонига мувофиқ, 2025 йил 1 августдан бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи миқдори 10 фоизга оширилди.

Фармонга мувофиқ, педагоглар 2025 йил 1 августдан қуйидагича оширилган миқдорда ойлик маош оладилар:

Мактаб директори:
• 5 млн 166 минг 485 сўм (400 ўқувчигача);
• 5 млн 516 минг 559 сўм (401-880 ўқувчигача);
• 5 млн 849 минг 691 сўм (881-1600 ўқувчигача);
• 6 млн 187 минг 933 сўм (1600дан ортиқ);
Директор ўринбосарлари: (ММИБДЎ, ЎТИБДЎ)  
• 4 млн 825 минг 345 сўм (400 ўқувчигача);
• 5 млн 166 минг 485 сўм (401-880 ўқувчигача);
• 5 млн 516 минг 559 сўм  (881 -1600 ўқувчигача);
• 5 млн 849 минг 691 сўм (1600дан ортиқ);
Директорнинг хўжалик ишлари бўйича ўринбосари:
• 1 млн 957 минг 858 сўм (400 ўқувчигача);
• 2 млн 233 минг 302 сўм (401-880 ўқувчигача);
• 2 млн 322 минг 127 сўм (881 -1600 ўқувчигача);
• 2 млн 515 минг 091 сўм (1600дан ортиқ);
Психологлар:
• Олий маълумотли психолог – 3 млн 356 минг 916 сўм;
• Иккинчи тоифали психолог – 3 млн 594 минг 851 сўм;
• Биринчи тоифали психолог – 3 млн 838 минг 851 сўм;
• Олий тоифали психолог – 4 млн 72 минг 508 сўм;

Ўқитувчилар:
• Ўрта махсус маълумотли ўқитувчи – 3 млн 468 минг 585 сўм;
• Олий маълумотли ўқитувчи – 3 млн 729 минг 906 сўм;
• Иккинчи тоифали ўқитувчи – 4 млн 175 минг 834 сўм;
• Биринчи тоифали ўқитувчи – 4 млн 653 минг 151 сўм;
• Олий тоифали ўқитувчи – 5 млн 142 минг 053 сўм;
Кадрлар бўйича менежер:
1 млн 758 минг 372 сўм
Кутубхона мудири:
• Ўрта махсус маълумотли – 2 млн 349 минг 447 сўм;
• Олий маълумотли – 2 млн 563 минг 442 сом

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉 https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ёлғиз ота-оналарга мактабгача таълим хизмати учун моддий ёрдам

Ҳукумат қарорига асосан, камбағал оилалар реестрига киритилган ва расмий иш жойига эга бўлган ёлғиз ота ёки онага ижтимоий шартнома асосида мактабгача таълим хизматидан фойдаланиши учун моддий ёрдам ажратилади.

Базавий ҳисоблаш миқдорининг (БҲМ) 1,5 бараваригача моддий ёрдам:
3 ёшгача бўлган фақат 1 нафар фарзанд учун берилади. Агар фарзандлар эгизак бўлса, ҳар бирига алоҳида тўланади.

📝 Мурожаат қилиш учун:
“инсон” марказлари;
давлат хизматлари марказлари;
ижтимоий ходим ёки my.gov.uz орқали;
ёки “Ягона миллий ижтимоий ҳимоя” ахборот тизими (ЯМИҲ АТ) орқали ариза топшириш мумкин.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉 https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
📢 OPENBUDGET UЧУН ОВОЗ ЙИҒИШ ХИЗМАТИ!

Тезкор ва ишончли овоз йиғиб берамиз!
💰 Келишилган нархларда хизмат кўрсатамиз!
🤝 Овоз йиғиб берадиганларни ҳамкорликка таклиф қиламиз!

🎯 Сиз учун махсус!
🔹 Овоз йиғиш учун махсус Telegram бот ҳам ишлаб берамиз!

📩 Мурожаат учун: @milliyteam_support

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Болаликни эслаймиз Ҳолватар рецепти

Яқинларга юбориб қўямиз!

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉 https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Расман: ўзбекистонликлар уйдан чиқмаган ҳолда кредит ва ўқиш шартномаси суммасининг 12% қайтариб олишлари мумкин

Узоқ вақтдан бери ҳамма 12% «кэшбэк»ни қайтариш учун декларация топшириш имкониятига эга. Буни уйдан чиқмасдан my3.soliq.uz сайти ёки солиқ иловаси орқали амалга ошириш мумкин.

📌 Шартнома ва тўлов чекларини бириктириш зарур. Контракт, боғча ва мактаблар учун тўлов, шунингдек ипотека кредитларини тўлаш учун қайтарма олиш мумкин.

ТУШУНМАГАНЛАР УЧУН @ZOIROVS_BUXGALTERIYA ОЛИБ БЕРАДИ

САҚЛАБ ОЛИНГ ВА ЯҚИНЛАРГА ҲАМ УЛАШИБ ҚЎЙИНГ.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉 https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
2025/10/19 20:48:40
Back to Top
HTML Embed Code: