Menda nafraflanish degan tushuncha yo’q, men odamlarni yoki yaxshi ko’raman yoki ularga e’tibor bermayman!
O’zlarini befarq ko’rsatishadiku lekin bosgan qadamimiz xam qiziq!
📚@kitobxonuz

❤3
Bismillahir Rohmanir Rohiim
#Xulosa #Odoblar_Xazinasi_2
Navbatdagi oʻqib tugatgan kitobimiz imom Buxoriy hazratlarining " Adabul mufrad" kitobining ikkinchi juzi . Bu juz asosan tilga bogʻliq amallarga, til illatlarini muolaja qilishga bagʻishlangan desak mubolagʻa boʻlmas. Ayni bugungi kunimizga xos illatlar bayon etilgan kitobda. Eng koʻp tilimizga oʻrnashib qolgan soʻzlardan biri laʼnat. Kimdir birov bilan sal tortishib qolsa " padaringga laʼnat" deydi. Avvalo laʼnat neligini bilib olaylik. Laʼnat Allohning rahmatidan uzoq, rahmatidan umidi uzilgan deganidir. Shaytoni laʼin, firʼavn alayhilaʼna deb bekorga aytilmaydi axir. Endi baʼzi onalar oʻz bolasini laʼnatlaydi jahl ustida. Bu naqadar ogʻir holat. Laʼnat soʻzi shunchaki havoga uchib ketmaydi, muallaq turadiki, laʼnatlanuvchi shunga loyiq boʻlsa unga tegadi, loyiq boʻlmasa laʼnatlovchiga yopishadi deyilgan. Moʻmin kishi laʼnatlovchi boʻlmaydi. Laʼnatlovchi kishilar qiyomat kuni guvoh ham shafoatchi ham boʻla olmaydilar.
Keyingi boblarda rahm haqida soʻz boradi. Rahm Alloh taoloning ismlaridan boʻlib, Alloh rahmatni 100 boʻlakka boʻldi, bir boʻlakni yerga tushirdi, 99 boʻlakni huzurida olib qoldi. Qiyomat kuni shu 99 boʻlak ila bandalariga rahm qiladi. Yerga tushirgan 1 boʻlak bilan ona bolasiga insonlar bir biriga mehribon boʻladilar. Insoniyatni yer yuzida tutib turgan ilohiy bir qoida bor : yer yuzidagilarga rahm qil,Koʻkdagi Zot senga rahm qiladi. Yer yuzidagilar deyilganda nafaqat insonlar balki hayvonlar qushlar,jamiki tirik jon nazarda tutiladi. Yaʼni , biror hayvonni zaruratsiz oʻldirmaslik, soʻyganda ham qiynamasdan urib tepmasdan, birini boshqasining oldida soʻyib ularga ozor bermaslik, jonini qiynamay soʻyish, beozor jonzotlarning uyasini buzib , bolasini oʻynamaslik, mabodo bogʻlab yoxud qafasda boqiladigan hayvon boʻlsa suv va yemishini vaqtida berish lozim. Yevropa hayvon huquqlari degan qonun qoidalar ishlab chiqayotgan bir zamonda bundan 1400 yil oldin islom ushbu qonun qoida juda goʻzal koʻrinishda ishlab chiqqanligini bilarmikin ?
Musulmon birodari bilan uch kundan ortiq arazlashishi joiz emas. Nega avvalo bu arazlashish borib borib nafratga dushmanchilikka aylanishi mumkin va islom dini eʼtibor beradigan jamoa qoidasiga mutlaqo ziddir.
Hamda bugungi kundagi eng yomon illatlardan biri soʻkish, ikki soʻkishgan kimsaning gunohi birinchi boshlaganning zimmasiga boʻladi, soʻkishganlar bir birini obroʻsini toʻkayotgan ikki shaytondir. Musulmon kishini soʻkish fosiqlik u bilan talashib tortishish kufrdir. Fosiqlik Alloh belgilagan chegaradan chiqishni anglatadi. Yana birovni tushunchasi oʻziga toʻgʻri kelmasa kofir,munofiq,doʻzaxiy deyish holatlari uchraydi. Zohiran musulmon koʻrinib,musulmonning amalini qilayotgan boʻlsa va kufrini ochiq oydin izhor etmagan boʻlsa, birovni bunday nomlar ila nomlash musulmon axloqiga mutlaqo ziddir.
Bemor koʻrgani borishning fazilatlari. Bemor koʻrgani borgan kishi jannatning xurfasida boʻladi. Ayol kishi ham bemor koʻrishga borsa boʻladi. Bemor koʻrgani borgan kishining odoblaridan, bemorni urintirib qoʻymasligi, kasalligi haqida kasallikning ajri haqida yaxshi gaplar aytishi " inshaalloh koʻrinishingiz ancha yaxshi , gunohlaringiz kafforat boʻladi" deb bemorning koʻnglini koʻtarishi lozim. Ushbu kitobdagi odoblarni shunchaki oʻqimasdan uni hayotimizga tadbiq qila olsak, nur ustiga nur. Ham sunnatga amal qilganlik savobini olamiz, ham hayotimiz yanada goʻzallashadi, xulqimiz bilan boshqalarga ham oʻrnak boʻlgan boʻlamiz inshaalloh.
Bayzaqova S.
https://www.tg-me.com/Kitobxonuz/15496

❤2👍2
📕 КИТОБ ЎҚИНГ ва 🎁📗 КИТОБ ЮТИБ олинг!
Диққат❗️ КИТОБХОНЛИК 📚 лойиҳамизда Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф Ҳазратларининг китоблари тартибли ўқилади.
🕊📚55-Ўқиладиган китобимиз:
Одоблар хазинаси 2-китоби.
📕⏳01.06.2025⌛️📗20.06.2025
🔴ЛОЙИҲАМИЗ ШАРТЛАРИ:
🟢1-Лойиҳани камида 5та яқинлариз ёки 2та (гуруҳ ёки каналга) тарқатади ва скриншот @Mirzohid_Nobel га.
🟢 2-Ўқиладиган китобдан #Тақриз ёки #Хулоса ёзиб енг тагидан исм-фамиля билан
20.06.2025 (8:00 гача) юбориш шарт. ❗️#Тақриз ёки #Хулоса ёзмаганлар 10 таликка кирса хам ютуқ берилмайди.
🟢3-Ўқиладиган китобдан ёпиқ
гуруҳда китобни бўлинган бетларидан 5_тагача тест тузиб юборади (бу ихтиёрий).
🎁📚МУКОФОТ: 📚🎁 1-2-3-4-5-6-7-8-9-10-ўринларга
#Шайхимизни_исталган #1_дона_китоблари_берилади
❗️@KitobxonUz каналимизда:
❗️@KitobxonUz1 гуруҳимизда:
🎁ҒОЛИБЛАР лойиҳанинг 20/21-куни барча иштирокчилар тестларини йиғиб @KitobxonUz каналида жамланган ТЕСТ орқали аниқланади.

🕊 Ilm-Ziyo 📚
📕 КИТОБ ЎҚИНГ ва 🎁📗 КИТОБ ЮТИБ олинг! Диққат❗️ КИТОБХОНЛИК 📚 лойиҳамизда Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф Ҳазратларининг китоблари тартибли ўқилади. 🕊📚55-Ўқиладиган китобимиз: Одоблар хазинаси 2-китоби. 📕⏳01.06.2025⌛️📗20.06.2025 🔴ЛОЙИҲАМИЗ ШАРТЛАРИ:…
Ko‘pchilik taqrizni yozish qiyin deb o‘ylayapti! Aynan taqriz emas xulosa yozing!
Kitobni o‘qigan odam xulosa yoza olsa kerak.
Xulosa nima?
Xulosa shuki, bu kitobni o‘qib, bu bu.. narsalarni bildim, buni bilmas edim, o‘rganib oldim va hokazo....
Aynan kitobiy bo‘lishi shartmas, o‘zingiz kitobdan olgan taassurotlarizni bo‘lsa ham yozing.
Yozish orqali ilmingiz ziyoda bo‘ladi inshaalloh

👍9
Bismillahir Rohmanir Rohiym!
#Taqriz #Xulosa
#Odoblar_xazinasi_2
Shayx hazratlarining «Odoblar xazinasi» kitoblarining 2-juzini o‘qir ekanmiz, oldingi taqrizimizda aytganimizdek bu kitob imom al-Buxoriyning «Al-adab al-mufrad» kitobining sharxi hisoblanadi.
2-juzda 350ta hadis keltirilgan bo‘lib, uning sharhi o‘quvchi tushunarli tarzda bayon qilingan. Kitobning avvalida go‘zal xulq, Allohdan xulqining go‘zal bo‘lishi so‘rash odoblari, mo‘min kishi qanday hislatlarga ega bo‘lishi kerakligiga oid hadislar kelgan bo‘lsa, kitobning davomida ziyorat odoblari uning fazllari, yosh bolalarga rahm qilish, chaqimchilik, yolg‘onchilik kabi mo‘min kishiga yarashmadigan xulqlar haqida ham o‘qiysiz.
Mo‘min kishi birodari bilan arazlashib qolsa nima qilish kerak degan savolga ham ushbu kitobdan javob olasiz.
«Odoblar xazinasi» 2-juzida 140dan ortiq bob bo‘lsa, har bir bobda bir odobni o‘rganasiz
Kitobni yarmiga qadam qo‘yar ekansiz, bemorlik mavzulari boshlanadi. Mo‘min kishi bemor bo‘lganida unga berilajak ajrlarni o‘qib, bemor bo‘lgingiz kelib ketar ekan.
Kitobning davomida kibrning katta gunohlardan ekani taʼkidlanib, qanday amallar kibrga olib borishi, qaysi amallar kibrni yengishini o‘qib o‘rganasiz.
Kitobning 271-bobida hayo haqida hadislar kelgan bo‘lib, hayo iymonning bir sho‘pasi ekanini atroflicha yoritilgan.
Kitobning so‘ngi boblarini o‘qish mobaynida mo‘min kishi duoni qanday qilishi, duoning odoblari, duo qilish uchun sharafli vaqtlarni, duoda haddan oshmaslik va ixlos bilan duo qilish kerakligini o‘rganamiz.Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishning fazllarini o‘qib, ko‘plab salovat aytishga o‘zimizda kuch topamiz inshaalloh! Mo‘min kishiga yarashmadigan dangasalikdan panoh so‘rab duo qilishni o‘rganib kitobni ikkinchi juzini tamomlaymiz.
Kitobdan olam-olam manfaat oldik, asl maqsad kitobni o‘qish emas, o‘qish orqali amalda qo‘llashdir. Alloh taolo barchamizga manfaatli ilm bersin!
✍️Abdukarim

Telegram
🕊 Ilm-Ziyo 📚
#Taqriz. #Xulosa
#Odoblar xazinasi 1-juz.
Islom olamining buyuk muhaddisi, hadis ilmi bo‘yicha «mo‘minlarning amiri» bo‘lgan vatandoshimiz imom Buxoriyni tanimagan kishi bo‘lmasa kerak. U zotning «Al-adab al-mufrad» nomli kitoblari ham tolibi ilmlar uchun…

👍2🔥2
Book photo🦋
"❤️" reaksiyasini bosib ketishingiz mumkin!
Kitob yutib olishni istaysizmi?
Bunga bizda imkoniyat bor!!!
Kitob oʻqing va kitob yutib oling!!!
📚@kitobxonuz
❤4🔥3
Baʼzi ulamolar aytishlaricha, “Kavsar” surasining quyidagicha xususiyati bor: kimki bu surani jumʼa kechasida ming marta o‘qib ortidan Rasulullohga yana ming marta salovat aytib uxlasa, tushida Ul zoti sharifni ko‘radi.
@KitobxonUz
@KitobxonUz
Barcha muammolaring bir kun tugaydi !!
Menga ishon.
Nima siz psixologmisiz ?
Yo'q qabriston qorovuli...
@KitobxonUz
Menga ishon.
Nima siz psixologmisiz ?
Yo'q qabriston qorovuli...
@KitobxonUz
❤3😢2
#Bismillahir_rohmanir_rohiym
Assalomu alaykum
#Taqriz #Xulosa #Odoblar_xazinasi_2
Tongda Odoblar xazinasi o‘qiyapman. Inson jahli chiqqanda sukunt qilishi aytilgan. Aynan shu vaqtda javob bermaslik o‘ziga foydaligi, jahl ustiga aytilgan so‘zlar jahl ketganda afsuslanishga sabab bo‘lishi umuman musulmon odoblari haqida ekan. Judayam kerakli masalalar yoritilgan. Alloh rozi bo‘lsin Shayx hazratlaridan.
Aslida "Odoblar xazinasi" Imom Buxoriy kitobi bo‘lib shayx hazratlari uni bizga tushunishimiz oson bo‘lishi uchun sharxlab bergan. Tajribalar ham qilyapman shu kitobdan...
Odoblar xazinasi 1-juzidan qilgan tajribam: farzand ota-onasiga "uff" demasligi har qanday narsaga qo‘pol dag‘al javob bermasligini o‘rganib amal qildim. Tajribam oyimni kitob o‘qishimga qarshi gaplariga indamay tinglab. Kitobni foydalarini tushuntirib har bir o‘qigan kitobimdan avvalo oyimga gapirib beryapman. Aslida bo‘sh o‘tirish bizning zararimizga ekanligini bekor odamdan bo‘sh odamdan har xil bo‘lmagur narsalar chiqishini tushuntirdim.
Odoblar xazinasi 2-juzdan esa jahlim chiqib turganda jahlimni chiqargan joydan(odam) dan gapirmay tinchlanib keyin gapirish foydali ekan.
Tajribam: tortishuvlarni asl sababi insonlar bir-birini tushunmasligida, yoki tushunishni xohlasmasligidaligini angladim. Qarz ikki qo‘ldan chiqadi.
Xullas kitobda ko‘plab musulmon insonlarga kerakli odoblar aytilgan.
Abdulloh ibn Muborak rahmatullahi alayhi:
Solih salaflarimiz avval odobni, so‘ng ilmni o‘rganishgan ekanlar. Odob bo‘lmagan joyda ilm bo‘lmaydi. Hali ko‘p odob o‘rganishim kerakligini angladim.
✍Sakinat @KitobxonUz

"O‘ttiz yil odob o‘rgandim, yigirma yil ilm o‘rgandim." degan ekanlar.
Solih salaflarimiz avval odobni, so‘ng ilmni o‘rganishgan ekanlar. Odob bo‘lmagan joyda ilm bo‘lmaydi. Hali ko‘p odob o‘rganishim kerakligini angladim.
✍Sakinat @KitobxonUz
🔥4❤2😇2
Қайсидир инсон кўрган қийинчиликларини баҳона қилиб, Аллоҳдан узоқлашади.
Қайсидир инсон эса кўрган қийинчиликларини васила қилиб, Аллоҳга яқинлашади.
Жалолиддин Румий
📚@kitobxonuz
Қайсидир инсон эса кўрган қийинчиликларини васила қилиб, Аллоҳга яқинлашади.
Жалолиддин Румий
📚@kitobxonuz
👍4🔥1
Assalomu alaykum
#Xulosa
#Odoblar_xazinasi_2
Bu kitobni qo‘lga oldim-u, o‘qib chiqqach shokka tushdim. Rostini aytsam, bu mavzular haqida ilgari bunchalik chuqur o‘ylab ko‘rmaganman. Hozirgi holatimda aynan kerekli kitob ekan. Til bilan qilinadigan xatolar — la’natlash, so‘kish, haqorat qilish — bular bizda oddiy holatga aylangan. Ammo bu kitob buni jiddiy muammo sifatida ko‘rsatadi. Har bir so‘zimiz, hattoki jahl bilan aytilgan iboralar ham, osmonda yozib olinadi. Yomon so‘zlar aytilganda ular havoda qolmaydi, kimdir javobgar bo‘ladi, aytgan odam yoki rostan ham toʻgʻri lanatlagan boʻsa oʻsha odamga tegadi ekan.
Menga eng yoqqan joylardan biri — hayvonlarga rahm qilish boblari bo‘ldi. Bu yerda ekologiya, hayvon huquqlari haqida emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri islomiy tamoyillar orqali mehr-shafqat tushuntirilgan. Va men endi tushundimki, hayvonlarga rahm qilmasdan Allohning rahmatini kutish – bu katta xato.Yana bemorga borish haqida aytilgan gaplar – juda mohiyatli! Boshqa birovga ozgina e’tibor berganimizda o‘zimiz ham savob topamiz, ruhimiz ko‘tariladi. O‘zingizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz — avval tilingizni tozalang. Bu kitob aynan shunga yordam beradi. Kitobni oʻqib ancha tilimni tiyib oldim ham. Doʻstlarim jahlimni chiqarsalar ular bilan teng-teng urishi har qanday tilimizga kelgan soʻz bilan laʼnatlar edi. Endi unday qilmayapman. Alhamdulillah shu kitob juda ham foydali boʻldi.
Xadicha

❤2🔥2😇2
Bismillahir rohmanir rohiim
#Xulosa #Odoblar_xazinasi_2
Hozirgi yoshlar hayotiy tarbiya, odob-axloq saboqlariga muhtoj bo‘lgan bir davrda yashamoqdamiz.Kitobni birinchi juzini o'qiganimda albatta bu kitob meni kelajakda yana qayta qayta o'qishga ,o‘qib berishga ,o‘qiganlarimizga amal qilishga undagan edi."Odoblar xazinasi" 2-juzida haqida xulosam ijobiy biz maktab darsliklarida o'qigan "Odobnoma", "Atrof-muhit" ,"Ekologiya " fanlari aynan Allohning kitobi ,Payg'mabarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam sunnatlarida 1400 yildan ziyoda vaqt oldin o‘qitilib o‘rganilib kelinayotgan hayotiy qo‘llanmalar ekan.Odob ga doir fanlarning asosiy negiz aynan Paygambarimiz sunnatlari ,nasihatlari ekanligi lekin bu maktab darsliklarida aynan o‘qitilmasligi Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni tanitib ularga bolalikdan muhabbat paydo qilinib ularning "qur'on xulqlari" dan yoshlarga o‘rnak sifatida foydalanmasliklari meni qattiq o'ylantirdi...
Shu joyida " Onalar madrasadir " degan ibora xayolimdan o‘tdi.
Men nega o‘qiyapman o'zi?
Nega bu kitobni o'qishimni Alloh xohladi?
Nega Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odob-axloq haqida bot bot takrorlab yetkazdilar?
Bu ma'lumotlarni singdirib kelajak ummat uchun yetkazishga menga nima to‘siq bo‘lyapti?
Keyingi yosh avlodning tarbiyasi kimni qo'lida qolyapti?
Bu savollarni har birimiz o'zimizga berib ko'raylik?!
Mayli,maktablarda o‘qitilmasin,darslik sifatida foydalanilmasin ( Bu kitobni yozgan odamdan ham tarjima qilganlaridan ham ,o‘qishimga sababchi bo'lganlardan ham Alloh rozi bo'sin) har bir oila ostonasida turganlar uchun bu kitoblarni o'qib o‘zimiz amal qilib,farzandlarimiz uchun uchun tarbiya uchun poydevor o'laroq foydalanishlarini istardim.
Bu kitob har bir farzand tarbiyalayotgan ummat onalari uchun zarur.Farzand tarbiyasiga oid qator-qator turkiy adabiyotga oid kitoblar o‘rniga "Odoblar xazinasi" kitobi ayni muddao) Aynan yosh avlod uchun emas avvalo o'zimiz uchun ham.Chunki,qush uyasida korganni qiladi,ming o‘qitib yo'lizga solmoqchi bolsangiz ham farzandlar ota-onasiga ergashishni afzal biladi.
Odoblar xazinasi 2-juzda o‘qiganlarim ichida mo‘min kishi hech qachon la’natlovchi, tahqirlovchi bo‘lmasligi, birovga laqab qo‘ymasligi va arazlashib yurmasligi, ozorlovchi hatto hayvonlarga ham shafqatli bo‘lishi bo'limidagi hadislar aynan hozir atrofimizda qarasak,o‘zimizga nazar tashlasak aynan o‘rnak olishimiz kerak bolgan ilmlar jamlangan.Inson shafqatli mehr-oqibatli bolishi mumkin bu uning fitratida bo'ladi, lekin mana shu qilyotgan yaxshiliklarimiz zarracha bo'lsa ham, Alloh uchun,Alloh rizoligi uchun qilishimiz bilan ibodatga aylanib qoladi.Alloh Basir zot har bir yaxshilik ham yomonlik ham undan chetda qolmaydi.
Ishonch bilan aytishim mumkinki,bu kitob har bir kitobxonni o‘ylantiradi, yomon odatlardan qaytaradi, ezgulik, odob, halollik va xushmuomalalik sari yetaklaydi.Farzandlarimizga ilm o‘rgatishdan oldin odobni o‘rgataylik.
Shunda ularning xulqi ham ilmi ham o‘zi ham go‘zal bo‘ladi.Bu kitobni qayta qayta o‘qib ,uqishlik amal qilishlik ,farzandlarimizga o‘rgatishlik,Allohni roziligiga erishlilik hammamizga birdek nasib qilsin.
Barchamizga manfaatli bo'lsin Insha Alloh. Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakotuh.
#kaktussevar

👍2😇2❤1🤔1
Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатух
Бисмиллаҳир роҳманир роҳим
#Xulosa #Odoblar_xazinasi_2
Аллоҳ таолога У Зотнинг улуғлигига муносиб ҳамду санолар бўлсин!
Набийимиз Муҳаммад
Мустафо Соллаллоҳу алайҳи васалламга мукаммал ва тугал салавоту саломлар бўлсин!
Имом Бухорий
раҳматуллоҳи алайҳининг Ал- адаб
ал- муфрад номли китобининг Одоблар хазинаси номи билан қилаётган шарҳининг иккинчи жузини ўқиб тугатдик
Бу китобдан олинган фойдалар инсон биринчи ўринда ҳулқини чиройли қилиш лозим эканини ўрганади Қиёматда ҳам инсон ҳусни хулқи тарозида оғир келиши таъкидланган.
Оиша онамиздан Росулуллоҳ Соллаллоҳу алайҳи васалламнинг хулқлари хақида сўрашганда У зотнинг хулқлари Қуръон эди деб жавоб берганлар.
Бу китобдан асосан одамлар бн қанақа муносабатта бўлиш ҳақида Росулуллоҳ Соллаллоҳу алайҳи васалламнинг айтган гапларини ўқиб ўргандик инсонларни лаънатламаслик, тахқирламаслик, чақимчилик қилмаслик, дилига озор етказмаслик ҳақида беҳуда гапларни кўп гапирмаслик катталарни ҳурмат қилиш улардан олдин гапирмаслик ҳақида кичикларни иззат қилиш уларни яхши кўриб эркалаш кераклиги Росулуллоҳ Соллаллоҳу алайҳи васаллам ҳам набираларини яхши кўриб қучоқлаб эркалаганлиги бизга ибратдир.
Хозирги кунда Инсонлар бир бирларини сўкиши жудаям кўп учрайди бу нарса кўпинча уруш жанжал бн тугайди ҳадисда бундай жойлардан фаришталар кетиб қолиши айтилган. Одамлар бир бири бн уч кундан ошиқ аразлаб юриши халол эмаслиги харом эканлиги билиб олдик Росулуллоҳ Соллаллоҳу алайҳи васаллам биринчи салом берган одам яхшиси деганлар. Демак аразлаган инсонлардан ким биринчи бўлиб ярашишни таклиф қилса ўша инсонга савоб кўпроқ бўларкан.
Инсон бемор бўлганда унинг гуноҳлари тўкилиши беморларни зиёрат қилган одам жаннат хурфаларида бўлишлиги беморни кўргани боргандаги одоблар ҳақида билиб олдик.
Китобни охирида дуо қилиш ҳақида ҳам кўп ҳадислар келган Аллоҳ таолодан қандай дуо қилиб сўрашлик, нималарни сўрашлик, дуони бардавом қилишлик биродари ҳаққига ғойибона қилинган дуо ижобатлиги Мазлумнинг дуоси ижобатлиги дуонинг одоблари ҳақида билиб олдик.
Бу китобдан кўп билимлар олдим бу ҳадисларга ҳаётда амал қилишга оила аъзоларим ва бошқаларга улашишга харакат қиламан Ин Шаа Аллоҳ.
#Salsabila

😇2🔥1