Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
https://youtu.be/3VIRb5RddKQ?si=7pIGCzLhDICwc_V1

Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron haqida "Oʻshal damlar..." koʻrsatuvida...

https://www.tg-me.com/Madina_Norchayeva
👍63🔥3
Forwarded from Feruza Xayrullayeva
Inson boradigan odami bo’lmaganida o’ziga keladi(qaytadi).
🔥165👍4👏2
Forwarded from zouᴉɹɥǝW
Ayol. Jamol. Og’riq.

Og’rig’ini qushlarga sepdi
qushlar o’lib qoldi,
og’rig’ini gullarga quydi,
gullar so’lib qoldi.
Ayol yashayverdi, ayol yashnayverdi.

Og’rig’ini suvlarga sochdi,
Suvlar qurib qoldi
Og’rig’ini odamga ochdi,
odam jimib qoldi.
Ayol yashayverdi, ayol yashnayverdi.

Og’rig’ini Jamolga aytdi
Og’riq qiyofasida keldim, dedi U.
Og’rig’iga tikildi,
Og’rig’ini sevdi,
Og’rig’iga oshiq bo’ldi
Og’riqsiz yasholmasligini tushundi,
Og’riq bu – Xudo, deya pichirladi.
Ayol yashayverdi, ayol yashnayverdi…

✍🏻MehrNoz

@mehrnoz_abbos
14👍5🔥3😢3🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi O‘zbekiston” universiteti barcha adabiyot ixlosmandlarini she'riyat tadbiriga taklif qiladi

Universitetimizda 15-fevral kuni “Fonus” she'riyat tadbiri bo'lib o'tadi. Ushbu tadbirda zamonaviy adabiyot namunalarini iqtidorli ijodkorlarning xususan, Izlam toʻplami mualliflarining o'zidan jonli tarzda eshitishga muvaffaq bo’lasiz.

📖 Shoirlar, musiqiy chiqishlar va eksklyuziv auksiondan iborat tadbirimiz adabiyot va she’riyatga qiziquvchilar uchun unutilmas bo'lishiga ishonamiz.

👉Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/2Xs6e6bsjzBofN7Y9
🗓 Tadbir vaqti: 15-fevral, 10:30 da.
📍 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti (Movarounnahr ko'chasi 1)

Men o’zimni sendan izladim

🔁 English

#izlam #adabiyot #shoirlar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1
Forwarded from Guljamol Asqarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
27👍7🔥4👏2🥰1
Forwarded from Feruza Xayrullayeva
Millat onalari shunday holatdayam o'qirkan, bolasiga ilm berarkan, she'r yozarkan, she;r o'qirkan. bu xalq, bu millat o'lmaydi! Madinam, to'xtamayotganing, jasorating uchun-da sen bilan faxrlanaman!
🔥24👍4
Forwarded from XURSHID DAVRON KUTUBXONASI (Xurshid Davron)
Шоира қизим Мадина Норчаева кенжа набирамни бағрига босиб шеър ўқияпти. Тўнғичи онаси билан укасининг қўриқчисидай турибди. Умрларинг узоқ бўлсин! P.S. Гулжамолга ҳам раҳмат!
👍14🔥4
30👍4🔥3
Guljamol Asqarova
Video message
Шоирнинг онаси бўлиш қийин бўлса керак. Жонсарак, ҳаловатсиз фарзандига қараб онанинг дили ором тополмас. Ҳар холда аям мени жим кузатган... Шоирга, ўзи ҳам кимлигини билмаган қизалоққа ака бўлиш оғир. Буни беш оғамнинг нигоҳларидан илғаганман. Қалбини шеър ишқи ёққан аёлга елкадош бўлиш ҳам осон эмас. Буни турмушим давомида сезиб келяпман. Лекин болаларим онаси шеър ёзгани учун ҳеч қачон ҳаловатсиз бўлмайди. Улар мен учун энг олдиндадир. Буни доим ҳис қилишларини истайман. Шу сабаб тадбирда қўлимда кўтариб олганим ғашингизга тегмас дейман.
👍1511🔥9
Kitob taqdimotlari koʻp boʻlgani qanday yaxshi. Barcha kitobsevarlar kelishi mumkin. Ajoyib ruhdagi tadbir boʻlishiga ishonaman.
23👍4
Forwarded from Feruza Xayrullayeva
MehrNozimga

Dunyoga suhbat uchun kelganmiz,
Qay bir darajadan soʻng
faqat suhbat boʻlar ehtiyojimiz.
Duolarimiz,
namozlarimiz,
sheʼrlarimiz,
yaratgan suratlarimiz suhbatdir asli.
Hamma oʻz tilida suhbat qilar balki –
nonvoy non yopa turib,
temirchi temirlardan buyum yasarkan...
Hatto ateistlar shubha qilarkan –
izlanarkan suhbat istaydi,
ularning suhbat tili bu.

Biz hamma narsaga toʻyamiz,
ammo suhbatga emas.
Avval yaqinlaring bilan,
bora-bora faqat U bilan
soʻzlar,
koʻzlar,
ishoralar,
sukunatlar aro boʻlib boradi.

Suhbat uchun kelganmiz biz,
kel, suhbatlashaylik…

@FeruzaXayrullayeva
16👍11🔥7
* * *

Худоё, Аёлга куч бер, Худоё,
Қирқ жонига қирқ минг жаллод тикмиш дор.
Қачондир қўллари гул эди унинг
Бугун елкасида қушлар ини бор.

Худоё, аёлга ишқ бер,
Жунун бер
Ўз умри ичинда бўлмасин талош.
Йўл бер, кўзларидан томчи-томчилаб.
Сўнгида Ўзингга этувчи йўлдош.

Жангларга ташласанг
Зафар бер, шон бер
Зулм арқонига танғилмасидан.
Гар болам деб ўлса, қайтадан жон бер,
Иймон бер нафсига енгилмасидан.

Сўнгсиз тоқат берма,
Ўтдай исён бер
Севги бер шу ўтни ўчиргунингча.
Бир Одам кўксидан мутлақ қўрғон бер
Токи ҳузурингга кўчиргунингча.
Худоё,
Аёлга куч бер
!

https://www.tg-me.com/Madina_Norchayeva
29👍16🔥11
Mening bir opam bor. Oʻzi ham, ovozi ham ming yildan beri tanish, qadrli! Bugun uning tugʻilgan kuni. Nargiz opa, sizni yaxshi koʻramiz.
9👍1
Forwarded from Deleted Account
7👍3🔥2🥰1
Ramazon muborak boʻlsin!
🔥6👍1
Абдували ҚУТБИДДИН

Сирли бандаргоҳда қуюқ туман,
Олмос лангар,
Биллур кема.
Зарбоф кўйлак кийган дарға мендирман,
Эй гул, кетасанми мен билан.

Кумуш тўлқинлар тебранишда,
Шаффоф манзилларнинг бешиги ишонч.
Сенга кечалари ривоят айтиб,
Тонглари бошингдан сепаман қувонч.

Бўрон томоғидан омон чиқамиз,
Саболар шаҳрига етамиз албат.
Вафо арқонини сувдан тортамиз,
Ўлжамиз муҳаббат.

Кўзингни юмгину қучоғимга кир,
Юрагим мушкидан бўйланар юзинг.
Бу уй атиргулнинг тушиникидир,
Ёп-ёруғ, чироғи — булбулнинг кўзи.

Эй гул, кетасанми мен билан?!

@abduvali_qutbiddin
11👍7🔥2🥰2👏1
Shunday ekan🥳8 - martda beriladigan sovgʻalarga rasman ochiqmiz😄🫣
👍7😁65🔥2👏1
Forwarded from Feruza Xayrullayeva
Ba'zan tuyg'ularingni ifodalashga so'z topolmay qolasan, shunaqa vaqtlar holingni "izohlaydigan" she'r qidirasan. Opa, shunday hollarimda sizda topaman men ularni. Har ayolga, o'zimga-da sizdagi jasoratdan so'ragan bo'lardim! Har insonga ruhingizdagi erkdan so'ragan bo'lardim. Qadim Samarqand minorlaridek baland, mag'rur ruh esh bo'laversin umringizga!

40 dan keyin...

Garchi hali yashaganim yo‘q,
Umr o‘tdi suvdek, xayoldek.
Sochlarimni yig‘aman endi,
Aqlin yig‘ib olgan ayoldek.

Ha, bahormas kuzga o‘xshayman,
Sochlarimni o‘ynamas shamol.
Lekin endi ichimda yashar,
Bir ulug‘vor, dilbar Guljamol. 

Va besamar kurashlar ichra,
Toliqqandek jismim, sabotim.
Garchi yovqur To‘maris kabi,
Ot ustida o‘tdi xayotim...

Goh pariman, goh parishonman,
Osmondaman oydek, hiloldek.
... Va aqlimni yig‘ib olaman,
Sochlarini yig‘gan ayoldek.

Guljamol Asqarova
🔥13👍54😢1
2025/10/28 09:51:11
Back to Top
HTML Embed Code: