Telegram Web Link
Isroilning G‘azoga zarbalari: 10 nafar falastinlik halok bo‘ldi

Isroil armiyasi qurbonlari orasida gumanitar yordam kutayotgan tinch aholi vakillari bor.

👉 https://kun.uz/97333277

Kun.uz rasmiy kanali
Jahon sahnasida

🇷🇺🇫🇷 Putin va Makron 3 yil ichida birinchi marta telefonda gaplashdi

🇩🇰 Daniya ayollar uchun majburiy harbiy xizmatni qaytardi

🤖 Microsoftʼning yangi sun’iy intellekti tashxislarni shifokorlardan to‘rt marta aniqroq qo‘ymoqda

🇬🇧 Britaniyalik qiz Atlantika okeanini qayiqda suzib o‘tib, uchta jahon rekordini o‘rnatdi

Kun.uz rasmiy kanali
Yakkabog‘ tumaniga yangi hokim tayinlandi

Abdinabi G‘iyosov Yakkabog‘ tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

👉 https://kun.uz/36777159

Kun.uz rasmiy kanali
“Va’da qilgan tovon pulini bermay yurishibdi” - Farg‘onadagi portlashda to‘rt jigarini yo‘qotgan aya

O‘tgan yili dekabrda Farg‘ona shahridagi noqonuniy propan shoxobchasi portlab, to‘rt kishining o‘limiga sabab bo‘lgandi. Bu fojiada bir qizi va uch nabirasidan ayrilgan Jamila Oripova Kun.uz'ga murojaat qilib, jigarlarini yo‘qotgan mudhish kunni esladi, bo‘lib o‘tgan sud jarayonidan noroziligini bildirdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turkiyada kanani yoqishga uringan erkak o‘rmonga o‘t qo‘yib yubordi

Yong‘in oqibatida 12 gektar maydonda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlari yonib ketdi. Sud gumonlanuvchini hibsga olish bo‘yicha qaror chiqardi.

👉 https://kun.uz/74424778

Kun.uz rasmiy kanali
«Real»da yangi yulduz porlashda davom etmoqda

Klublar mundialida chorakfinalning barcha juftliklari ma’lum.

📹 👉 https://kun.uz/22661586

Kun.uz rasmiy kanali
Yangi uylar bozoridagi dolzarb narxlar va takliflarni qo‘ldan boy bermang!

— Oylik to‘lov 5 mln so‘mdan boshlanadi
— Boshlang‘ich to‘lov 0%
— Tayyor ta’mirlangan uylar

👉 Uylarni ko‘rish

Reklama
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sulh «shartlariga» rozi bo‘lgan Isroil, Moskva-Boku o‘rtasida keskinlashgan nizo va Maskni deport qilmoqchi bo‘lgan Tramp – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/25322034

Kun.uz rasmiy kanali
Shavkat Mirziyoyev Bokuga yetib bordi

Davlat rahbarini Ozarboyjon bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

👉 https://kun.uz/14685377

Kun.uz rasmiy kanali
Xo‘jaobodda profilaktika inspektori pichoqlandi. Qotil qidirilmoqda

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida oila a’zolariga pichoq bilan tahdid qilayotgan 65 yoshli erkak, chaqiruvga asosan voqea joyiga yetib kelgan profilaktika inspektori Abdurasul Abduvaliyevni pichoq bilan jarohatladi. IIB xodimi shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etdi. Qotil qidirilmoqda. IIV uning qayerdaligi haqida ma’lumotga ega fuqarolardan zudlik bilan xabar berishni so'radi.

👉 https://kun.uz/76842333

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda YPX kuzatuvidagi kortej va fuqaro o‘rtasida mojaro chiqdi

Buxoro shahrida avtomobil haydovchisi piyodalar o‘tish joyida piyodani o‘tkazib yuborish uchun to‘xtagan. Natijada uning ortidan YPX kuzatuvida kelayotgan kortej ham to‘xtashga majbur bo‘lgan. Haydovchi ayni shu epizod uchun jarimaga tortilganini aytmoqda. YHXB esa haydovchi uzoq masofadan kortejga yo‘l bermay kelgani uchun jarimaga tortilganini bildirdi. Haydovchi ishni yuqori idoralar ko‘rib chiqishini so‘rayapti.

👉 https://kun.uz/79034836

Kun.uz rasmiy kanali
Ozarboyjonda rus tilidagi maktablar yopilishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi

Ta’kidlanishicha, Ozarboyjon maktablarida rus tilida o‘qitish uch yil ichida bosqichma-bosqich to‘xtatiladi. Rasmiy manbalar buni tasdiqlamadi, ammo inkor ham qilmadi.

👉 https://kun.uz/93611037

Kun.uz rasmiy kanali
Diplomatik munosabatlardan ittifoqchilikkacha: O‘zbekiston-Ozorboyjon aloqalarining yangi modeli haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Davlat tashrifi bilan Ozorboyjonning Boku shahriga keldi. Tashrif davomida strategik xamkorlik va ittifoqchilikning hamda davlatlararo Oliy Kengashning ikkinchi yig‘ilishi va iqtisodiy hamkorlik Tashkilotining 17-sammitida ishtirok etadi.

👉 https://kun.uz/70245612

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentdagi bog‘chada besh yoshli bola 2-qavatdan tushib ketdi

Chilonzor tumanidagi davlat bog‘chasida besh yoshli tarbiyalanuvchi nazoratsizlik oqibatida ikkinchi qavat derazasidan tushib ketdi. Oqibatda bola qo‘l, burun, jag‘ sohalari sinishi tashxisi bilan jonlashtirish bo‘limiga yotqizildi. Poytaxt MMTBga ko‘ra, hozirda uning ahvoli yaxshilangan.

👉 https://kun.uz/77569477

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev Bokuda tantanali kutib olindi

O‘zbekiston rahbarini Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev kutib oldi.

👉 https://kun.uz/45321543

Kun.uz rasmiy kanali
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari

O‘zbekistonda yaqin kunlarda havo harorati +40 darajadan yuqori bo‘ladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti quyoshda yurishdan saqlanishni maslahat bermoqda. JSST, shuningdek, bolalarni mashinada qoldirmaslik lozimligini ta’kidlab, konditsionerdan qanday to‘g‘ri foydalanish kerakligini ham tushuntirdi.

👉 https://kun.uz/81370703

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zini o‘zi band qilgan taksichilar uchun soliqni agregatorlar to‘laydi

Onlayn taksi agregatorlari orqali 430 mingdan ortiq haydovchi aholiga yo‘nalishsiz taksi xizmati ko‘rsatmoqda.

👉 https://kun.uz/23356067

Kun.uz rasmiy kanali
Yevropaga elektr energiyasini eksport qilish bo‘yicha qo‘shma loyihani tayyorlash jadallashtiriladi

Shavkat Mirziyoyev va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev tor doirada uchrashuv o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston-Ozarboyjon do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida kooperatsiya va almashinuvlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

👉 https://kun.uz/14316592

Kun.uz rasmiy kanali
2025/07/12 19:57:09
Back to Top
HTML Embed Code: