Telegram Web Link
Boku va Moskva sovuqlashishi: bu – kechagi yangilik emas

Ozarboyjon va Rossiya munosabatlari sovuqlashdi. Barchasi Rossiyada ikki ozar muhojir urib o‘ldirilganidan boshlandi. Lekin muammo ildizi chuqur...

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Chechenistonda 17 yoshli Adam Qodirovning to‘yi nishonlandi. Aynan u otasining ehtimoliy vorisi sifatida ko‘riladi

Kuyov yap-yangi «Mersedes» va brilliantlardan tayyorlangan soati bilan maqtandi. Kelin haqida esa ismidan bo‘lak hech narsa ma’lum emas.

👉 https://kun.uz/41888377

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston va Ozarboyjon ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni imzoladi

Davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi.

👉 https://kun.uz/69809779

Kun.uz rasmiy kanali
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudi tergov sudyasi tezkor tadbirda ushlandi

U jinoyat ishi bo‘yicha yordam berish evaziga muqaddam olgan pullarning bir qismini fuqaroning talabi bilan qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

👉 https://kun.uz/94858714

Kun.uz rasmiy kanali
Piskentdagi avtopoligondan navbatsiz sertifikat olingani tasdiqlandi

Kun.uz Piskentdagi avtopoligonda 28 iyunga navbati olingan avtomobilga 20 may kuni sertifikat berilgani va bu korrupsiyaviy holat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqida yozgandi. UzTest tomonidan o‘tkazilgan ichki tekshiruvda bu o‘z tasdig‘ini topdi. Elektromagnit moslashuvchanlik laboratoriyasining ikki xodimiga nisbatan intizomiy jazo qo‘llandi.

👉 https://kun.uz/97257784

Kun.uz rasmiy kanali
Bokuda 8,5 gektar maydonda «O‘zbekiston» bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev birgalikda bog‘ poydevoriga ramziy kapsula qo‘yib, ushbu muhim loyiha qurilishini boshlab berdi.

👉 https://kun.uz/58286977

Kun.uz rasmiy kanali
Ozarboyjon-Rossiya mojarosi: Bokuda ushlangan rossiyaliklar 4 oyga hibs qilindi

Jurnalistlar ularning shaxsiga aniqlik kiritgan, ular orasida tadbirkor, dasturchilar va sayyohlar bor.

👉 https://kun.uz/80960654

Kun.uz rasmiy kanali
Ozarboyjon–Rossiya ziddiyatlari nimadan darak?

Shu kunlarda post-sovet mintaqasidagi eng jiddiy ehtiroslar Ozarboyjon–Rossiya munosabatlarida kuzatilmoqda. Mintaqadagi barcha davlatlar va xalqlar voqealar rivojini diqqat bilan kuzatyapti. Ko‘z o‘ngimizda Boku va Moskvaning “do‘stligi” buzilayotgandek.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda profilaktika inspektori pichoqlandi, Qo‘yliq yo‘lida megatirbandlik yuzaga keldi - mahalliy dayjest

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Bokuga bordi. Qo‘yliqda mega tirbandlik yuzaga keldi. Farg‘onadagi portlashda to‘rt jigarini yo‘qotgan ayolga tovon puli berilmayapti. Andijonda erkak profilaktika inspektorini pichoqlab, qochib ketdi. Kun davomida Kun.uz yoritgan shu va boshqa muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/90993917

Kun.uz rasmiy kanali
Trampning Isroil va Hamasga bosimi: G‘azoda 60 kunlik sulh kuchga kiradimi?

Isroil G‘azoda 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha «zarur shartlarga» rozi bo‘ldi. Donald Trampga ko‘ra sulhga hozircha javob bermagan Hamas uchun bundan «yaxshiroq» kelishuv bo‘lmaydi. Lekin bu safar ham eski to‘siq - doimiy sulh kafolati ochiq qolmoqda. Isroil bosqini oqibatida o‘n minglab yaqinlarini yo‘qotgan falastinliklar esa Trampning taklifini umid va shubha bilan qarshi oldi.

👉 https://kun.uz/41612272

Kun.uz rasmiy kanali
Isroilning G‘azoga ertalabki hujumi oqibatida 29 falastinlik halok bo‘ldi

Isroil armiyasi ko‘chirilganlarning uylari va chodirlariga hujum qilmoqda.

👉 https://kun.uz/83144601

Kun.uz rasmiy kanali
KXDR Rossiyaga 30 ming nafargacha askar yuborishi mumkin

​​​​​​​Ukraina rezvedkasi rossiyalik harbiylar shaxsiy tarkibni tashish uchun samolyotlarni qayta jihozlashni boshlaganini yangi qo‘shinlarni joylashtirishga tayyorgarlik belgisi sifatida qaramoqda.

👉 https://kun.uz/18291471

Kun.uz rasmiy kanali
Bali sohillari yaqinida parom cho‘kib ketdi

Parom bortida 65 kishi bo‘lgan. To‘rt kishining o‘limi tasdiqlangan, o‘nlab kishilar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

👉 https://kun.uz/81963600

Kun.uz rasmiy kanali
Xususiy oliy ta’lim muassasasi ochish uchun yangi talablar belgilandi

O‘zbekiston hukumati nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlarini belgiladi. Endilikda, xususiy universitet ochish uchun:

ta’lim jarayoniga mo‘ljallangan bino-inshootlar maydoni 5 ming kv.metrdan kam bo‘lmasligi;

OTMning dasturiy ta’minotini o‘z ichiga olgan dastlabki ustav fondi 2 mln dollar ekvivalentdan kam bo‘lmasligi;

talabgor bankka 350 ming dollar depozit qo‘yishi kerak.

👉 https://kun.uz/38437974

Kun.uz rasmiy kanali
Moskva-Boku ziddiyati, Mirziyoyevning Ozarboyjonga tashrifi va Gʻazoda sulh taklifi – “Geosiyosat” tahlili

Rossiya va Ozarboyjon oʻrtasidagi sovuqlik yangi bosqichga chiqdi. Oʻzbekiston prezidentining Ozarboyjonga uch kunlik tashrifida katta geoiqtisodiy loyihalarni jadallashtirishga kelishib olindi. Yaqin Sharqda esa AQSH Isroil va Hamasni 60 kunlik otashkesimga koʻndirish harakatida.

Jahon sahnasida sodir bo'layotgan voqealar tahlili – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida.

🔴 Telegram'da ko‘rish

🔴 YouTube'da ko‘rish
AQSh Ukrainaga Patriot komplekslari uchun raketa yetkazib berishni to‘xtatdi

Ular Rossiya ballistik raketalaridan himoyalanish uchun juda muhim hisoblanadi.

👉 https://kun.uz/19807749

Kun.uz rasmiy kanali
Jitomir yaqinidagi portlashlar: ikki korxona yakson etilgan

25 ta uy vayron bo‘lgan, qurbonlar va jabrlanganlar bor.

📹 👉 https://kun.uz/47845145

Kun.uz rasmiy kanali
OAV: «Liverpul» hujumchisi Jota YTH oqibatida halok bo‘ldi

Portugaliyalik futbolchi shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida iyun oyi oxirida o‘tkazilgan to‘yidan fotosuratlarni bo‘lishgandi.

👉 https://kun.uz/68486906

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vayron bo‘layotgan G‘azo, jaziramada qolgan Yevropa va “Oreshnik” bilan qurollanayotgan Belarus – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/87477423

Kun.uz rasmiy kanali
2025/07/13 17:05:32
Back to Top
HTML Embed Code: