Telegram Web Link
MAQSADINGIZNI ANIQLANG

🙏Nima bilan band bo‘lishni yaxshi ko‘rasiz?

Sizning maqsadlaringiz siz sevgan narsalaringiz bilan chambarchas bog‘liq.Muvaffaqiyatli odamlar o‘zlari yoqtirgan ish bilan shug‘ullanishadi: Bill Geyts kompyuterlarni yaxshi ko'radi,Tomas Edison yangi narsalarni ixtiro qilishni yoqtiradi.Nima bo‘lmasin,sizning hayot maqsadingiz - sevgan narsangiz bilan bog‘liq bo'ladi.

💡Siz bo‘sh vaqtingizda nimalar bilan shug‘ullanasiz?

Bo‘sh vaqtingizda nima qilishingiz, hayotdagi maqsadingizni aniqlashga yordam beradi.Agar siz chizishni yaxshi ko'rsangiz,unda siz kelajakda bu yo‘nalishda harakat qilishingiz kerak degan belgidir.Siz faqat ushbu belgilarga e‘tibor berishingiz kerak.
Bo‘sh vaqtingizda nima bilan shug‘ullanayotganingiz yoki nima qilishni xohlayotganingiz haqida o‘ylab ko‘ring.

💫Boshqalarning fikrlari sizga yoqadimi?

Sizning fikringizni qadrlaydigan insonlar bormi?Axir,hech kim sizning fikringizni yoqtirmasa,ehtimol siz e‘tibor bermassiz.Yoki ba‘zilar sizning qo‘shiq aytishingiz va raqsga tushish qobiliyatingizga qoyil qolishadimi?Yoki kimdir sizning yozuvchi yoki sotuvchi sifatidagi iste‘dodingizga maftun bo‘lgandir?Qabul qiling,har birimiz boshqalarga yoqadigan yoki yoqmaydigan qobiliyatga egamiz.

Siz muvaffaqiyatga erishishingizni oldindan bilsangiz, nima qilgan bo'lardingiz?

Kimdir o'zining go‘zallik salonini yaratadi,boshqasi o‘zini musiqa yo‘nalishida sinab ko‘rishga qaror qiladi.Siz bergan har qanday javob hayotingizning maqsadini topishingiz uchun yana bir belgi bo'ladi.

✈️@MAQSAD
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔝O‘ZINGIZGA VAQT AJRATING

1️⃣Har kuni o'zingiz uchun vaqt toping.Shunchaki biror xotirjam joyga o‘tirib fikrlang,maqsad qo‘ying.

2️⃣Miyangizga bo‘lar bo‘lmas ma‘lumotlarni qabul qilmang. Ijtimoiy tarmoqlarda o'tkaziladigan vaqtingizni nazorat qiling.

3️⃣Tashqarida sayr qiling.Tabiat qo‘ynida sayr qilish yoki shunchaki tabiatda vaqt o‘tkazish sizni dam olishga va stressni kamaytirishga yordam beradi.

4️⃣O'zingizga yoqadigan sevimli mashg'ulotingizni toping deb avvalgi postlarda ham takrorlaganmiz.O'zingiz yoqtirgan narsa bilan shug'ullanish dam olish va kundalik muammolardan xalos bo'lishning ajoyib usuli bo'lishi mumkin.

5️⃣Chuqur nafas olishni mashq qiling.Bu stress va uyquni yaxshilaydi.Nafasni chuqur oling va keyin hammasini chiqarib tashlang.

6️⃣Dam olishni unutmang.Miya va tanangiz tiklanishi va yangi qiyinchiliklarga tayyorlanishi uchun dam olish va uxlash uchun vaqt ajrating.

7️⃣Yordam so'rashdan uyalmang. Agar his-tuyg'ularingizga dosh berolmayotganingizni his qilsangiz, yordam va maslahat uchun yaqinlaringiz bilan aloqada bo‘ling.

@Maqsad
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Alhamdulillah!
🛸DIQQATINGIZNI JAMLANG

Siz diqqatingizni nazorat qilsangiz yanada mazmunliroq hayot kechira boshlaysiz.

💡Ertangi kun uchun rejalar tuzing.
Odatda ertalab diqqatni jamlash osonroq,shuning uchun bu vaqtni muhim narsaga sarflashga harakat qiling.Kechqurun hamma narsani rejalashtiring,bu ertalab shosha- pisha harakat qilishingizdan saqlaydi.

🔝Sizga eng ko‘p nafi tegadigan vazifalarga e‘tibor qarating.Har
qanday maqsadga erishish yo‘lida muvaffaqiyat uchun eng muhim bo‘lgan bir nechta vazifalar mavjud.

-Agar siz ularga e‘tibor bermasangiz va boshqa ishlar bilan shug‘ullansangiz,o‘zingizni band his qilasiz,ammo unumdorligingiz keskin darajada pasayadi. Samaradorlik biror vazifaga qancha vaqt sarflaganingizda emas,balki uni qanday sarflaganingizga bog‘liq.Bu faqat sizning diqqatingiznim boshqarish qobiliyatingizga bog‘liq.

🔕Siz uchun nima muhimligini biling.Sizga nafi tegmaydigan har qanday narsaga yo'q deb ayting.Ularni aniqlang va ularga e'tibor qaratib, kuningizni reja asosida taqsimlang.

✈️@MAQSAD
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥TAVAKKAL DEYARLI NATIJA

⚠️Tavakkal hayotimizning ajralmas qismidir.Ba‘zi odamlar tavakkal yomon deb bilishadi va undan qochishga harakat qilishadi,ammo bu qirning uchi demakdir.

🎤Tavakkalning turlari mavjud: jismoniy,ijtimoiy,hissiy,moliyaviy va intellektual.

⚪️Siz ijtimoiy bosimlarga tayyor bo'lishingiz mumkin,lekin ayni paytda jismoniy tomondan tayyor emassiz.Misol uchun,siz notanish odam bilan suhbat qurishda muammoga duch kelmaysiz,lekin siz ekstremal sportdan qo'rqasiz.

🏆O'zingizga oson deb bilgan tavakkaldan boshlang.Yangi lekin qiziqarli bo‘lsin chunki zerikib ortga qaytmaysiz.

😀Bu sizga yangi tajriba orttirishga va yangi imkoniyatlarga nisbatan boshlang‘ich mumomalali bo'lishga yordam beradi.

✈️@MAQSAD
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚪️Qadrli do'stlar,bu kanalda ulashayotgan fikrlar va boshimizdan kechirayotgan barcha qiyinchiliklar tasodifiy emas.

📊Qiyinchiliklar shunchaki bizni sinash yoki jazolash uchun emas. Yo'q,ular biz kuchliroq va dono bo'lishimiz uchundir.

Har birimiz hayotimizda qiyinchiliklarga duch kelamiz,xoh u shaxsiy muammolar,moliyaviy qiyinchiliklar,o‘qishdagi yoki ishdagi muammolar.Lekin umidsizlikka tushmang va taslim bo‘lmang.Buning o‘rniga,har bir qiyinchilik biz uchun o'sish va rivojlanish imkoniyati ekanligini tushunishimiz kerak.

🧠Qiyinchiliklarni boshdan kechirganimizda,biz ko‘proq sabrli, chidamli va qat'iyatli bo‘lishni o‘rganamiz.Biz yechim topishni va to‘siqlarni yengib o‘tishga harakat qilamiz.

👤Qat'iyatli bo‘ling, o‘zingizga va kuchli tomonlaringizga ishoning va albatta maqsadingizga erishasiz.

🙂Har bir kun siz uchun yangi sinov bo'lsin,lekin unutmangki,siz o'z maqsadlaringizga erishish uchun har qanday qiyinchiliklardan o‘tishga tayyorsiz.

⚪️Hayotingizda sodir bo'layotgan har bir narsaning o'z mazmuni va ahamiyati borligini unutmaylik!

@Maqsad
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 7 Kun Hamma ZARARLI Narsalardan Voz Kechdim | Dofamin Detoksi

@Maqsad
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Savdogarlar ustozi.pdf
663.8 KB
Savdogarlar ustozi 1 - qism👆

Savdogarlar ustozi - bu hayotdan har bir inson savdogar yoki xaridor. Bu yo'lda sizga eng yaxshi ibrat Abdulloh ibn Muborak.

Savdogarlar ustozi 2 - qism👇

@Maqsad
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥IJOBIY FIKRLANG

💡Bizning fikrlash tarzimiz va his-tuyg‘ularimiz bizning holatimizni shakllantiradi.Bu esa o‘z navbatida sog‘ligimizga kuchli ta‘sir qiladi.

⛔️Qo'rquv,tashvish va depressiyani qo‘zg‘atadigan salbiy fikrlar, shuningdek,turli vaziyatlarga  bo‘lgan munosabatimiz adrenalin kabi stress gormonlarining ko'payishiga olib keladi.

👥Bu yuqori qon bosimi,zaif immunitet,mushaklar va bo‘g‘imlardagi og‘riqlar,ovqat hazm qilish muammolari va boshqa kasalliklar kabi bir qator jismoniy muammolarga olib kelishi turgan gap.

😀Ijobiy fikrlar bizning salomatligimiz va farovonligimizni yaxshilashi mumkin.Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,yaxshi narsalar haqida o‘ylaydigan odamlar kuchli immunitetga,yaxshi uyquga,kamroq stressga va yuqori intizomga ega.

⚪️Shunday qilib,bizning fikrlarimiz sog‘lig‘imizga sezilarli darajada ta'sir qiladi.Ijobiy fikrlashga harakat qiling.Bu jismoniy va ruhiy salomatlikni yaxshilashga yordam beradi.

✈️@MAQSAD
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TAQDIRNI AYBLAMANG

💡Vaziyatdan osongina qutulish, vijdonimizni tinchlantirish, biroq shaytonni sevintirishning yo'li taqdirni ayblash.

Aslida bu Allohni ayblash
hisoblanadi.Haqdan kelganiga rozi bo'lmaslik Unga isyon qilishga olib keladi.O'zingiz bilmasdan shunday yashab kelayotgan bo'lishingiz ham mumkin.

👥Juda ko'p gunoh qilgan,o'zi bilan o'zi ovora,ibodatlarga beparvo bir kishi domla bilan birga o'tirib qolibdi.
Suhbat chog'ida "Men taqdirimning asiriman.O'zim xohlasam ham namoz o'qiy olmayman. Demak, taqdirimga namoz o'qish yo'q ekan" -debdi

🙂Domla ham hazil-mutoyiba qilishni yaxshi ko'radigan inson ekan.U odamga qarab aytibdiki: "Nihoyat sizni topdim.Qani gapiring meni taqdirimga nima yozilgan ekan?"
Haligi kishi hayron bo'lib,nima deyishini bilmay qolibdi.

👥Domla esa so'zida davom etibdi: "Ko'ryapsizmi,ana u yerda suv bor ekan.Borib tahorat oling-da, orqasidan ikki rakat namoz o'qing,
ko'rasiz taqdiringiz qanday o'zgarganini,taqdiringizda ham namoz o'qish ham yozilganini".

⚪️Xulosa qilish mumkinki taqdirni Alloh izni bilan o'zgartirish o'z qo'limizda ekan.

✈️@MAQSAD
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu dunyo - ko'prikdir, undan o't, lekin unda uy qurma!
Halol oz ko’rinsa-da, to’ydiradi. Xarom ko’p ko’rinsa-da, yetmaydi.

Nabaviy tarbiya kitobidan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/27 04:37:47
Back to Top
HTML Embed Code: