Telegram Web Link
Assalomu alaykum
#Taqriz #Xulosa #Odoblar_xazinasi_2_juz
Imom Buxoriy hazratlarining mashhur "Al-Adab Al-Mufrad" asari, Islom odob-axloqining Qur’on va hadislarga asoslangan mukammal talqinidir. Uning ikkinchi juzi, xususan, til odoblari va muomaladagi axloqiy mezonlarga bag‘ishlangan bo‘lib, hozirgi jamiyatda dolzarb muammolarni yechim beradi.
Bu kitobda, til bilan bogʻliq xatoliklar – laʼnatlash, soʻkish, yomon soʻz aytish kabi holatlar keng muhokama qilinadi. Ayniqsa, laʼnat soʻzining asl maʼnosi — Allohning rahmatidan uzoqlashtirish ekani — chuqur ma’noda tushuntiriladi. Bu faqatgina shunchaki ogʻizdan chiqqan soʻz emas, balki ruhiy ta’sir kuchiga ega xavfli duodir. Hadislarda ta’kidlanganidek, la’nat kimga loyiq bo‘lsa unga yetadi, aks holda aytuvchiga qaytadi. Asarda rahm-shafqat, insonlar va hayvonlarga mehr bilan munosabatda bo‘lish, bemorni koʻrgani borish va unga dalda berish.

"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir a'robiyni koʻrgani kirdilar va: " Hechqisi yoʻq, Inshaalloh, bu poklanish", dedilar.
Shunda a'robiy:" Yoʻq! Bu qari cholga uni goʻrga tiqish uchun qoʻziydigan istima", dedi.
" Unda shunday boʻla qolsin", dedilar".
Bunday paytlarda musulmon odamga to'g'ri kelmagan sabrsizlikka olib boradigan gaplarni gapirmaslik kerak ekan. Qiyinchilik kelganda ham sabr qilish mo'min musulmon uchun savob olish yo'lidur.

Har bir mavzuning hadislarga tayangan asosli yondashuvi, bu kitobni islom axloqi va ijtimoiy muomala adabiyotlari orasida alohida o‘rinli qiladi. Asarni o‘rganish, ayniqsa talaba-yoshlar va targ‘ibotchilar, yosh onalarimiz uchun foydali ilmiy manbadir.

#Dilnozaxon
🔥32🤔1😇1
Bismillahir roxmanir roxim.
#Taqriz #Xulosa #Odoblar_xazinasi_2
Shayx muhammad sodiq muhammadyusuf hazratimizning odoblar hazinasi  deb nomlangan sharhi asos bolgan Al -adab al- mufrad kitobi mashhur vatandoshimiz imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buhoriy rahmatullohi alayhning kitoblaridir, Allohga behisob xamdlar bo'lsin ushbu jamil kitob bilan tanishishni nasib qildi. Ha bugungi kunda texnalogiyalarda rivojlanishda insoniyat olg'a ildanmoqda lekin ming  afsuski odob axloq borasida shuncha orqaga ketmoqda menimcha, o'zlarini madaniyatlilardanmiz deydiganlarning nimalar qilayotganini ko'ryabmiz eshityabmiz biz musulmonlarniki ham afsuski maqtagulik emas albatta bu Qurondan sunnatdan uzoqlashganimizdandir. Shayximizning ushbu asarlari bugungi kunimizda biz musulmonlar ayni kunda muhtoj bo'lgan odoblarni kitobxonga go'zal tarzda tushintiriladi, asarda husnixulqli bo'lish, lanatlovchi bo'lmaslik,  ziyorat qilish odoblari, arazlashishning yomonligi, tildagi gunohlar, bemorlik sabr qilish odoblari vahakozolarni o'z ichiga olgan va ularni shariatimizga muvofiq muolaja qiladi. Asar har bir musulmonni qalbidan joy oladi degan umitdaman barcha muslim va muslimalar yosh toifasiga mos asar ekan hammaga o'qib chiqishlarini tafsya beraman.
Alloh ilm yo'lida xizmat qilayotgan musulmonlardan rozi bo'lsin Amin.

Jo'rabek @KitobxonUz
🔥1🤔1😇1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xulosa
#Odoblar_xazinasi_2
Bismillah...
"Odoblar xazinasi" faqatgina asar emas, bu-ruhiy tahoratdir. Namoz oldidan tahorat qilganimiz kabi, qalbning tahorati esa odobdir. Har bir bobda Shayx hazratlari bizga ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin Allah nazdida eng buyuk bo‘lgan odoblarni birin-ketin ochib beradilar.Kitobda ota-onaga hurmat, qo‘shniga munosabat, bolalarga mehr-muhabbat, begonalarga muomala kabi mavzular zamonaviy hayotimizning asosiy muammolari bilan uzviy bog‘langan holda yoritilgan. Ayniqsa, har bir mavzuning Qur’oniy ildizlari va Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning siyrati bilan mustahkamlanganligi asarni sahih manba maqomiga ko‘taradi.Shubhasiz, bu asar har bir musulmonning kutubxonasida bo‘lishi shart bo‘lgan bebaho xazina. Undan bahramand bo‘lish, uni hayotga tatbiq etish nafaqat bir inson uchun, balki butun jamiyat uchun zaruratdir. Rosulluloh sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning eng yaxshilaringiz axloqi yaxshilaringizdir", degan hadislarini har safar yodga olganda, Shayx hazratlari yozgan bu bebaho merosning ahamiyati yanada oshadi. Zero, musulmon faqat namoz o‘qib, ro‘za tutish bilangina emas, balki go‘zal odobi bilan ham mukammal bo‘ladi.Imom G‘azzoliy rohmatullohi alayhning "Ihyou ulumiddin" asarlarida "Odob-iymonning yarmini tashkil qiladi", deya ta’kidlagan edilar. Shayx hazratlari esa bu so‘zlarni amalda jonlantirdilar.Bugungi axloqiy tanazzul, nafosatning so‘nishi, jamiyatda hurmatsizlikning kuchayishi-bularning barchasi aslida odobning unutilishi natijasidir. "Odoblar xazinasi" esa bizni asl ildizimizga - Qur’on va Sunnat asosidagi musulmonlik odoblariga qaytaradi.Men shaxsan ushbu asarni o‘qib, har bir sahifada o‘zimni hisob-kitob qilayotganimni his qildim. Har bir nasihat, har bir hikmat "Men bunga amal qilyapmanmi?", "Rosulullohning sunnatlarini hayotimda jonlantiryapmanmi?" degan savollarni uyg‘otdi.Odob-bu insonni inson qiluvchi fazilatdir. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning "Men go‘zal xulqlarni kamoliga yetkazish uchun yuborildim", degan muborak hadislarini eslaganimizda, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Odoblar xazinasi" asari naqadar zarur va bebaho ne’mat ekani yana bir bor ayon bo‘ladi.Asarning 2-qismi- bu zamonamizning axloqiy kompasidir. Undagi har bir bob, har bir sahifa Qur’on va Sunnat asosida, ilmlarning eng toza manbalaridan olingan.Allah taolodan Shayx hazratlariga rahmatlar tilaymiz.U zot bu asar orqali bizga odobi bilan yuksaladigan ummat bo‘lish eshigini ochib berdilar. Endi esa navbat bizda o‘qish, amal qilish va bu odoblarni avlodlarga yetkazish bizning zimmamizdagi mas’uliyatdir.Odob bor joyda Allahning nuri bor. Odob bor joyda Rosulullohning izi bor. Odob bor joyda haqiqiy musulmon bor.Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
#Farangiz
1❤‍🔥1👍1🔥1🤔1🕊1😇1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Аллоҳга яқин бўлсанг,

Бошқалардан узоқ бўлганинг зарар бермайди.

📚@kitobxonuz
1
Bismillahir Rohmani Rohim.
Assalomu Aleykum Rohmatullohi Vabarakatuh.Olamlarning Robbi Allohga Hamdu Sanolar Bolsin .Habibimiz Muhammad Mustafa Sollolohu Alayhi Vasallam ga ahli baytlariga duru Salovatlar bolsin .

Xulosa :
#Xulosa #Odoblar_xazinasi_2

Imom Buhoriy Rahmutullohi Alayhning Al - Adab Al- Muhrad "Odoblar Hazinasi" deb tarjima qilgan Shayx Hazratlarining kitoblari oqir ekan man 1 v 2 qismlari da o'zim uchun olgan hulosalarim juda kop .Bu ma'lumotlarni boshqa kitoblarda Hususan Din peshvolaridan Ijtimoiy Tarmoqlar orqali eshitgandim va Yaqinda Shayx Hazratlarining " Ishtimoiy Odoblar kitobidan "ma'lum hadislarni oqigan edim .Bu kitob nomi bilan "Odoblar Hazinasi "emas ekan Bu kitobni sotib olish va oqish niyattim bor edi avvaldan Allohga Shukr oqiyapman Inshaalloh unga Amal ham Qilish nasib ham etsin .
Bu kitob orqali juda kop odoblarning fazilatlarini , hikmatlarini ,Ajrlarini o'rgandim ulardan asosiy o'zim uchun hulosa va yangilik bolgan odoblar va Siyrat haqidagi ma'lumotlarni aytmoqchiman .

Alloh uchun bir birini 2insondan qay biri koproq yaxshi ko'rsa Allohning oldida Ajri kopligi .

Bemor insonni Ayol kishi bo'lsa erkak kishi ham ko'rgani borishi , erkak kishi bemor bo'lsa ayol kishi korgani borishi ( men uchun eshitmagan yangi odoblar dan biri hisoblandi ) chunki men bu notogri ish deb oylar dim . Rosulluloh Sollolohu Alayhi Vasallam borganliklari kitobda bayon qilingan.

Uy qurush unga zeb berishda ham ma'lum chegaralar borligiga oqib guvohi boldim . Rosulluloh Sollolohu Alayhi Vasallam ham sahobalari ham boyoqlar yordamida uylarni bo'yab ta'mirlashgani keltirilibdi .

Ikki inson bir biri bilan sokishsa unga javob qaytarmaganiga Farishtalar javob qaytarishi haqida avval eshitmagan edim.Agar 2kishi ham javob qaytarsa farishtalar oldilaridan ketishi ni ham eshitib men uchun ibrat oladigan odob hisoblandi .

Siyratdan bilmaganlarimdan Hajjoj ibn Yusuf Sakafiy ning Islom olamida " Hajjoji Zolim "nomi bilan tanilgani haqida buyuk Sahobalardan Abdulloh ibn Zubayrning qatl etirgan shahs sifatida tanidim

Insonga vaqti kelganda obrusini tokadigan no togri gaplar aytganda ozini himoya qilib gap aytishi mumkin ligini bildim .
Oisha onamiz Zaynab onamizga aytganlarida Bu Abu Bakrning qizida deb tabassum qilganlari orqali bizga ibrat voqealar sifatida tarixga kirgan ekan .

Boshqalardan taqriz sifatida ozim uchun olgan hulosalarimni asosiy qismini bayon qildim yozsam bu oltin sozlarning adogi korinmaydigan tuyuldi. Inshaalloh boshqa insonlarga ham oqishni tavsiya qilaman .
Bizga Shunday merosni qoldirgan Imom Buhoriy dan va bu kitob shaklida kelishiga sababchi bolgan Shayx Hazratlaridan va boshqa tashkilotchilardan Alloh ozi Rozi bo'lasin 😊
@KitobxonUz
Muallif: Majidova Gulbahor Shuhratjon qizi
😇21
Bismillah
#Xulosa #odoblar_xazinasi_2

Alloh Taologa Hamdu sanolar
Paygʻambarimiz sallollohu alayhi vasallamga salovatu durudlar boʻlsin...

Odoblar xazinasi_ aynan hamma uchun birdek moʻljallangan axloqiy tarbiyaviy kitob bolib, unda yaxwi xulq, odob, insoniy fazilatlar, hayo,yowi kattalarga hurmat , yowi kichiklarga mehribonlik, bemorlarni koʻrgani boriwlik, bowqalar bn arazlawib yurmaslik, bemor bolgandagi ajrlar , kibr , hayo , duo qiliw odoblari haqida juda muhim malumotlar berilgan.

Odoblar xazinasi _ bu nomigagagina emas , mazmunan ham odob va axloq xazinasi boʻlib,
Insonlarga kerakli tarbiyaviy manba hisoblanadi.kitobni oqigan inson nafaqat yaxwi soz va iwlarni oʻrganadilar balki ularga amal qiliwni ham ozlariga odat qilib oladilar In shaa Alloh...
Kitob nafaqat oqitadi, balki tarbiyalaydi. Har bir voqeliklar saboq, ibrat, beradi kiwiga .

Odoblar xazinasi _ har bir oilada, har bir maktab , litsey , oliygohlar kutubxonasida boʻliwi kerak boʻlgan tarbiyaviy asar ekan.
Bu kitob har bir kiwini , chin insoniylik, halollik, axloq yoʻlida yetaklay oladigan bebaho meros hisoblanadi....

Wunday bebaho malumotlarni biliwimizga sababchi boʻlgan
Shayhimiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Alloh ulardan rozi boʻlsin....


Xusni_Jamalovna.
@KitobxonUz
😇1
Жумъа кунги суннатлар

🌷Ғусл қилмоқ
🌷Хушбўйлик суртмоқ
🌷Мисвак ишлатмоқ
🌷Чиройлик кийинмоқ
🌷Каҳф сурасини ўқимоқ
🌷Масжидга эрта бормоқ
🌷Саловат айтмоқ
🌷Дуо қилмоқ
@KitobxonUz
Bismillahir Rohmanir Rohiym

Xulosa....
#Odoblar_xazinasi 2-juz
Shayximiz ijodlariga mansub boʻlmish "Al-adab al-mufrad" kitobi hamma kitoblardan boshqacha ruhda yozilgan ijodiy mahsul asar hisoblanadi.Kitob Imom Buxoriyning hayot yoʻllari,
ijodlari-yu asarlari
safarlardan tortib
savdo sotiq ishlarigacha qamrab olgan.
Bu koʻrinish kitobxonni yana ham dinini chuqur oʻrganishga
ulamolarimiz qanday amallar qilgani va ilm mashaqqatlarini ipidan ignasigacha anglash
tushunish
va tafakkur qilishga
imkon beradi. Kitobdan shuni angladimki inson ruhi jasadi qanchalik kerak shular ila butun bo'lgani kabi bu asar ham insoniyatga shunchalik zarur ozuqadek hizmat qiladi.Men bu kitobni o'qidim deya olmayman . Chunki men bu kitobda yashadim. Imom Buxoriy qayerlarga safar qilgan bo'lsalar men ham safarda boʻldim. Bazan dilim ogʻrib unsiz yigʻlagan joylarim ham boʻldi. Insonni yana ham insoniyligini anglattiradigan -JANNAT OZUQASI deya olaman bir soʻz bilan aytganda kitobni.
1🔥1😇1
Bismillah.......
#TAQRIZ

SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF hazratlarining qalamlariga mansub boʻlgan "Odoblar xazinasi" 2-juzini oʻqir ekanman oʻzimdan oʻzim hafa boʻlib ketdim. Bu asar insonni yana ham dinini
oʻzligini
insoniyligini anglattiradigan Islomning yorqin namunasi desam adashmayman. Ha shunday. Bu kitobni oʻqigan har bir kitobxon diniga boʻlgan muhabbati sevinchi yana ham oshadi. Asosiysi inson uchun bu asar hidoyatga boshlovchi shamchiroq boʻlib hizmat qiladi. Men maslahat beraman har bir kitobxon bu kitobni qayta qayta oʻqishligini. Shuni ayta olamanki bu kitobni bir marta emas qayta qayta oʻqishlik insonni manaviyatini va madaniyatini va farosatini yana ham mukammalik sari yetaklaydi.
Zero haqiqiy moʻmin boʻlmoqchimisiz unda oʻzinggizga nimani ravo ko'rsangiz ikkinchi bir moʻminga ham shuni ravo ķoring. Hamjihatlikda gap koʻp. Gapim soʻnggida men shu kitobni oʻqishga sababchi boʻlgan "Ilm ziyo" tashkilotchilariga oʻz minnatdorchiligimni ham oʻzim ham oilam nomidan bildirib qolaman.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokotuh .......
Qosimjon qizi
@KitobxonUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎁📕🎁Bugun Sovrin loyiha @KitobxonUz da. 
📚📚📚1-10-dagi o'rinlarga Shayximizni Ixtiyoriy kitoblari beriladi.
«Одоблар хазинаси 2-китоби»  kitobidan test bo'ladi.
Savollar soni: 65 ta
Test kodi: ❗️161251❗️
Boshlanish vaqti: 21:50 ❗️
Tugash vaqti: ❗️23:00❗️
Test :❗️
@KitobxonUz❗️ga tashlanadi.
Javoblarni
@e_test2_bot ga pastagidek ro'yxatdan o'tib yuboriladi.

161251*1a2b3c4d5a...   64b65c
yoki
161251#1a2b3c4d5a...  64b65c

🟢65 ta javob bo'lishi shart. Bo'lmasa bot qabul qilmaydi.
Qo'llanma:
https://www.tg-me.com/Kitobxonuz/4191
❗️Eslatma bizda har 10/20 kunda 
#Kitobxonlik_Loyihalari o'tkazilmoqda.
Duolarizda eslab turing loyihamizda ishtirok etayotgan kitobxonlarni va jamiki hissasi tegayotganlarni🤲😇
🕊🌹
 https://www.tg-me.com/Kitobxonuz/15496 🕊☘️
🕊 Ilm-Ziyo 📚 pinned «🎁📕🎁Bugun Sovrin loyiha @KitobxonUz da.  📚📚📚1-10-dagi o'rinlarga Shayximizni Ixtiyoriy kitoblari beriladi. «Одоблар хазинаси 2-китоби»  kitobidan test bo'ladi. Savollar soni: 65 ta Test kodi: ❗️161251❗️ Boshlanish vaqti: 21:50 ❗️ Tugash vaqti: ❗️23:00❗️»
🕊 Ilm-Ziyo 📚
🎁📕🎁Bugun Sovrin loyiha @KitobxonUz da.  📚📚📚1-10-dagi o'rinlarga Shayximizni Ixtiyoriy kitoblari beriladi. «Одоблар хазинаси 2-китоби»  kitobidan test bo'ladi. Savollar soni: 65 ta Test kodi: ❗️161251❗️ Boshlanish vaqti: 21:50 ❗️ Tugash vaqti: ❗️23:00❗️
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh
Taqriz yoki Xulosani yozib yubormaganlarga yutuq berilmaydi deb yozganmiz. Keyin xafa bo'lish bo'lmasin.
Kitobni o'qigan har bir kitobxon ushbu kitob nima haqida ekanligi haqida yoritib bera oladigan Xulosa yoki Taqriz yozaoladi manimcha.
🔥2
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
#Taqriz
#Xulosa
#Odoblar_xazinasi_2_juz

Odoblar xazinasi 2 qismini o‘qigach, biz o‘rganib qolgan va ba’zida jahl ustida og‘zimizdan chiqib ketadigan “la’nat” so‘zining qanchalik og‘ir ekanini tushunib yetdim. Kitobda bu haqida ochiq aytiladi — bu so‘z bexavf emas, aksincha xavfli duo. Chaqimchilik haqida ham koʻplab maʼlumotlar bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam " Chaqimchi jannatga kirmaydi" degan ekanlar. Hozirgi kunimiz bu illat odiy holatga aylanib ulgurgan. Bunga misollar oʻz hayotimiz koʻrishimiz mumkin. Chaqimchi faqatgina bir kishini boshqasiga yomon koʻrsatib, shundan biror manfat olish bilan cheklanib qolmaydi. Chaqimchilik qilganda bir odamga ikkinchi odam haqida yomon xabar keladi. Natijada ikkinchi odam ham birinchi odam haqida yomon so'zlaydi shu tariqa bunday adovat butun jamiyatga tarqalib jamiyatning hamma aʼzosi bir-birini chaqadigan bir-biriga g'azab qiladigan va bir-birining orqasidan yomon gapiradigan bo'lib qoladi. Mana biz unchalik etibor bermaydigan illat qanchalik keng yoyilsa qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin ekan. Biz bunday oʻzimizni ehtiyot qilishimiz va boshqalarga bu haqida kelgan hadislarni aytib, chaqimchilik yomon illat ekanini tushuntirishimiz kerek. Bundan tashqari, kitobda rahm-shafqat haqida chiroyli gaplar bor. Hozirgi zamonda ko‘p odamlar faqat insonlarga emas, balki hayvonlarga ham qattiqqo‘l bo‘lib ketgan. Ayniqsa inson oʻz uy hayvonlari qiynagan video va rasmlari internetda toʻlib yotibdi. Kitobda esa bu masalaga boshqacha yondashilgan: hayvonlarni qiynamaslik, qafasda boqilsa, vaqtida ovqatini berish, hattoki, ularning bolasini bezovta qilmaslik kerakligi ta’kidlanadi. Yani, islomda hatto tirik jon egalariga rahm qilish buyurilgan. Bemor ko‘rgani borish haqida o‘qiganimda esa yuragim yumshab ketdi. Har kuni yonimizda biror kishi xasta bo‘lib yotgan bo‘lishi mumkin, ammo biz ko‘pincha beparvo bo‘lib qolamiz. Kitob bizga bemorning ko‘nglini ko‘tarish, chiroyli gaplar bilan uni taskin berish kabi odoblarni o‘rgatadi. Umuman olganda, bu kitob bizga odam bo‘lishni, musulmon bo‘lishni eslatadi.
#Fazilatxon
2🔥2😇2
#Odoblar_xazinasi_2 . #Xulosa #Taqriz . Biz har kuni Qur’on o‘qiymiz, namoz o‘qiymiz, ammo tilimizdan chiqayotgan so‘zlarga qanchalik e’tibor beryapmiz? Ushbu kitobi bizni tilimizni tozalashga, muomalamizni go‘zal qilishga da’vat etadi. Imom Buxoriy hazratlari bu kitobda har bir musulmon qanday so‘z ishlatishi kerakligini aniq misollar bilan bayon qilgan. Eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlardan biri — la’nat. Bu so‘z faqat og‘izdan chiqqan oddiy ibora emas, juda ham hafli soʻzdir. Bu so‘zni kimga aytgan bo‘lsang, u odam bunga loyiq bo‘lmasa, la’nat senga qaytadi! Endi o‘ylang — biz bu so‘zni bolamizga, do‘stimizga, notanish odamlarga ishlatyapmiz. Bu nafaqat gunoh, balki o‘z jonimizga ozor berishdir. Kitobda yana hayvonlarga rahm qilish, bemorlarni ko‘rishga borish, birodarlar bilan arazlashmaslik kabi goʻzal sifatlar yoritib berilgan. Birodari bilan 3 kunda koʻp arazlab yurishdan qaytarilgan. Shu uch kun ichida ham oʻyin-kulgu qilib emas. Oʻzini isloh qilish kerek inson. Shu odoblarga amal qilgan inson jamiyatda boshqalarga o‘rnak bo‘ladi, qalbi poklanadi, hayoti go‘zallashadi.
Bugun bu kitobni o‘qish — faqat bilim olish emas, balki o‘zimizni tarbiyalash, gunohlardan saqlanish, Allohga yaqinlashish yoʻlidir. Shu bois, har bir musulmon ushbu kitobni o‘qib, amaliy hayotiga joriy qilishi zarur. Kitobda insonni isloh qiladigan sahih hadislar va Qurondan oyatlar yoritilgan.
#Ovloyorova_Firdavsxon.
🔥2🥰2😇21
2025/07/14 17:54:05
Back to Top
HTML Embed Code: