Telegram Web Link
Prezident maktablari kirish imtihonlari birinchi bosqichi 6 iyulda bo‘lib o‘tadi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Qolgan hududlarning imtihonlari o‘z hududlarida bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/63857557

Kun.uz rasmiy kanali
Ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin

Endi ichki reyslarga ro‘yxatdan o‘tish uchun pasport yoki ID-kartaning elektron shaklini taqdim etsa ham bo‘ladi. Buning uchun my.gov.uz sayti, ilovasi yoki «Ijtimoiy karta» ilovasidagi shaxsiy kabinetga kirib, "Elektron hujjatlar" bo‘limiga o‘tish va tegishli hujjatning yangilanib turadigan QR-kodini ko‘rsatish kifoya.

👉 https://kun.uz/61390609

Kun.uz rasmiy kanali
Boku va Moskva yana nizolashib qoldi

Yekaterinburgda Ozarbayjon diasporasi vakillariga qarshi o‘tkazilgan reyd vaqtida ikki kishining vafot etgani – Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi taranglikni battar kuchaytirdi. Boku bunga diplomatik norozilik, madaniy aloqalarni uzish va “Sputnik Ozarboyjon” xodimlarini qo‘lga olish bilan javob berdi. Ikki tomonning aloqalari o‘tgan yili AZAL samolyoti halokatidan keyin darz ketgandi.

Kun.uz muxbiri “Geosiyosat” dasturida mavzu yuzasidan siyosiy tahlilchilarga yuzlandi.

🔴 Telegram'da ko‘rish

🔴 YouTube'da ko‘rish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilgan Tramp, keskinlashgan Rossiya-Ozarboyjon munosabatlari va yangi qurol yaratgan Xitoy – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/81636850

Kun.uz rasmiy kanali
Barcha tarmoqlar tayyor turishi kerak. Shiddatli issiq havo oqimi kirib kelmoqda

3–5 iyul kunlari O‘zbekistonda anomal darajaga yaqin issiqlik to‘lqini kutilmoqda. O‘zgidromet ogohlantirishiga ko‘ra, respublikaning katta qismida havo harorati +44 darajagacha, janub va cho‘llarda undan ham yuqori darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.


📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qiluvchi farmonni imzoladi. Qanday yengilliklar berilmoqda?

AQSh prezidenti Donald Tramp 20 yillik sanksiyalarni bekor qilib, Suriyaning yangi rahbariyatiga ishonch bildirdi. Iqtisodiy sanksiyalar yechilgan holda, Asad rejimi sobiq amaldorlari uchun bosim saqlab qolindi. Shuningdek, Ahmad ash-Shar’a va Hsh guruhining terrorchilik maqomi qayta ko‘rib chiqiladi.

👉 https://kun.uz/43208561

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

O‘zbek issiqxonachilari nafaqat an’anaviy tashqi bozorlarni, hatto ichki bozorni ham Turkmanistonga boy bermoqda. Bozorlarimizda Xitoy pomidorlari paydo bo‘la boshlagani ham – sohaning jar yoqasiga qarab ketayotganidan darak. Kun.uz muxbiri Shokir Sharipov Meva-sabzavotchilar assotsiatsiyasi raisi Abdurahim Abduvaliyev bilan Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida bo‘lib, milliardlab mablag‘ sarflangan, hozir esa barbod ahvolda yotgan issiqxonalarga guvoh bo‘ldi.

📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
O‘zbekistonda qurilish oynalarini qayta ishlash uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilmoqda

Texnik tartibga solish agentligidan chiqqan bu taklifni yuzdan ortiq deputat qo‘llab-quvvatlashi natijasida, tegishli qonun birinchi o‘qishda qabul qilindi.

👉 https://kun.uz/31493688

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentdagi «Stroy gorod» qurilish bozori vaqtincha yopildi

Savdo kompleksi binolari va xonalarida aniqlangan yong‘inga qarshi kurash choralari bo‘yicha kamchiliklarni va qonun buzilishlarini to‘liq bartaraf etilgunga qadar ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

👉 https://kun.uz/13902684

Kun.uz rasmiy kanali
Tramp va Mask yana bahslashib qoldi

Milliarder agar kongress «ahmoqona» qonun loyihasini qabul qiladigan bo‘lsa, yangi partiya ochish bilan tahdid qildi, prezident u «subsidiyalarsiz do‘konni yopib, Janubiy Afrikaga qaytishiga to‘g‘ri kelishi»ni aytdi.

👉 https://kun.uz/37137157

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ukraina dronlari Ijevskka hujum qildi. Qurbonlar bor

«Tor» zenit-raketa tizimlari hamda dronlar ishlab chiqariladigan «Kupol» zavodi zarba ostida qolgan. Uch kishi halok bo‘lib, 30 dan ortiq kishi yaralangan.

👉 https://kun.uz/99493685

Kun.uz rasmiy kanali
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Ozarboyjonga boradi

O‘zbekiston prezidenti Xonkandi shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etadi va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

👉 https://kun.uz/65992696

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda Bobotog‘ kanaliga suv chiqaruvchi quvur yorilib ketdi

Jarqo‘rg‘on tumanida nasos stansiyasi orqali Amu Zang kanalidan Bobotog‘ kanaliga suv chiqaruvchi 2840 millimetrli quvurda yoriq yuzaga keldi. Mas’ullar avariyani bartaraf etdi, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

👉 https://kun.uz/02626693

Kun.uz rasmiy kanali
YHXX: Haydovchi YPX xodimiga hujjatlarining aslini taqdim etishi shart

Haydovchilar YPX xodimlariga pasport yoki ID-kartasining asl nusxasini taqdim etishi shart, bu tartib 1 iyuldan keyin ham o‘zgarishsiz qoladi, deya ma’lum qildi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

👉 https://kun.uz/47341302

Kun.uz rasmiy kanali
Suriyada alaviylar genotsidi paytida 1,5 ming kishi halok bo‘ldi – Reuters

Mart oyida Suriyaning yangi hukumati kuchlari sobiq prezident Bashar Asad rejimiga oid diniy ozchilik – alaviylarni ommaviy qirg‘in qilgani ta’kidlanmoqda.

👉 https://kun.uz/00818054

Kun.uz rasmiy kanali
Moskva va Boku o‘rtasida nizo davom etmoqda

Ozarboyjon bosh prokuraturasi Yekaterinburgda ikki ozarboyjonlik qiynoqqa solingani va o‘ldirilgani yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. RFdagilar «ikki tomonlama munosabatlar demontaj qilinayotgani»dan nolimoqda.

👉 https://kun.uz/39433726

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonning DXSh loyihalari. Qanday risklar bor?

2021-2024 yillar oralig‘ida O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalari portfeli 6,2 milliard dollardan 31 milliard dollargacha o‘sgan. Ushbu loyihalarning 93 foizi energetika, 5 foizi kommunal xizmatlar, 0,8 foizi esa ta’lim bilan bog‘liq. XVJ tahlillariga ko‘ra, mavjud vaziyat kelajakda davlat uchun katta to‘lov majburiyatlarini yuzaga keltirishi mumkin.

👉 https://kun.uz/48866395

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ozarboyjonda «rossiyaliklarning ikkita uyushgan jinoiy guruhi» a’zolari qo‘lga olindi

Ular Erondan kontrabanda mahsulotlari hamda giyohvand moddalar olib kirish, shuningdek, kiberjinoyatlar bilan shug‘ullangani aytilmoqda. Ozarboyjon IIV e’lon qilgan kadrlarda qo‘lga olinganlardan ayrimlarining yuzida kaltaklash va qon izlarini ko‘rish mumkin.

👉 https://kun.uz/14447248

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston hududiga shiddatli issiq havo oqimi kirib kelmoqda, Haj mavsumida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi - mahalliy dayjest

G‘ijduvondagi bog‘chada tarbiyachi bolalarni kaltakladi. Haj mavsumida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi. 9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul boshlandi. Endi ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Kun davomida Kun.uz yoritgan shu va boshqa muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/63527526

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiya Bokudagi kayfiyat MDHning boshqa davlatlariga ham yuqishidan xavotirda - siyosatshunos

MDHda gegemon bo‘lishga o‘rganib qolgan Moskva agar bu tirashuvda yon bergudek bo‘lsa, Ozarboyjondagi kayfiyat hamdo‘stlikning boshqa davlatlariga ham ko‘chishidan xavotirda, deydi Jahongir Akramov. Shuhrat Rasulga ko‘ra, o‘tgan yili Putin Bokuga davlat tashrifi bilan borganida, ikki tomon o‘rtasida hammasi yaxshidek ko‘ringandi, lekin keyin ozarlar samolyoti halokatiga Rossiya qilgan munosabat taranglikka sabab bo‘ldi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
2025/07/09 10:55:50
Back to Top
HTML Embed Code: